Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

SAMARQAND VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BOSHQARMASI l RASMIY KANALI

samarqandvxtb
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali Facebook: www.facebook.com/SamarqandMMTB Web-site: https://sm.uzedu.uz/uz http://samuzedu.uz/ Murojaat uchun: @sammmtb_bot
Подписчики
14 400
24 часа
30 дней
Просмотры
1 905
ER
7,83%
Посты (30д)
110
Символов в посте
878
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
February 17, 13:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🔹
JURNALIST VA BLOGЕRLAR DIQQATIGA!
❇️
Joriy yilning 19-fevral kuni soat 14:00 da viloyat Matbuot uyida Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 5-fevral kuni qabul qilingan “Maktabgacha ta'lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati hamda maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkaziladi.
🖌
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram
| Facebook
|
YouTube
|
Veb sayt

February 17, 13:26
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

🔹
Ta’lim tizimidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida viloyat hokimining yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari H.To‘xtayev boshchiligida ZOOM orqali kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda viloyat studiyasidan boshqarma rahbariyati, bo‘lim va shu’ba boshliqlari ishtirok etdi. Shuningdek, tuman (shahar) studiyalaridan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining muvofiqlashtirish shu’basi bosh metodistlari, davlat-xususiy sheriklikni tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha mutaxassislar, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha mas’ul xodimlar hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari qatnashdi.
Yig‘ilishda o‘quvchilar o‘rtasidagi jinoyatchilikning oldini olish, chaqiriqqacha tayyorgarlik sinfxonalari va “Jasorat maktablari”ning holati, shuningdek, oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim sifati muhokama qilindi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining buyrug‘iga ko'ra, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangani ma’lum qilindi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan aniq topshiriqlar berilib, ta’lim tizimida intizom va mas’uliyatni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
🖌
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram
| Facebook
|
YouTube
|
Veb sayt

February 17, 13:06
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

Qizlar futboliga start berildi
Xabar qilinganidek, bugun futbol bo'yicha o'quvchi-qizlar o'rtasida  “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi boshlandi.
📑
Samarqand futbol akademiyasi o'yingohida tashkil etilgan ochilish marosimida viloyat hokimi o'rinbosari H.Tuxtayev, ishtirok etib, barcha jamoalarga omad tiladi.
🗣
Ayni vaqtda o'yinlar Samarqand futbol akademiyasi hamda Charxin futbol maktabi o'yingohlarida davom etmoqda. Musobaqaning viloyat (final) bosqichi Samarqand shahridagi 2-son sport maktabida bo'lib o'tadi.

February 17, 09:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ахborot 24 | «Yil o’qituvchisi» tanlovining ikkinchi bosqichi
#17feb
mtrk.uz
|
Instagram
|
Youtube
|
Facebook
|
Telegram

February 17, 09:01
Файлы недоступны
6
1
Открыть в Telegram





#Йил_ўқитувчиси
🔴
"Yil o‘qituvchisi" tanlovining ikkinchi bosqichi jarayonlari davom etmoqda.

Bunda nomzodlar o‘z fanlari bo‘yicha dars o‘tishmoqda, eng yaxshi natija qayd qilgan ustozlar keyingi bosqichga yo‘l olishadi.
JARAYONLARDAN FOTO VA VIDEO REPORTAJLAR
🔰
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
🔰
Toshkent viloyati
🔰
Surxondaryo viloyati
🔰
Andijon viloyati
🔰
Xorazm viloyati
🔰
Buxoro viloyati
🔰
Samarqand viloyati
🔰
Farg‘ona viloyati
🔰
Sirdaryo viloyati
ISHTIROKCHILAR FIKRI

Qoraqalpog'iston Respublikasi

Farg'ona viloyati

Buxoro viloyati

Samarqand viloyati

Toshkent viloyati

Xorazm viloyati

Navoiy viloyati
Jarayonlar OAVda ham keng yoritilmoqda:
🔹
"Madaniyat va ma'rifat" telekanali
🔹
UzA
🔹
Namangan MTRK
🔹
UzA
🔹
Surxondaryo MTRK
🔹
Farg'ona MTRK
🔹
Sirdaryo MTRK
#7_kun
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating:

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin

February 17, 07:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

KUN XABARLARI
16.02.2026-YIL
Rasmiy sahifalar:

𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭
|
🔹
𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤
|
🔹
𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦
🔹
𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦
|
🔹
𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

February 17, 07:13
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

#korrupsiyaga_qarshi_kurash
📌
Halol jamiyatni halol avlod barpo etadi
Jamiyatni yemiradigan illatlardan biri bu korrupsiya. U nafaqat iqtisodiyotni ortga tortadi, balki ishonchni so‘ndiradi, adolat mezonini buzadi.
1-umumta’lim maktabida tuman prokurori vazifasini bajaruvchi Erkin Ahmedjonov tomonidan yuqori sinf o‘quvchilari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish va halollik vaksinasi“ mavzusida dars mashg‘uloti tashkil etildi.

February 17, 06:31
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🔴
#Ayni_paytda
#Yil_o‘qituvchisi
#yettinchi_kun
🔹
"YIL O‘QITUVCHISI "TANLOVINING IKKINCHI BOSQICHI  DAVOM ETMOQDA
⚡️
Xabar qilinganidek,   Kattaqo‘rg‘on  shahridagi 2-umumta‘lim maktabida "
Yil o'qituvchisi
" tanlovining II bosqichida Nurobod tumanining mahoratli ustozlari iste‘dodlarini namoyish etishmoqda
🌟
Ayni paytda   3-bo‘lib dars berish mahoratini namoyish etadigan  nomzodning darsida qatnashadigan sinf o‘quvchilari va dars mavzusi  qur‘a tashlash orqali aniqlandi.
🖌
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
Telegram
| Facebook
|
YouTube
|
Veb sayt

February 17, 05:47
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Aholi tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar
— Men savolnomada oila a’zolarimni ham kiritib, onlayn ro‘yxatdan o‘tdim. Faqat menga sertifikat chiqdi. Lekin oila a’zolarimning ish joyidan ularni ro‘yxatdan o‘tganligini isbotlovchi sertifikat so‘rashmoqda. Bunda qanday yo‘l tutsa bo‘ladi?
— Agar siz onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida oila a’zolaringizni ham o‘zingiz bilan birga yagona savolnoma orqali kiritgan bo‘lsangiz, demak, ular ham ro‘yxatga olingan hisoblanadi. Bu qonun talablariga to‘liq mos.
Biroq tizim texnik jihatdan faqat bitta — asosiy respondent nomi bilan sertifikat shakllantiradi. Shu sababli oila a’zolaringiz uchun alohida sertifikat avtomatik tarzda chiqarilmaydi.
Agar sizga xonadon tarkibida kimlar ro‘yxatdan o‘tganini tasdiqlovchi ma’lumot kerak bo‘lsa, ushbu ma’lumot sertifikatning quyi qismida keltirib o‘tilgan. Ish joyingiz tomonidan onlayn ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlovchi hujjat so‘ralsa, mazkur ro‘yxatni taqdim etishingiz mumkin.
— Men savolnomada oila a’zolarimni ham kiritib, onlayn ro‘yxatdan o‘tdim. Faqat menga sertifikat chiqdi. Lekin oila a’zolarimning ish joyidan ularni ro‘yxatdan o‘tganligini isbotlovchi sertifikat so‘rashmoqda. Bunda qanday yo‘l tutsa bo‘ladi?
— Agar siz onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida oila a’zolaringizni ham o‘zingiz bilan birga yagona savolnoma orqali kiritgan bo‘lsangiz, demak, ular ham ro‘yxatga olingan hisoblanadi. Bu qonun talablariga to‘liq mos.
Biroq tizim texnik jihatdan faqat bitta — asosiy respondent nomi bilan sertifikat shakllantiradi. Shu sababli oila a’zolaringiz uchun alohida sertifikat avtomatik tarzda chiqarilmaydi.
Agar sizga xonadon tarkibida kimlar ro‘yxatdan o‘tganini tasdiqlovchi ma’lumot kerak bo‘lsa, ushbu ma’lumot sertifikatning quyi qismida keltirib o‘tilgan. Ish joyingiz tomonidan onlayn ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlovchi hujjat so‘ralsa, mazkur ro‘yxatni taqdim etishingiz mumkin.
— Ro‘yxatdan o‘tishda propiskada turganlar ko‘rsatiladimi yoki amalda yashab turganlarmi?
— Ro‘yxatga olish jarayonida faqat respondent bilan birga hozirda bir uyda yashab turgan oila a’zolari ro‘yxatga kiritiladi. Propiskada turgan, ammo hozirda birga yashamayotgan shaxslar kiritilmaydi.
— JSHSHIRni kiritib bo‘lmayapti. Shuningdek, bolani ham qo‘shib bo‘lmayapti. Nima qilish mumkin?

census.stat.uz
saytiga OneID orqali kirilganda oila a’zolari haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda chiqadi. Agar ma’lumotlarda xato yoki kamchilik bo‘lsa, ularni to‘g‘rilash, a’zo qo‘shish yoki o‘chirish mumkin.
Ma’lumot uchun: hozirda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ham JSHSHIR mavjud. Uni
my.gov.uz
saytidagi «Mening oilam» bo‘limi orqali olish mumkin.
— Ayrim davlat tashkilotlarida ro‘yxatdan o‘tishni majburiy qilib, kadastr hujjatlari talab qilinmoqda. Bu to‘g‘rimi?
— Yo‘q. Ro‘yxatdan o‘tish uchun kadastr raqami yoki kadastr hujjatlari talab etilmaydi. So‘rovnomada faqat uy-joy, qurilish va yashash xonalari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi yerlari maydoni bo‘yicha umumiy ma’lumotlarni bilish yetarli.
Ro‘yxatdan o‘tish majburiymi, degan savolga kelsak, davlat organlari va tashkilotlari tizimida ishlayotgan xodimlar uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish belgilangan muddatlarda — 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar — ta’minlanishi Prezident farmonida belgilangan. Shu bilan birga, belgilangan muddat tugashidan oldin xodimlarni majburiy tarzda shoshilinch ro‘yxatdan o‘tkazish nazarda tutilmagan.

February 17, 05:19
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#Tayinlov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan:
Umarova Hilola Oʻktamovna
— Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining pedagogik taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʻlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Bizni kuzating

Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin