
Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi
#Ustozga_ehtirom
Ustozingizga hali aytolmagan “rahmat”ingiz bormi?
➖
1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan
“Ustozga ehtirom” chellenjiga start beramiz.
🎥
Ustozingiz bilan bog‘liq
unutilmas xotirangiz, aytolmay qolgan rahmatingiz
yoki
ezgu tilaklaringizni
qisqa videoga olib, o‘z sahifangizga joylashtiring.
📲
Videoda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy sahifalarini
belgilang. Eng samimiy videolar vazirlikning rasmiy
sahifalarida ulashiladi.
🎉
“Ustozga ehtirom” chellenjiga siz ham qo‘shiling!
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
#1dars3qism
📚
«Raqamli ma’rifat akademiyasi» loyihasi!
🎯
Bugungi mavzu:
🌐
Internet — imkoniyatmi yoki xavf?
Internetdan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, raqamli makonda axborotni saralash va turli tahdidlardan himoyalanish — bugun har birimiz uchun muhim.
1-dars, 1-qism
1-dars 2-qism
1-dars 3-qism
Davomi bor...
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
👇
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
Instagram
#diqqat_eʼlon
#sport
✅
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida maktab oʻquvchilari oʻrtasida sportni ommalashtirish va iqtidorli yoshlarni aniqlash maqsadida “Maktab ligasi” musobaqalariga start berilmoqda.
➖
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida hamda 10 ta sport turi boʻyicha oʻtkazilayotgan mazkur musobaqada ishtirok etish uchun joriy yil 10-sentabrdan boshlab roʻyxatdan oʻtish boshlanadi.
🔹
Roʻyxatdan oʻtish
5tashabbus.uz
platformasi orqali 2026-yil 1-oktabrga qadar davom etadi.
👉
Barcha maktab oʻquvchilarini ushbu sport musobqalarida qatnashib, oʻz iqtidorlarini namoyish etishga chaqirib qolamiz.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating:
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
DIQQAT!
CHELLENJ!
Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan 1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan chellenj e'lon qiladi.
“Ustozni ulug‘lab”
chellenjining nizomi va shartlari:
Chellenjning asosiy maqsadi — ustoz va murabbiylarga bo‘lgan hurmat-ehtiromni oshirish, ularning zahmatli mehnatini e'tirof etish va o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida minnatdorlik madaniyatini keng targ‘ib qilishdan iborat.
1. Chellenjda qatnashish shartlari
Chellenjda barcha jumladan o‘quvchilar, sobiq bitiruvchilar, ota-onalar hamda ta’lim muassasasi jamoasi qatnashishi mumkin. Chellenj
2 ta asosiy yo‘nalish
bo‘yicha o‘tkaziladi:
1-yo‘nalish: “Ustozga ehtirom” (Video format)
Ustozingizga bag‘ishlangan eng samimiy tilaklar, she’r yoki qisqa tasvirli minnatdorlik videosini suratga oling (davomiyligi 1 daqiqadan oshmasligi kerak).
Videoda ustozingizning ism-sharifini va sizga bergan eng muhim sabog‘ini ta’kidlab o‘ting.
2-yo‘nalish: “Ustozim bilan birga” (Foto va matn format)
Sevimli ustozingiz bilan tushgan fotosuratingizni yoki ularning dars jarayonidagi eng ta’sirli lahzasini joylang.
Rasm ostiga ustozingiz va uning mehnati haqida qisqa, ta’sirli post (dil izhori) yozing.
2. Joylashtirish va belgilash qoidalari
Materiallar bo‘limning ijtimoiy tarmoqlardagi (Telegram, Instagram, Facebook) rasmiy sahifalarga joylashtiriladi.
Post ostida albatta quyidagi rasmiy xeshteglar ko‘rsatilishi shart:
#UstozniUluglab
#UstozgaEhtirom
#1OktabrUstozlarKuni
3. Muxlat va baholash
O‘tkazilish muddati:
10-sentabrdan 1-oktabrgacha.
G‘oliblarni aniqlash:
Eng ko‘p ko‘rilgan, eng samimiy va ijodiy yondashilgan 3 ta ishlar Hakamlar hay’ati tomonidan tanlab olinadi hamda
1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni”
bayram tadbirida maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Kreativlik, konseptsiya, mantiqiy izchillik va ssenariy, tasvir va ovoz sifati, montaj va dinamika, auditoriyaga ta’siri tanlovda g‘olib bo‘lishga ustunlik beradi.
🟢
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📱
Telegram
|
📱
Facebook|
📱
Web-sayt
|
📱
You Tube
#
Samarqand
Samarqand shahrida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarda o‘quvchilar davomatini yaxshilash borasida hamkorlikda vazifalar belgilandi
✅
Samarqand shahrida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar davomatini yaxshilash, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish hamda ta’lim muassasalarida sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
✅
Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yilining dastlabki kunlarida maktablarda o‘quvchilar davomatini muntazam nazorat qilish, dars mashg‘ulotlariga sababsiz kelmayotgan o‘quvchilar bilan individual ishlash, ularning ota-onalari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda maktablarga biriktirilgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarning vazifalariga alohida e’tibor qaratildi.
🚸
“Diqqat, bolalar!”, “Diqqat, piyoda!”
tadbiri doirasida Samarqand shahridagi
81-sonli umumta’lim maktabida
targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
🎓
Tadbir davomida o‘quvchilarga
yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish
, yo‘llarda xavfsiz harakatlanish hamda bolalar ishtirokidagi
yo‘l-transport hodisalarining oldini olish
bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
⚠️
O‘quvchilarga piyodalar uchun belgilangan joylardan foydalanish, svetofor talablariga amal qilish va yo‘l harakati ishtirokchisi sifatida ehtiyotkor bo‘lish zarurligi uqtirildi.
Bolalar xavfsizligi — barchamizning mas’uliyatimiz!
🚦
https://t.me/samyhxb
#1dars2qism
📚
«Raqamli ma’rifat akademiyasi» loyihasi!
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand shahar bo‘linmasi tomonidan, Samarqand shahar hokimligi bilan hamkorlikda «Raqamli ma’rifat akademiyasi» loyihasi yo‘lga qo‘yildi.
🎯
Loyiha doirasida bugungi mavzu:
🌐
Internet — imkoniyatmi yoki xavf?
Internetdan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, raqamli makonda axborotni saralash va turli tahdidlardan himoyalanish — bugun har birimiz uchun muhim.
1-dars, 1-qism
1-dars 2-qism
Davomi bor...
#RaqamliMarifatAkademiyasi
#Internet
#RaqamliMadaniyat
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
👇
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
Instagram
📚
«Raqamli ma’rifat akademiyasi» — yangi loyiha!
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand shahar bo‘linmasi tomonidan, Samarqand shahar hokimligi bilan hamkorlikda
«Raqamli ma’rifat akademiyasi»
loyihasi yo‘lga qo‘yildi.
🎯
Loyiha doirasida bugungi mavzu:
🌐
Internet — imkoniyatmi yoki xavf?
Internetdan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, raqamli makonda axborotni saralash va turli tahdidlardan himoyalanish — bugun har birimiz uchun muhim.
1-darsning 1-qismi. Davomi bor...
Ko‘rish:
https://youtu.be/X6NqlpjN39I?si=UMHhhqw_W8zW5TOz
#RaqamliMarifatAkademiyasi
#Internet
#RaqamliMadaniyat
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
👇
Telegram
|
YouTube
|
Facebook
|
Instagram
‼️
‼️
‼️
🔺
PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari e’lon qilindi — O‘zbekiston o‘quvchilari qanday natija qayd etdi?
Ta’lim forumi doirasida OECD tomonidan
PISA 2025 xalqaro baholash dasturi natijalari
rasman e’lon qilindi.
Ta’kidlash joiz, O‘zbekiston PISA tadqiqotida
ikkinchi marotaba
qatnashdi.
Mamlakatimizdan xalqaro tashkilot tomonidan tasodifiy tanlab olingan
233 ta maktabning 8 652 nafar 15 yoshli o‘quvchisi
tadqiqotda ishtirok etdi.
❗️
Tabiiy fanlar bo‘yicha
O‘zbekiston o‘quvchilari
438 ball
to‘plab,
91 ta davlat va ta’lim tizimi orasida 48-o‘rinni
egalladi.
↗️
Taqqoslash uchun, PISA 2022da tabiiy fanlar bo‘yicha natija
355 ball va 80-o‘rin
ni tashkil etgan. Shu tariqa, 2025-yilda natija
qariyb 83 ballga oshgan
.
💻
Raqamli dunyoda o‘rganish bo‘yicha
:
O‘zbekiston o‘quvchilari
402,4 ball
qayd etib,
72-o‘rinni
egalladi.
Eslatib o‘tamiz, PISA 2025da asosiy yo‘nalish sifatida tabiiy fanlar savodxonligi belgilangan. Matematika va o‘qish savodxonligi bo‘yicha natijalar yuzasidan qo‘shimcha tahlillar olib borilmoqda.
📊
Ma’lumot o‘rnida: PISA 2025 Xalqaro tadqiqotida 91 ta davlat va ta’lim tizimi ishtirok etdi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating:
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
#kiberogohlik
Ota-onalaringizni kiberjinoyatchilardan himoya qiling!
Telegram
|
Instagram
|
Youtube