Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

𝗦𝗛𝗔𝗛𝗥𝗜𝗦𝗔𝗕𝗭 𝗔𝗛𝗟𝗜 🇺🇿

shahrisabzahlii
Узбекистан ҳақида фактлар, янгиликлар ва эълонлар!
Подписчики
2 690
24 часа
30 дней
-10
Просмотры
1 148
ER
42,68%
Посты (30д)
7
Символов в посте
712
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
May 28, 17:41

▪️
G‘iyos Boytoyev, Rustam G‘oyipov, Matyoqub Matchonov, Uchqun Tillayev, Raʼno Yarasheva «O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni bilan
▪️
Sharifa Salimova «O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri» unvoni bilan
▪️
Otabek Mamazoitov, Xurshid Rasulov, Munisa Rizayeva «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvoni bilan
▪️
Erkin Komilov, Yodgor Saʼdiyev «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan
▪️
Erkin Aʼzamov, Zulfiqor Musoqov «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandi.
https://t.me/SHAHRISABZAHLII

May 25, 12:20
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Zamonaviy basseyn majmuasi barpo etilmoqda ekan
Shahrisabz shahri tobora zamonaviy va sayyohlarbop maskanga aylanmoqda. Endilikda Pillakashlik mahallasida joylashgan "Navro‘z" bog‘ida zamonaviy basseyn majmuasi qurilmoqda.
Shahrisabz shahar hokimi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishib, loyiha bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi. Hozirda hududda qurilish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda va majmuani yaqin kunlarda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
E’tiborlisi, bu kabi zamonaviy dam olish maskani Shahrisabz shahri tarixida ilk bor barpo etilmoqda. Majmuada ayollar va bolalar uchun barcha zamonaviy qulayliklar yaratiladi. Hududda kafe-bar, avtoturargoh hamda xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ham tashkil etiladi.
https://t.me/SHAHRISABZAHLII

May 20, 08:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Shahrisabz shahri bugun katta bunyodkorlik va obodonlashtirish maydoniga aylangan.
Shahar hokimi
Sherzod Bo‘riyev boshliq ishchi guruhi rahbarligida
olib borilayotgan keng ko‘lamli hashar ishlari tufayli mahallalar yanada ozoda, fayzli va ko‘rkam qiyofa kasb etmoqda.
Bu sa’y-harakatlar Shahrisabzning yanada obod va zamonaviy shahar sifatidagi nufuzini mustahkamlamoqda.
@umidnormuratov
https://t.me/SHAHRISABZAHLII

May 19, 16:08
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

Sherzod Bo‘riyev UNESCO loyihasi doirasidagi kulollik ustaxonasida bo‘ldi
Shahrisabz shahar hokimi Sherzod Bo‘riyev Oqsaroy mahallasida istiqomat qiluvchi mohir kulol usta Zayniddin Muzaffarov xonadonida bo‘lib, hududda kulolchilik yo‘nalishida muzey tashkil etish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur ustaxona UNESCO va Yaponiya hamkorligidagi “Blue of Samarkand” - O‘zbekiston an’anaviy kulolchilik san’atini tiklash loyihasi doirasida faoliyat yuritib kelmoqda. Tashrif davomida milliy kulolchilik merosini asrab-avaylash, uni kelajak avlodga yetkazish hamda turizm salohiyatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shahar hokimi muzey tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirib, mas’ullarga ushbu maskanni yanada boyitish, tarixiy eksponatlar va kulolchilik namunalarini kengaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.
Kelgusida ushbu kulollik maskani mahalliy va xorijiy sayyohlar uchun milliy hunarmandchilikni namoyon etuvchi muhim manzillardan biriga aylanishi kutilmoqda.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Gov.uz

May 19, 16:07
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

MUROJAATNOMA
Sherzod Bo‘riyevning shahar aholisiga murojaatnomasi
Hurmatli shahrimiz ahli, aziz yoshlar va muhtaram ota-onalar!
Bugungi globallashuv davrida insoniyat oldida turgan eng xavfli illatlardan biri - giyohvandlik balosidir. Ushbu mudhish illat nafaqat inson salomatligini izdan chiqaradi, balki oilalar parokandaligi, jinoyatchilikning ortishi, ma’naviy qadriyatlarning yemirilishi hamda jamiyat taraqqiyotiga jiddiy xavf tug‘diradi.
Ayniqsa, yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Negaki, yosh avlod - Yangi O‘zbekistonning tayanchi, xalqimizning ertangi kuni va millatimiz kelajagidir. Ularning sog‘lom, bilimli va vatanparvar bo‘lib voyaga yetishi har birimizning muqaddas burchimizdir.
Hurmatli yurtdoshlar!
Giyohvandlik insonni asta-sekin o‘z domiga tortadi. Dastlab oddiy qiziqish yoki noto‘g‘ri muhit sabab boshlangan bu yo‘l oxir-oqibat insonning sog‘lig‘i, obro‘si, oilasi va kelajagini barbod qiladi. Eng achinarlisi, bu illat yoshlarning orzu-maqsadlarini chilparchin etib, ularni jamiyatdan uzoqlashtiradi.
Bugungi kunda davlatimiz tomonidan giyohvandlikka qarshi kurashish, yoshlarni zararli illatlardan himoya qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shahrimizdagi ta’lim muassasalari, mahallalar, sport maskanlari va madaniyat markazlarida yoshlarni ilm-fan, sport va kasb-hunarga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Aziz yoshlar!
Sizlarni hayotda ulkan marralar kutmoqda. Sizning bilim olishingiz, kasb egallashingiz, sport bilan shug‘ullanishingiz va ezgu maqsadlar sari intilishingiz-nafaqat oilangiz, balki butun yurtimiz ravnaqi uchun muhimdir. Giyohvandlik esa insonning eng katta dushmani bo‘lib, uning kelajagini zulmat sari yetaklaydi. Hech qachon bir lahzalik qiziqish yoki noto‘g‘ri davra tufayli taqdiringizni xavf ostiga qo‘ymang.
Hurmatli fuqarolar!
Mahallalarimizda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, yoshlarni zararli illatlardan asrash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish barchamizning umumiy vazifamizdir. Agar atrofingizda giyohvandlik bilan bog‘liq noqonuniy holatlarga duch kelsangiz, befarq bo‘lmang. Bu haqda tegishli tashkilotlarga xabar berish orqali siz nafaqat bir insonni, balki butun bir oilani fojiadan saqlab qolishingiz mumkin.
Keling, farzandlarimizni sog‘lom, bilimli, vatanparvar va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalaylik. Giyohvandlikka qarshi kurashishda bir yoqadan bosh chiqarib, jamiyatimizni ushbu xavfli illatdan asraylik!
Zero, sog‘lom avlod - millat tayanchi, yurt kelajagi va xalqimizning eng katta boyligidir.
Hurmat bilan,
Sherzod Bo‘riyev
Shahrisabz shahar hokimi
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Gov.uz

May 03, 04:50
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Қашқадарё вилояти ҳокими
Муротжон Азимов
журналист ва блогерларга соҳа вакилларининг характери қандай бўлиши лозимлигини икки қатор шеър билан тушунтириб берди!
https://t.me/SHAHRISABZAHLII

May 01, 19:20
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Қашқадарёда жиноий гуруҳ аъзоси 46 кг гашиш билан ушланди
1-майдан республика бўйлаб «Қорадори–2026» тезкор-профилактик тадбирлари бошланди. Тадбир доирасида трансчегаравий жиноий гуруҳ фаолиятига чек қўйилди.
https://t.me/SHAHRISABZAHLII

April 29, 17:10
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#тезкор
⚡️
Aгар сиз банк картангиздаги пулни ўғирлатган бўлсангиз, банклар ўғирланган барча маблағларни қайтариб беради
Аянчли статистика: 11 ой ичида фуқаролар ҳисобидан қарийб 1,9 трлн сўмлик пул ўғирлаб кетилди.
Энди қоидалар ўзгаради: агар банк ёки тўлов тизимининг заиф ҳимояси туфайли пул ўғирланган бўлса, зарар банкларнинг ўзлари томонидан қопланади.
https://t.me/SHAHRISABZAHLII

April 29, 10:05
Файлы недоступны
3
2
Открыть в Telegram

Оқ сарой мфй да рамзий дарвозани метал конструксиясини урнатиш жараёнларидан лавхалар
https://t.me/SHAHRISABZAHLII

April 28, 14:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Yangilanayotgan shahar
Respublikamizda bo‘lgani singari ko‘hna va zumrad shahar Shahrisabzda turizm infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida yana bir yangi loyiha amalga oshirildi. Shahar hokimi
Sherzod Bo‘riyev
tashabbusi bilan “Musaffo osmon” havo shari olib kelindi.
Endilikda ushbu loyiha sayyohlar va shahar mehmonlariga xizmat ko‘rsatish bilan birga hududning turistik jozibadorligini yanada oshirish, mavjud salohiyatni keng namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
Gov.uz
https://t.me/SHAHRISABZAHLII