Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Сайхунобод хабарлари

sayxunobodxabarlari
🇺🇿 Сайхунобод тумани ва Сирдарё вилояти, ҳамда Республикага оид расмий хабар ва янгиликлар канали Таклиф ва мурожаатлар учун: 📲 +998 91 502-86-03 🤖 @SayxunobodXabarlariBot ✍️ @SayxunobodAdmin
Подписчики
1 462
24 часа
30 дней
20
Просмотры
402
ER
27,5%
Посты (30д)
238
Символов в посте
554
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
September 12, 15:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🌹
7 sotix issiqxona — oyiga 15 million so‘mgacha daromad!
Sayxunobod tajribasi — amalda!
Bugun xonadonlardagi oddiy tomorqalar
daromad manbaiga
, issiqxonalar esa
kichik biznesga
aylanmoqda.
Buning yaqqol misoli —
Turon mahallasida yashovchi 11-sinf o‘quvchisi Abdurahmonova Gulhayo.
🌱
Gulhayo gulchilikka bo‘lgan qiziqishini daromadli faoliyatga aylantirib, xonadonidagi
7 sotixlik issiqxonada atirgulning 3 xil navini
yetishtirmoqda.
🌹
Yetishtirilgan gullardan chiroyli buketlar tayyorlanib, xaridorlarga taklif qilinmoqda.
💰
Kuniga — 500 ming so‘mgacha
💰
Oyiga — 15 million so‘mgacha daromad!
Eng e’tiborlisi — bu natijaga
hali 11-sinfda o‘qiyotgan yosh qiz
o‘z mehnati, qiziqishi va tashabbusi bilan erishmoqda.
🇺🇿
Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan
Sayxunobod tajribasi
aynan mana shunday amaliy natijalarda o‘z ifodasini topmoqda.

September 12, 13:08
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Sayxunobodda obodonlashtirish ishlari jadallashmoqda
Sayxunobod tumanining
Nurli yo‘l, Baxmalsoy, O‘zbekiston va Farovon mahallalarida
keng ko‘lamli obodonlashtirish va hashar ishlari olib borilmoqda.
Hashar davomida daraxtlarga ishlov berish va oqlash, ko‘cha hamda hududlarni chiqindilar va begona o‘tlardan tozalash, atrof-muhitni tartibga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek,
“Sayxunobod tajribasi”
asosida aholi tomorqalaridan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilib, yer maydonlari
to‘qsonbosti ekinlarini ekishga tayyorlanmoqda
.
Bu ishlar mahallalarni yanada obod va fayzli qilish, tomorqalardan unumli foydalanish, oilalar daromadini oshirish hamda aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

September 12, 12:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🎬
Boyovut tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov rahbarligida Boyovut tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabulda viloyat prokurori, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, tuman hokimi hamda Xalq qabulxonasi mudirining o‘rinbosari ham fuqarolarni tingladi.
Sayyor qabulda jami
301 ta murojaat
ro‘yxatga olinib, ularning
236 tasi Boyovut tumani aholisiga tegishli
bo‘ldi.
Murojaatlar asosan uy-joy va kadastr, ichki yo‘llar, ichimlik hamda sug‘orish suvi, elektr ta’minoti, bandlik, kredit, ijtimoiy yordam va davolanish masalalariga oid bo‘ldi.
Har bir murojaat mutasaddilar ishtirokida muhokama qilinib, ayrim masalalarga joyida yechim topildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar tegishli mas’ullarga biriktirilib, ularni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.
Barcha murojaatlar ijrosi nazoratga olindi. Kelasi hafta viloyat hokimligida mas’ullar ishtirokida natijalar birma-bir ko‘rib chiqiladi.

September 12, 07:35

ТАЪЗИЯ!
Сайхунобод туманидаги "Синтоб"  маҳалласида яшовчи меҳнат фахрийси ДОСТОН ТУРСУНОВ автоҳалокат туфайли вафот этдилар.
Савоби жаноза бугун соат 14:00.
Манзил:
Сайхунобод тумани
"Синтоб" маҳалласи.
ЯНГИ ҲАЁТ ГАЗЕТАСИ ТАҲРИРИЯТИ жамоаси ДОСТОН ТУРСУНОВНИ барча яқинларига ҳамдардлик билдириб, сабр тилайди.
АЛЛОҲ раҳмат қилсин,
жойлари жаннатдан бўлсин.

September 12, 07:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📡
Antennalar qanday tekshiriladi?
Aloqa antennalari o‘rnatilganda ularning elektromagnit nurlanish darajasi belgilangan sanitariya me’yorlari va talablarga muvofiqligi
nazorat qilinadi
.
📊
Tekshiruv jarayonida belgilangan me’yorlarga rioya etilishi o‘rganilib, zarur hollarda maxsus o‘lchovlar amalga oshiriladi.
🎥
Batafsil ma’lumotni videoda tomosha qiling!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🌍
Web-sayt
🕊
Aloqa nazorati
🔹
Facebook
📱
Instagram
‌‌
📺
Youtube
🔹
LinkedIn

September 11, 17:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🌿
O‘zbekiston mahallasida keng ko‘lamli hashar
Sayxunobod tumanining
O‘zbekiston mahallasida
hududlarni obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash maqsadida
keng ko‘lamli hashar tashkil etildi.
Hashar davomida begona o‘tlar tozalandi,daraxt va butalarga shakl berilib oqlandi, hududdagi chiqindilar olib chiqildi, ko‘cha va umumiy foydalanish joylari tartibga keltirildi.
Bugungi hashar natijasida O‘zbekiston mahallasining ko‘chalari va umumiy hududlari yanada
ozoda, tartibli va ko‘rkam qiyofa kasb etdi.
Zero,
toza va obod mahalla — shunchaki chiroyli manzara emas, balki aholi farovonligi, sog‘lom muhit va yuksak madaniyat ifodasidir.

September 11, 17:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Вилоят ҳокими Эркинжон Турдимов Сайхунобод туманида дастурлар доирасида амалга оширилаётган бунёдкорлик ишлари билан танишди.
Ҳоким объектларни бевосита кўздан кечириб, қурилиш суръати ва сифати, мавжуд камчиликлар ҳамда уларни бартараф этиш чораларини муҳокама қилди. Асосий эътибор объектларни пухта ва сифатли қуриб, белгиланган муддатларда аҳоли фойдаланишига топширишга қаратилди.
Ўрганишлар якунида барча масъуллар иштирокида ҳар бир лойиҳа алоҳида муҳокама қилиниб, ишларни жадаллаштириш ва сифатини қатъий назорат қилиш бўйича аниқ вазифалар белгилаб берилди.

September 11, 17:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🚫
GIYOHVANDLIKKA — YO‘L YO‘Q!
Giyohvandlik — inson salomatligi, oilasi va kelajagiga tahdid soluvchi illat.
Bir lahzalik havas butun umrga pushaymon bo‘lishi mumkin. O‘z hayotingizni qadrlang, sog‘lom va mazmunli hayotni tanlang!
🌿
Sog‘lom hayot — yorqin kelajak!

September 11, 17:06
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🎞
Sirdaryo o‘z farzandlarini kutmoqda: Viloyat hokimi xorijdagi yoshlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi
———————————
🎞
Сырдарья ждет своих детей: хоким области провел онлайн-диалог с молодежью за рубежом

September 11, 17:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Har bir oila e’tiborda: kambag‘allikni qisqartirish — xonadondan boshlanadi
Shu maqsadda Sayxunobod tumani hokimi
Komiljon Mullajanov
Baxmalsoy mahallasida istiqomat qilayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila vakillari bilan uchrashdi.
Bugun Sayxunobodda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarning asosiy mezoni ham shu:
har bir oilani daromadli qilish, fuqarolarga imkoniyat yaratish va oilalar farovonligini oshirishdir
.