
Samarqand tumani hokimligi 🇺🇿
📌
SAMARQAND TUMANIDA MUROJAATLARNI IJOBIY HAL ETISH YUZASIDAN AMALIY SEMINAR O‘TKAZILDI
Samarqand tumanida fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida va ijobiy hal etish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda Prezident Xalq qabulxonasi Samarqand viloyat mudiri o‘rinbosari, tuman hokimi, viloyat hokimligi Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i hamda tegishli korxona va tashkilotlar mas’ullari ishtirok etdi.
Seminar davomida har bir murojaatni atroflicha o‘rganish, muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda ularni ijobiy hal etish yuzasidan barcha zaruriy choralarni ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Asosiy maqsad — fuqarolar murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmasdan, har bir masalaga amaliy yechim topish va aholi roziligini ta’minlash.
Kanalimizga a’zo bo‘ling!
👇
Web-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Kadastr pasporti tayyorlaş va köçmas mulkka bölgan huquqlarni davlat röyxatidan ötkaziş xizmatlari uçun undiriladigan tölovlar haqida xabardormisiz
❓
➡️
Batafsil: Infografikada
Kanalimizga a’zo bo‘ling!
👇
Web-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
📍
SAMARQAND TUMANIDA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Samarqand tumanidagi 12-son bolalar musiqa va san’at maktabi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.
Unda Prezident Xalq qabulxonasining Samarqand viloyati mudiri örinbosari X.Ochilov, viloyat sudi raisining o‘rinbosari – fuqarolik sudlov hay’ati raisi O.Xasanov, viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari O.Mannanov, viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari N.Xaydarov va Samarqand tumani hokimi S.Usmanov hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularning yechimi yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Har bir murojaatni belgilangan tartibda o‘rganish va ijobiy hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.
Kanalimizga a’zo bo‘ling!
👇
Web-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
Samarqand viloyatidan
E-auksion.uz
platformasi orqali dehqon xöjaligi yerlarini ijaraga oling!
🟢
Oqdaryo tumanidan 30 ta (
köriş
)
🟢
Bulunğur tumanidan 102 ta (
köriş
)
🟢
Jomboy tumanidan 42 ta (
köriş
)
🟢
Iştixon tumanidan 48 ta (
köriş
)
🟢
Kattaqörğon tumanidan 163 ta (
köriş
)
🟢
Qöşrabot tumanidan 37 ta (
köriş
)
🟢
Narpay tumanidan 154 ta (
köriş
)
🟢
Payariq tumanidan 6 ta (
köriş
)
🟢
Pastdarğom tumanidan 15 ta (
köriş
)
🟢
Paxtaçi tumanidan 139 ta (
köriş
)
🟢
Samarqand tumanidan 11 ta (
köriş
)
🟢
Nurobod tumanidan 25 ta (
köriş
)
🟢
Urgut tumanidan 62 ta (
köriş
)
🎞
e-auksion.uz video
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (77) 375-74-17
☎️
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07
☎️
🤵🏻
"E-AUKSION" vakili (99) 207-26-07
☎️
⏰
Iş vaqti - (09:00 dan 18:00 gaça)
Kanalimizga a’zo bo‘ling!
👇
Web-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
YouTube
|
Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Parkent tumanida qurilish materiallari sanoati va turizmni rivojlantirish masalalari yuzasidan investorlar hamda tadbirkorlar bilan
uchrashuv oʻtkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел в Паркентском районе Ташкентской области
встречу
с инвесторами и предпринимателями по вопросам развития промышленности строительных материалов и туризма.
#Mirziyoyev
#uchrashuv
#qurilish
#turizm
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Xalqaro aviaqatnovlar geografiyasini kengaytirish
turizmning yana bir muhim omili sifatida belgilandi.
Bugungi kunda
O‘zbekistondan dunyoning 102 ta shahriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro reyslar
mavjud. Biroq
Avstraliya hamda Shimoliy va Sharqiy Yevropaning ayrim davlatlaridan
sayyohlar hali ham
tranzit yo‘nalishlar orqali kelmoqda.
Kelasi oydan
Turkiyaning “Pegasus”
aviakompaniyasi
Buxoro, Termiz va Andijonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishi
ma’lum qilindi.
Turk havo yo‘llari, “Etihad Airways” va “Flynas” kabi kompaniyalar ham yangi yo‘nalishlarga qiziqish bildirmoqda.
Mutasaddilarga
“beshinchi havo erkinligi” rejimidan foydalangan holda xorijiy aviakompaniyalar bilan muzokaralarni faollashtirish
vazifasi qo‘yildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Sayyohlarga
qulay to‘lov xizmatlarini yaratish va ko‘chma savdoni rivojlantirish
choralari ham belgilandi.
O‘zbekistonda
“Apple pay” va “Google pay” xalqaro to‘lov tizimlari ishga tushgani
qayd etildi. Banklarga
Xitoy, Hindiston va Indoneziya kabi mamlakatlarning to‘lov tizimlari bilan ham integratsiyani ta’minlash
vazifasi qo‘yildi.
Shuningdek,
mehmonxonalar, muzeylar, teatrlar, vokzallar va xiyobonlar atrofida
suvenirlar, ichimliklar hamda tez tayyor taomlar sotiladigan
ko‘chma savdo nuqtalarini ko‘paytirish
taklif etildi.
Hokimlarga bir oyda
bunday savdo nuqtalari uchun joylar, harakat yo‘nalishlari, ish vaqti va yagona dizayn talablarini tasdiqlash
topshirildi.
Toshkent shahri va Samarqandda mingtadan, Buxoro va Xorazmda 500 tadan, qolgan hududlarda 200 tadan ko‘chma savdo nuqtasini tashkil etish
vazifasi belgilandi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Hududlarda
havo turizmi va kichik aviatsiya xizmatlarini rivojlantirish
uchun katta imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Samarqand, Buxoro va Xorazmning tarixiy maskanlari, Boysun, Aydarko‘l va Parkentning Samsarak qishlog‘ida
havo sharlari, paraplan va deltaplan xizmatlarini tashkil etish
mumkin.
Biroq ushbu faoliyatga
ruxsatnoma olish xarajati qariyb 300 million so‘mni
tashkil etmoqda. Taqqoslash uchun,
Turkiyada bu to‘lov 13 million so‘m, Dubayda 10 million so‘m, Misrda esa bunday to‘lov yo‘q.
Mutasaddilarga
kichik aviatsiyani rivojlantirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish
topshirildi.
Kelasi yildan
har bir hududda kamida bitta manzilda aholi va sayyohlar uchun ana shunday xizmatlarni yo‘lga qo‘yish
vazifasi belgilandi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Turistik manzillarga
transport qatnovlarini sayyohlar ehtiyojiga moslashtirish
masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Masalan,
Toshkentdan Chinorkentga boradigan poyezd
soat 10:30 da manzilga yetib boradi, qaytish ekspressi esa 14:20 da jo‘naydi. Natijada Bo‘stonliqqa borgan sayyohning
hududni aylanishi uchun atigi to‘rt soatga yaqin vaqti
qolmoqda.
Shuningdek, Toshkent – Shahrisabz yo‘nalishidagi
“Afrosiyob” tezyurar poyezdi faqat yakshanba kuni qatnashi
qayd etildi. Bu qatnovda ham
sayyohning shahar bilan tanishishi uchun besh soat atrofida vaqti
qoladi.
Prezidentimiz
yangi turizm obyektlarini qurish bilan birga ularga borish va qaytish imkoniyatini qulay tashkil etish
zarurligini ta’kidladi.
Mutasaddilarga bir oyda
barcha temir yo‘l qatnovlari va ichki aviareyslar jadvalini tahlil qilib, aholi hamda sayyohlar talabiga muvofiq qayta ko‘rib chiqish va e’lon qilish
topshirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Turizmga investitsiya jalb qilish bo‘yicha har bir hudud rahbari uchun aniq maqsadlar belgilab berildi.
Shu bilan birga, hududlarda shakllantirilgan
11 milliard dollarlik turizm loyihalari
bo‘yicha bir oy ichida amaliy ishlarni boshlash topshirildi.
Uchrashuvda ishtirok etayotgan
o‘ndan ortiq xorijlik investor va yuzdan ziyod mahalliy tadbirkordan ham yangi yirik loyiha takliflari
kutilmoqda.
Asosiy vazifa
har bir shahar va tumanning tabiiy, tarixiy va iqtisodiy imkoniyatlarini amaliy natijaga, ya’ni investitsiya, xizmatlar va bandlik o‘sishiga aylantirishdan
iborat ekani ta’kidlandi.
Facebook
|
Instagram
|
X