
Ravshan Komilovich
Yosh yigitlarning puli tugab qarzga kirip ketayotkanini ko‘ryapman, chunki ular hali erta bo‘lsa ham o‘zlarini erdek tutib, hamma xarajatni bo‘yniga olyapti.
Bunaqa yigit bo‘lma, bro.
1. Taklif qilishmadimi?
Bormang.
2. Kechikib taklif qilishyaptimi?
Rad eting.
3. Sizni juda uzoq kuttirishyaptimi?
Keting.
4. Sizni e’tiborsiz qoldirishdimi?
Oʻsha zahoti yo‘qoling.
5. Faqat o‘zlari qiziqqanida sizga yozishadimi?
Javob bermang.
6. Sizni ustuvor deb bilishmaydimi?
So‘ramang.
7. Sizni ranjitishadimi?
Uzoqlashing.
8. Sizni boshqalar bilan solishtirishadimi?
Keting.
9. O‘zini hurmat qilish ego emas. Bu o‘z qadringizni bilish va qadrlanmagan joydan ketishni bilishdir.
10. To‘g‘ri insonlar hech qachon sizni ularning hayotidagi o‘rningizga shubha qilishga majbur qilmaydi. Agar ular sizni keraksizdek his qildirsa, tegishli bo‘lishga urinishni to‘xtating.
Energiyangizni asrang va oʻzingizga sarflang.
Bazida vaqtga qoʻyib berish va osonlashtirishini, rivojini berishini, xayrlisini soʻrash kerak boʻlarkan.
Siz o'zingiz o'ylaganchalik muhim odam emassiz.
Hozirgi kunda hamma o'zini bosh qahramon deb o'ylaydi. Go'yo ularning muammolari, his-tuyg'ulari muhimdek, hamma ular haqida o'ylayotgandek... qisqasi, o'zlarini juda muhim deb hisoblashadi.
Men esa sizga hayotingizdagi eng katta haqiqatni aytish uchun shu postni yozdim:
Siz haqingizda hech kim xavotir olayotgani yo'q.
Siz ko'pchilik men haqimda gapiradi, muhokama qiladi deb o'ylaysiz. Lekin hech kim siz haqingizda qayg'urmaydi.
Qabul qilayotgan qarorlaringiz yoki qilmoqchi bo'lgan ishlaringiz haqida hech kimning parvoyi yo'q.
Nega bilasizmi? Chunki ularning hammasi o'zlari bilan ovora!
Xuddi siz faqat o'zingiz haqingizda qayg'urganingizdek, boshqalar ham shunday. Ular bu yerda o'tirib olib, siz qilgan ishlar haqida o'ylab o'tirishgani yo'q.
Boshqalar nima deb o'ylashi haqida qayg'urish, bu shunchaki ikkinchi darajali qahramon (NPC) kabi harakat qilishdir.
Agar biror qaror qabul qilayotganingizda boshqalar nima deydi deb xavotir olsangiz, demak siz bosh qahramon emassiz. Chunki hech kim siz haqingizda o'ylamayapti, bro.
Odamlar o'zlari bilan juda band.
Aslida bu sizga erkinlik berishi kerak!
Buni eshitganingizda stressga tushishingiz yoki xavotirlanishingiz kerak emas. Bu aksincha yengillik berishi kerak, chunki hech kimning siz bilan ishi yo'qligini tushunsangiz, ko'nglingiz tusagan ishni qila olasiz.
Boshqalarning fikri haqida qayg'urish stressi bilan yashashingizga hojat qolmaydi.
Oxirigacha oʻqiganingiz uchun rahmat, ertagacha!
Uyida dadasini gapi oʻtadigan va Allohdan qoʻrqadiganiga uylan.
Oʻzingiz aylanishni xohlagan insonday harakat qiling.
Bu soxtalik, maqtanchoqlikga krimaydi. Bu maqsadli intilishga kiradi.
Oʻzingiz aylanishni xohlagan insonday maqsadli ravishda harakat qiling. Chunki siz shunday harakat qilganingizda, miyangiz bu harakatlarni koʻradi va sizga boʻlgan munosabatini oʻzgartira boshlaydi. Sekinlik bilan oʻzingiz xohlagan insonga aylana boshlaysiz.
(Aytgancha, arendga moshina olib kurs ochvorish nazarda tutilmadi, boshqa taraflama xulosa qiling)
Doimgi aytadigan gapim
Falon yoʻnalishda menga 10 ta reels ssenariy yozib ber deb emas.
Falon yoʻnalishda odamlar eng koʻp duch keladigan muammolardan menga 10 tasini sanab ber.
Deb soʻrash kerak AIdan.
Chatgpt'dek matn bilan ishlovchi AI topmadim. Oxirgi update'dan keyin yanada yaxshilangan.