
Raqamshunos
Chaqaloqlarda kattalardan ko'ra ko'proq suyak bo'ladi!
🦴
👶
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda 300 ga yaqin suyak bo‘ladi, lekin o‘sib ulg‘aygan sari ba’zi suyaklar bir-biri bilan qo‘shilib ketadi va kattalar tanasida 206 ta suyak qoladi. Bu jarayon inson o‘sishi davomida yuz beradi.
@Raqamshunos
💐
Aziz va muhtarama ayollar , hurmatli opa-singillar!
🌸
Barchangizga
8-mart Xalqaro xotin-qizlar
bayrami
muborak bo'lsin! Sizlarga bahorgi kayfiyatni, doimo go'zal bo'lib, yurtimizda gullab yashnashingizni va
o'zingizga ishonib maqsadlaringiz yo'lida olg'a yurishingizni tilab qolamiz!
Hurmat bilan
Raqamshunos
Agar Yupiterning Magitosferasini ko'ra olganimizda osmonimiz qanday ko'rinardi?
Rasmda Yupiterni Magnitosferasini ko'rishingiz mumkin. Unda quyosh sistemasidagi eng katta magnitosfera bor, quyoshdan keyin albatta. Magnitosfera Yupiterdan millionlab kilometrlar uzoqqa cho'ziladi va Yupiterning qutblarida juda katta shimol yog'dularini hosil qiladi
@Raqamshunos
Voyager 1 Yangi Rekord qo'ydi.
28-yanvar kuni Voyager 1 Yerdan 25 milliard kilometr uzoqlikdaligini NASA (
NASA link
) tasdiqladi. Zond 47 yil oldin kosmosga uchirilgan, hozirda energiya saqlash uchun uni faqatgina 4ta instrumenti yoniq. Bunday katta masofa sababli ba'zida NASA bilan aloqa yo'qoladi.
@Raqamshunos
Yulduzlar soni qum zarrachalariga qaraganda ko'proq
💫
Olimlar dunyo bo'ylab qum donalari soni taxminan 7,5 x 10^18 (7,5 kvintillion) atrofida ekanligini hisoblashadi. Ammo bu raqam olamdagi yulduzlar soniga qaraganda juda kichik. Barcha galaktikalardagi yulduzlarni birlashtirganingizda, siz juda katta sonni olasiz: taxminan 1 x 10^24 (bir septillion) yulduz. Bu shuni anglatadiki, Yerda har bir qum donasi uchun taxminan million yulduzlar mavjud!
⭐️
@Raqamshunos
Rossiya Federatsiyasining Maydoni Pluton sayyorasi maydonidan kattaroq.
Rossiyaning maydoni 17.1 million kvadrat kilometr. Plutonning maydoni esa 16.6 million kvadrat kilometr
@Raqamshunos
Kuzatilishi mumkin bo'lgan olamni aylana uzunligini bir vodorod atomigacha aniqlikda topish uchun "Pi" ning nechta raqami kerak bo'ladi?
Kuzatilishi mumkin bo'lgan olamning diametri 93.016 milliard yorug'lik yili. Bu degani yorug'lik uni bir uchidan ikkinchisigacha borish uchun 93 milliard yil kerak bo'ladi. Uni aylana uzunligini hisoblash uchun esa "Pi"ning atigi 39ta raqami kerak bo'ladi.
@Raqamshunos
Olmos
sayyora
55 Cancri e, U o'z quyoshi atrofida har 18 soatda bir marta aylanadi.
Sayyoradagi temperatura 2100 C gacha chiqadi. Ammo bu sayyoraning olmoslarini yerga olib kelishdan foyda ko'rib bo'lmaydi, chunki agar shuncha olmos yerga olib kelinsa uning narxi tushib ketadi.
@Raqamshunos
🌍
Suratdagi kichik nuqta bu siz, yaqinlaringiz, butun odamzod.
Bu surat Voyager 1 tomonidan olingan bo'lib, suratda yer Voyager 1dan 6 milliard kilometr uzoqda. Bu surat yerdan eng uzoqdan olingan surat hisoblanadi. Bu surat olingandan so'ng energiya tejash uchun Voyager 1 ning kamerasi va boshqa funksiyalari o'chiriladi va Voyager 1 o'z yo'lida, qorong'ulik tomon yo'l oladi.
@Raqamshunos
🎵
Musiqani rivojlantirgan chiroqsiz kecha
1977-yilda 13-iyun kechasida Nyu Yorkda chiroq o'chgan. Butun shahar chiroqsiz qolgan. Musiqa yozish uskunalari juda qimmat edi, o'sha tunda minglab musiqa yozish uskunalari o'g'irlangan. Bu esa puli kam qora tanlilarga musiqa yaratish imkonini bergan. Biz biladigan hozirgi Hip-hop shunday mashxurlashgan
@Raqamshunos