Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Sarvar Zaynutdinov | Sales blog

sarvar_zaynutdinov
Birgalikda sotuvda kelishuvga erishishni, savdoni boshqarishni va savdoni tizimlashtirishni o‘rganamiz Volkswagen, Skoda, KFC, Hyundai, Dafna, Driver's village, PDP academy kompaniyalarida olingan tajriba Sotuvchilik mahorati va sotuv texnikasi
Подписчики
1 572
24 часа
1
30 дней
12
Просмотры
824
ER
52,42%
Посты (30д)
4
Символов в посте
1 194
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Маркетинг и продажи
Краткое описание
July 21, 10:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Xodimlaringiz topshiriqni bajarmay, bahona qidirishidan charchadingizmi?
Ertaga koʻpchilik biznes egalarining eng katta ogʻriqli nuqtasini ochiq-oydin tahlil qilamiz.
Aynan: Xodimlarni toʻgʻri yollash va ularni qattiq nazorat qilish boʻyicha yopiq vebinar boʻlib oʻtadi.
Vebinarda nimalarni muhokama qilamiz?
-
"Oʻlik" va dangasa xodimlarni saralash bosqichidayoq elakdan oʻtkazish;
-
Topshiriqlarni oʻz vaqtida bajartiradigan nazorat va KPI tizimi;
-
Operatsiyaga botib qolmasdan, boshqaruvni raqamlarga topshirish.
📅
Sana: Ertaga, 22-iyul

Vaqt: 20:00
📍
Format: Yopiq onlayn translyatsiya
Vebinarda qatnashish uchun hoziroq roʻyxatdan oʻting
Vebinarda qatnashish uchun hoziroq roʻyxatdan oʻting

July 17, 05:51
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Бир саволга самимий жавоб берайлик: бизга ростдан ҳам фақат «кучли сотувчи» етишмаяптими?
Қайси тадбиркор билан гаплашмайин, ҳамма бир хил сотувчи ёки РОП қидираётганини айтади. Ҳа, бозорда кадрлар танқислиги бор, бу факт.
Лекин кўпчилик йўл қўядиган катта хато бор: энг кучли сотувчини катта маош билан ишга олиб келишади-да, «қани, сотувни портлатчи» деб ташлаб қўйишади. Афсуски, на аниқ тизим бор, на адаптация ва на тўғри назорат.
Оқибатда нима бўлади?
Ўша сиз катта умид қилган сотувчи ҳам тизимсиз муҳитда 1-2 ойда сўниб қолади ва ишдан кетади. Биз эса яна ўша боши берк кўчага қайтамиз — бозордан янги «қутқарувчи» излашни бошлаймиз.
Бизнес битта одамнинг кайфиятига эмас, тизимга суяниши шарт. Шундагина сиз ишда бўлмасангиз ҳам сотув тўхтаб қолмайди.
Хўш, бу тузоқдан қандай чиқамиз?
Ходимни қандай тўғри танлаш ва уни тезгина ишга тушириб юбориш керак?
Сиз йўқлигингизда ҳам жамоа соатдек ишлаши учун назоратни қандай ўрнатиш лозим?
Айнан шу саволларга жавоб бериш ва амалий схемалар билан бўлишиш учун яқин кунларда ОНЛАЙН ВЕБИНАР ташкил қиляпман. Қуруқ назария бўлмайди — фақатгина реал тажриба ва аниқ ечимларни кўрсатаман.
Бизнесингизда тизимли сотувни бошлаш ва доимий кадр қидириш ташвишидан қутулиш вақти келди.
👉
рўйхатдан ўтинг:
👉
рўйхатдан ўтинг:
👉
рўйхатдан ўтинг:

July 16, 06:41

Nega assistentlarimiz uzoq qolmaydi?
To'rt oy oldin o'zim uchun yangi assistent qidirgan edim.
Sababi oddiy edi. O'sha paytdagi assistentimiz
Shahzod o'sib
, keyingi lavozimga o'tdi.
Bugun esa ikkinchi assistentimizni ham PM bo'limiga kuzatdik.
Ochig'i, bundan xursandman.
Chunki ProSales'da odamlar bir joyda qolib ketmaydi. Ular o'sadi.
Agar siz biznesning ichkarisini ko'rishni, qarorlar qanday qabul qilinishini va kompaniya qanday boshqarilishini yonma-yon turib kuzatishni istasangiz, eshiklarimiz ochiq.
Bu yerda siz shunchaki topshiriqlarni bajarishni emas,
biznes qurishni o'rganasiz.
Bu tajribani na kitobdan, na kurslardan topa olasiz.
Har kuni yangi muammolar, yangi qarorlar va yangi tajribalar kutadi.
Men uchun muhim jihatlardan biri.
Bizga vazifa kutadigan emas, vazifani o'zi topadigan inson kerak.
Agar siz:
— 20–24 yoshdagi yigit bo'lsangiz;
— Haydovchilik guvohnomasiga ega bo'lsangiz;
— Mobilografiyani yaxshi bilsangiz;
— Google Sheets, Excel, Word, Canva, Gamma va AI vositalaridan foydalana olsangiz;
— Muomala madaniyatingiz yuqori bo'lsa;
— Har qanday inson bilan tez til topisha olsangiz;
— Tartibli, mas'uliyatli va tezkor fikrlasangiz;
— Bosim ostida ham sifatni yo'qotmasangiz,
demak siz bilan tanishishga arziydi.
Evaziga siz nimaga ega bo'lasiz?
Raqobatbardosh maosh.
Har kuni amaliy rivojlanish.
Real karyera o'sishi.
Kuchli jamoa ichida ishlash va kuchli networking.
Agar bugundan boshlab 5 yildan keyingi o'zingizga investitsiya qilmoqchi bo'lsangiz, CV'ingizni yuboring.
📩
Rezyume:
@prosales_HR
P.S.
Counter-Strike 1.6 o'ynay olishingiz ham foyda beradi.
😄
Ha, bu hazil emas.
Ba'zan ish tugagach, jamoa bilan
de_dust2
xaritasida uchrashamiz. Agar bu nom sizga tanish bo'lsa, demak biz bilan til topishishingiz yanada osonroq bo'ladi.
🎮

July 02, 12:47

33–39% konversiyani ushlab, uni keyingi bosqichga olib chiqadigan ROP kerak. Daromad 2500$ boshlab
.
Bu oddiy ROP vakansiyasi emas.
Bizga shunchaki sotuvchilarni nazorat qiladigan rahbar emas,
bosim ostida ham jamoasidan natija chiqaradigan, raqamni ushlaydigan va sotuv tizimini o‘stira oladigan lider
kerak.
Agar siz infobiznes yoki ta’lim sohasida kamida 3 yil ROP bo‘lib ishlagan bo‘lsangiz, jamoa yollagan, o‘qitgan, talab qilgan va real natija qilgan bo‘lsangiz — siz bilan tanishmoqchimiz.
## Nega bu rolga kuchli ROP kerak?
ProSales 2023-yildan beri bozorda.
Shu vaqt ichida 70 dan ortiq korxonaga sotuv bo‘limi qurdik va tizimlashtirdik. Hamkorlarimiz savdosini 26% dan 401% gacha oshirishga sababchi bo‘ldik.
Bugun bizda sotuv konversiyasi
33% dan 39%
gacha.
Bu darajaga chiqish oson bo‘lmagan. Uni ushlab turish va keyingi pog‘onaga olib chiqish esa undan ham murakkab.
Shuning uchun bizga tajribasi, fikrlashi va boshqaruv darajasi $2,500 lik pozitsiyaga mos bo‘lgan ROP kerak.
## Sizning asosiy vazifangiz
Jamoadan maksimal natija chiqarish.
Buning ichida:
— sotuvchilarni yollash, moslashtirish va o‘qitish;
— kunlik RNP va boshqaruv majlislarini to‘liq yuritish;
— CRM, KPI, hisobot va konversiyani nazorat qilish;
— reja bajarilmaganda sababni tez topish va yechim qilish;
— jamoani ruhlantirish, talab qilish va intizomni ushlash;
— bosim ostida sovuqqon qaror qabul qilish;
— sotuvni tasodifga emas, tizimga bog‘lash bor.
Bu lavozimda “odamlar ishlamayapti” degan gap o‘tmaydi.
Bizga sababni topadigan, jarayonni tuzatadigan va natija uchun javob beradigan rahbar kerak.
## Biz kimni qidiryapmiz?
😱
Sizda quyidagilar bo‘lishi kerak:
— infobiznes yoki ta’lim sohasida ROP sifatida kamida 3 yillik tajriba;
— sotuv jamoasini yollash va rivojlantirish tajribasi;
— CRM, KPI, voronka va konversiya bilan ishlash ko‘nikmasi;
— kunlik nazorat va qat’iy boshqaruv odati;
— bosim paytida jamoani sindirmasdan natijaga olib chiqish qobiliyati;
— intizom, mas’uliyat va liderlik.
Eng muhimi, siz “ROP bo‘lib ishlaganman” deb emas,
“Men boshqargan jamoa natija qilgan”
deb ayta olishingiz kerak.
## Biz nima beramiz?
— Boshlang‘ich daromad:
**$2,500 gacha**
;
— Fiks + KPI + yuqori bonus tizimi;
— Natijaga qarab **
$10,000 gacha
daromadga chiqish uchun aniq yo‘l**;
— Tayyor sotuv jamoasi va real mijozlar;
— Qaror qabul qilish vakolati;
— Haqiqiy sotuvchilar va ishlaydigan tizim ichida tajriba;
— Jamoaviylik va ichki iliq muhit — ofisga kelishingiz bilan sezasiz;
— Sarvar Zaynutdinov bilan yelkama-yelka ishlab, tajribangizni keskin oshirish imkoniyati;
— Tijoriy direktorlikkacha o‘sish, natija va ishonch bo‘lsa kelajakda sheriklikkacha borish imkoniyati.
Bu yerda siz faqat lavozim olmaysiz.
😎
Siz katta tizim ichida o‘zingizni tijoriy lider sifatida isbotlash imkoniyatini olasiz.
Agar konversiya, reja, intizom va jamoa natijasi sizni qo‘rqitmasa — rezyumengizni yuboring.
🙈
Rezyume bilan birga o‘zingiz qilgan eng kuchli 2–3 ta natijani ham yozib yuboring: jamoa soni, savdo o‘sishi, konversiya yoki reja bajarilishi.
Rezyume:
@prosales_HR
Mos nomzodlar bilan faqat
oflayn intervyu
o‘tkazamiz.

June 24, 10:12
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Biznes egasi yoki sotuv bo'limi rahbari sifatida sotuvlaringizni 401% gacha ko'tarishni istaysizmi?
🚀
• Nima uchun mijozlar hatto yaxshi mahsulotni ham sotib olmaydi?
• CRM tizimida ishni to'g'ri tashkillashtirish.
• Sotuv menejerlarni yo'naltirish.
• Marketingga ortiqcha pul sarflamay sotuvlarni oshirish.
Bularning barchasini 28-iyunda bo'lib o'tadigan 8 soatlik seminarimda birga muhokama qilamiz!
SEMINARGA ATIGI 3 KUN QOLDI, O'Z JOYINGIZNI BAND QILISHGA ULGURING!
Ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish
Ro'yxatdan o'tish

June 20, 06:24

Sotasiz, natija berasiz — lekin maosh hamon o'sha-o'sha. Tanish holatmi?
"Mijoz qo'ng'iroq qiladi-da, men javob beraman" deb o'ylaydigan sotuvchi emas — gapni qaytaradigan, e'tirozni yo'qqa chiqaradigan va oxir-oqibat "ha" deb javob oldiradigan sotuvchi qidiryapmiz.
2023yildan beri bozorda faolmiz. Bu davrda ko'plab loyihalar bilan ishladik, o'zimiz o'nlab sotuvchini noldan tayyorlab, kuchli mutaxassisga aylantirdik. Endi yangi bosqichga o'tyapmiz va jamoa kerak.
Bizga kerak bo'lgan odam — oddiy operator emas. Telefonni ko'targanda ovozidan ishonch sezilib turadigan, raqobatni yaxshi ko'radigan, "men yopaman" deb o'ylaydigan
SOTUVCHI
kerak
Vazifa oddiy: kiruvchi mijozlar bilan ishlash, ularni ishontirish, sotuvni yakunlash. Vassalom.
Pul masalasida ochiq gaplashamiz:
→ Oyiga 5 000 000 so'm fiksa
→ Ustiga % va bonuslar — qancha yopsangiz, shuncha ko'p olasiz
→ Yonida turadigan kuchli jamoa
→ O'sish va kelajakda sherik bo'lish imkoniyati
Va eng muhimi — sizga mijoz qidirish shart emas. Lid keladi, siz faqat yopasiz.
Kimlarni kutyapmiz:
✓ Sotuvda tajriba
6 oydan yuqori
( aktiv sotuvda kurs , shunga o'xshash )
✓ Mijoz bilan til topisha oladigan
✓ E'tirozdan qochmaydigan ustida ishlidigan
✓ Raqamga qaraydigan , hissiyotga emas
Agar shu siz haqingizda bo'lsa — ortiqcha so'z kerak emas, rezyume yuboring:
@prosales_HR

June 13, 09:51

📢
VAKANSIYA: ROP – Dilrabo Isroilova jamoasiga
Dilrabo Isroilova jamoasi kuchli va natijaga ishlaydigan ROP qidirmoqda
🔥
Agar siz sotuvni tushunsangiz, jamoani boshqara olsangiz va katta natijalarga ishlashni yoqtirsangiz — sizni kutamiz
😎
📌
TALABLAR:
• Erkak bola
• Yosh: 25 - 30
• Sotuv sohasida kamida 1–2 yil tajriba
• Kamida 5 - 8 tagacha jamoa boshqargan bo'lishi
• CRM’da ishlay olishi (AmoCRM / Bitrix24)
• Liderlik va nazorat qila olish qobiliyati
• Kuchli kommunikatsiya va motivatsiya bera olish
• Stressga chidamli va mas’uliyatli bo‘lishi kerak
• Natijaga ishlash mindset’i bo‘lishi kerak
🔥
📌
VAZIFALAR:
• Sotuv bo‘limini boshqarish
• Operatorlar ustidan nazorat
• KPI va planlarni bajarish
• Sotuv konversiyasini oshirish
• Hisobot va CRM nazorati
• Jamoani motivatsiya qilish va rivojlantirish
📌
ISH SHAROITI:

Ish vaqti: 10:00 – 19:00
📍
Lokatsiya: Toshkent shahri
💰
Oylik: suhbat asosida + KPI + bonus
📌
INTERVYUDA NIMALAR KO‘RILADI?
• Sotuv tajribasi
• Liderlik qobiliyati
• CRM bilimi
• Stressli vaziyatdagi fikrlashi
• Natija uchun javobgarlik ola bilishi
❗️
Faqat jiddiy ishlaydigan va o‘sishni xohlaydigan nomzodlar yozsin.
📩
Resume yuborish uchun:
@prosales_HR

May 21, 14:38

Seminarga ro’yxatda o’tish uchun havola ustiga bosing
https://t.me/m/HnEUoTIAYmVi

May 21, 14:38
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

May 13, 13:55

Konversiyasi baland sotuvchilar bormi?
100 ta lidning ichidan real mijoz chiqarib bera oladigan,
qo‘ng‘iroqni “o‘ylab ko‘raman” bilan tugatmaydigan,
suhbatni sotuvga olib kira oladigan sotuvchi qidiryapmiz.
📌
Talablar:
• Sotuvda kamida 1 yil tajriba
• AmoCRM yoki Bitrix24’da ishlay olish
• E’tiroz yopish texnikalarini bilish
• Rus va o‘zbek tilida erkin gaplasha olish
• KPI va plan bilan ishlash tajribasi
📍
Vazifalar:
— kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar
— mijoz bilan yozishmalar
— CRM yuritish
— sotuv planini bajarish
💰
Oylik:
3 000 000 so‘m fiksa
* KPI
* bonus
Top sotuvchilar 20 mln+ oladi.
🕘
Grafik:
10:00 — 19:00
6/1
📍
Manzil:
Yunusobod 2-kvartal
Shohsaroy restorani yaqin
Ro'yxatdan o'tish uchun link:
https://b24-22xvm8.bitrix24.site/crm_form_bvsfo/