
Samarqand tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi
#diqqat_eʼlon
#elektron_xizmat
📣
Hurmatli ota-onalar!
✅
Oʻquvchini xorijga ketishi munosabati bilan uni umumiy oʻrta taʼlim maktabi safidan chiqarish uchun onlayn ariza berish imkoniyati yaratildi. Buning uchun:
➖
my.gov.uz
portaliga yoki MyGov mobil ilovasidagi “Oʻquvchini xorijiy davlatga ketishi munosabati bilan taʼlim tashkiloti oʻquvchilari safidan chiqarish” xizmati orqali elektron soʻrovnoma toʻldiriladi hamda ariza beriladi.
❗️
Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul va hech qanday hujjat talab qilinmaydi. Barcha kerakli maʼlumotlar idoralararo elektron tizim orqali onlayn olinadi.
🔹
Sizning arizangiz bolalar masalalari boʻyicha tuman (shahar) komissiyasi tomonidan 5 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi tegishli qaror qabul qiladi.
➖
Tegishli taʼlim tashkiloti mazkur qaror asosida bir ish kuni ichida oʻquvchini elektron tizim (baza)dagi oʻquvchilar safidan chiqaradi.
👉
Bu haqida ariza beruvchi fuqaroning
my.gov.uz
portali yoki MyGov mobil ilovasidagi shaxsiy kabinetiga xabar yuboriladi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating:
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
#Ustozga_ehtirom
Ustozingizga hali aytolmagan “rahmat”ingiz bormi?
➖
1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan
“Ustozga ehtirom” chellenjiga start beramiz.
🎥
Ustozingiz bilan bog‘liq
unutilmas xotirangiz, aytolmay qolgan rahmatingiz
yoki
ezgu tilaklaringizni
qisqa videoga olib, o‘z sahifangizga joylashtiring.
📲
Videoda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy sahifalarini
belgilang. Eng samimiy videolar vazirlikning rasmiy
sahifalarida ulashiladi.
🎉
“Ustozga ehtirom” chellenjiga siz ham qo‘shiling!
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
#milliy_liboslar_kuni
🇺🇿
Samarqand tumani maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimi tasarrufidagi 45-umumiy oʻrta taʻlim maktabida milliy liboslar kuni.
#Boshda_doʻppim_gʻururim
🖌
Samarqand tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi axborot xizmati
@samtxtb
👋
😊
Barchaga salom, bizda ajoyib yangilik.
📣
"Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga 2026–2027-o‘quv yilida a'zo bo'lish uchun qabul jarayonini ochiq deb e'lon qilamiz.
🏫
Mamlakatimizdagi barcha maktablar
havola
orqali arizalarni to‘ldirgan holda loyihaga qo'shilishlari mumkin. Arizalarni qabul qilish 2026-yilning 10-sentabr kunidan 4-oktabr kunigacha davom etadi. To‘ldirilgan arizalarni
@qabul_eco_schools
manziliga yuborish zarur.
☝️
"Eco-Schools Uzbekistan" loyihasiga qo‘shilish va ekologik harakatning bir qismiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! Butun maktabingiz va mahallangiz bilan birgalikda atrof-muhitni asrash va yashil kelajakni yaratishga hissa qo‘shing.
~~~
👋
😊
Всем привет, у нас отличная новость!
📣
Мы объявляем о начале приема заявок на участие в проекте Eco-Schools Uzbekistan в 2026–2027 учебном году.
🏫
Все школы нашей страны могут присоединиться к проекту, заполнив заявку по
ссылке
. Прием заявок будет проходить с 10 сентября по 4 октября 2026 года. Заполненные заявки необходимо отправить на
@qabul_eco_schools
.
☝️
Не упустите возможность присоединиться к проекту Eco-Schools Uzbekistan и стать частью экологического движения! Вместе со своей школой и махаллёй внесите свой вклад в защиту окружающей среды и создание зелёного будущего.
#EcoSchoolsUzbekistan
😀
Zamin
🌐
Instagram
🌐
Facebook
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari
Saida Shavkatovna Mirziyoyeva
hozirgi lavozimi bilan o‘rindoshlik asosida Toshkent xalqaro moliya markazi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi.
Boshqaruvchi Moliya markazi kengashining Bosh kotibi hisoblanadi, kun tartibini shakllantirishni tashkil etadi, rais qatnashmagan majlislarda ularga raislik qiladi.
Moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yishni muvofiqlashtirish boshqaruvchi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ladi. Birinchi navbatdagi hujjatlarni tayyorlash, davlat organlari va Markaz tuzilmalari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish shular jumlasidan.
Shuningdek, Moliya markazi nomidan O‘zbekistonda va xorijda xalqaro tashkilotlar, investorlar hamda hamkorlar bilan munosabatlarda Markazga vakillik qilish, kadrlar bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ishtirok etish, jumladan, Moliya markazi ma’muriyatining ijrochi direktorini va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi rahbariyati bo‘yicha tavsiyalar kiritish ham boshqaruvchining muhim funksiyalari sirasiga kiradi.
Boshqaruvchi, shuningdek, bitimlar tuzish, ishchi guruhlar tashkil etish va ekspertlarni jalb qilish huquqiga ega.
—
Указом Президента Республики Узбекистан Руководитель Администрации Президента Республики Узбекистан
Мирзиёева
Саида Шавкатовна
назначена на должность управляющего Ташкентского международного финансового центра по совместительству с ныне занимаемой должностью.
Управляющий считается Генеральным секретарем Совета Финансового центра, организует формирование повестки, а в отсутствие председателя – председательствует на его заседаниях.
Ключевым направлением деятельности управляющего станет координация запуска Финансового центра: подготовка первоочередных документов, выстраивание взаимодействия между государственными органами и структурами центра.
В числе важных функций также представление Финансового центра во взаимоотношениях с международными организациями, инвесторами и партнерами в Узбекистане и за рубежом, а также участие в кадровых решениях, включая назначение исполнительного директора Администрации Финансового центра, его заместителей и внесение рекомендаций по руководству Управления финансовых услуг.
Управляющий также вправе заключать соглашения, создавать рабочие группы и привлекать экспертов.
Facebook
|
Instagram
|
X
#Сўраган_эдингиз
#malaka_toifasi
❓
Homilador yoki yosh bolasi bor ayollar attestatsiya sinovlarida qatnashish uchun ariza berolmaydi, deb eshitdim, shu toʻgʻrimi?
✅
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan
“Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”
gi
Nizom
talablariga koʻra:
➖
pedagoglar ikki turdagi — majburiy va ixtiyoriy
(navbatdan tashqari)
shaklda attestatsiyadan oʻtkaziladi.
👉
Nizomga asosan:
➖
homilador ayollar
(homilador boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida);
➖
homiladorlik va tugʻish hamda bolani parvarish qilish taʼtillarida boʻlgan ayollar
(taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida);
➖
uch yoshgacha bolalari bor ayollar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.
🔹
Eʼtibor qaratish lozimki,
yuqorida keltirilgan toifadagi pedagoglar faqat majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi, ixtiyoriy attestatsiyada qatnashish istagidagi
barcha pedagog ayollar sinovlarda qatnashish uchun oʻrnatilgan tartibda ariza berishlari mumkin.
👉
Maʼlumot uchun:
amaldagi tartibga koʻra, malaka toifasini oshirish uchun oʻz xohishiga koʻra navbatdan tashqari attestatsiyada qatnashib, attestatsiyadan oʻta olmagan pedagog kadrlarning:
➖
malaka toifasi tushirilmaydi va ularga
amalda boʻlgan malaka toifasi boʻyicha;
➖
sinov natijalariga koʻra malaka toifasi oshirilgan pedagoglarga
oshirilgan malaka toifasi boʻyicha haq toʻlanadi.
❗️
Eʼtibor bering!
Homilador yoki uch yoshgacha bolasi bor ayollarni majburiy attestatsiyadan ozod qilishdan asosiy maqsad, mazkur ayollarning va farzandlari salomatligini asrash, ularni ortiqcha ovoragarchilikdan himoya qilishdir.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
‼️
‼️
‼️
#Йил_ўқитувчиси
✅
Avval xabar berganimizdek, “Yil o‘qituvchisi” tanlovining uchinchi bosqichi yakunlandi hamda natijalar tanlovni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita tomonidan muhokama qilindi.
❗️
Muhokamalar jarayonida
har bir bosqich natijalari umumlashtirilganda ballari teng bo‘lib qolgan pedagoglar uchun
qo‘shimcha tanlov sifatida
mutaxassislik fani bo‘yicha test sinovlari
o‘tkazilishi belgilandi.
Bu bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “Yil o‘qituvchisi” tanlovini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita qarori ijrosi to‘g‘risida” 2026-yil 28—avgustdagi 323-son buyrug‘ida Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va kasbiy sertifikatlash boshqarmasi hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markaziga alohida topshiriqlar berildi.
🔰
Mazkur topshiriqni bajarish maqsadida “Yil o‘qituvchisi” tanlovining h
ar bir bosqich natijalari qo‘shilganidan keyin ballari teng kelib qolgan sariosiyolik ikki nafar pedagog o‘rtasid
a mutaxassislik fanidan qo‘shimcha test sinovini o‘tkazish maqsadida
Surxondaryo viloyatida
11-sentabr kuni qo‘shimcha tanlov
bo‘lib o‘tadi.
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
#Kelajak_soati_haqida
✅
“Oilada: Mustaqillik yillari yutuqlari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotda o‘quvchilar bilan mamlakatimiz mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari, jamiyat va hayotimizda yuz bergan ijobiy o‘zgarishlar haqida suhbatlashildi.
📍
Videolavhada:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
Nukus shahridagi 55-sonli maktab
.
Bizni kuzating:
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
#ishtirokchi_fikri
➖
SAMARQANDDA MENTORLAR UCHUN MAXSUS TRENINGNING DAVOM ETMOQDA
Samarqand tumanidagi 11-DMTT direktori Zarnigor Abdullayeva Samarqandda o‘tkazilayotgan hududiy maktabgacha ta’lim mentorlari treningi haqida o‘z mulohazalarini bildirib o‘tdi.
🖌
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
📱
Veb-sayt
➖
SAMARQANDDA MENTORLAR UCHUN MAXSUS TRENINGNING DAVOM ETMOQDA
Samarqand shahrida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan UNICEF hamda Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikda tashkil etilgan milliy trenerlar va trener-mentorlar uchun hududiy treningning ikkinchi kuni davom etmoqda.
Unda Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarining maktabgacha ta’lim yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan 30 nafar mentor-tarbiyachilari ishtirok etmoqda.
📚
Treningning ikkinchi kuni mentorlik siklining dastlabki bosqichlarini amaliy jihatdan o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lib, ishtirokchilar:
🔹
mashg‘ulot jarayonini samarali kuzatish;
🔹
kuzatuv natijalarini tahlil qilish;
🔹
refleksiv muloqotni tashkil etish;
🔹
pedagog bilan samarali va konstruktiv fikr-mulohaza almashish
bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar nazariy bilimlarni amaliy topshiriqlar, vaziyatli mashqlar hamda real mentorlik jarayonlariga yaqin ssenariylar orqali qo‘llab ko‘rmoqdalar.
🤝
Ayniqsa, mentor va pedagog o‘rtasidagi samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, dars jarayonini xolis kuzatish va rivojlantiruvchi fikr-mulohaza berish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🎯
Treningning ikkinchi kunidagi amaliy mashg‘ulotlar mentorlarning pedagoglarga metodik ko‘mak ko‘rsatish, ularning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va mentorlik jarayonini sifatli tashkil etish bo‘yicha amaliy kompetensiyalarini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
📍
Samarqand shahri
📅
10-sentyabr
🖌
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
📱
YouTube
📱
Veb-sayt