Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Saranews.uz

saranewsuz
Saranews - Kunning eng muhim va dolzarb yangiliklari qisqa, saralangan formatda. Murojaat uchun: @Saranews_uz_bot Reklama admini: @Sardorbek_Khushvakov javob beradi. Reklama xizmatlari narxlari: @Saranews_uz_reklama
Подписчики
1 170
24 часа
30 дней
-60
Просмотры
332
ER
28,38%
Посты (30д)
51
Символов в посте
533
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Медиа и коммуникации
Краткое описание
April 28, 06:56
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
O‘zbekistonda har mingta nikohga 175 ta ajrim to‘g‘ri kelmoqda
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ajrimlarning eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan. Shunga qaramay, mamlakatimizdagi ajrimlar darajasi boshqa ko‘plab davlatlarga nisbatan ancha pastligicha qolmoqda.
Solishtirish uchun:
Moldova — har mingta nikohga 643 ta ajrim;
Qozog‘iston — 328 ta ajrim;
Qirg‘iziston — 290 ta ajrim.
Tadqiqotchilar O‘zbekistondagi ushbu barqarorlikni jamiyatimizda oilaviy qadriyatlarning ustuvorligi va an’analarga bo‘lgan hurmat bilan izohlashmoqda.
📌
Yangiliklar sizga yoqsa kanalni do‘stlaringizga ham ulashing.
👉
SARANEWS.UZ
👈

April 28, 05:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Tayson Fyuri va Entoni Joshua jang bo‘yicha kelishuvga erishdilar
Sobiq jahon chempionlari o‘rtasidagi shartnoma rasman imzolandi.
Tarixiy to‘qnashuv 2026-yilning oktyabridan dekabriga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun:
Tayson Fyuri (35 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat, 1 durang) — faoliyati davomida WBA, WBO, IBO, IBF va WBC kamarlariga egalik qilgan.
Entoni Joshua (29 g‘alaba, 4 mag‘lubiyat) — IBF, WBA, WBO va IBO chempionlik unvonlari sohibi bo‘lgan.
Ushbu jang Britaniya boksi tarixidagi eng ulkan va hayajonli voqea bo‘lishi kutilmoqda.
📌
Yangiliklar sizga yoqsa kanalni do‘stlaringizga ham ulashing.
👉
SARANEWS.UZ
👈

April 28, 04:16
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Janubiy Sudanda aviahalokat oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi
Respublika fuqaro aviatsiyasi boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, mudhish hodisaga noqulay ob-havo sharoiti va ko‘rinish darajasining pastligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Hozirda voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari va halokat sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
📌
Yangiliklar sizga yoqsa kanalni do‘stlaringizga ham ulashing.
👉
SARANEWS.UZ
👈

April 28, 03:13
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Meksikada “Bog‘bon” (El Jardinero) laqabli narkobaron qo‘lga olindi

mamlakat Jamoat xavfsizligi va fuqarolarni himoya qilish vazirligi.
AQSh hukumati Audias Flores Silvani qo‘lga olishga yordam beradigan ma’lumot uchun 5 million dollar mukofot va’da qilgan edi.
Milenio nashrining xabar berishicha, “Bog‘bon” dunyodagi eng xavfli jinoiy guruhlardan biri — “Xalisko yangi avlodi” (CJNG) karteli rahbarlaridan biri bo‘lgan. Shuningdek, u shu yilning fevral oyida o‘ldirilgan kartel yetakchisi "El Mencho"ning ehtimoliy vorisi sifatida ko‘rilayotgan edi.
📌
Yangiliklar sizga yoqsa kanalni do‘stlaringizga ham ulashing.
👉
SARANEWS.UZ
👈

April 28, 02:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Valyuta_kurslari
Bugungi valyutalar kursi: 28.04.2026 yil
📌
Yangiliklar sizga yoqsa kanalni do‘stlaringizga ham ulashing.
👉
SARANEWS.UZ
👈

April 27, 10:35
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
🇺🇸
CNN telekanalining xabar berishicha
,
Oq uy yaqinda sodir bo'lgan otishma munosabati bilan yangi xavfsizlik choralarini muhokama qilgan
.
Muhokama AQSh prezidenti va vitse-prezidenti otishma kuni bir xonada bo'lganini hisobga olsak, bunday tadbirlarda qancha yuqori lavozimli amaldorlar qatnashishi mumkinligi masalasiga qaratildi.
Vans dastlab ziyofatda ishtirok etishi rejalashtirilmagan edi.
📌
Yangiliklar sizga yoqsa kanalni do‘stlaringizga ham ulashing.
👉
SARANEWS.UZ
👈

April 27, 09:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Namanganda kanalda oqib ketayotgan 3 yoshli bola qutqarildi
Namangan viloyati Davlatobod tumanida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchisi xizmatdan uyiga qaytayotganida "Katta Namangan" kanalida oqib ketayotgan bolani ko‘rib qolgan.
Qutqaruvchi soniyalar ichida qaror qabul qilib, o‘zini suvga otgan va 3 yoshli bolakayni qirg‘oqqa olib chiqib, hayotini saqlab qolgan.
📌
Yangiliklar sizga yoqsa kanalni do‘stlaringizga ham ulashing.
👉
SARANEWS.UZ
👈

April 27, 07:21
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

⚡️
🇺🇸
Hilton’da otishma: Tramp tadbirdan evakuatsiya qilindi
🚨
Vashingtondagi
Hilton mehmonxonasida
Donald Tramp ishtirok etgan kechki ovqat vaqtida
otishma sodir bo‘ldi
. Prezidentga zarar yetmagan, bir nafar xavfsizlik xodimi yengil jarohat olgan.
🔫
Hujumchi —
31 yoshli Koul Allen
— nazorat punktiga qurol bilan kirib, otishma boshlagan. Unda
miltiq, to‘pponcha va pichoqlar
bo‘lgani aytilmoqda va tezda qo‘lga olingan.
🏃‍♂️
Otishma paytida Tramp va uning rafiqasi
Maxfiy xizmat tomonidan zudlik bilan olib chiqilgan
, mehmonlar esa stol ostiga yashirinishga majbur bo‘lgan.
📍
Bu joy avval ham tarixga tushgan —
1981-yilda shu mehmonxona yaqinida Reyganga suiqasd qilingan
. Hozircha hujumchining motivi noma’lum, ish tergovda.
📌
Yangiliklar sizga yoqsa kanalni do‘stlaringizga ham ulashing.
👉
SARANEWS.UZ
👈

April 27, 06:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
🇺🇸
"Men pedofil emasman":
Tramp ziyofatdagi otishmachining "manifestida" keltirilgan da'volarni qat'iyan rad etdi.
"Men zo'rlovchi emasman; men hech kimni zo'rlamaganman", dedi u CBS News telekanaliga bergan intervyusida, otishmachining Epstein bilan aloqalari tufayli pedofiliya va jinsiy tajovuz haqidagi da'volariga izoh berar ekan.
📌
Yangiliklar sizga yoqsa kanalni do‘stlaringizga ham ulashing.
👉
SARANEWS.UZ
👈

April 27, 06:34
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Toshkent shahri hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Toshkent shahar hokimligida muhim kadrlar o‘zgarishi yuz berdi:
Dauletiyar Xudaybergenov
— Toshkent shahri hokimining birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Ushbu lavozim joriy yilning fevral oyida Baxtiyor Haydarov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan bo‘sh qolgan edi.
Alisher Do‘smuhamedov
— Shahar hokimining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi. U ushbu lavozimda Aleksey Xenning o‘rnida ish boshladi.
📌
Yangiliklar sizga yoqsa kanalni do‘stlaringizga ham ulashing.
👉
SARANEWS.UZ
👈