Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

RTM_Tabiiy fanlar

rtm_tabiy_fanlar
Murojaatlar yo‘nalishlari: Kimyo: @Saidaxon_Rustamovna Biologiya: @zebo_369 Geografiya: @HMT86 Fizika: @JamshidAkbarovich0125
Подписчики
1 313
24 часа
3
30 дней
-27
Просмотры
334
ER
25,44%
Посты (30д)
2
Символов в посте
970
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
July 27, 13:43
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#iqtisodiyot_va_biznes
🔊
Cambridge University Press & Assessment
tashkilotining tajribali eksperti
Ion Tay
va
mahalliy olimlar ishtirokida, xalqaro standartlar asosida
takomillashtirilgan
iqtisodiyot
va biznes
fani Milliy o‘quv dasturining o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat ekanidan xabardormisiz?

Ushbu video aynan shu haqida.
🔴
Iqtisodiyot va biznes fani Milliy o‘quv dasturi o‘quvchilarda
iqtisodiy va moliyaviy savodxonlikni, tadbirkorlik ko‘nikmalarini
hamda
mehnat bozorida raqobat qilishga tayyorgarlikni
bosqichma-bosqich rivojlantirishga xizmat qiladi.
🔵
Dastur orqali o‘quvchilar
shaxsiy byudjetni rejalashtirish, jamg‘arma yaratish, investitsiya va moliyaviy risklarni baholash, biznes g‘oyalarni ishlab chiqish
hamda hayotiy vaziyatlarda mas’uliyatli iqtisodiy qarorlar qabul qilishni o‘rganadilar.
👍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌐
Veb-sayt
✈️
Telegram
👥
Facebook
📺
YouTube
📹
Instagram

July 18, 04:08
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram


Cambridge University Press & Assessment
tashkilotining tajribali eksperti, xalqaro o‘quv dasturlari yo‘nalishida faoliyat yurituvchi akademik tadqiqotchi Fay Weston va
mahalliy olimlar ishtirokida, xalqaro standartlar asosida
takomillashtirilgan
geografiya
fani oʻquv dasturining oʻziga xos jihatlari nimalar ekanidan xabardormisiz?

Ushbu video ayni shu haqida.
🔴
Geografiya fani Milliy o‘quv dasturi
tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlik, kommunikatsiya, raqamli savodxonlik
hamda
muammoni hal qilish
kompetensiyalarini rivojlantirib, barqaror rivojlanishga hissa qo‘shadigan avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.
👍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌐
Veb-sayt
✈️
Telegram
👥
Facebook
📺
YouTube
📹
Instagram

June 11, 13:27
Файлы недоступны
6
2
Открыть в Telegram

🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
📍
Toshkent shahridagi 60-sonli umumta’lim maktabida
“Salomatlik yo‘nalishlari”
ta’lim dasturi doirasida
“Sog‘lom avlodni tarbiyalaymiz”
mavzusida respublika seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda
2025–2026-o‘quv yili yakuni sarhisob
qilinib, dasturning istiqbollari muhokama qilindi va o‘quvchilarga sog‘lom ovqatlanish tamoyillarini amaliy o‘rgatuvch
i “Food-laboratoriya”
interaktiv mashg‘ulotining taqdimoti tashkil etildi.
➡️
Respublika ta’lim markazi vakillari
dasturning ahamiyati haqida to‘xtalib, bu yondashuv o‘quvchilarning
kundalik hayoti va oilaviy muhitida sog‘lom amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish
ga zamin yaratayotganini alohida qayd etishdi.
🔵
Tadbir yakunida dastur doirasida faol ishtirok etgan pedagog va hududiy koordinatorlar taqdirlandi.
P. S. Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan mazkur dastur har yili
12 mingdan ortiq o‘quvchi
ni qamrab olmoqda.
👍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating!
🌐
Veb-sayt
✈️
Telegram
👥
Facebook
📺
Youtube
📹
Instagram

June 10, 07:08
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram






Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Respublika ta’lim markazida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar yuzasidan mas’ullar bilan uchrashuv o’tkazdi.
👍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating!
🌐
Veb-sayt
✈️
Telegram
👥
Facebook
📺
YouTube
📹
Instagram

June 09, 17:54
Файлы недоступны
9
1
Открыть в Telegram

📍
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Respublika ta’lim markazi faoliyati bilan tanishdi
⚡️
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova
Respublika ta’lim markazi
ga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida tashkilotda
amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar va istiqboldagi rejalar
to‘g‘risida axborot berildi.
🔊
Vazir markaz xodimlari bilan uchrashib, ular uchun yaratilgan
shart-sharoitlar
hamda
RTM faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlari
bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida
Davlat ta’lim standartini ishlab chiqish
va
o‘quv dasturlarini takomillashtirish
jarayonlariga alohida e’tibor qaratilib, mazkur hujjatlarni jamoatchilik muhokamasiga tayyorlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, maktabgacha va umumiy o‘rta ta'lim uchun
o‘quv adabiyotlarini yaratish
borasida bajarilayotgan ishlar ko‘zdan kechirilib, ushbu yo‘nalishni yanada jadallashtirish yuzasidan aniq ko‘rsatmalar belgilandi.
👍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating!
🌐
Veb-sayt
✈️
Telegram
👥
Facebook
📺
Youtube
📹
Instagram

June 07, 03:40

🌍
O‘ZBEKISTONDA GEOGRAFIYA ILMI:
TARIXIY TARAQQIYOT, ILMIY MAKTABLAR VA GEOEKOLOGIK MUAMMOLARNING ZAMONAVIY YECHIMLARI
📢
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga maqola va tezislar qabuli boshlandi!
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar, magistrantlar, yosh olimlar va talabalar!
Sizni
“O‘zbekistonda geografiya ilmi: tarixiy taraqqiyot, ilmiy maktablar va geoekologik muammolarning zamonaviy yechimlari”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etishga taklif qilamiz.
📍
Manzil:
Toshkent
📅
Konferensiya kuni:
2026-yil 20-iyun

Materiallar qabuli:
2026-yil 19-iyungacha
📚
Konferensiya shakli:
dasturiy chiqishlarsiz, faqat ilmiy maqolalar to‘plami shaklida
💳
Tashkiliy to‘lov:
50 000 so‘m
🎓
Sertifikat:
QR-kodli sertifikatlar 2026-yil 22-iyun kuni yuboriladi

Maqolalar quyidagi tillarda qabul qilinadi:
o‘zbek, rus, ingliz, qozoq, qirg‘iz va turk tillarida.
🔹
Konferensiya sho‘balari:
1️⃣
O‘zbekistonda geografiya ilmining shakllanishi, tarixiy taraqqiyoti va milliy ilmiy merosi
2️⃣
Oliy ta’lim tizimida geografiya fakultetlari, yo‘nalishlari va kafedralari tarixi
3️⃣
Hamidulla Hasanovich Hasanov va Rahmonbek Umarbekovich Rahimbekov ilmiy merosi: O‘zbekiston geografiya fani tarixini o‘rganish masalalari
4️⃣
Abdusami Soliyev ilmiy maktabi va O‘zbekistonda iqtisodiy-ijtimoiy geografiya tadqiqotlari
5️⃣
Asom Alimovich Rafiqov ilmiy merosi va O‘zbekistonda geoekologiya maktabining shakllanishi
6️⃣
O‘zbekistonda hududiy geografiya ilmiy markazlari va mahalliy geografik maktablar
7️⃣
O‘zbekistonda geoekologik muammolar: hududiy tahlil, monitoring va zamonaviy yechimlar
8️⃣
Zamonaviy geografik tadqiqotlarda GIS, masofadan zondlash, raqamli kartografiya va innovatsion metodlar
📌
Maqolalarni rasmiylashtirish bo‘yicha asosiy talablar:
▫️
maqola hajmi kamida 3 bet bo‘lishi;
▫️
matn Microsoft Word formatida, Times New Roman 14 shriftida tayyorlanishi;
▫️
qatorlar oralig‘i 1,5 interval bo‘lishi;
▫️
annotatsiya va kalit so‘zlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida berilishi;
▫️
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati GOST uslubida rasmiylashtirilishi lozim.
📌
Konferensiya materiallari elektron shaklda
Academic Research Publisher
saytida va
Academic Science Publishing
Telegram kanalida joylashtiriladi.
🤝
Konferensiya to‘lovining 1 foizi ijtimoiy mas’uliyat tashabbusi doirasida xayriya maqsadlariga yo‘naltiriladi.
🎁
Maqola va tezislari qabul qilingan ishtirokchilarga hamkorimiz
Hamroh books
nashriyotidan xarid uchun
20 foizlik chegirma vaucheri
taqdim etiladi.
📩
Maqola va tezislarni yuborish uchun:
E-mail:
journalofgeographyandregionals@gmail.com
Telegram:
https://t.me/jgrs_2026
📌
Tashkiliy qo‘mita konferensiya yo‘nalishiga mos kelmagan hamda belgilangan talablarga javob bermagan materiallarni chop etmaslik huquqiga ega.
Ilmiy izlanishlaringizni xalqaro ilmiy maydonda e’lon qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
🔸
https://t.me/academic_sciense_publishing

June 05, 12:05
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🤝
5-iyun — Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni!
🌎
Qadrli hamkasblar va aziz yurtdoshlar!
🫥
Bugun sayyoramiz iqlim oʻzgarishi, suv tanqisligi kabi katta muammolar bilan yuzma-yuz turibdi.
Davlatimiz rahbari Global ekologik jamg‘armaning sakkizinchi assambleyasi ishtirokchilariga
tabrigida
aytganidek, yurtimizda ekologik tozalik uchun tizimli kurash boshlandi va
2 million yoshning ekologik savodxonligini oshirish
bosh maqsad qilib olindi.
🔠
Tabiatni asrash shunchaki burch emas, balki
qalbimizdagi borliqqa boʻlgan mehr va masʼuliyat
dir.
🔸
Respublika taʼlim markazi
jamoasi ayni shu mehr maktab ostonasidanoq boshlanishi kerak deb hisoblaganimiz bois takomillashtirilayotgan oʻquv dasturlarimizga
yashil taʼlim tamoyillarini, iqlim oʻzgarishi muammolari hamda tabiatga nisbatan masʼuliyatli munosabatda boʻlish koʻnikmalarini
singdirmoqdamiz.
🔹
Musaffo osmon ostidagi ona zaminimiz har doim yam-yashil libosda koʻrk toʻksin, tabiatimiz oʻzining betakror tarovati va jozibasini hech qachon yoʻqotmasin, farzandlarimiz esa mana shunday toza, baxtiyor va begubor muhitda kamol topib, yorugʻ istiqbol sari dadil odimlashsin.
👍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating!
🌐
Veb-sayt
✈️
Telegram
👥
Facebook
📺
Youtube
📹
Instagram

May 27, 08:46
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 64-maktab 8a va 8b sinf oʻquvchilari bilan o'tkazilgan amaliy mashgʻulot jarayonlari
Mavzu:Ammiak olish va xossalarini oʻrganish
Fan o'qituvchisi: N.A.Boboyeva
Bizni kuzatib boring va kanalimizga aʼzo boʻling hamda oʻzingizning ijod namunalaringizni bizga joʻnating
👇
👇
👇
https://t.me/rtm_tabiy_fanlar

May 27, 08:46
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

May 20, 04:58
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Jizzax viloyati Baxmal ixtisoslashgan maktabi 6-A sinf o'quvchilari bilan Tabiiy fanlar fanidan o'tkazilgan loyiha ishidan lavhalar.
Mavzu: Quyosh, sayyoralar va Oy
Fan o‘qituvchisi: Jumanov Temur.
Bizni kuzatib boring va kanalimizga aʼzo boʻling hamda oʻzingizning ijod namunalaringizni bizga joʻnating
👇
👇
👇
https://t.me/rtm_tabiy_fanlar