
TOYLOQ_INFO
❗️
Is gazi rangsiz va hidsiz, uni sezish qiyin. Uning xavfini ko‘z bilan ko‘rib yoki hididan bilib bo‘lmaydi.
Shuning uchun xavfsizlik choralarini oldindan ko‘rish, isitish moslamalarini tekshirish va dudburonlarni tozalash juda muhim.
Isitish mavsumini xavf-xatarsiz o‘tkazish uchun befarq bo‘lmang. O‘zingizni, oilangizni va yaqinlaringizni asrang!
Ozodbek Halimboyev — Jahon chempionati bronza medali sohibi!
Toyloq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi Yunon-rum kurashi bo‘yicha murabbiy
Ozodbek Halimboyev
Jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi!
Bronza medali uchun kechgan bahsda polvonimiz Bolgariyalik Edmond Nazaryanni 7:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi!
Hamyurtimizni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz! Yangi g‘alabalar va zafarlar yor bo‘lsin!
“Янги алифбо Паспорт ва ҳужжатларга таъсир қилмайди”
Ўзбек алифбосидаги ҳарфлар ўзгаргани билан фуқароларнинг паспорт ва бошқа ҳужжатлари алмаштириш муддати етмагунга қадар ўзгартирлмайди.
“Балки 10 йил, балки 15 йилдан кейин қайсидир ҳужжатимизни алмаштириш муддати келар. Ҳужжатларни ўз алмаштириш муддати келмагунча, уни қайтадан қилиш мажбурияти йўқ. Ҳеч қандай ҳужжатларда мажбурий тарзда ўзгартиришлар бўлмайди”, - деди Фанлар академияси Ўзбек тили, адабиёти ва фолклори институти директори Мақсуд Асадов.
___
Жуда кўп ижтимоий тармоқлар, айниқса расмийлари янги алифбода юритила бошлабди. Қадри йўқ тилимизни фақат 21 октябрь арафасида бир эслаб оламизда, лотин, крил аралаш бир дунё хатолар билан ёзишда давом этаверамиз.
Алифбо ўзгармасдан аввал ҳам хатолар бисёр эди. Она тилида хато ёзадиган ёшларимиз ёнида хорижий тилларнинг бирортасида хато ёзинг, сизни саводсизга чиқаришади. Аммо ўзлари ўз исмини лотин алифбосида тўғри ёза олмайди.
@jurnalistuz
Toyloq Tuman 1-son texnikumida "In my free time" mavzusida qiziqarli ochiq dars bo‘lib o‘tdi
Ochiq dars "In my free time" (Bo‘sh vaqtimda) deb nomlangan dolzarb mavzuga bag‘ishlandi. Darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yo‘llari haqida tushuncha berish hamda ularning ingliz tilida erkin fikr almashish, muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Mashg‘ulot davomida o‘qituvchi zamonaviy pedagogik yondashuvlardan unumli foydalanib, darsni qiziqarli va interfaol tarzda olib bordi. Xususan:
Doskada mavzu yuzasidan maxsus klasterlar tuzilib, o‘quvchilarning kundalik faoliyatiga doir qiziqarli iboralar va so‘z birikmalari muhokama qilindi.
Ingliz tilidagi grammatik qoidalar va antonimlar yuzasidan o‘quvchilar o‘rtasida savol-javoblar va amaliy mashqlar bajarildi.
❗️
Kelasi yildan Prezident Olimpiadasi ğolib va sovrindorlarining pul mukofotlari 2,5 baravar oşiriladi
🥇
1-örin sohiblariga —
25 million;
🥈
2-örin uçun —
12 million;
🥉
3-örin uçun —
6 million söm
beriladi.
Şuningdek, olimpiadada ğolib bölib,
Özbekiston rekordini
yangilagan maktab bitiruvçilari oliygohlarning sport yönalişlariga
imtihonsiz, davlat granti asosida
qabul qilinadi.
Kelgusi yildan Prezident olimpiadasi ğoliblariga
1 yillik stipendiya
beriş boşlanadi.
👉
@xushnudbek
👈
🏆
“PREZIDENT OLIMPIADASI–2026” MUSOBAQALARIGA START BERILDI!
Bugun, 27-oktabr kuni Toshkent shahrida “Prezident olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika final bosqichi boshlandi. Sport musobaqalari doirasida o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha bellashuvlarga start berildi.
Respublika Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida boʻlib oʻtayotgan ushbu musobaqada Toyloq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi 8-sinf oʻquvchisi Xudoyberdiyev Jonibek dast koʻtarish bahslarida rekord darajadagi natija bilan 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Yosh chempionimizni Oʻzbekiston respublikasi Sport vaziri oʻrinbosari Sh. Maxmudov taqdirladi. Ushbu tarixiy gʻalaba bilan barchani tabriklaymiz.
Barcha ishtirokchilarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!
✅
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇
🌐
Website
|
📲
Telegram
|
💻
Facebook
|
🖥
Instagram
|
📹
Youtube
Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с медицинскими работниками.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
САМАРҚАНД ВИЛОЯТИ
Республика "Нуроний" жамғармаси бошқаруви раиси, сенатор, Ўзбекистон қаҳрамони Содиқжон Турдиевнинг Тойлоқ туманига ташрифи
https://t.me/Nuroniylarjamgarmasisamviloyati
#Bugungi_kun_hikmati
Qo'lga tushganini emas, nechog'i tanlab-saralab o'qing. Did va tafakkuringizni tarbiyalang.
I.S.Turgenev.
#Festivaldan
Toyloq tumanida o‘tkazilgan «Toyloq sahovati» II-meva-sabzavotchilik festivali nafaqat tuman aholisi, balki mehmonlar uchun ham unutilmas bayram bo‘ldi. Tadbir davomida dehqonlar va bog‘bonlarning mehnati yuksak e’tirof etilib, eng sara mahsulotlar namoyish etildi.
Festival jarayonida tomoshabinlarga mo‘l-ko‘l hosil ko‘rgazmalari, milliy kuy-qo‘shiqlar, o‘yinlar va musobaqalar taqdim etildi. Bunday tadbirlar xalqimizni mehnatsevarlikka, Vatanga sadoqat va yurt farovonligi yo‘lida fidokorona mehnat qilishga ruhlantiradi.
Umuman olganda, festival tumanning ijtimoiy-madaniy hayotida muhim voqea bo‘lib, Toyloq dehqonlarining mehnat samarasi, elning totuvligi va farovon hayotining yaqqol ifodasiga aylandi.
✅
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
👇
🌐
Website
|
📲
Telegram
|
💻
Facebook
|
🖥
Instagram
|
Youtube