Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

SamATI | Rasmiy kanali

samati_rasmiy
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rasmiy telegram sahifasi Tel: +99866 492 81 16, +99893 235 97 88 Veb-sayt: www.samaguni.uz Murojaat uchun: @SamATIinfo_bot Facebook: fb.com/Samaguni.uz https://www.instagram.com/samati_rasmiy
Подписчики
1 897
24 часа
-1
30 дней
-35
Просмотры
544
ER
28,68%
Посты (30д)
146
Символов в посте
1 288
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 27, 12:18
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

SamATI VA UNITUS PROFESSORLARI O‘RTASIDA ILMIY SEMINAR TASHKIL ETILDI
✅
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida Italiyaning Tusha universiteti professorlari Elena Brunori va Mauro Maesano ishtirokida ilmiy seminar tashkil etildi.
🟢
Seminar davomida professorlar SamATI professor-o‘qituvchilariga o‘zlarining ilmiy faoliyati, tadqiqot yo‘nalishlari, ilmiy maqolalari hamda amalga oshirilayotgan loyihalari haqida taqdimotlar qildilar. Xususan, professor Elena Brunori uzumchilik, iqlim o‘zgarishiga moslashish, tuproq va iqlim monitoringi hamda agroekotizimlarda uglerod zaxiralari, professor Mauro Maesano esa shahar agroo‘rmonchiligi, yashil infratuzilma va uzumchilikda raqamli texnologiyalar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Seminar davomida ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in savol-javob va fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi.
✔️
Kelgusida italiyalik professorlar bilan agronomiya yo‘nalishida qo‘shma ilmiy maqolalar tayyorlash va tadqiqot loyihalarini amalga oshirish kutilmoqda. Mazkur hamkorlik xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlash va ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirishga xizmat qiladi.
🤓
SamATI Axborot xizmati
📱
Website
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
YouTube

October 27, 12:09
Файлы недоступны
4
2
Открыть в Telegram

INNOWEEK 2026: XALQARO ILMIY HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI
📣
Bugun, 2026-yil 27-oktabr kuni Toshkent shahridagi "
CAEx Uzbekistan" koʻrgazmalar majmuasida "InnoWeek.Uz-2026"
doirasidagi "Germaniya–Markaziy Osiyo ilmiy-innovatsion konferensiyasi" boʻlib oʻtdi.
⚡️
Ushbu nufuzli xalqaro anjumanda
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori B.Eshonqulov
ishtirok etdi.
🟢
Konferensiya doirasida erishilgan asosiy kelishuvlar hamda yoʻnalishlar:
🔵
Tajriba almashinuvi: Germaniya tadqiqot jamgʻarmasi (DFG), CASIB, Hannover Leybnits universiteti hamda mahalliy yetakchi oliygohlar (TIIAME, WIUT) vakillari bilan ilmiy tadqiqotlar sohasida oʻzaro tajriba almashildi.
⚡
Ilgʻor texnologiyalar: Qishloq xoʻjaligida barqaror sugʻorma dehqonchilik va tuproqshunoslik boʻyicha eng soʻnggi innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
✅
Xalqaro aloqalar: Ilmiy-innovatsion aloqalarni rivojlantirish va xalqaro ilmiy hamkorlik imkoniyatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan amaliy muloqotlar oʻtkazildi.
🤓
SamATI Axborot xizmati
📱
Website
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
YouTube

October 27, 07:18
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

📌
UNITUS VA SAMATI QO‘SHMA KAMPUSIDA XALQARO DARS MASHG‘ULOTLARI DAVOM ETMOQDA
🤓
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti hamda Italiyaning Tusha universiteti (
University of Tuscia — UNITUS
) hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma kampusda xalqaro darajadagi dars mashg‘ulotlari izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi mashg‘ulotlarni olib borish uchun italiyalik professor
Cristian Silvestri
institutga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida professor institut rektori tomonidan qabul qilindi.
2026-yil 26-oktabrdan boshlab professor Cristian Silvestri
“Organik dehqonchilik” magistratura mutaxassisligi
talabalari uchun “O‘rta yer dengizi iqlimi sharoitida daraxt ekinlarini organik usulda yetishtirish” (
Organic Tree Crop Production in Mediterranean Climates
), shuningdek,
“Oziq-ovqat texnologiyasi” va “Agronomiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
talabalari uchun “Meva va uzumchilik (bog‘dorchilik mahsulotlarini yetishtirish)” (
Fruit and Viticulture (Arboricultural Production)
) fanlaridan dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda.
Mashg‘ulotlar davomida organik dehqonchilik tamoyillari, tuproq va suv resurslaridan oqilona foydalanish, bog‘ va tokzorlarni barpo etish hamda parvarishlash, shuningdek, hosildorlikni oshirish va yetishtirilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga qaratilgan zamonaviy agrotexnologiyalar o‘rganilmoqda.
Bunday xalqaro hamkorlik tashabbuslari talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish hamda qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
🤓
SamATI Axborot xizmati
📱
Website
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
YouTube

October 26, 15:17
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🟥
🟥
🟥
🟩
🟩
🟩
🎭
“Talabalar teatr studiyalari” körik-festivalining 2027-yilgi mavsumiga start berildi!
🇺🇿
Ta’lim va ilm-fan vazirligi Madaniyat vazirligi, Yoşlar işlari agentligi hamda Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda
“Talabalar teatr studiyalari” körik-festivalining 2027-yilgi mavsumini
e’lon qiladi.
🗣
Festival 4 bosqiçda ötkaziladi:
↪️
Birinçi – oliy ta’lim taşkilotlarida fakultetlararo saralaş bosqiçi;
↪️
Ikkinçi – hududiy bosqiç;
↪️
Uçinçi – mintaqaviy yarim final;
↪️
Törtinçi – respublika final bosqiçi.
🏆
Ğolib va sovrindorlar uçun munosib mukofotlar belgilangan:
🥇
1-örin – BHMning 100 barobari;
🥈
2-örin – BHMning 70 barobari;
🥉
3-örin – BHMning 50 barobari;
🎭
Şuningdek, nominatsiyalar böyiça:
➡️
“Eng faol oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyasi – BHMning 35 barobari;
➡️
“Eng yaxşi erkak roli uçun” nominatsiyasi – BHMning 25 barobari;
➡️
“Eng yaxşi ayol roli uçun” nominatsiyasi – BHMning 25 barobari;
➡️
“Jamoa ijodkor talabasi” nominatsiyasi – BHMning 20 barobari;
➡️
“Eng yaxşi talabalar teatr studiyasi rahbari”  nominatsiyasi – BHMning 15 barobarigaça pul mukofotlari taqdim etiladi.
✈️
Bundan taşqari, 1-örinni egallagan jamoa a’zolari uçun
xorijiy davlatlardan biriga sayohat
taşkil etilişi ham mumkin.
📌
Festivalda iştirok etiş istagidagi talabalar özlari tahsil olayotgan oliy ta’lim taşkilotining yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça mas’ullariga murojaat qilişlari mumkin.
➡️
Festival nizomi bilan tanişiş
✨
Iste’dodingizni namoyon eting, katta sahna sari ilk qadamni qöying!
Bizni kuzating:
📱
Instagram
|
📺
YouTube
|
🕊
Telegram

October 26, 13:02
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🐄
ÇORVAÇILIKDA ZAMONAVIY YONDAŞUV: XALQARO TAJRIBA VA AMALIY KÖNIKMALAR
🤓
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida Iqlimga çidamli qişloq xöjaligi böyiça Germaniya - Özbekiston ekspertlar muloqoti dasturi doirasida “Qoramollarning tuyoqlarini kesiş” hamda “Buzoqlarni parvariş qiliş” mavzularida taşkil etilgan “Trenerlar uçun trening” (ToT) öquv-seminari haqida batafsil ushbu
videolavhada körişingiz mumkin.
👉
Manba:
https://www.instagram.com/reel/De3_GAegDWc/
#SamATI
#XalqaroHamkorlik
#Chorvachilik
#Veterinariya
#ToT
#IqlimgaChidamliQishloqXöjaligi
🤓
SamATI Axborot xizmati
📱
Website
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
YouTube

October 26, 07:14
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🌏
O‘ZBEKISTON–KOREYA HAMKORLIGI: AGRAR SOHADA INNOVATSION YECHIMLAR VA YANGI ISTIQBOLLAR
🤓
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida Koreya Respublikasining nufuzli davlat organlari va ilmiy muassasalari rahbarlaridan iborat delegatsiya bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiyaga Koreya Milliy inson resurslarini rivojlantirish instituti (NHI) vakillari boshchilik qildi. Uning tarkibidan Koreya Respublikasi Fan va AKT vazirligi, Qishloq taraqqiyoti boshqarmasi (RDA), Yer, infratuzilma va transport vazirligi, Rejalashtirish va byudjet vazirligi hamda boshqa qator davlat va ilmiy muassasalarning boshqaruv vakillari o‘rin oldi.
🥔
Uchrashuv doirasida O‘zbekiston–Koreya hamkorligida amalga oshirilayotgan kartoshka urug‘chiligi loyihasi taqdim etildi. Unda sifatli urug‘lik kartoshka yetishtirish, kasalliklarga chidamli navlarni ko‘paytirish hamda mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy izlanishlar va amaliy natijalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
💡
Shuningdek, qishloq xo‘jaligiga zamonaviy raqamli yechimlar va «Smart» texnologiyalarni joriy etish, agrar tarmoq samaradorligini oshirish hamda innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
🤝
Uchrashuv yakunida tomonlar agrar sohada ilmiy va amaliy hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasidagi manfaatdorliklarini bildirdilar.
🤓
SamATI Axborot xizmati
📱
Website
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
YouTube

October 26, 06:29
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🌍
XALQARO ILMIY ALOQALAR MUSTAHKAMLANMOQDA
🤓
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti professori Ş.K.Amirov Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida bölib, hamkor taşkilot - Tyumen entomologiya va araxnologiya ilmiy-tadqiqot institutida ötkazilgan xalqaro konferensiyada ma’ruza bilan iştirok etdi.
🇷🇺
Xizmat safari davomida professor Ş.K.Amirov Tyumen agrar universitetida taşkil etilgan Yu.F.Yudiçev nomidagi anatomiya muzeyi hamda Tyumen davlat naslçilik korxonasiga taşrif buyurib, ularning faoliyati bilan tanişdi.
🤝
Şuningdek, xalqaro konferensiya doirasida Izhevsk davlat agrar universiteti rahbariyati hamda Perm veterinariya preparatlari işlab çiqariş zavodi vakillari bilan uçraşuvlar ötkazilib, istiqbolli hamkorlik yönalişlari yuzasidan kelişuvlarga erişildi.
🏆
Xalqaro konferensiya yakunida Tyumen entomologiya va araxnologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Sergey Vasilyeviç Derkaç tomonidan Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti rahbariyatiga konferensiyadagi faol iştiroki uçun Taşakkurnoma topşirildi.
🎁
Öz navbatida, institutimiz nomidan mezbonlarga esdalik sovğalari taqdim etildi.
🌐
Mazkur taşrif xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlaş, tajriba almaşiş hamda ilmiy-ta’limiy hamkorlikning yangi yönalişlarini rivojlantirişga xizmat qiladi.
🤓
SamATI Axborot xizmati
📱
Website
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
YouTube

October 24, 11:15
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🐄
ÇORVAÇILIKDA ZAMONAVIY YONDAŞUV: XALQARO TAJRIBA VA AMALIY KÖNIKMALAR
🤓
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida Iqlimga çidamli qişloq xöjaligi böyiça Germaniya - Özbekiston ekspertlar muloqoti dasturi doirasida “Qoramollarning tuyoqlarini…

October 24, 05:38
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

❤️‍🔥
❤️‍🔥
❤️‍🔥
💟
💟
💟
💙
💙
💙
🤔
“ENG INNOVATSION G‘OYA” RESPUBLIKA TANLOVINING BIRINCHI BOSQICHI SAMATIDA O‘TKAZILADI!
🤓
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 4-sentabrdagi 463-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq
“Eng innovatsion g‘oya” respublika tanlovining birinchi bosqichi
o‘tkaziladi.
🤔
Tanlovning asosiy maqsadi
— oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarning startap loyihaga aylantirish imkoniyati yuqori bo‘lgan innovatsion g‘oyalarini aniqlash, ularni saralash hamda moliyalashtirishga tavsiya etishdan iborat.
⚙️
TANLOVDA QANDAY G‘OYALAR BILAN ISHTIROK ETISH MUMKIN?
🤔
Tanlovga ilmiy dalil va asosga ega, yangi mahsulot yoki xizmat yaratishga qaratilgan, mavjud muammolarni hal etish imkonini beradigan hamda amaliyotga joriy qilish istiqboliga ega innovatsion g‘oyalar taqdim etilishi mumkin.
🤔
Bunda g‘oyaning shunchaki yangiligi emas, balki uning qanday muammoni hal qilishi, taklif etilayotgan yechimning afzalligi, amalga oshirish mexanizmi va kelgusida startap loyihaga aylanish imkoniyati muhim ahamiyat kasb etadi.
🌀
Tanlov doirasida qishloq xo‘jaligi, agrotexnologiyalar, ekologiya, turizm, iqtisodiyot, oziq-ovqat texnologiyalari va boshqa yo‘nalishlardagi istiqbolli innovatsion tashabbuslar taqdim etilishi mumkin.
🌐
KIMLAR ISHTIROK ETISHI MUMKIN?
⚠️
Tanlovda institutning bakalavriat hamda magistratura bosqichida tahsil olyotgan iqtidorli talabalar ishtirok etishlari mumkin. Har bir ishtirokchi bitta loyiha bilan qatnashadi.
🟢
TANLOVDA ISHTIROK ETISH UCHUN QUYIDAGI HUJJATLAR TAQDIM ETILADI
:
✅
Tanlovning birinchi bosqichida ishtirok etish uchun ariza(qo'lyozma);
✅
Innovatsion g‘oya to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
✅
Xarajatlar smetasi;
✅
Loyihaning taqdimot prezentatsiyas
i.
📝
Arizalar va hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati:
2026-yil 10-noyabrga qadar
📍
Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish sektori(137-xona)da qabul qilinadi.
🏪
Tanlovning birinchi bosqichi:
2026-yil 13-noyabr.
🇺🇿
Institut bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan talabalar munosib taqdirlanadi hamda tanlovning respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritadilar.
✅
Institutning barcha iqtidorli, izlanuvchan va tashabbuskor talabalarini o‘z innovatsion g‘oyalari bilan tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz!
🤓
SamATI Axborot xizmati
📱
Website
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
YouTube

October 23, 12:37
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

📌
TALABALAR TURAR JOYIDA “MUNOZARA” DEBAT BELLAŞUVI BÖLIB ÖTDI
🤓
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti talabalar turar joyida yoşlarning huquqiy madaniyati, tanqidiy fikrlaşi va notiqlik mahoratini rivojlantirişga qaratilgan “Munozara” debat bellaşuvi taşkil etildi.
✅
Unda talabalar “Korrupsiyaga qarşi kuraşda yoşlarimiz faol” mavzusi doirasida özaro bellaşdilar. Iştirokçi jamoalar tasdiq va inkor pozitsiyalarida fikr yuritib, öz qaraşlarini dalillar, mantiqiy muşohadalar hamda hayotiy misollar orqali asoslaşga harakat qildilar.
✅
Qizğin bahs-munozaralar davomida talabalar öz fikrlarini erkin ifodalaş, qarama-qarşi fikrlarni tahlil qiliş va asosli xulosalar çiqariş könikmalarini namoyon etdilar.
💯
Bunday intellektual bellaşuvlar yoşlar orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş, halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlaş hamda faol fuqarolik pozitsiyasini rivojlantirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
🤓
SamATI Axborot xizmati
📱
Website
📱
Telegram
📱
Facebook
📱
Instagram
📱
YouTube