Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

🌹 SEVGI HiKoYaLaRi 🌹

sevgi_hikoyalari_armonli_baxtli

Kanalimizga xush kelibsiz! Maroqli hordiq tilaymiz!
Guruhimiz:
@Sevgi_hikoyalari_guruhi
Admin:
@Otash_ielts_8

Подписчики
751
Просмотры
199
ER
25,68%
Посты
17 242
September 04, 16:13

Kanalda 2009-2010-yilda tug'ilganlar bormi? Bir maslahatilar kerak edi

September 04, 16:12

Kanalda 2009-2010-yilda tug'ilganlar bormi? Bir maslahatilar kerak edi

August 11, 06:30

Kapalagim
30 -qism
—mendan biror yomonlik koʻrdingizmi?
Hamma joyida jim qotdi.
—uyingizda men uchun bir burda non bittagina toʻshak topilmaydimi? Sigʻmaymanmi uyingizga?
—unday dema qizim uyimning toʻri seniki. Lekin uyda ota onang bor endi ularga keraksan.
—sizgachi kerakmasmanmi?
—Ilhom, Guli rost aytyabdi. Men Gulini sizlarga berganman. Oʻlsa oʻligi sizniki. Erini chirogʻini yoqib oʻyirsin
Guli oʻz dadasiga mehr bilan qaradi. Tushunganingiz uchun rahmat dada dedi ichida
—qizim yaxshilab oʻygʻab koʻring, hayotingizni boshidan boshlang hali yoshsiz. Chiroyingiz bor. Hayotingizda yana kimnidir....
Guli sal qolsa baqirib yubordi
—oyiii...... Oyi boshqa yana kimdirga oʻrin yoʻq. Meni koʻz ochib koʻrganim oʻgʻlingiz edilar.
Ilhom akaga yuzlandi.
—oʻgʻlingiz meni sizga omonat qoldirmadimi. Uzoqda boʻlsangiz omonatni qanday asraysiz?
Marifat hola bulan Ilhom akaning koʻzlari chaqnadi.
—Men hozir tezda tayyor boʻlaman. Uyimizga ketamiz.
Guli oyna oldida turar ekan oʻylanib qoldi.
Bardoshim yetarmikan. Komil akam bilan bogʻliq narsalarni koʻrib yashashga chidolarmikanman deb oʻyladi.
Muallif :Malvira

August 11, 06:30

Kapalagim
29 -qism
Oradan 5 kun vaqt oʻtdi. Guli endi faqat yotmas. Oʻrnidan turib hovlini aylanadigan oʻzi oʻtirib ovqatlanadigan boʻldi.N amozlarini ham oʻqiyabdi. Hayriyatki homila sogʻ. Lekin Gulini qabristonga joʻnatishmayabdi. Tushdan keyin, Marifat opa bilan Ilhom aka Gulining oldiga kirishdi. Farida xola bilan Jamil amakini ham chaqirib kelishdi.
Marifat opa gap boshladi.
—Farida opa, hozir bu gaplarni aytishim kerak. Qiz farzand tugʻib chiroyli tarbiya berganingiz uchun katta
rahmat —Guli nima boʻlayotganini tushunmasdan hammaga bir bir tikildi. Ish qilib hechnarsa boʻlmasin yana biror narsa boʻlsa chidolmaydi. Yomon narsa boʻlmasin ollohim. —Guli,jonim qizim. Biz bugun uyimizga qaytamiz. Marosimlar tugadi. Endi keyingi marosimlar bizning uyda boʻladi. Endi sizlar borasizlar. Men sizdan roziman. Siz ham rozi boʻling qizim. Sizga kattakon rahmat.
Marifat hola Ilhom akaga qaradi.
—Guli, sen oʻzingni ehtiyot qil — oʻsha kundan beri Gulini senlayotgandi. — oʻzingni koʻp urintirma. Hoʻpmi. Jamil......Jamil doʻstim. Aloqalarni davom ettiramiz a. Uzib yubormaylik. Keyin Guli. Farzanding tugʻilsa bizning uyimizga ham yuborib tur. Ahir Komilimdan yolgʻiz yodgorim. Maylimi.
Guli indamay yerga qarab turardi.
Unday boʻlsa biz turaylik. Yaxshi qolinglar. Endi oʻrinlaridan turishayotganda Guli shunday gap ayttiki hamma joyida tosh qotdi.
Muallif :Malvira

August 11, 06:30

Kapalagim
28 - qism
Barcha kerakli rasm rusumlar bajarildi. Odamlar ham asta tarqay boshlashdi. Keluvchilarning ham qadamlari kamaydi.
Mana 3 kundirki Guli oʻrnidan turmaydi. Yemaydi, ichmaydi gapirmaydi, hech narsani hohlamaydi. Shifokor chaqirishadi. Axir u homildor. Marhum qoldirib ketgan yodgurlik bor Gulining vujudida. Shifokir kelib ovqat oʻrnini bosuvchi ukol qilib ketadi. Qachongacha bunday yotadi endi.
Guli yotgan honadan bir qancha ayollar ham bor edi. Bir vaqt eshik ochilib Ilhom aka kirish uchun ruhsat soʻradi. Ichkariga kirdi. Gulining kichrayib jimittek boʻlib qolganini koʻrib. Ichi achishdi.
Gulining oldiga oʻtirdi.
—Qizim— qaynotasining ovozini eshitib Guli koʻzini ochdi. Dadasining yonida choʻzilib yotkisi kelmasdan oʻrnidan turmoqchi boʻldi. Darmoni yetmadi
—qizim yotaver. Seni tushunib turibman qizim. Lekin senga bir gap aytmasam boʻlmaydi. Oʻsha kuni avtohalokatdan avval Komil menga qoʻngʻiroq qilgandi. Uzoqroq joyga ketayabman Guli sizga omonat dada dedi. Men qarib miyyasi suyulib qolgan chol buni tushunmabman. Bu uni vasiyati ekan. Bilganimda oldini olmasmidim. Seni yaxshi koʻraman bolam demasmidim. Vaqtliroq borib qutqarmasmidim. Nima boʻlganda ham bu ollohning irodasi. Endi qizim sen meni eshit. Sen mening omonatimsan. Oʻgʻlimdan qolgan yodhorimsan. Shundoq ham hali qiyomatda men aytkandim nega qutqarmadingiz deydimi deb ich etimni yeyabman. Endi nega Guliga qaramadingiz. U sizga omonat edi demasin. Yur qizim mening ham qornim ochib ketdi. Birga ovqat ichaylik. Yoki.... Shoshma
Ilhom aka eshikdan boshini chiqarib tashqaridagilardagilar bilan bir narsani gaplashishdi.
Keyin esa ayollarga qarab ozroq dam olsin yolgʻiz qoʻyaylik dedi. Hamma tashqariga chiqdi. Honaga Marifat opa, Farida opa, Jamil amaki, va Ilhom aka kirib kelishdi. Onalar dasturxon yuzishdi choy qoʻyishdi. Tashqaridan 5 ta kosada shoʻrva kirdi. Guli hijolat boʻlgani uchun ham suyanib oʻtirib boʻlsada ovqat hoʻpladi. Atrofida oʻtirganlarning hammasi faqat u chun oʻzlarini majburlab ovqatlanishayotganini koʻrib koʻngli buzildi.
Muallif :Malvira

August 11, 06:30

Kapalagim
27 -qism
Mayitlar yuvildi. Zam zam suvidan ogʻizlariga tomizildi. Otalariga atalgan kafanlikka oʻraldi. Bamdod namozida chiqariladi. Vaqt boʻldi. Tobutlarga solishdi. Biriga yashil biriga binafsh rang tobutpoʻsh yopishdi. Olib ketishyabdi. Kelinni chaqiringlar bir koʻrib olsin.
Gulini chaqirishdi. Ayvon zinasida turib qoldi. Ikki ayol Gulining qoʻllaridan mahkam ushlab olishdi.
—Men sizdan roziman begim, sizdan ham roziman aka
Sizlar ham mendan rozi boʻling.qiyomatda koʻrishguncha.
Tobutlar olib chiqib ketildi. Yashil tobutni oldida Ilhom aka, binafsharang tobutni oldida Jamil aka yurib borishdi.
Yaqin boʻlgan qabristonga borib yigitlarni qabrlarga qoʻyishdi. Ustilaridan sovuq tuproq tortishdi. Bularni ortidan "Mulk" surasini oʻqiydigan bolalari ham yoʻq. Otalari hammadan keyin qolib bir nechta suralarani tilovat qilishdi. Unsiz unsiz yigʻlashdi. Jonlari 100 boʻlakka boʻlindi.
Bitta soʻz gapsiz shiftga tikilib yotgan Guli hech narsani oʻylamasdi. Siz ham uringanmisiz hech. Qani harakat qilingchi. Biror narsani oʻylamay tura olasizmi. Yoʻq hatto oʻylamaslik haqida oʻylayabsiz. Guli esa nima oʻylayotganini bilmaydi. Qalbi boʻshab qoldi. Ichida boʻshliq paydo boʻldi. Bu boʻshliqni hatto qornidagi bola ham toʻldirolmaydi endi.
Muallif:Malvira

August 11, 06:30

Kapalagim
26-qism
Ayollar erkaklar kirishi uchun honani boʻshatishar ekan, oralarida qalbida toʻfon boʻlayotgan yana bir qiz borligini hech kim sezmadi.
Ali aka. Bu haqiqatmi. Rostdan oʻldingizmi? Endi men qanday yashayman. Menga shu dunyoni jahannamga aylantirib tashlab ketdingiz ku. Sizni sevardim. Nega rozi boʻlmadiim. Nefa toʻy qilaylik deganingizda oʻqishimizni tugataylik dedim. Nega. Siz bilarmidingiz. Shu kunlar boʻlishini sezganmidingiz.
Qiz hammadan keyin egilib Alining qoʻlidan tutdi.
—Koʻp kuttirmayman. Men ham boraman. Hilolingiz ortingizdan boradi. Kutib turing.
*
*
Erkaklar kirishdi.
Bir kechada bukchayib qolishdi. Bir kechada sochlarica oq tushdi. Shu bir kecha barcha orzularidan ayrilishdi. Ikki otaning ham boshlari egik. Ular yigʻlashmadi. Toʻgʻrirogʻi koʻz yoshlari tashqariga emas ichkariga oqdi. Ikkisi ham irodali erkak edilar. Biri universitet rektori. Biri ichki ishlar boshligi.
Boʻlmadi. Bu yurak mansabga qaramas ekan. Sen kimsan demas ekan. Oʻzlari uchun kavlanadigan qabrga endi 30 ga ham kirmagan bolalarini koʻmishadi. Shularni oʻyladiyu birinchi Jamil amaki (Alining otasi) yigʻlab yubordi.
— Bolaaaam—shunday baqirdiki eshitganlarninf yiragi oqib tushadigandek boʻldi. Yoʻq qoʻrqinchili hayratlanarli emas. Sokin va dardli hayqiriq boʻldi.
Doʻstiga qarab Ilhom aka
—erkak ham yigʻlar ekanmi. Aaa—koʻz zoshlari yuzini yuvib tushayotganini sezsa ham Jamil amakini urishyabdi. Bu gaplarni doʻstiga aytyabdimi oʻzigami bilmaydi.
—erkak ham yigʻlaydimi Jamil yigʻlama olloh berdi olloh oldi. Yigʻlama dedim senga. Yigʻlama erkakka yarashmaydi. Bunday qilma—soʻngi gaplarini past ovozda pichirlab aytdi. Koʻz yoshlari tinmayabdi. Kimdir kelib —Bamdod namoziga oz qoldi ulgurmaymiz mayitni yuvish kerak—dedi. Ilhom aka oʻsha odamga shunday qaradiki.
—qaysi mayit qani mayit kimni koʻmasan meni oʻgʻlimnimi qaysi oʻgʻlimni koʻmasan u tirik u uxlayabdi uni sovuq tuproqqa beramanmi. U hozir turadi. Komil tur turgin jonim bolam tur. Bolam bolajonim. Seni asrolmagan latta otangni kechir. Qoʻngʻiroq qilib vidilashganingni sezmagan ahmoq. Landovur otangni kechir. Vasiyat qilayotganingni sezmagan omi goʻl otangni kechir bolaaaam —deb oʻkirib yigʻlab yubordi.
Har kimning ham sochlariga oq tushsin
Ajin tushsin yuzlariga dogʻ tushsin
Har kimning ham quvvat ketib belidan
Qoʻllariga aso bir tayoq tushsin
Iymoni sof yuzga kirib yorugʻ yuz
Toʻylar koʻrib yelkasidan togʻ tushsin
Jismiga soʻnci safar oldidan
Oʻz bolasin qoʻllaridan tuproq tushsin.
Muallif:Malvira

July 31, 16:46

Kapalagim
25-qism
Oxunov Komil 2000
Oʻlim sanasi 12.08.202_
Oʻlim sababi. Avtohalokat tutundan zaharlanish
Rashidov Ali. 2000
Oʻlim sanasi. 12.08.202_
Oʻlim sababi. Avtohalokat. Bosh miyyaga qon quyilishi
Bir tun. Ikki murda. Ikki honadondagi aza. Bu tun ikki yosh hali osmon osmon orzulari bor yigitlarning oʻlimiga, ikki onaning tinimsiz koʻz yoshiga, ikki otaning cheksiz dardlariga, avvalgi osoyishta hayotga endilikda mavhum kelajakkaga tikilib turgan boʻlajak onaning ahvoliga guvoh boʻldi.
Jasadlar uylarga joʻnatildi. Ikki orada Guli qoldi. Biri koʻz ochib koʻrgani. Biri jigari. Qaysi birini soʻngi yoʻlga joʻnatish vaqtida yonida boʻladi. Shularni oʻylab Komilning jasadini ham Alining uyidan chiqarishga qaror qilishdi. Avvaliga Ilhom aka koʻnmadi. Keyin Gulini oʻylab rozi boʻldi. Mayitlar yuviladi soʻngi martta koʻrib olishsin. Ayollarni chaqiring deyishdi. Hona oʻrtasiga yotkizib qoʻyilgan ikki yigit jasadi. Ikkisining ham oʻlim jasadi avtohalokat boʻlgan lekin ikkisida ham bir nechta qizarish borligi hisobga olmaganda jarohat yoʻq edi. Ikkisining ham yuzidan nur yogʻilib turibdi.
Honaga Farida opa(Gulining onasi) Marifat opa va Guli kirib kelishdi. Toʻgʻrirogʻi sal kam sudrab olib kelishdi.
Nega Komil aka. Menga bergan vadalaringiz bor edi ku. Shukur namozi oʻqimoqchi edikku. Nefa bunday boʻldi. Yoki shunchalik qisqa boʻlagni uchun sevgimiz shunchalik kuchli edimi? Siz ota boʻlar edingiz. Siz bunga loyiq edingiz. Nefa ahir.
Guli bu gaplarni barini faqat ichida aytti. Soʻng akasiga qaradi. Aka sizchi nega ketdingiz. Tez kelaman degandingiz. Endi men kimni puchuq singlisi boʻlaman. Aka yoshligimiz esizdami. Birga oʻynaganlarimiz. Mening ayblarimni boʻyningizga olganingiz. Hammasi mening esimda. Aka Hilolani koʻzingiz qanday qiydi. Unga nima deymiz.
"Nefa buni menga ravo koʻrdinglar men sizlarga nima qildim?. Shunchalar yomonmidim. Baxtli boʻlishning ham badali bormi. Badali shumi. Biroz baxtli qilib keyin taqdir ustimdan kulyabdimi nega axir"
Bu gaplarni baqirib aytdi. Aytdiyu yana hushidan ketdi. Farida hola bir kuyoviga bir Aliga qarsab yigʻlardi. Ikki oʻgʻlim ikki pahlavonim. Joyingiz jannatda boʻlsin. Qiyomatda koʻrishguncha. Oʻgʻlim men sendan roziman sen ham rizi boʻl.
Farida opa shunday deb qizining ortidan chiqib ketdi.
Ayollar qurshovida Marifat opa qoldi.
—Bolalarim. Koʻzimning oqu qoralari, jonimning parchalari, shoshib qoʻyibsizlarku a. Bizdan avval ketibsizdaa. Komilim jonim bolam olloxga isyon boʻlmasin deyabmanu boʻlmayabdi. Ichimda alanga paydo boʻldiki hech oʻchmasdek. Men ollox nima desa koʻnaman qoʻzim. Qoʻlimdan nima keladi. Gʻarib onangni kechir. Sendan roziman bolam. Alijonim. Jonimni parchasi. Seni ham olloh suygan bandalaridan qilsin.
Marifat opa oʻrnidan turar ekan
Ortiga yana qaradi kecha tunda bir birini quchub sakrayotgan bolalar koʻz oldidan ketmadi. Ularni hayqirigʻi shodligi hursandchiliklari Marifat opaning yuragini adoi tamom qildi.
Muallif:Malvira

July 31, 16:46

Kapalagim
24 -qism
Ali mashinasini tezligini toʻxtatish uchun hamma ishni qilib koʻrdi faqat qoʻl tormozidan foydalanish qoldi holos. Bu uchun esa tezlik 40 yoki 30 boʻlishi kerak. Lekin uning tezligi 70. Ali rulni qoʻyib yubordi. Koʻzlarini yumdi. Telefonini qoʻliga olib yurakcha qilib saqlab qoʻyilgan kontakka telefon qildi. Chuqur nafas oldi. Telefondan yoqimli shirali ovoz eshitildi
—alo assalomu alaykum
—seni sevaman Hilolim
Ali telefonni oʻchirdi. Qalbida onasi uchun sabr soʻradi. U oʻzi bilan komilni olib ketmasligi kerak.
Uni kutishyabdi. Uni puchuqoy kutyabdi. Seni koʻrish nasib qilmadi puchuq jiyanim. Men yaxshi togʻa boʻlardim. Yaxshi oʻgʻil. Yaxshi ota. Yaxshi er. Yaxshi aka boʻlmoqchi edim. Olloxim sening yoninga ham yaxshi banda boʻlib borishni nasib qilgin. "LA ILAXA ILLALLOX. MUHMMADUR RASULULLOX"
Ana Alining mashinasi koʻrindi. Hozir toʻxtasa ALI mashinani burub yuboradi. Yoʻl cheti esa beton toʻsiqlar bilan toʻsib qoʻyilgan. Biroz yaqinlashsin.
—Guli. Gulim. Gulgʻuncham. Seni menga bergan olloxga shukur. Meni kechir. Koʻp orzularga birga erishmoqchi edik. Seni yolgʻiz tashlab ketayotganim uchun kechir meni. Onajonim. Munisa onam. Sizga bu gʻamni berayotganim uchun kechiring. Dadajonim siz ham kechiring. Olloxim farzandimni asra iltimos. Suyuklilarimdan uni ayirma. Gulim. Seni sevaman. Seni dadamga , dadamni olloxga topshirdim. Diydor qiyomatga qoldi.
Komil tormoz berganini bilgan Ali qoʻl tormozni ishga soldi. Mashina gʻildiraklari aylanishdan toʻxtab , sirpanib ketdi. Komilning mashinasi yoʻlga koʻndalang toʻxtadi. Sirpanib kelayotgan mashina. Komilni mashinasiga borib urilib goʻyo uchib ketdi. Kuchli shovqin paydo boʻldi. Komilning mashinasi ham borib yoʻl chetidagi beton toʻsiqqa urildi. Alining mashinasi esa aylanib borib agʻdarilib qoldi.
Shu yerda faqat mashinalar emas orzular niyyatlar qalblar parcha parcha boʻldi.
Axir ular yosh edi. Hayotlari oldinda edi. Ali oyogʻi osmondan boʻlib yotar ekan boshiga qon quyilayotganini turishi kerakligini idrok etdi. Komilni koʻrdi. Yoʻq oʻzini emas mashinasini koʻrdi. Ich ichidan yoʻq taqdirimga sherik qilmasligim kerak edi dedi.
Komil esa birozdan keyin koʻzini ochdi. Mashinani qayeridir yonayotganini tutunni sezdi. Nafasi boʻgʻilishni boshladi mashina eshigi ochilmayabdi. Nafas ololmay qoldi. Tutun tomogʻini oʻyib tashladi. Suv ichkisi keldi. Qayt qilishni hohlayabdi. Koʻz oldi qorongʻulashyabdi.
U hushini yoʻqotgunicha shahodat kalimasini qaytardi. Olloxdan najot soʻradi.........
Muallif :Malvira

July 31, 16:46

Kapalagim
23-qism
Bir necha soat oldin.
—Alo Ali ortimda kelayotganding qayerda qolding?
—Kelayabman Komil faqat.....
—nima faqat?
—Komil tezligim 90 tormozim ishlamayabdi
—Nima?
—tormoz ishlamayabdi Komil
—Nega uzulib qolganmidi, nega ishlamaydi?
—bilmayabman Komil tushunmayabman
—menga qara oʻzingni bos gazdan oyogʻingni uz.
—yaxshi
—jin ursin
—nima boʻldi Komil
—500 metrdan keyin katta kanal bor ekan tezlik nechchi
—85. Ulgurmaymiz Komil
—ulguramiz seni koʻrdim men mashinam bilan seni toʻxtatib qolaman.
—yoʻq Komil chetga chiq qoch yoʻldan
—bas qil Ali telefonni oʻchir
—yoʻq Komil toʻxta menga qara oxiriga yetib keldik seni uyingda farzanding rafiqang kutyabdi. Chetga chiq doʻstim. Senga rahmat.
—Oʻchir ovozingni. Yoʻlga qara.
Telefon aloqasini Komil uzdi
—Komiiiil jin ursin seni
Ali jaxl bilan mashina rulini mushtladi.
Komil telefonidan dadasiga qoʻngʻiroq qildi.
—Dada yaxshimisiz
—ha oʻgʻlim yaxshimisan
—Dada Guli sizga omonat
—nega unday deyabsan
—yoʻq shunchaki oʻzim. Yangilikni eshitgandirsiz.
—ha oʻgʻlim eshitdim tabriklayman
—rahmat dada. Dada men bir necha kunga ish bilan ketayabman. Guli sizga omonat.
—hoʻp oʻgʻlim hoʻp
—qachon qaytasan
—bilmasam dada mayli keyin qoʻngʻiroq qilaman maylimi
—hoʻp oʻgʻim tezroq qayt
—hoʻp dada
Muallif : Malvira