
QUVASOY24 | TEZKOR XABARLARI
🛡
ZIRH BOT’da
yangi Anti-Spam himoyasi ishga tushdi!
So‘nggi vaqtlarda Telegram guruhlarida odamga o‘xshab yozadigan, reklama va firibgarlik havolalarini tarqatadigan spam akkauntlar soni ko‘paymoqda.
Shu sababli
ZIRH BOT
uchun yangi
Anti-Spam
himoya moduli ishlab chiqildi. U shubhali spam akkauntlarni aniqlab, guruhingizni himoya qilishga yordam beradi.
⚙️
Yoqish:
/antispam
⚠️
Eslatma:
Funksiya hozircha
BETA
bosqichida. Xatolik yoki takliflaringiz bo‘lsa,
@zirh_support
ga yozing.
➕
Botni guruhga qo‘shish:
https://t.me/ZIRH_BOT?startgroup=true
🌐
WEBSAYT
|
🌐
TELEGRAM
|
🛡
ZIRH BOT
👉
Қувасой хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+EKFg15vrb
9Y5MGEy
#OAV_2026
🔴
Farg'ona 24
Quvasoy shahar madaniyat boʻlimi va Nemis Xalq universitetlari assosiasiyasining Oʻzbekistondagi filiali hamkorligida amalga oshirilgan loyiha tafsiloti.
#hududlarda
Limonchilik — xonadon daromadini oshirishning samarali yo‘li
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov Yuqori Mo‘yan mahallasidagi o‘rganishlari davomida xonadonlarda yo‘lga qo‘yilgan limonchilik faoliyati bilan ham tanishdi.
Issiqxona sharoitida limon yetishtirib, oilasi daromadini oshirayotgan xonadon faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shahar hokimi limonchilik nafaqat aholi bandligini ta’minlash, balki xonadonlar daromadini ko‘paytirishda ham samarali yo‘nalishlardan biri ekanini ta’kidladi.
Muloqot davomida xonadonlarda issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish hamda mavjud tomorqalardan unumli foydalanish orqali qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish yuzasidan tavsiyalar berildi.
#Mahallada_obodlik_va_mehr_saxovat_oyligi
Mahallalarida obodonlashtirish va hashar ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etildi
Quvasoy shahar mahallalarida hududlarni obod qilish, ozodaligini ta'minlash hamda atrof-muhitni yanada fayzli saqlash maqsadida keng ko‘lamli obodonlashtirish va hashar ishlari amalga oshirildi.
Aholi tashabbusi bilan qabristonlarda ham obodonlashtirish va tozalash ishlari olib borildi. Qabrlar atrofi begona o‘tlardan tozalanib, yo‘laklar tartibga keltirildi, hududning sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar bajarildi.
Mahallalar jamoalari “Zakovat”da bellashdi
“O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi kubogi” uchun “Zakovat” intellektual o‘yinining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalarda jamoaviy muhitni mustahkamlab, aholining intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan musobaqada shahardagi mahallalarning eng zukko jamoalari o‘z bilimi, jamoaviy hamkorlik ko‘nikmasi va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdi.
Har bir jamoa bellashuvning turli savollariga tezkor va aniq javob berish uchun bilim va tafakkurini namoyon etdi.
Qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan musobaqa yakunida “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘ini jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, bellashuvning viloyat bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi o‘rinni Do‘stlik mahallasining bilimdon jamoalari egalladi.
Gʻolib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Quvasoyda “Dolzarb qirq kunlik” ijrosi: aholi bandligi va daromadini oshirish ishlari
o‘rganildi
Hududlarda aholi bandligi va daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda hududlarni iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan "Dolzarb qirq kunlik" ijrosi doirasida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Botirjon Zohidov hamda Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev Quvasoy shahrida bo‘ldi.
Tashrif davomida mas’ullar hududda amalga oshirilayotgan drayver loyihalar, mahallalar ixtisoslashuvini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Jumladan, Bog‘bon mahallasida tashkil etilgan malinachilik kooperatsiyasi faoliyati hamda hududda yangi daromad manbai sifatida rivojlantirilayotgan yejivika plantatsiyalari ko‘zdan kechirildi. Mazkur yo‘nalishlar aholining tomorqadan samarali foydalanishi, barqaror daromad topishi va bandligini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, tashrif davomida hududlarda drayver loyihalarni kengaytirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Stritbol bo‘yicha viloyat bosqichida Quvasoy umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Farg‘ona shahridagi "Kimyogarlar" sport majmuasida mahalla yoshlari o‘rtasida o'tkazilayotgan "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida stritbol sport turi bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyatning barcha shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan 16–21 hamda 22–30 yosh toifalaridagi yigit-qizlar g‘oliblik uchun o‘zaro murosasiz bahs olib bordilar. Musobaqalar yuqori sport ruhida, qizg‘in va murosasiz bellashuvlar ostida tashkil etildi.
Quvonarlisi, musobaqa yakunlariga ko‘ra Quvasoy shahri umumjamoa hisobida viloyat chempioni bo‘lib, 1-o‘rinni egalladi.
Quvasoy shahar jamoalari quyidagi natijalarni qayd etdi:
🥇
"Arsif" MFY jamoasi (22–30 yosh, qizlar) — 1-o‘rin;
🥉
"Bog‘bon" MFY jamoasi (16–21 yosh, qizlar) — 3-o‘rin;
🥉
"Bog‘bon" MFY jamoasi (22–30 yosh, o‘g‘il bolalar) — 3-o‘rin.
Mazkur yutuqlar yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishi, mahorati va g‘alabaga bo‘lgan intilishi yuksak ekanini yana bir bor namoyon etdi.
G‘olib va sovrindorlar musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
#yoshlar_kuni
Besh tashabbus olimpiadasi doirasidagi stol tennisi g‘oliblari taqdirlandi, olimpiadaga tayyorlanayotgan sportchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Yoshlar kuni doirasida Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov 2-son sport maktabiga tashrif buyurib, Besh tashabbus olimpiadasi doirasida o‘tkazilayotgan stol tennisi musobaqasi jarayonlari bilan tanishdi.
Musobaqada mahallalardan ishtirok etgan uyushmagan yoshlar o‘zaro bellashib, g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi. Tadbir yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi.
Shuningdek, shahar hokimi Los-Anjeles – 2028 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan, O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritilgan sportchi yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida sportchilarga xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etish uchun puxta tayyorgarlik ko‘rish, mashg‘ulotlarni yanada mas'uliyat bilan davom ettirish zarurligi ta'kidlandi. Shuningdek, ularni ma'naviy va moddiy jihatdan har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davom ettirilishi bildirilib, kelgusi musobaqalarda omad tilandi.
#OAV_2026
🔴
Farg'ona 24
Quvasoy shahrida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Xalq deputatlari viloyat va shahar kengashi deputatlari ishtirokida “Xalq bilan birga” umummilliy dasturi ijrosi yuzasidan navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Quvasoy shahrida xorijiy fuqarolarning migratsiya qonunchiligiga rioya etishi yuzasidan profilaktik tadbirlar
o‘tkazilmoqda
“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tadbiri doirasida Quvasoy shahar IIB Migratsiya va Personallashtirish bo‘limi xodimlari shahardagi fuqorolar va xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarda pasport-viza nazoratini amalga oshirmoqda.
Tadbirlar davomida xorijiy ishchilar va korxona rahbarlariga O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 15-maydagi 1074-sonli Qonuni mazmuni hamda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish tartiblari tushuntirilib, ularning shahar hududida qonuniy bo‘lib turishi yuzasidan profilaktik tekshiruvlar olib borilmoqda.
Bu kabi tadbirlar shaharda huquqbuzarliklarning oldini olish va xorijiy fuqarolarning respublikada bo‘lish qoidalariga qat’iy rioya etishini ta’minlash maqsadida tizimli ravishda davom ettirilmoqda.
👉
Қувасой хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+EKFg15vrb9Y5MGEy