
Dilmurod Nabiyev
⚡️
Xushxabar: Qarshi davlat universiteti yana xalqaro maydonda e’tirof etildi!
Qarshi davlat universitetining xalqaro nufuzli reytinglardagi muvaffaqiyatlari izchil davom etmoqda. Yaqinda
QS (Quacquarelli Symonds) tashkilotining “QS Asia University Rankings 2026” natijalari
e’lon qilinib, universitetimiz Osiyodagi qariyb ikki mingta oliy ta’lim muassasalari orasidan
TOP-1000 talik ro‘yxatdan
munosib o‘rin olgani katta yangilik
bo‘lgan edi.
Xushxabarlar davom etmoqda.
UI GreenMetric World University Rankings 2025 natijalari
e’lon qilindi va
Qarshi davlat universiteti ushbu global baholashda dunyoning TOP-500 talik universitetlari qatoridan
joy oldi.
Bu natija OTMning
barqaror rivojlanish, ekologik mas’uliyat va “yashil” tashabbuslar borasidag
i faoliyati yuqori baholanganidan dalolat beradi. Shu bilan birga,
talabalar va professor-o‘qituvchilarga yaratilayotgan sharoitlar, qulayliklar va zamonaviy texnologiyalarning joriy etilishi
ham universitetning global reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallashida muhim rol o‘ynadi.
So‘nggi yillarda Qarshi davlat universiteti hududining tobora
yashil, ekologik toza va zamonaviy kampusga aylanishi,
shuningdek,
sifatli ta’lim uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar
va keng imkoniyatlar bu yutuqqa erishishda hal qiluvchi omil bo‘ldi.
Universitet jamoasini ushbu yuksak yutuq bilan samimiy tabriklaymiz!
Barqaror va yashil kelajak – bugun yaratilayotgan mustahkam poydevorda!
👉
@rektor_qarshidu
#RektorMurojaati
Qarshi davlar universiteti rektori, professor Dilmurod Xamidullayevich Nabiyevning giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlariga doir talaba-yoshlar, ota-onalar va pedagogik jamoaga Murojaati
Qadrli talabalar! Hurmatli ota-onalar! Muhtaram ustozlar va jamoa a’zolari!
Farzand — oilaning eng ulug‘ ishonchi, xalqning bebaho boyligi va kelajagining poydevoridir. Shu bois yoshlarimizning hayoti, ularning xavfsiz va sog‘lom kamol topishi har birimiz uchun eng ustuvor masaladir.
Bugungi tez o‘zgarayotgan davrda yoshlarga eng katta xavf tug‘dirayotgan illatlardan biri — giyohvandlikdir. Afsuski, ba’zan ayrim yoshlar bexabar yoki oson yo‘l izlab, mazkur illat va narkojinoyatlarga aralashib qolishi mumkin. Bunday xatti-harakatlar esa sog‘liq, taqdir, oilaviy tinchlik va jamiyat barqarorligiga jiddiy putur yetkazadi.
Shu sabab, har birimiz hushyor bo‘lib, yoshlarimizni bunday xavflardan asrashga mas’uliyat bilan yondashishimiz zarur.
Aziz talabalar!
Siz – Yurt taraqqiyotining asosiy kuchi, ilm-fan va raqamli iqtisodiyotning ertangi bunyodkorlarisiz. Hayotingizda har bir qaror muhim. “Hech narsa bo‘lmaydi”, “bir marta sinab ko‘ray” degan vasvasalarga aldanmang. Giyohvand moddaning har bir zarrachasi – orzularni yemiruvchi og‘ir xavfdir.
Hurmatli ota-onalar!
Farzandlaringizning qiziqishlari, do‘stlari va atrof-muhitidan doimo xabardor bo‘lib boring. Ular bilan ochiq va samimiy suhbatlar, mehr va ishonch — har qanday illatning oldini olishda eng samarali vositadir.
Muhtaram ustozlar!
Yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzi, mas’uliyatli hayot tamoyillarini shakllantirishda Sizning o‘rningiz beqiyosdir. Har bir dars, har bir uchrashuv va har bir maslahat talabalarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini mustahkamlashi zarur.
Barchamiz birgalikda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi murosasiz kurash olib borishimiz, ta’lim muassasasi va huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirishimiz lozim.
Unutmang, O‘zbekistonning sog‘lom, farovon va barqaror kelajagi — bugungi hushyorligimiz, birligimiz va qat’iy pozitsiyamizga bog‘liq.
Yoshlarimizni ilmga, ezgulikka va bunyodkorlikka yetaklaylik. Ularni zararli illatlardan birgalikda asraylik.
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Veb-sayt
Toshkent shahrida bo‘lajak Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi oldidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
"Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida"
sarlavhali
maqolasi
e’lon qilindi.
—
В преддверии седьмой Консультативной встречи глав государств Центральной Азии в Ташкенте опубликована
статья
Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева
"Центральная Азия на пороге новой эпохи"
.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
#XalqaroE'tirof
⚡️
Qarshi davlat universiteti – Osiyodagi eng nufuzli universitetlar qatorida!
Nufuzli xalqaro QS (Quacquarelli Symonds) tashkiloti
“QS Asia University Rankings 2026”
natijalarini e’lon qildi. Ushbu reyting natijalariga ko‘ra, Qarshi davlat universiteti Osiyoning ikki mingga yaqin universitetlari orasidan top-mingtalikdan o‘rin egalladi. Shuningdek, Markaziy Osiyo universitetlari orasida
top-100 talikka kirib,
52-o‘rinni egalladi.
Bu — universitetimiz tarixidagi navbatdagi muhim yutuq bo‘lib, xalqaro maydonda Qarshi davlat universitetining
ilmiy salohiyati, ta’lim sifati va xalqaro hamkorlikdagi faoliyati
yuksak baholanganini ko‘rsatadi. Bu natija butun universitet jamoasining fidokorona mehnati, izlanishlari va strategik rivojlanish yo‘nalishining amaliy natijasidir.
Qarshi davlat universiteti jamoasini ushbu yutuq bilan samimiy qutlaymiz!
👉
@rektor_qarshidu
1-OKTYABR – O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN REKTOR TABRIGI
Muhtaram ustoz va murabbiylar!
Inson hayotida ustozning o‘rni beqiyos. U – ilm kaliti, qalb nuri, ma’naviyat yo‘lboshchisidir. Buyuk mutafakkirlar ta’kidlaganidek, ustozsiz maqsadga erishib bo‘lmaydi.
Bugun yurtimizda ustozlar mehnati yuksak qadrlanib, ta’lim sifati va ilmiy izlanishlar samaradorligi ortmoqda. Oliy ta’lim va ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissangiz, yoshlar tarbiyasi yo‘lidagi fidoyiligingiz barchamiz uchun ibratdir.
Ustoz – jamiyat ertangi kunining bunyodkori. Sizning qo‘lingizda Vatan ravnaqi, el-yurt farovonligi yo‘lida xizmat qiladigan bilimli va komil yoshlar voyaga yetmoqda. Shu bois barchamiz Sizlarga cheksiz minnatdormiz.
Aziz ustozlar! Sizlarni kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklayman. Sizlarga sog‘liq, baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka va sharafli kasbingizda ulkan zafarlar yor bo‘lishini tilayman.
Dilmurod NABIYEV,
universitet rektori
👉
@rektor_qarshidu
#bayram_muborak
🇺🇿
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!
Qadrli hamkasblar, aziz talabalar!
Har bir millat, mamlakat taraqqqiyotining eng muhim va bosh omili – shubhasiz mustaqillikdir. Haqiqatan, hurlik shabadalari ko‘kragiga urib turgan, erkinlik nafasini butun vujudi bilan tuygan xalq har tomonlama yuksaladi.
Ana shu hurlik ne’mati o‘zbek xalqi hayotini tubdan yangiladi, o‘z taqdirini o‘zi hal eta olish imkonini berdi, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashdek sharafli tuhfani in’om etdi, milliy davlatchiligimizni, azaliy qadriyat va urf-odatlarimizni, muqaddas dinimizni, inson huquq va erkinliklarini qayta tiklashdek baxtni tortiq qildi.
Batafsil:
https://qarshidu.uz/oz/news/1748-vatan-uchun-millat-uchun-xalq-uchun
Dilmurod Nabiyev
Qarshi davlat universiteti rektori, professor
Bizni kuzating
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
Veb-sayt
🇺🇿
Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin, hurmatli Prezident!
Yurt ravnaqi va xalq farovonligi yo‘lida olib borayotgan fidokorona sa’y-harakatlaringizda doimo omad va baraka hamrohingiz bo‘lsin. Sizga mustahkam sog‘lik, bardavom kuch-g‘ayrat va yuksak zafarlar tilaymiz!
👉
@rektor_qarshidu
Президент – ёшларга: Сизлар – Янги Ўзбекистон бунёдкорлари сифатида янги тарих яратадиган олтин авлодсиз!
Prezident.uz|
Facebook|
Instagram|
YouTube|
X
#ректор_табриги
Ассалому алайкум қадрли ёшлар!
Барчангизни 30 июнь “Ёшлар куни” байрами билан самимий табриклайман.
Бу – келажакка дадил қараётган, ўз олдига аниқ мақсадларни қўйган, илм сирларини изчил ўрганаётган, Ватан тақдирини ишониб топширишга арзийдиган ёшлар байрамидир.
Давлатимиз раҳбари ташаббуси билан, ёшларни илмли бўлиш, касб-ҳунар эгаллаб ўз ҳаёт йўлини топишлари учун кўплаб имконият ва имтиёзлар яратилмоқда. Улардан унумли фойдаланиш эса, Сиз азиз ёшларнинг келажак учун қўйилган мустаҳкам қадамингиздир.
Ёшлар билан ишлаш бўйича мутлақо янги тизим асосида ишлар олиб борилаётганлиги, талаба-ёшларимизнинг ижтимоий фаоллиги, университет ҳаётига муносиб ҳисса қўшиб келаётганини барчамиз миннатдорчилик билан эътироф этамиз.
Шу муқаддас ишонч ва масъулиятни ҳар томонлама оқлаш, унга муносиб бўлиш - дунёдаги энг улуғ бахтдир. Шундай бахт, шундай шараф барчангизга насиб этсин!
Сизларни севимли байрамингиз, азму шижоат, гўзаллик ва камолот айёми - Ёшлар куни билан яна бир бор самимий табриклаб, барчангизга сиҳат-саломатлик, бахт ва омад тилайман.
Дилмурод НАБИЕВ,
Қарши давлат университети ректори, профессор
👉
@qarduuz
👈