Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Farg'ona Sejong Koreys Tili Markazi [페르가나 세종학당]

sejongftm
Farg'ona Sejong koreys tili markazining rasmiy axborot kanali. King Sejong Institute in Ferghana. • Instagram: instagram.com/ferganasejonghakdang/ • Telefon: 95-485-9001 • Manzil : Alisher Navoiy ko'chasi 55/3- uy yandex.ru/maps/org/112609956899
Подписчики
3 190
24 часа
-3
30 дней
7
Просмотры
2 348
ER
73,61%
Посты (30д)
8
Символов в посте
663
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЯзыковое обучение
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 21, 05:23
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#dars
#jadvali
#sejongftm
✍️
Farg‘ona Sejong — Suhbat darslari
📢
Bugun suhbat darslari boshlanishini ma’lum qilamiz!
🟢
Darslar bugun soat 16:00 da boshlanadi.
🔍
Ro‘yxatda keltirilgan barcha o‘quvchilardan dars boshlanishidan
10 daqiqa oldin
, ya’ni
15:50 da
kelishlari so‘raladi.
@SejongFTM
®
Farg'ona Sejong Til Markazi
☘️

October 21, 05:10
Файлы недоступны
8
1
Открыть в Telegram

Farg‘ona Sejong til markazi o‘quvchilari koreys tili bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovlarda muvaffaqiyat qozonib, o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etgan edilar.
🏆
O‘quvchilarimizdan biri "말하기 대회 (koreys tilida so‘zlashuv tanlovi)"da, yana biri esa "쓰기 대회 (koreys tilida yozish tanlovi)"da g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.
Ushbu yutuqlari munosabati bilan o‘quvchilarimiz Janubiy Koreyada bir hafta davomida bo‘lib, unutilmas taassurotlar va yangi tajribalarga ega bo‘ldilar.
🇰🇷
✨
Bu safar ularga koreys tili va madaniyatini yanada yaqindan tanishish hamda o‘z bilimlarini amalda his qilish imkonini berdi.
🎉
G‘olib o‘quvchilarimizni yana bir bor tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
@SejongFTM
®
Farg'ona Sejong Til Markazi
😍

October 20, 18:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📢
DIQQAT, E’LON!
Farg’ona Sejong til markazi kanalida spam hujumi kuzatilgani sababli chat va izohlar bo‘limi vaqtincha o‘chirildi.
@SejongFTM
®
Farg'ona Sejong Til Markazi
😍

October 10, 08:13
Файлы недоступны
6
1
Открыть в Telegram

#KingSejongInstitute
#한식제험
🍽
Farg'ona Sejong Til Markazi "Koreya Taomi Tayyorlash" tadbiri
2026-yil 10-oktyabr shanba kuni soat 10:00 da Farg'ona Sejong FTM tomonidan "
Koreya Taomi Tayyorlash
" tadbiri o'tkazildi.
🎆
Tadbirda koreys ustozlar qatnashuvchilarga turli hil koreys taomlari:
🥘
육개장 (Yukgaejang)
🥞
야채전 (Yachaejeon) ni
tayyorlashda yordam beradilar va o'quvchilar bilan birgalikda tatib ko’rdilar .
📸
Kommentariya bo'limida ushbu tadbir bo'yicha ya'nada ko'proq rasmlarni topishingiz mumkin.
@SejongFTM
®
Farg'ona Sejong Til Markazi
😍

October 08, 09:48
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#KingSejongInstitute
#한식제험
🍜
Farg'ona Sejong Til Markazi "Koreys Taomlarini Tayyorlash" tadbiri
📆
2026-yil 10-oktyabr shanba kuni soat 10:00 da KIUF oshxonasi Farg'ona Sejong FTM tomonidan "
Koreya Taomi Tayyorlash
" tadbiri o'tkaziladi.
Tadbirda koreys ustozlar qatnashuvchilarga turli hil koreys taomlari:
🥘
육개장 (Yukgaejang)
🥞
야채전 (Yachaejeon) ni
tayyorlashda yordam beradilar va o'quvchilar bilan birgalikda tatib ko’radilar.
*Ishtirok etish uchun Sejong FTM ofisi (118-xona) ga kelib ariza bering.
**Ushbu tadbirda faqat hozirda Sejonda o'qiyotgan talabalar qatnashishlari mumkin.
@SejongFTM
®
Farg'ona Sejong Til Markazi
😍

October 05, 04:25
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#dars
#jadvali
#sejongftm
✍️
Farg'ona Sejong [Kuzgi-semestr] Sejong 1B guruhi ro'yxati
🔍
O'zingizni guruhingiz
,
xona va o’qituvchingizni aniqlab olishingiz so'raladi.
🟢
Darslar [5-oktyabr
,
dushanba] kuni 17:00 dan boshlanadi.
@SejongFTM
®
Farg'ona Sejong Til Markazi
☘️

September 24, 14:12
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

#SejongCultureAcademy2026
Bugun Farg‘ona Sejong til markazida
K-BEAUTY maxsus madaniyat akademiyasi
ning ilk mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi!
🇰🇷
💗
✨
Birinchi kun davomida ishtirokchilar:
🧴
K-POP idol makiyajining asosiy xususiyatlari bilan tanishdilar;
🪞
Idol makiyajini bosqichma-bosqich bajarishni o‘rgandilar;
🌸
Koreyscha makiyaj usullarini amaliyotda sinab ko‘rdilar.
📸
Dars jarayonidan lavhalarni sizlar bilan bo‘lishamiz!
🇰🇷
K-BEAUTY - Koreya go‘zallik madaniyatini o‘rganamiz va birgalikda sinab ko‘ramiz!
💕
@SejongFTM
®
Farg'ona Sejong Til Markazi
☘️

September 24, 06:48
Файлы недоступны
3
1
Открыть в Telegram

🌕
🇰🇷
추석 - Chusok: Koreyaning eng muhim an’anaviy bayramlaridan biri
Bilarmidingiz, nega
추석 (Chusok)
Koreyadagi eng muhim an’anaviy bayramlardan biri hisoblanadi?
🤔
📅
추석은 음력 8월 15일입니다.
Chusok
oy taqvimi bo‘yicha 8-oyning 15-kuni
nishonlanadi.
Bu bayramning boshqa nomlari ham bor:
👉
한가위, 가위, 가배, 중추절
🌕
Chusok
to‘lin oy, hosil va shukronalik
bilan bog‘liq. Qadimda Koreya asosan dehqonchilikka asoslangan jamiyat bo‘lgan. Shu sababli odamlar hosil yig‘im-terimidan so‘ng mo‘l hosil uchun shukrona bildirgan va kelgusi yil ham baraka bo‘lishini tilagan.
👨‍👩‍👧‍👦
추석 kuni nimalar qilinadi?
Bu kuni oilalar bir joyga yig‘ilib, ajdodlarini yodga olishadi.
🕯
차례
— ajdodlar xotirasiga bag‘ishlab o‘tkaziladigan marosim
🌳
성묘
— ajdodlar qabrini ziyorat qilish
🌿
벌초
— qabr atrofi va uning ustidagi o‘tlarni o‘rib, tozalash
🍡
Chusokning eng mashhur taomi qaysi?
Albatta,
송편 (songpyeon)!
Bu Chusok bayramida tayyorlanadigan an’anaviy guruchli shirinlik. U guruch unidan tayyorlanib, ichiga kunjut, loviya, kashtan va boshqa masalliqlar solinadi.
🎉
An’anaviy o‘yinlar
Chusok paytida turli xalq o‘yinlari ham o‘tkazilgan:
🤩
강강술래
— qo‘l ushlashib aylana bo‘lib ijro etiladigan an’anaviy raqs-o‘yin
🤩
씨름
— koreys milliy kurashi
🌱
줄다리기
— arqon tortish o‘yini
🐂
소놀이
— «sigir o‘yini»
✨
Qiziqarli fakt:
추석
bayrami
달의 명절
— «Oy bayrami» deb ham ataladi. Chunki bu kun to‘lin oy bilan bog‘liq.
📚
Foydali so‘zlar:
추석 - Chusok
음력 - oy taqvimi
보름달 - to‘lin oy
수확 - hosil, hosil yig‘imi
풍년 - mo‘l hosil, barakali yil
조상 - ajdodlar
차례 - ajdodlar xotirasiga bag‘ishlangan marosim
성묘 - ajdodlar qabrini ziyorat qilish
송편 - songpyeon, an’anaviy guruchli shirinlik
전통놀이 - an’anaviy xalq o‘yinlari
📅
2026-yilda Chusok qachon nishonlanadi?
🌕
2026-yilda 추석 (Chusok) 25-sentabr, juma kuni nishonlanadi.
🇰🇷
Koreyada Chusok bayrami munosabati bilan
24–27-sentabr kunlari 4 kunlik bayram ta’tili
bo‘ladi.
🌕
추석은 가족과 함께하고 조상을 생각하며 풍요로운 수확에 감사하는 날입니다.
-
Chusok - oila bilan birga vaqt o‘tkazib, ajdodlarni yodga olish va mo‘l hosil uchun shukrona bildirish kunidir.
💛
Siz Chusok bayrami haqida bilarmidingiz?
#추석
#세종학당
@SejongFTM
®
Farg'ona Sejong Til Markazi
☘️

September 22, 04:44
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#dars
#jadvali
#sejongftm
✍️
Farg'ona Sejong [Kuzgi-semestr] Sejong 3A guruhi ro'yxati
🔍
O'zingizni guruhingiz
,
xona va o’qituvchingizni aniqlab olishingiz so'raladi.
🟢
Darslar [23-sentyabr
,
chorshanba] kuni 16:00 dan boshlanadi.
@SejongFTM
®
Farg'ona Sejong Til Markazi
☘️

September 20, 21:08
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📢
[2026-yil Sejong madaniyat akademiyasi]
K-BEAUTY maxsus darsi
💄
K-BEAUTY —
K-POP idol makiyaji va sog‘lom teri parvarishini o‘rganing!
Farg‘ona Sejong til markazida
K-BEAUTY va koreys makiyaji
ni bevosita o‘rganish va amaliyotda sinab ko‘rish imkonini beruvchi maxsus madaniyat akademiyasi tashkil etilmoqda!
🇰🇷
💄
📚
Darslarda quyidagi mavzular o‘rganiladi:
✔️
Teri turiga mos teri parvarishi usullari
✔️
Quyoshdan himoyalanish va kosmetika vositalarini to‘g‘ri tanlash
✔️
K-POP idol makiyaji
✔️
Yuz shakli va teri xususiyatlariga mos makiyaj va boshqalar
📅
O‘tkazilish kunlari va vaqti:
2026-yil 24-sentabr (payshanba) ~ 26-sentabr (shanba)
. Jami
6 ta mashg‘ulot
Vaqti: 9:30~12:00, 14:00~16:30
Shu vaqtlarni birini tanlash mumkin.
📝
Qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish:
👉
Farg‘ona Sejong til markaziga bevosita tashrif buyurib, ariza topshirishingiz mumkin.
Qatnashish bepul!
💗
Koreyaning mashhur K-BEAUTY madaniyatini o‘rganish va uni bevosita amaliyotda sinab ko‘rish uchun ajoyib imkoniyat!