Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Sambhram University / Rasmiy kanal

sambhramuniversityjizzakh
𝑱𝒊𝒛𝒛𝒂𝒙 𝒔𝒉𝒂𝒉𝒂𝒓 𝑺𝒂𝒎𝒃𝒉𝒓𝒂𝒎 𝑼𝒏𝒊𝒗𝒆𝒓𝒔𝒊𝒕𝒆𝒕𝒊 🏛 ▫️ t.me/SambhramUniversityJizzakh ▫️ http://sambhram.uz 📍 3, Hamraqul Nosirov street , Jizzax “SAMBHRAM”
Подписчики
1 196
24 часа
—
30 дней
-29
Просмотры
453
ER
37,88%
Посты (30д)
69
Символов в посте
1 036
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 26, 10:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📢
OLIY TA’LIM TASHKILOTLARIGA MUHIM TOPSHIRIQ
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 19-oktabrdagi 04/61-9185-son xatiga muvofiq, oliy ta’lim tashkilotlarida talaba-yoshlarning ma’naviy-axloqiy, mafkuraviy, diniy va siyosiy savodxonligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini kuchaytirish belgilandi.
Shu munosabat bilan, oliy ta’lim tashkilotlarining rasmiy ijtimoiy tarmoq sahifalarida tavsiya etilgan ma’rifiy kanallar targ‘ibotini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, yoshlar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi taqiqlangan manbalar hamda kontentlar haqida talabalarni muntazam ogohlantirib borish vazifasi belgilandi.
Mazkur topshiriq yoshlarning axborot va mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ularning ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
🔗
Targ‘ibot posti:
https://t.me/yoshlar_eduuuz/24741

October 26, 10:06
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Bugun neçta video kördingiz?
Har bir videoni kimdir yaratgan — va buning uçun pul olgan.
Farqi nimada? Bilimda.
Qanday video köp köriladi, sahifa ganday östiriladi, mijoz qayerdan topiladi — bu bilimning nomi SMM.
Ustoz Al endi Jizzaxda — birinçi offline filial!
SMM kursi 2 oy, noldan boşlab
2 oyda örganing va pul işlaşni boşlang.

Boşlaniş: 28-oktabr
Hoziroq qönğiroq qiling: (94)378-69-69
📩
Batafsil ma’lumot olish uchun
havola
’dan ro’yxatdan o’ting!
😎
Telegram
|
😎
Instagram
|
😀
Menejerga bog'lanish

October 24, 08:03
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

📢
JIZZAX SAMBHRAM UNIVERSITETIDA UMUMIY YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI
...
🌏
Jizzax Sambhram universiteti rektori
boshchiligida professor-o‘qituvchilar hamda akademik xodimlar ishtirokida yig‘ilish tashkil etildi.
📝
Yig‘ilish kun tartibidan universitetda ta’lim sifatini yanada oshirish, yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalarni belgilash hamda tashkiliy masalalarni ko‘rib chiqish o‘rin oldi.
📚
Kun tartibidagi asosiy masalalar:
🔘
Ta’lim sifatini oshirish
— o‘quv jarayonini takomillashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Ta’lim samaradorligini oshirish bo‘yicha fikr-mulohaza va takliflar tinglandi.
🔘
Yangi xodimlarni tanishtirish
— 2026–2027-o‘quv yilida faoliyatini boshlagan professor-o‘qituvchilar va xodimlar, jumladan, Hindistondan taklif etilgan mutaxassislar universitet jamoasiga tanishtirildi.
🔘
Tashkiliy masalalar
— xodimlar ovoz berishi orqali universitetning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi hamda kasaba uyushmasiga oid saylov masalalari ko‘rib chiqildi.
🔘
Ilmiy yutuqlar e’tirofi
— ilmiy unvonlarga sazovor bo‘lgan professor-o‘qituvchilarning diplomlari tantanali ravishda topshirildi.
⏳
Yig‘ilish yakunida universitetda ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni mustahkamlash va jamoaviy hamkorlikni rivojlantirish muhim vazifalar sifatida belgilandi.
✅
Jizzax Sambhram universiteti — sifatli ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sari!
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
▶️
You tube
Jizzax Sambhram universiteti Axborot xizmati
.

October 24, 07:12
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📢
TAYINLOV
📝
Jizzax Sambhram universitetida kadrlar tayinlovi amalga oshirildi.
✅
Muminjonova Umida Xaydarovna
— Fundamental, ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi 2026-yil 21-oktyabrdan ichki o‘rindoshlik asosida 0,50 shtat birligida
Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi
lavozimiga tayinlandi.
Umida Xaydarovnaga yangi mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat, kuch-g‘ayrat va samarali ishlar tilaymiz!
✏️
Jizzax Sambhram universiteti jamoasi muborakbod etadi!
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
▶️
You tube
Jizzax Sambhram universiteti Axborot xizmati
.

October 23, 17:13
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🎉
SHUKRONA KUNINGIZ MUBORAK!
✨
23-oktabr kuni Jizzax Sambhram universitetida faoliyat yuritayotgan Ibrohim Ilhomov 28 yoshni qarshi olmoqda.
📢
Ibrohimga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va ish faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
▶️
You tube
Jizzax Sambhram universiteti Axborot xizmati
.

October 23, 11:02
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

📢
JIZZAX SAMBHRAM UNIVERSITETI YOSHLAR KENGASHI KOORDINATORLARI SARALAB OLINDI!
💡
Jizzax Sambhram universitetida
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich
tashkiloti Yoshlar kengashi tarkibiga fakultet va yo‘nalish koordinatorlarini saralash bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.
✅
Suhbat natijalariga ko‘ra, quyidagi talabalar Yoshlar kengashi koordinatorlari etib saralab olindi:
🔹
Fakultet koordinatorlari:
1️⃣
Axborot texnologiyalari fanlari fakulteti koordinatori
— Davronov Umarali Nurali o‘g‘li.
2️⃣
Axborot texnologiyalari muhandisligi fakulteti koordinatori
— Musulmanov Diyorbek Olim o‘g‘li.
3️⃣
Biznes boshqaruvi fakulteti koordinatori
— Artukboyev Diyor Toxir o‘g‘li.
🔹
Yo‘nalish koordinatorlari:
🎓
Talaba qizlar koordinatori
— Xudoyqulova Sarvinoz Sunnat qizi.
🇺🇿
Harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishi koordinatori
— Saxobov Latifbek Vahob o‘g‘li.
⏳
Intellektual loyihalar koordinatori
— Qo‘chqorboyeva Nilufar Faxriddin qizi.
✏️
Yoshlar daftari va metsenatlik yo‘nalishi koordinatori
— Sodiqova Nargiza Umrzoq qizi.
🌥
Besh tashabbus koordinatori
— Turdibekov Abduaziz Abdulla o‘g‘li.
🗝
Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori
— Komoljonova Vasila Jahongir qizi.
📊
Yangi saralab olingan koordinatorlarga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilaymiz! Ishonamizki, ular o‘z tashabbuslari, yangi g‘oyalari va fidoyiligi bilan universitet yoshlarining ijtimoiy hayotini yanada rivojlantirishga munosib hissa qo‘shadilar.
✅
Yoshlar bilan birga — yangi marralar sari!
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
▶️
You tube
Jizzax Sambhram universiteti Axborot xizmati
.

October 23, 07:30
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

🌏
JIZZAX SAMBHRAM UNIVERSITETINING YANGI O‘QITUVCHISI!
✅
Jizzax Sambhram universiteti Biznes boshqaruvi (BBA) yo‘nalishida Dr. S. Sivasubramanian
Assistant Professor lavozimida faoliyat yuritishni boshladi.
📝
Hindistonlik mutaxassis Anna University va Coventry University (Buyuk Britaniya)da tahsil olgan hamda Madurai Kamaraj universitetida PhD darajasini olgan.
📚
Uning ilmiy va kasbiy faoliyati biznes boshqaruvi, inson resurslarini boshqarish, marketing tahlili hamda biznes tadqiqotlari yo‘nalishlarini qamrab oladi.
✏️
Dr. S. Sivasubramanian Solamalai muhandislik kollejida 2025–2026-o‘quv yilining kuzgi semestrida 100 foizlik natija ko‘rsatgani uchun
Performance Excellence Award
mukofoti bilan taqdirlangan.
🌥
Jizzax Sambhram universiteti
jamoasiga xush kelibsiz! Sizga ilmiy va pedagogik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
📢
Jizzax Sambhram universiteti — sifatli ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sari!
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
▶️
You tube
Jizzax Sambhram universiteti Axborot xizmati
.

October 23, 06:09
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

🌏
“QIZLAR AKADEMIYASI” DOIRASIDA UCHRASHUV TASHKIL ETILDI
✅
Jizzax Sambhram universitetida talaba-qizlarning bilim va salohiyatini oshirish, ularning liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ijtimoiy faolligini kuchaytirish hamda kelajakda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish maqsadida
“Qizlar akademiyasi”
doirasida uchrashuv tashkil etildi.
💡
Uchrashuvda Jizzax viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi vakillari
Malikova Marjona va Norbekova Ra’no
o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Ma’ruzalar davomida yosh qizlarning jamiyatdagi o‘rni, tashabbuskorlik va yetakchilik fazilatlarini rivojlantirish, o‘z ustida ishlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
✏️
Shuningdek, universitet vakili
Kamoljonova Vasila
ham o‘z ma’ruzasi bilan qatnashib, talaba-qizlarning shaxsiy rivojlanishi, bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.
📊
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, qizlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni yangi tashabbus va loyihalarga jalb etish hamda faol yoshlar safini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
🔎
“Qizlar akademiyasi” — bilimli, tashabbuskor va yetakchi qizlarni tarbiyalash sari muhim qadam!
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
▶️
You tube
Jizzax Sambhram universiteti Axborot xizmati
.

October 22, 10:21
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

🌏
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI VA OILAVIY NIZOLARNING OLDINI OLISH
✅
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Bahriddin Valiev boshchiligidagi ishchi guruhi Jizzax davlat pedagogika universiteti faollar zalida bo'lib o'tdi.
💡
Tashrif doirasida Prezidentning 2026-yil 5-yanvardagi PQ–1 va PQ–2-son qarorlari ijrosi, talaba-yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda sog‘lom ma’naviy-psixologik muhitni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
📌
Tadbirda Jizzax Sambhram universitetining professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etdi.
📝
Shuningdek, oilaviy nizolarni mediatsiya orqali hal etish, muammolarni tinch yo‘l bilan bartaraf etish hamda davlat idoralari, ta’lim muassasalari va mahalla hamkorligini kuchaytirishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
▶️
You tube
Jizzax Sambhram universiteti Axborot xizmati
.

October 22, 06:34
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

💡
SAMBHRAM UNIVERSITETIDA TALABA-YOSHLAR UCHUN PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI
✏️
Jizzax Sambhram universiteti faollar zalida Sambhram universiteti hamda Kazan universiteti talaba-yoshlari ishtirokida huquqiy savodxonlikni oshirish va turli huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
📚
Tadbirning asosiy maqsadi — talaba-yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar iste’molining salbiy oqibatlarini tushuntirish, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz va mas’uliyatli foydalanish madaniyatini rivojlantirishdan iborat.
🔎
Tadbirda quyidagi mas’ul va mutaxassislar ishtirok etdi:
✅
Jizzax viloyati IIB vakili, katta leytenant K. Qilichova;
✅
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Sh. Xayitboyev;
✅
Kazan universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i O. Sadikov;
✅
Psixolog D. Dauranova;
✅
A. Bosimov.
📢
Tadbir davomida talaba-yoshlarga qonunlarga rioya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, zararli odatlardan yiroq bo‘lish hamda internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda hushyorlik va mas’uliyatni unutmaslik yuzasidan muhim tushunchalar berildi.
✅
Bunday profilaktik tadbirlar yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish hamda sog‘lom va xavfsiz muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌐
Telegram
🌐
Instagram
🌐
Facebook
▶️
You tube
Jizzax Sambhram universiteti Axborot xizmati
.