
Sergeli tumani hokimligi
Daryo bo‘yi mahallasida obodonlashtirish ishlari nazorat qilindi
👍
Sergeli tumani hokimi
Davron Ismatov tomonidan “Daryo bo‘yi”
mahallasida hududni obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Xususan, mahalla hududida
sun’iy ko‘l barpo etish, uning atrofini obodonlashtirish va aholiga qulay dam olish maskanini yaratish
bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
👍
Shuningdek, hududdagi obodonlashtirish ishlari, mavjud muammolar hamda mahallada noqonuniy barpo etilgan qurilmalarni belgilangan tartibda bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar nazoratga olindi.
🔹
Telegram
🔹
Instagram
🔹
Facebook
🌐
Web
«ORIGINAL LYUKS SERVIS» MChJ obyekti tuman hokimining nazoratida
👍
Sergeli tumanida joylashgan «ORIGINAL LYUKS SERVIS» MChJ tomonidan qurilayotgan turar-joy majmuasidan xonadon xarid qilgan fuqarolar, tuman rahbariyati va mas’ul idoralar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazilgan va unda qurilish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olingan edi.
👍
Muloqotda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda jarayonni amalda kuzatish maqsadida, bugun
Sergeli tumani hokimi Davron Ismatov
mazkur qurilish obyektiga bir necha marta bordi.
Tuman rahbari obyektda davom etayotgan qurilish-montaj ishlarini ko‘zdan kechirib, quruvchi tashkilot vakillari va ishchi-xodimlar bilan jarayonning borishi yuzasidan muloqot qildi. Shuningdek, qurilish sur’atini yanada oshirish hamda xonadonlarni o‘z egalariga belgilangan muddatlarda va sifatli holatda topshirish bo‘yicha mas’ullarga qat’iy topshiriq hamda ko‘rsatmalar berdi.
🔹
Telegram
🔹
Instagram
🔹
Facebook
🌐
Web
🇺🇿
#DIQQAT
#SUV_ÓCHIRILADI
Hurmatli Sergeli tumani aholisi!
«Toshkent shahrida suv quvurlari va kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish» loyihasini amalga oshirish hamda
2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik
ko‘rish bo‘yicha katta hajmli suvo‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan
2026-yil 21-sentabr soat 09:00 dan 22-sentabr soat 14:00 gacha
quyidagi hududlarda ichimlik suvi ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi va suv bosimi pasayadi:
👍
«No‘g‘oyqo‘rg‘on», «Qubaytepa», «Oltin vodiy»
MFY.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz hamda aholidan vaqtida zaruriy suv zaxirasini yaratib olishlarini so‘raymiz.
🔹
Telegram
🔹
Instagram
🔹
Facebook
🌐
Web
Nukus shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida
Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish
bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari
mustaqilligimizning 35 yillik bayrami
shukuhi davom etayotgan kunlarda
Qoraqalpog‘iston ahli bilan yuzma-yuz ko‘rishib turganidan mamnunligini
bildirdi.
So‘nggi yillarda
hudud uchun katta mablag‘, imtiyoz va sharoitlar
yaratildi.
Foyda, yer va mol-mulk soliqlari 2 karra, sanoat uchun elektr tarifi 15 foizga pasaytirildi,
ijtimoiy soliq 1 foiz etib belgilandi.
O‘tgan yili Qoraqalpog‘istonga
1 milliard 700 million dollar investitsiya
kiritildi. Bu 2021-yildagidan
22 karra
ko‘p.
Bu yil Qoraqalpog‘iston
iqtisodiyoti eng tez o‘sayotgan hududlardan biriga
aylandi. Joriy yilning birinchi yarmida
iqtisodiyot 10,2 foiz o‘sib, hudud Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o‘rinni egalladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz bilan birga Qoraqalpog‘istondagi qator obyektlarda bo‘ldik.
Yangi tibbiyot akademiyasi, sanoat korxonalari hamda intensiv bog‘larni ko‘zdan kechirib, aholi bandligini ta’minlash va odamlar daromadini oshirish borasida yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdik.
Tashrifning asosiy voqeasi energetika, sanoat, transport, tibbiyot, raqamli infratuzilma va boshqa sohalardagi qator yirik loyihalarga start berilgani bo‘ldi.
Ularning aksariyati nufuzli xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog‘istonga yo‘naltirilayotgan investitsiyalar hajmi ortib, yangi salmoqli loyihalar ko‘paymoqda. Bu — mamlakatimizga bo‘lgan yuksak ishonch hamda tadbirkorlik uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlarning amaliy tasdig‘idir.
Biz yo‘limizda qat’iy davom etamiz: sarmoyalar oqimini yanada kuchaytirish, xalqaro hamkorlar safini kengaytirish va ko‘lami bundan-da ulkan yangi loyihalarni ishga tushirish bosh maqsadimiz bo‘lib qoladi.
—
Вместе с Президентом посетили ряд объектов в Каракалпакстане.
Побывали в новой медицинской академии, на предприятиях и в интенсивных садах, посмотрели, какие условия создаются для работы и повышения доходов людей.
Главным событием стал запуск целого ряда крупных проектов в энергетике, промышленности, транспорте, медицине, цифровой инфраструктуре и других сферах.
Многие из них реализуются вместе с солидными зарубежными партнёрами. Инвестиции в Каракалпакстан растут, появляются новые масштабные проекты. Это говорит о серьёзном доверии к нашей стране и возможностям, которые мы создаём для бизнеса.
Мы намерены двигаться дальше. Привлекать ещё больше инвестиций, расширять круг международных партнёров и запускать проекты всё большего масштаба.
🇺🇿
#Rasmiy_Munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli tumani, Yangi Qo‘yliq koʻchasi hududidagi avtobus bekatida konditsionerning ochiq va xavfsizlik choralarisiz ishlayotgani aks etgan video tarqaldi.
📍
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani hokimligi mas'ullari tomonidan muammo tezkorlik bilan bartaraf etildi.
Konditsionerga himoya to‘sig‘i o‘rnatildi, mavjud nosozlik ta’mirlandi.
Fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaat va takliflar tegishli tartibda o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
🔹
Telegram
🔹
Instagram
🔹
Facebook
🌐
Web
❗️
"Biz sizni yaxshi ko‘ramiz"
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi 24/7 ishlaydigan ko‘chaga tashrif buyurdi. Prezident korteji ko’chada rejadan tashqari to’xtadi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official
Prezidentimiz Nukus tumanidagi Diyqan arna mahallasida bo‘ldi.
—
Президент нашей страны посетил махаллю «Дийкан арна» в Нукусском районе.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
🇺🇿
#Ish_Bor
#Vakansiya
📌
Vazifalar:
• Ofis xonalari, yo‘laklar va kirish qismlarini tozalash
• Biriktirilgan hududda tozalik va tartibni saqlash
Talablar:
• Ozodalik va mas’uliyatlilik
• Ishga jiddiy munosabat
💼
Taklif qilinadi:
✅
O‘z vaqtida to‘lanadigan ish haqi
📈
O‘sish imkoniyatlari
🍽
Kompaniya hisobidan tushlik
🕐
Ish vaqti:
08:00 – 16:00
💰
Ish haqi:
2 500 000 so‘mdan boshlab
📍
Manzil:
Sergeli tumani, Mashina bozori, Megavan
📞
Bog‘lanish uchun:
+998 93 555 80 28
🇺🇿
#OAV
#ToshkentTV
👍
Sergeli tumanida aholi bandligini taʼminlash, ehtiyojmand oilalarni kambagʻallikdan chiqarish hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar Poytaxt informatsion dasturida efirga uzatildi.
🔹
Telegram
🔹
Instagram
🔹
Facebook
🌐
Web