
Sevgi hikoyalari ♥️⛓
Uning ikki marta uylanganini esa gapirmaganim yaxshiroq edi.. Erkak kishi uylanadi, buni aybi yoʻq deyishdi..
Endi dalaga chiqsam ham qoʻlim ishga bormasdi, tinimsiz dakki eshitganimdan qoʻlimdan hamma narsa tushib ketar, oʻzimni kattaroq koʻylak kiydirib qoʻyilgan latta qoʻgʻirchoqdek his qilardim..
Baqqolning oʻgʻli baʼzan dala chetida iljayib turar, uni koʻrganimda qanday qilib xotirjam yuzimni ushlab qolganim Allohga ayon.. Firuza tez-tez kelib akasi haqida gapirar, bora bora uning har bir suhbati doimo akasi haqida boʻlganini anglab yetdim..
Men ham doim zich bosim ostida edim, va buni endigina anglagandim..
Kech tushib qolgandi, ketmonni olib uyga joʻnadim, yoʻlimda Kamron turardi.. Baqqolning oʻgʻlida, bir qoʻlida moychechak guldastasi, ogʻzida popiros..
Uni koʻrishim bilan xuddi mixlangandek joyimda turib qoldim..
-Nega turib qolding..?! Nima nogiron oyogʻim bilan oʻzim oldingga borishim kerakmi?
-Oldimga kelishni ham eslay olmasangiz menga qanday uylanmoqchisiz..?!
Savolimdan keyin Kamron xuddi tarsaki yegandek qizishib ketdi, ogʻzidan tutun chiqib xuddi pishqirgan buqadek menga yaqinlashdi..
Tarsaki, qattiq, ogʻir.. Bu mening birinchi tarsakim edi.. Erkak kishidan.. Aniqrogʻi faqatgina genetik jihatdan erkak boʻlgan, aslida esa oʻz kuchini isbotlashga urinadigan zaif kimsa..
-Sen kimsan men bilan bunday gaplashasan yetimvachcha..?! Toʻgʻri tarbiya berishganidan umid qilgandim, lekin bu ham yoʻq.. Mish-mishlar yolgʻon emas shekilli..
Oʻshanda hamma narsa birdan boshimga tushdi.. kunlik charchoq, nohaq ayblov.. mish-mishlar ogʻirligi.. bu tarsaki sabr kosamga toʻkilgan oxirgi tomchi edi goʻyo...
Oʻsha kuni Kamronni kalxozdan qaytayotgan ayollar qoʻlimdan yulib olishdi.. Koʻkargan yuzi va labiga qaraganda yaxshi ish qilganman.. Baqqolning yaxshi tanishadi bor edi.. Lekin oʻgʻlini qiz bola kaltaklagani haqidagi nomusga chiday olmay, faqatgina toʻyni bekor qildi..
Shu voqeadan keyin yelkamga shamol tegdi.. Endi menga ehtiyot boʻlib yaqinlashadigan, men haqimda mish-mish tarqatishdan oldin ikki marta oʻylaydigan boʻlishdi.. Bu xuddi men kutgan natija edi..
Yangam ham ancha tinchlanib qolgandek edi, har holda meni turmushga berish haqida ortiq ogʻiz ochmadi..
Hammasi joyiga tushdi degan hayolda xursand edim.. Lekin bir kuni uyga kelganimda raisni koʻrib, men oʻylagan tinchlik boʻron oldidagi sokinlik ekanini tushundim..
-.. meni ham tushuning holat yuzasidan hisobot berishim kerak.. Kelasi safar u nimalar qilishini bilolmaymiz..
Xonaga kirishim bilan yangam ham rais ham jimib qoldi..
Yangam menga qarab xonamga borishimni ishora qildi, xonaga kirib uyoqdan buyoqqa yurar, nima qilishimni bilmasdim..
Eshik ochilishi bilan sapchib oʻrnimdan turdim..
-Yanga!
Eshik oldida rais turardi..
-Kattalar bilan kelishib oldim.. Hisobot yozmayman.. Lekin menga turmushga chiqishga oʻz ixtiyoring bilan rozi boʻlasan..
Eshik qulfi chertishi bilan yorugʻ kelajak uchun orzularim ham butun umrga qulflanganini his qildim..
Telegram |
#Сабошa
✨
❤️
Menga fikrlar juda zarur! Voqealar 1941 yilning dekabr oyida, Buxoroda boʻlib oʻtmoqda..
Yanga - kelinoyi.
@sevgi_hikoyalari_hayotiy
Ichkaridan amakisining tabassumi eshitiladi..
-Firuza toʻgʻri aytyapti Saodat, qoʻyaver borib kelishsin..
-Shom oʻqilmasidan uyda boʻling!
Laylo yangasining yuzidan oʻpib, kiyimini almashtirish uchun uyga yugurdi.. Firuza esa mamnun tabassum bilan eshik oldida turadi..
Shahar haqiqatdan ham Laylo kuyganidan mutlaqo boshqacha edi, mashinalar qatnovi koʻp, odamlarni sanogʻiga yetish qiyin.. Baʼzi joylarda forma kiygan yigitlar yuradi, Firuza uni qoʻlidan tortqilab uyoqdan buyoqqa tortqilaydi..
Abror ularni oziq-ovqat yarmarkasidan uzoqlashtirib dorbozlar yoniga olib keldi.. Laylo bunday manzarani ilgari ham koʻrganiga amin, ehtimol bolaligida ota-onasi bilan kelgan..
Otasi qishloqdagi yagona oliy maʼlumotli shifokor boʻlishi bilan birga, juda oʻqimishli odam edi, uni hatto shaharga operatsiyalar uchun chaqirib, mashina yuborishar, Laylo ikki marta u bilan shahar kasalxonasiga ham kelgandi..
Laylo bilagiga tekkan qoʻldan qoʻrqib atrofga qaradi, Abror uni yonida turardi.. Laylo indamasa ham qoʻlini ehtiyotkorlik bilan tortib oldi..
Qaytishda ham Layloning fik-u hayoli Abrorni harakatlarida edi, Abror unga tez-tez koʻz tashlab turar, Laylo uning yaxshi yigit ekanligini bilar, lekin unga hech qanday tuygʻulari yoʻq edi..
Firuza sukunatni toʻldirib, koʻrgan narsalari haqida quvonch bilan gapirar, lekin Layloning koʻzlarida endi quvonch emas faqat boʻshliq bor..
***
Keyingi kunlarda Laylo Firuza bilan birga ishlashda davom etsa ham, Abror ularga yaqinlashishi bilan bahona qilib uzoqlashishni boshladi.. Unga ortiqcha gap-soʻzlar kerak emas, ayniqsa seni ota-onang vafot etgan boʻlsa va yetmaganiga juda kichik qishloqda yashasang..
Onasi unga har doim "boshqalarning ogʻziga qulf osolmaysan, lekin oʻz harakatlaringni nazorat qilishing mumkin" derdi.. Demakki gap-soʻzlarni toʻxtatib boʻlmasa-da, bunga imkoniyat yaratib bermaslik mumkin..
Abror orqaga qaytishni hayoliga ham keltirmadi shekilli, u endi koʻproq Layloning atrofida aylana boshladi.
Laylo oʻzini hech narsani sezmagandek koʻrsatsa ham, buni koʻrmaslik uchun kamida ahmoq boʻlish kerak edi..
-Laylo!
Laylo toʻxtab unga yaqinlashayotgan Abrorni koʻrib joyidan qimirlamadi, ehtimol gaplashib olish eng toʻgʻri qarordir.. Tushlik vaqti boʻlganligi uchun tutzof yaqinidagi dalada hech kim yoʻq..
-Nega mendan qochyapsan..?!
-Men sendan qochyapmanmi?
-Unday emas deya koʻrma, meni koʻrishing bilan ketib qolasan.. avval bunaqa emasding..
-Shundaymi..?! Oʻylab koʻrchi nega..? Balki men seni emas singlingni dugonasi boʻlganim uchun va boshqalar menga teginishini yoqtirmaganim uchundir..
-Bu tasodif edi..!
-Uzr soʻrab qoʻlingni tortib olish oʻrniga, tiqilinchni bahona qilganing haqida gapiryapsanmi..?!
-Meni notoʻgʻri tushunding..
-Ehtimol toʻgʻri aytyapsan.. men doim seni halol va mehribon deb notoʻgʻri tushunganman.. Endi esa asl yuzingni koʻryapman..
Abror Layloning tez-tez qadam tashlab uzoqlashishini jimgina kuzatdi..
-Meni kechir.. lekin oʻzing majbur qilyapsan..
***
Laylo yuziga tushgan tarsakidan qalqib eshikni ushladi..
-Senga uyimdan joy berdim, oʻz qizim deb bildim! Tarbiyamni ayamadim.. Bu menga javobingmi..?!
-Yanga..! Men hech narsa qilmadim..
-Abror bilan yashirincha uchrashib yurgan ekansan..!! Butun qishloq shu haqida gapiryapti.. Yaramas qiz tushgur! Bir ogʻiz aytsang oʻzim ham seni unga uzatardim..
-Yangajon..!!
Laylo tiz choʻkib Saodatni qoʻllaridan ushladi..
-Qasam ichaman unday emas.. Men unga menga yaqinlashma degandim! Shuning uchun gap tarqatyapti..
-Hammamizni sharmanda qilding..
-Yanga..!!
-Amaking bilan kelishib oldik, urushdan qaytib kelgan, Amir baqqolning oʻgʻliga turmushga chiqasan.. Uni ham bitta oyogʻi yoʻq.. Abrordan kam emas..
-Evaziga nima vaʼda qilishdi..
Saodat oʻgirilib jimgina xonadan chiqib ketdi, jiyani uning bahosi uch qop un boʻlganini bilishi shart emas..
***
Hayotim xuddi tushga oʻxshardi, uning boshida biroz baxt, keyin esa tinimsiz baxtsizliklar bor edi.. Baqqolning oʻgʻliga turmushga chiqish men kutgan eng yomon natija edi..
@sevgi_hikoyalari_hayotiy
Yurakning ikki fronti..
🖤
✨
1-qism.
-U yana senga qarayapti..
Laylo boshini koʻtarib Firuza koʻrsatgan tomonga qaraydi.. Rais undan koʻzini uzmay qoshlarini chimirib qarab turibdi..
-Ketdik, tezroq yur.. hozir yana qandaydir bahona topadi..
-Qachongacha undan qochib yurmoqchisan? Amakingga aytib bersang yaxshi boʻlardi..
Laylo bosh irgʻab qoʻysa ham, hech qachon raisning "nomaqbul" qarashlari haqida amakisiga shikoyat qila olmaydi.. Uni yoʻqotish uchun barcha usullardan foydalanishga tayyor yangasi haqida oʻylash ham qoʻrqinchli..
-Xohlasang akam u bilan gaplashadi..
Laylo dugonasining issiqda biroz qoraygan chiroyli chehrasiga jilmayib qoʻydi..
-Qoʻyaver.. tez orada meni unutib yuboradi..
-Baribir ehtiyot boʻl..
-Faqat meni oldimdan ketma, yolgʻiz qolmasam menga yaqinlasholmaydi..
-Gapirishni toʻxtatib tezroq ishlanglar..!!
-Ular ishlayapti..
Rais qoshlarini chimirib Firuzaning akasiga qaraydi.. Abror urushda bitta oyogʻini yoʻqotgan boʻlsa ham, protez qoʻyib berishgan, bemalol harakatlanadi.. Nogiron boʻlsa ham raisni bemalol chalpak qilishga qodir.. Shuning uchun erkak indamaydi, boshqa tomonga yurib dimogʻi ostida soʻkinadi..
Aslida unga uni singlisini qizigʻi yoʻq.. Singlisi faqat oshga tushgan pashshadek halaqit berishni biladi..
Lekin Laylo boshqacha, tik qomat, qancha ish qilsa ham hech qachon charchamaydigan, kichik jussadagi juda ulkan kuch.. Uzun sochlari toʻpigʻini oʻpadi, urushga ketmagan har bir erkak borki, unga ogʻiz solishni istaydi..
Muammo borki, bu qiz hech kimni oʻziga yaqinlashtirmaydi.. Dugonasini oʻziga qalqon qilib, ikkalasi doimo birga..
Laylo oiladan yagona kolxozda ishlaydigan ishchi, yangasining yosh bolasi bor, amakisining bitta qoʻli va oyogʻi ishlamay qolgan, shol boʻlib yetti yildan beri yotoqda..
Yangasi undan qutulishni ancha oldin niyat qilgan edi, agar oiladagi yagona daromad keltiruvchi boʻlmaganida ehtimol allaqachon uzatilib ketgan boʻlar edi..
Laylo ketmonni tashlab, biroz nafas rostlash uchun oʻtirdi.. Otasi har doim yer ishlari uning uchun emasligini aytardi.. U oiladagi yagona qiz edi, onasi uni juda yaxshi koʻrar, otasining erkatoyi edi.. Toki sakkiz yoshiga qadar..
Keyin bir tunda tinch oilaga oʻgʻri tushdi, erta tongda ikkita tobut chiqdi hovlidan.. faqatgina oʻsha kecha buvisi uyiga olib ketgan Laylo tirik qoldi oiladan.. Keyin juda koʻp koʻz yoshlari, ogʻriqlar bor edi..
Buvisi katta oʻgʻlining oʻlimiga chiday olmay, ikki oyidayoq omonatini topshirdi..
Falokat ketma-ket yogʻilarkan, avvaliga yangasi uni oʻzi olib ketib mehribonlik qilgan boʻlsa urush boshlanishi vaziyatni yanada ogʻirlashtirdi..
Laylo oʻn besh yoshidan yangasining oʻrnida kolxozda ishlashni boshladi, avvaliga faqat dakki eshitib yigʻlar, oʻzidan ham kattaroq ketmonda ishlashga qiynalardi, uch yilda hammasi odatiy boʻlib qoldi..
Ertalab tong otmasidan uygʻonib, Firuza bilan dalaga chiqadi, quyosh botishi bilan uyga qaytadi..
Odatiy kunlarning birida Firuza unga jilmayib yopishib qoldi..
-Nima boʻldi oʻzi..?! Nega buncha xursandsan..
-Ertaga shaharda bayram boʻlarkan! Frontga oziq-ovqatlar toʻliq yetkazib berilgani sharafiga! Tasavvur qil.. Juda katta bayram boʻladi.. Urush boshlanganidan buyon qayoqqadir borganimizni eslay olmayman..
-Buni bizga nima aloqasi bor..?!
-Biz bilan ketasanmi? Akam seni ham olib ketishga rozi boʻldi...
-Esingni yebsan.. Dalaga kim chiqadi..
-Qoʻysangchi..! Ertaga hamma bayramga ketadi..
Laylo ikkilanib Firuzaga qarab bosh irgʻadi..
-Yangamdan soʻrab koʻraman..
***
Firuza haqiqatdan ham boʻsh kelmadi, Saodatning eshigi oldiga tong sahardan kelib olib iltimos qilishni boshladi..
-Hoy Firuza! Jin chaldimi seni, hozir Ravhsanni uygʻotib yuborsang hech kim tinchitolmaydi uni..
-Yangajon.. akam meni olib ketishga rozi boʻlmayapti..
-Xoʻsh menga nima deysan!
-Nimayam derdim, Laylo ham borsin..
-Bas qil sen qiz, qiz bolaga shaharda nima bor..
-Siz faqat pochcham bilan qoʻltiqlashib yurardingiz-ku!
-Nima deding!
-Oyim aytib bergan..
-Firuza..!!
Laylo koʻzlari katta boʻlib dugonasiga qaraydi..
@sevgi_hikoyalari_hayotiy
Shu kundan boshlab hayotim yana bir maromga tushgandek edi.. Hassasini taqillatib oldimga kelishga erinmaydigan, meni masxara qilmaydigan, nuqsonim uchun meni kamsitmaydigan kimdir bor edi..
Avtohalokatdan keyin maktabga bormaslikka qaror qilib maktabni masofaviy tarzda tugatishga qaror qildim.. Bu juda qiyin edi.. Lekin endi menda Richard bor edi..
U allaqachon kollejda oʻqirdi va darsdan keyin meni oldimga kelishni toʻxtamasdi.. Menda nima topganini hanuzgacha tushunmayman..
Lekin u ham meni eshitadigan va baʼzan tabassum bilan gapiradigan boshimdagi ovozning oʻrnini bosa olmasdi.. Men uni shunchaki ovoz, yoki kasalligimning bir qismi emas, yetuk, aqlli ajoyib inson deb bilardim.. Hatto uning tabassumini tushlarimda koʻrganman.. Xuddi qalin tuman ostida uning qadrdon qiyofasi bor edi.. Lekin uni yaxshi koʻrolmasdim..
Tunlari yostiqqa yigʻlab, ertalab uygʻonish uchun jurʼat, bir sabab qidirardim.. Aksiga olgandek Richard kamroq kelar, birinchi semestr imtihonlari undan juda koʻp vaqt talab qilardi..
Tushkunlikka tushish yoqasiga kelib qolganimda, koʻchamizdagi kulolchilik doʻkoniga koʻzim tushdi.. Yoshi qariyb ellikdan oshgan amaki, loydan oʻyinchoq, idishlar va hatto qutilar tayyorlar, ularni arzon-garovga sotib yuborardi..
Bir kuni Richard kelganida undan birga borishni soʻradim.. Richard xuddi mendek juda qiziquvchan bola edi, tezda bosh irgʻab rozi boʻldi..
-Salom janob Tomas..!
-Xayrli kun.. xush kelibsiz..
Richardning ogʻziga qarab, nima deyishini tushunishga urinar, boshqalarning ogʻzidan nima deyishini oʻqishni mashq qilayotgandim..
-Bizga biroz oʻrgatmaysizmi..?! Iltimos..
Shu gapdan keyin xuddi usta bizni haydab yuboradigandek Richardning orqasiga oʻtib oldim.. Lekin moʻralaganimda usta kulib turar, qoʻli bilan imo qilib meni chaqirdi..
Kulol charxi oldiga oʻtirib avvaliga nima qilishni bilmadim, usta meni qoʻlimdan ushlab indamay charxni harakatlantirishni boshlaganida esa koʻzlarim qinidan chiqib ketay dedi..
Birinchidan marta charx aylanib, loydan shakl yaralar, shunchalar nozik ediki, qoʻpolligim bilan uni buzib qoʻyishdan qoʻrqardim..
Keyinchalik bu odatga aylandi, biz tez-tez bu yerga tashrif buyuradigan, kulolning ruxsati bilan nimalarnidir tayyorlashga urinib koʻrardik.. Richard kulolni qanday rozi qilganini bilmasdim-u, lekin undan umrbod qarzdor edim..
-Nimeriya..!
-Richard! Yetib keldingmi? Kechikdik..
-Nimeriya kechir, bugunlikcha bora olmayman uchrashuvim bor..
-Uchrashuv..
-Ha, senga aytishni unutibman.. U Lida, guruhga yangi kelgan.. Unga universitetni tanishtirib, dars oʻtishiga yordam berishim kerak ekan.. Xohlasang men bilan yur..
-Yoʻq boraver..
Oʻzimni xafa emasdek koʻrsatish juda qiyin edi.. Ayniqsa Richard yuzimga qarab, kayfiyatimni bir zumda tahmin qila olardi..
Richard ketganida negadir yuragim bezovta urar, lekin baribir hammasini unutib janob Tomasni kulolchilik ustaxonasiga yoʻl oldim..
Ikki kun oldin janob Tomas kattaroq narsani oʻrganishing kerak deganidan soʻng menga tinimsiz tushuntirishdan toʻxtamagan odam qiyofasini yaratishga tushdik.. Uni yaratishda kimga qiyoslaganimni tushunmayman, lekin boshlangʻich asoslar menga juda yoqqandi..
Ustaxonaga kelganimda janob Tomas menga bosh irgʻab mijoz bilan suhbatlashishda davom etdi..
Men esa haykallar boʻlimiga oʻtdim.. Haykal ustidagi matoni olish uchun qoʻl uzatishim bilan haykal ham u bilan birga qimirlab, oyoqlarim ostida chil-chil boʻldi..
Aytishlaricha singan haykal, uzilgan qalblar hayqirigʻi ekan..
Nimeriya haykal oldiga choʻkkalab nima boʻlganini tushunmadi..
Telegram |
#Сабошa
❤️
✨
@sevgi_hikoyalari_hayotiy
Ruh..
✨
II fasl.
2-qism.
Vlad koʻzlarini yumib diqqatini bir joyga jamlashga harakat qiladi.. Yillar oʻtgani sayin atrofda shovqin shu qadar koʻpki, Vlad ularni miyasi orqali bloklasa ham baribir tinchlik yoʻqdek.. Hatto biroz tinchlik topish uchun tobutda yotishga ham tayyor..
Vlad qizil koʻzlarini ochib bor ovozi bilan baqirdi.. Ovoz eshitilmaydi.. U odatda Nimeriyaning ovozlarini tinglar, hech qanday yangilik boʻlmasada, u oʻtmish aks-sadolarini tinglashda davom etsa ham shu oʻn besh yil davomida bu ovoz Vladning yagona najoti edi..
Endi esa Vlad bir haftadan beri nimalar boʻlayotganini umuman tushunmaydi.. Har qancha diqqat qaratishga urinmasin endi Nimeriyani sevimli ovozini tinglash imkonsiz..
Vlad oʻrnidan turib koʻzlarini yumdi.. Nimeriyani qalban his qilish uchun butun vujudini quloqqa aylantirdi.. U hatto kapalak qanot qoqishini eshita oladi, lekin Nimeriyadan bir soʻz emas..
Uzoq ikki oylik urinishlar hech qanday foyda bermagach Vlad yana "eski usullar" ga qaytdi.. Nimeriya ismli har bir qizni kuzatish va undan Nimeriyaning hatto bir zarrasini topishga urinish..
Vlad iblis bilan tuzgan kelishuv nafaqat Nimeriyani himoya qilish.. balki uning yana bir bor tugʻilishi uchun imkon edi..
Lekin bu qachon sodir boʻlishi mumkinligini Vlad hech qachon bilmaydi va dunyoning har bir burchagini sargardon ruhdek kezishda davom etadi..
Vlad Fransiya koʻchalaridagi navbatdagi manzilga ketayotganida bir ayolga urilib ketdi.. Vlad kechirim soʻrab ayolni qoʻlidan ushlashi bilan, ayol uni kaftini changallab oldi..
-Hooy.. nima qilyapsiz madam?
-Taqdir yoʻllaring qorongʻu.. lekin bir nur bor taqdiringda..
-U yaqindami..
Vlad ayolga tik qaradi..
-U sen oʻylaganingdan ancha uzoqda.. Oʻrtangizdagi ruhiy bogʻlanish vaqtga "muhrlanib qolgan"
-Bu nima degani..?!
-Boshqa hech narsani koʻrmayapman..
Vlad ayolni qoʻliga tezda pul tutqazib pichirladi..
-Ayting iltimos.. u qayerda..
-Sen uni eshitgansan.. Uni juda koʻp tinglagansan.. Sen buni bilasan..
Ayol Vladni qoʻllarini siltab tezda burilishda gʻoyib boʻldi.. Aftidan u Vladning kimligini payqab qolgan..
- "U sen oʻylaganingdan ancha uzoqda" nima degani..?! jin ursin.. Bu nima degani.. Nega hammasi bunchalar qiyin..
***
Nimeriya hech kim bilan gaplashmay qoʻydi.. Avvaliga ota-onasi u gapirishni ham toʻxtatdi deb qoʻrqib ketishdi.. Lekin avtohalokatdan besh kun oʻtib psixolog bilan ikki soatlik sessiyadan keyin Nimeriya baqirib yigʻlashni boshlaganida biroz xotirjam boʻlishdi..
Nimeriya oʻzini yosh boladek his qilar.. Atrofida oyoq uchida yurayotgan ota-onasi ham koʻziga koʻrinmasdi.. U nafaqat qimmatli eshitish qobiliyatini, balki yagona doʻstini ham yoʻqotdi..
Odamlar eshitish qobiliyati siz, ham koʻrmasdan hatto qoʻl oyoqsiz ham yashay olishadi.. Lekin doʻstlarsiz.. yaqinlarsiz bu mumkinmikan..?!
Oʻsmir yoshda hatto mukammal yoshlar ham oʻzidan kamchilik topadigan davrda Nimeriya eshitish qobiliyatini yoʻqotganini fojea deb bildi.. Faqat boʻshatishga uch kun qolganida uning yonidagi palataga joylashtirilgan oyogʻi singan yigit uning najotiga aylandi..
Richard topilmas bola edi.. Tengdoshlari boshqalarni mazax qilish bilan band boʻlgan bir vaqtda u ikki tilda soʻzlashar, oʻt oʻchiruvchi boʻlish uchun tayyorlov kurslariga qoʻshilardi..
Richard negadir Nimeriyaning xonasi atrofida aylanib, bu oʻtib boʻlmas doim xafa tipratikanga oʻxshasada aslida tikanlarini faqat oʻzini himoya qilish uchun ishlatadigan oʻzidan kichikroq qizchaga mehri tushib qoldi..
Richard chiroqlarni oʻchirib qoʻlidagi roʻmolchasi bilan chin dildan soyalar spektakli yaratishga harakat qildi.. Nimeriya oxirida roʻmolcha tushib ketgach operatsiyadan keyin birinchi marta tabassum qildi..
Bu tanishuv singan qalb uchun yangi uchqun edi goʻyo..
@sevgi_hikoyalari_hayotiy
Assalomu alaykum azizlar
🥰
Yaxshimisizlar? Nima gaplar, nimalar bilan mashgʻulsizlar?
@sevgi_hikoyalari_hayotiy
Raulning ovozida shu qadar rasmiylik bor edi-ki, u xatto xizmatkorlar bilan ham bunday gaplashmaydi.. Ular orasida hammasi tugagani esa eng ogʻir zarba edi..
Dayana hammasiga oʻzi aybdor ekanligini bilsa ham koʻzlari yoshlanar, Raul xonani tark etganida ham yumshoq gilamda uzoq vaqt yigʻladi..
****
Keyin esa yolgʻizlik asrlari boshlandi.. Dayana buni boshqacha atay olmaydi.. Ular oʻzlari hamma narsani tugatganlaridan uch oy o'tdi. To'qson ikki kun.
Ularning yarmidan ko'pi bir xil boshlandi va xuddi shunday tugadi. Ikki kishi yashashiga qaramay, uy hali ham jim edi. Hayot tovushlari qisqa vaqt ichida paydo bo'ldi - Dayana bulyon pishirganida, kir yuvish mashinasining eshigini yopganida, koridordagi chiroqni o'chirib, derazada o'z aksi bilan yolg'iz qolganda.
Qolgan vaqtlarda faqat birovning nafas olish tovushiga aralashgan bo'shliq bor edi.
Avvaliga Dayana harakat qildi. U yoqtirishni xohlagani uchun emas. U shunchaki Raul ham yana nimanidir his qilishi mumkin deb umid qildi. Agar mehr bo'lmasa va, albatta, sevgi bo'lmasa, hech bo'lmaganda hurmat qiling..
Axir hurmat barcha his-tuygʻularning darichasi emasmi..?!
U Raulning sevimli taomlarini pishirib, shunchaki oshxonada qoldirdi.. Bir paytlar Raul bu ovqat uchun uning qoʻllarini oʻpardi..
Lekin juda koʻp narsa oʻzgargan edi.. Raul keldi shunchaki liftdan chiqib xonasiga ketdi.. "Xayrli kech" yoki "Men uydaman" kabi hech narsa yoʻq.. Hatto Raul tilidan qoʻymaydigan "Mio sole" shu qadar uzoq vaqt davomida eshitilmadiki, Dayana bu qachondir boʻlganmi deb oʻzidan soʻraydi..
Dayana taomlarni oʻzgartirdi.. bir kuni qaymoqli qovoq shoʻrva, yoki Fransuz oshxonasi, yana bir kun qisqichbaqalar bilan makaron.. Lekin hech narsa "ishlamadi"
Bir kuni Raul shunchaki yorildi.. "Menga ovqat pishirishing kerak emas"
-Raul.. men.. men shunchaki..
Raul esa ketdi.. Dayana hech qachon uning bu tomonini koʻrmagan.. Sovuq va uzoq.. Italiya bosh vaziri Raul Romano..
Dayana esa toʻxtamoqchi emasdi.. Raul asl Dayana bilan tanishishi kerak.. Hech qanday guruh uchun ishlamaydigan.. Shunchaki oddiy, sevib qolgan.. sodda Dayana..
Telegram |
#Сабоша
✨
❤️
@sevgi_hikoyalari_hayotiy