Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Shahrisabz tumani hokimligi

shahrisabz_tuman_hokimligi
Shahrisabz tumani hokimligi Axborot xizmati
Подписчики
20 056
24 часа
-20
30 дней
9 696
Необычное падение (24 часа)
Просмотры
815
ER
4,06%
Посты (30д)
233
Символов в посте
723
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 26, 17:02
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

“ZULFIYA DAVLAT MUKOFOTI” TANLOVINING TUMAN BOSQICHIGA TAKLIF ETAMIZ!
Iqtidorli, faol va tashabbuskor ayol-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini namoyon etish maqsadida o‘tkazilayotgan
“Zulfiya davlat mukofoti” tanlovining Shahrisabz tumani bosqichi
bo‘lib o‘tadi.
📅
Sana:
27-oktabr, soat 11:00
📍
Manzil:
Shahrisabz tumani 16-sonli musiqa maktabi
📑
Hujjat topshirishga ulgurmagan xotin-qizlar ham qatnashish imkoniyatiga ega. Buning uchun ertaga, soat 10:30 ga qadar hujjatlarini taqdim etishi kerak bo’ladi.
Tanlovda ishtirok etish istagidagi barcha iqtidorli va faol ayol-qizlarni belgilangan muddatda hujjatlarini taqdim etishga hamda tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
📱
https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi
📱
Gov.uz
📱
Facebook
📱
Youtube
📱
Instagram
📱
X

October 26, 14:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi!
SHAHRISABZ SHAHRI, CHIROQCHI VA SHAHRISABZ TUMANIDAGI MAHALLALARDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI!
Muborak gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan gaz taqsimlash stansiyasilarida texnik tadbirlar olib boriladi. Shu maqsadda
2026-yilning 27-oktyabr kuni (ertaga) soat 10:00 dan 17:00 ga qadar:
❗️
Shahrisabz shahridagi
"Choshtepa", "Tutzor", "Yangihayot", "Oqsaroy", "Bo‘ston", "Xabarlik", "Qushxona", "Kulollik", "O‘rda", "Zingiron", "Tiklanish", "Kunchiqar", "Uychilik", "Sohibqiron", "Qoziguzar", "Qo‘shhovuz", "Navro‘z", "Sariosiyo", "Pillakashlik", "G‘alaba", "Ipak yo‘li", "Kamolot", "Kesh", "Barhayot", "Ziyokor", "Namozgoh", "Fayzobod";
❗️
Shahrisabz tumanidagi
"Xo‘jaxuroson", "Ravot", "Loliston", "Istiqbol", "Ommog‘on", "Saksonkapa", "Beshkapa", "Yangi qishloq", "Xontepa", "Hojimaydon", "Nurafshon", "Yangiobod", "Yangibog‘";
❗️
Chiroqchi tumanidagi
Alisher Navoiy, "Xumo", "Yangiqurilish", "Kishmishtepa", Chiroqchi va O‘zbekiston mahallasida hamda mazkur hududlarda joylashgan ulgruji isteʼmolchilarda tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
"Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati
📱
Axborot xizmati kanaliga obuna boʻling

October 26, 13:26
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”
gi
Farmoni
—
Указ
Президента Республики Узбекистан
«О награждении группы работников сферы здравоохраненияв связи с Днем медицинских работников»
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 26, 13:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz yangi davrda yaratilgan tarixiy filmlarga to‘xtaldi. Ular orasida
“Islomxo‘ja”, “Ibrat”, “Avloniy”, “Abdulla Qodiriy”, “Qo‘qon shamoli”, “Muqimiy”, “Ilhaq”, “O‘zbek qizi”, “Bahodir Yalangto‘sh”
bor.
Milliy kadrlarimizning yangi avlodi
yetishib chiqdi. Davlatimiz rahbari bunda kinoijodkorlarning munosib hissasi borligini qayd etdi.
“Oltin globus” xalqaro kino mukofoti
tarixida Markaziy Osiyo va Kavkaz kinoijodkorlarini taqdirlash marosimi
ilk bor Toshkentda
o‘tkazildi. Uchrashuvda ishtirok etayotgan aktrisa
Gulchehra Jamilova “Meridian” mukofotiga
sazovor bo‘ldi.
Shu bilan birga, Prezidentimiz milliy kino san’atimizni yangi bosqichga olib chiqish borasida
oldinda hali ko‘p ishlar turganini
ochiq aytish zarurligini ta’kidladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 26, 13:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Davlatimiz rahbari kinoijodkorlar uchun yana bir tashabbusni ma’lum qildi.
Quyi Chirchiq tumanidagi “Ko‘hinur” sihatgohi to‘lig‘icha ularning ixtiyoriga beriladi.
Mazkur sihatgoh yaqinda
zamonaviy talablar asosida ta’mirlanib, jihozlangan
. Bu yerda
kinoijodkorlarning munosib dam olishi uchun
sharoit yaratilgan.
Prezidentimiz ushbu maskan
kinochilarimiz kuch to‘plab, yangi-yangi g‘oyalar ustida ishlashiga xizmat qiladigan chinakam ijodiy maskanga aylanishini
ta’kidladi.
Bundan tashqari,
har yili kino sohasida faoliyat yuritadigan kamida 300 nafar fidoyi xodimga respublikadagi sihatgohlarda dam olish va davolanish uchun bepul yo‘llanma
beriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 26, 13:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz “O‘zbekfilm” kinostudiyasida
kinoijodkorlar bilan uchrashuv
o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari bu dargohda
milliy kino tariximiz, bir necha avlod ijodkorlarining mehnati, xalqimizning ekranga ko‘chgan orzulari, intilishlari va armonlari mujassam
ekanini ta’kidladi.
“Mahallada duv–duv gap”, “O‘tgan kunlar”, “Shum bola”, “Chinor ostidagi duel”, “Suyunchi”
kabi filmlarning qahramonlari xotiramizda yaqin insonlardek saqlanib qolgan. Ulardagi bir lavha, bir og‘iz so‘z yoki tanish kuy
bolaligimiz, bobo-buvilarimiz va qadrdon mahallamizni ko‘z oldimizda gavdalantiradi.
Prezidentimiz o‘z davrida
siyosiy va mafkuraviy bosimlar qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ijodkorlarimiz ana shunday milliy san’at asarlarini yarata olganini
tahsinga sazovor deb baholadi.
“O‘zbekfilm” yaratgan bu maktab mustaqillik yillarida ham davom ettirildi.
“Abdullajon”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Dilxiroj”, “Vatan”, “O‘tov”
singari xalqimizga manzur filmlar yaratildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 26, 13:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz
ijtimoiy tarmoqlar rivojlangani uchun odamlar kinoteatrga bormay qo‘ygani
haqidagi fikrlarga to‘xtaldi. Odamlar xorijiy
filmlarni kinozallarni to‘ldirib tomosha qilayotganini
qayd etdi.
– Demak,
tomoshabin kinodan, kinoteatrlarga borishdan voz kechgani yo‘q,
faqat uning didi va talabi o‘zgardi.
Milliy filmlarimiz ana shu talabga javob beryaptimi?
Afsuski, yo‘q!
– dedi davlatimiz rahbari.
Sababi filmlarni ishlab chiqarishdan uni tomoshabinga yetkazishgacha bo‘lgan
yaxlit zanjir – distributsiya shakllanmagan.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 26, 13:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz kinolarni moliyalashtirishda
davlat buyurtmasi amaliyotidan subsidiya asosida qo‘llab-quvvatlash tizimiga o‘tilishini
ma’lum qildi.
– Bundan buyon davlat filmning buyurtmachisi emas, ijodkorlar va xususiy sektorning ishonchli hamkori bo‘ladi,
– dedi mamlakatimiz yetakchisi.
Film ishlab chiqarishda
texnik topshiriqlar emas, ijodiy jarayon va uning talablariga ustuvorlik beriladi.
Yangi moliyalashtirish mexanizmini bir oy muddatda joriy etish vazifasi qo‘yildi.
Kelgusi yildan boshlab
har yili “O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi so‘roviga ko‘ra budjetdan tegishli mablag‘ ajratib boriladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 26, 13:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Mamlakatimiz yetakchisi o‘n yil oldin
“O‘zbekfilm” kinostudiyasi
qanday ahvolda bo‘lganini yodga oldi. Islohotlarning ilk kunlaridan
studiyani tiklash va ijodkorlar uchun munosib sharoit yaratishga
alohida e’tibor qaratilgani qayd etildi.
Bu qadrli maskan
to‘liq rekonstruksiya qilindi.
So‘nggi o‘n yilda sohani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan
ikkita farmon va sakkizta qaror
qabul qilindi.
2016-yilda filmlar olish uchun davlat budjetidan
10 milliard so‘m
ajratilgan bo‘lsa, joriy yilning o‘zida
218 milliard so‘m
berildi.
Davlatimiz rahbari natijada
milliy filmlarimizning salmog‘i va sifati oshganini, sohaga o‘nlab xususiy kinostudiyalar kirib kelganini
ta’kidladi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 26, 13:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz
kino yaratish uchun zamonaviy infratuzilma barpo etilishini
ma’lum qildi. “O‘zbekfilm”ning 10 gektarlik hududida kino xizmatlari jamlangan
yagona industrial klaster – “O‘zbekfilm kino shaharchasi”
tashkil etiladi.
“Kino shaharchasi”da zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan
Dublyaj va ovozlashtirish markazi
quriladi.
Ikki oyda malakali loyiha tashkilotini jalb qilib, shaharchaning master-rejasi va loyiha-smetasi ishlab chiqiladi. Qurilish ishlari keyingi yilning mart oyidan boshlanadi.
Kino tizimidagi bo‘sh turgan davlat aktivlarini ochiq savdoga chiqarish topshirildi.
Facebook
|
Instagram
|
X