
Sammi
⭐️
Videoda texnik xatolik ketib qolibti, yangilangan videoni ko'rishingiz mumkin.
https://youtu.be/kyg4YL1tNcg
👨💻
Next.js & AI kursimizning asosiy loyihasi tayyor!
🔋
Uzoq kutilgan "
Next.js va Sun'iy Intellekt
" premium kursimizning eng katta, yakuniy loyihasini to'liq tugatdik. Loyiha qanday chiqqani, uning funksionalligi va tizimda AI qanday ishlashini to'liq ko'rsatib beruvchi maxsus demo video tayyorladim.
🕒
Zamonaviy texnologiyalar va sun'iy intellekt yordamida nimalar qilish mumkinligini o'z ko'zingiz bilan ko'ring!
📱
Videoni YouTube'da ko'rish:
https://youtu.be/kyg4YL1tNcg
✈️
Kursga yozilish va batafsil ma'lumot:
sammi.academy/premium/nextjs-ai
😂
AI (Sun'iy intellekt) faqatgina kod yozish jarayonini o'zgartirayotgani yo'q.
🌙
U bizning qanday ishlashimizni, bilim olishimizni, yangi mahsulotlar yaratishimiz va muammolarni hal qilish uslubimizni butunlay o'zgartirmoqda.
🔇
Eng muhim savol esa quyidagicha:
🔞
Siz AI'dan samarali foydalanishni o'rganyapsizmi yoki shunchaki nima bo'lishini kutib o'tiribsizmi?
Hammaga salom! Qani, ishni ham boshlasak bo'ladi.
Qayerda to'xtagan edik? Asosiy yo'nalishimiz —
Sammi.academy
da sun'iy intellekt (AI) kurslarini zamonaviy texnologiyalar yordamida chuqur o'rganish va amaliy, real loyihalar ustida ishlash edi
Hozirgi kunda faqat
Next.js AI kursimiz
faol holatda. Uni ham tez orada to'liq yakunlab, barcha qismlarini tayyor holatga keltiramiz
To'g'ri, 1 oy vaqtimiz biroz "muzlab" qoldi
🧊
, ammo tanaffus tugadi. Endi barcha jarayonlarni maksimal darajada tezlashtiramiz va yangi bosqichga o'tamiz!
Katta loyihalar hali oldinda, kuzatishda davom eting!
Assalamu Alaikum do’stlar yaxshimisizlar. Anchadan beri active bo’lmadim, buni sabablari bor edi. Bir boshni ikkita qilish arafasida yugur yugur bilan ishga vaqtim bo’lmadi. Endi ishni ham boshlasak bo’ladi.
Qayerda tohtagan edik?
Kimgadur shunday rasim qilib kórmoqchi bólsa kommentariyada prompt qoldiraman.
AI bu sizning yordamchingiz. Nechta yordamchilarim bor ekan-a )
Biz chip yaratdik va u tez.
OpenAI yangi chip yaratganmush va baralla u tez dedi. Ko'ramiz endi Nvidia qanday javob qaytarar ekan.
2026-yilda Dasturlash
🏠
Londa qilib aytganda. Hozirgi kunda dasturlash hamma narsani bilish degani emas. U nimani va nima uchun o'rganish kerakligini bilishga aylanib ulgurdi.
Agar siz 2026-yilda dasturlashni boshlamoqchi bo'lsangiz, sizga birinchi navbatda mukammal yo'l xaritasi yoki qimmatbaho kurslar (ular hozir hamma joyda tiqilib yotibdi) kerak emas.
Asosiy kalit: aniqlik + izchillik.
Xo'sh, qanday boshlash kerak?
1⃣
Boshlanishiga bitta yo'nalish va bitta tilni tanlang: hamma narsani birdaniga o'rganishga urinmang.
2⃣
Oddiy bo'lsa ham, loyihalar yaratishni vaqtliroq boshlang: haqiqiy kod har doim nazariyadan ko'ra kuchliroqdir.
3⃣
Hujjatlarni (Dokumentatsiyani) o'qishni va muammolarni hal qilishni o'rganing: bu ko'nikma sintaksisni yodlashdan ko'ra ancha muhimroq.
4⃣
Sun'iy intellektdan fikrlashingiz o'rnini bosadigan emas, balki sizga yordam beradigan vosita sifatida foydalaning.
Xo'sh, 2026-yilda har qanday IT mutaxassisiga nima kerak?
1⃣
Kuchli poydevor (fundament): Tizim qanday ishlaydi? Ma'lumotlar qanday harakatlanadi? API'lar qanday muloqot qiladi?
2⃣
Muammolarni hal qilish qobiliyati: Katta muammoni oddiy qadamlarga ajratishni bilish.
3⃣
Moslashuvchanlik: Dunyo va umuman texnologiyalar tez o'zgaradi, lekin sog'lom fikr va aql har doim dolzarb bo'lib qoladi.
4⃣
Yaxshi muloqot (kommunikatsiya): Malakali muhandis o'z fikrini tushuntirishni va jamoa bilan ishlashni biladi.
Yakunda:
Eng aqlli bo'lishingiz shart emas. Siz izchil va qiziquvchan bo'lishingiz kerak.
Og'alar, kechagi live'ga kirolmay qolganlar uchun qisqacha xulosa
❤️
Kechagi efirda asosan yangi roadmap haqida gaplashdik. Agar vaqt topib, live'ning boshidagi 10 minutini eshitib qo'ysanglar, nima gapligini to'liq tushunib olasizlar o'zi.
🔇
Qisqa qilib aytganda, bu roadmap sizlarga haqiqiy loyihalarni qurish skillingizni zo'r qilib oshirib beradi. Hozir bizda
NextJS AI kursi
bor-a, u yerda AI yordamida proyektni 0 dan o'zingiz ko'tarasiz. Xuddi shu uslubda kelgusida NestJS'da backend arxitekturasi, React Native'da mobil dasturlash va telegram botlar qilishni ham ko'rib chiqamiz.
Keyin-chi desangiz... eng qiziq joyi boshlanadi — bevosita Agentlar bilan proyekt ko'tarishga o'tamiz!
✈️
🏫
Xullas, bu roadmap sizlarga proyektlarni qila olaman degan katta ishonch beradi.