Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

SHARQDAN XABARLAR

sharq_xabar
YOSHLAR BILAN ISHLASH, MA'NAVIY-MA'RIFIY, ADABIY-BADIIY, IJTIMOIY-SIYOSIY MAVZULARGA BAG'ISHLANGAN TDSHU USTOZ VA TALABALARINING ONLAYN MULOQOT MAYDONIGA XUSH KELIBSIZ!
Подписчики
5 936
24 часа
-1
30 дней
-55
Просмотры
1 386
ER
23,35%
Посты (30д)
296
Символов в посте
630
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDЖизнь студента
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 26, 15:06
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Bugun TDSHU - Gansu YUNESKO markazi va XXRning Lanzhou universiteti bilan hamkorligi doirasida Lanchjou universiteti Til va adabiyot instituti professori, filologiya fanlari doktori, Xitoy yozuvi jamiyati a’zosi Chen Syaoqiang (陈晓强) tomonidan Xitoyshunoslik oliy maktabi professor-o‘qituvchilari, talabalari, magistrantlari, doktorantlari hamda tadqiqotchilari uchun “汉字起源之谜 — Xitoy ierogliflarining kelib chiqish siri” mavzusidagi ma]ruzasi tashkil etildi. Ma’ruza davomida xitoy yozuvining vujudga kelishi, uning qadimgi manbalari, ierogliflarning dastlabki shakllari va tarixiy taraqqiyot bosqichlari haqida ilmiy ma’lumotlar taqdim etildi. Xususan, qadimgi suyaklar va toshlarda uchraydigan yozuv namunalari, ilk grafik belgilar hamda ularning zamonaviy xitoy ierogliflari shakllanishidagi o‘rni yoritildi.
Shuningdek, xitoy yozuvining uzoq tarixiy taraqqiyoti davomida yuz bergan o‘zgarishlar, ierogliflarning shakliy va mazmuniy xususiyatlari, ularning kelib chiqishiga oid ilmiy qarashlar hamda qadimgi yozuv namunalari bilan bog‘liq rivoyatlar muhokama qilindi. Ma’ruza xitoy yozuvining tarixiy ildizlarini o‘rganish, ierogliflarning shakllanish qonuniyatlarini anglash va ushbu yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi

October 26, 14:04
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

⚡️
⚡️
⚡️
📣
SHARQDAN YANGILIKLAR
‼️
Amaliy fanlar fakultetida talaba-yoshlarning milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini oshirish,ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish,milliy urf-odat va an’analarimizni chuqur o‘rganish hamda targ‘ib etish maqsadida “Yurtim qadriyatlari” tanlovining fakultet bosqichi tashkil etildi.
Tanlov davomida talabalar o‘zlarining bilim va iqtidorlarini namoyon etib, yurtimizning boy tarixiy merosi,milliy qadriyatlari,urf-odatlari va an’analari haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ishtirokchilar o‘z chiqishlari orqali milliy o‘zlikni anglash,ajdodlar merosiga ehtirom va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini ifoda etdilar.
Tanlov shartlariga ko‘ra,
1-o‘rinni Xorijiy til va adabiyot yo‘nalishi 1-kurs 4-guruh talabalari
2-o‘rinni Xorijiy til va adabiyot yo‘nalishi 1-kurs 1-2-guruh talabalari
3-o‘rinni esa Xorijiy til va adabiyot yo‘nalishi 1-kurs 3-guruh egallashdi
G‘olib
🥇
bo‘lgan guruh keyingi bosqichga yo‘llanma olishdi.
@sharq_xabar

October 26, 12:10
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
⚡️
⚡️
📣
SHARQDAN CHORLOV
‼️
@sharq_xabar

October 26, 10:54
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

⚡️
⚡️
⚡️
📣
SHARQDAN YANGILIKLAR
‼️
🏛
TDSHUDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI
🎓
Kelajak sari ilk qadam — universitet bilan yaqindan tanishuv!
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Toshkent shahridagi “Elite Education Alternativa Sehriyo” maktabining 9-sinf o‘quvchilari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
📚
Tashrif maktabning “Muvaffaqiyat maktabi” loyihasi doirasida o‘tkazilib, o‘quvchilarni oliy ta’lim muhiti bilan tanishtirish va kelajakdagi kasb tanloviga yo‘naltirishga qaratildi.
🌏
O‘quvchilar universitet hayoti, ta’lim yo‘nalishlari va mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
🤝
TDSHU yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, kasb tanlashiga ko‘maklashish va maktablar bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni davom ettiradi.
@sharq_xabar

October 26, 09:09
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ilm-fan taraqqiyotining yangi formulasi
Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan sönggi yillarda ilm-fan sohasida amalga oşirilgan muhim islohotlar, yaratilgan imkoniyatlar va yoş olimlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan yangiliklar bilan tanişing.
Eslatma:
Video professional ta’lim taşkilotlari öquvçilari va oliy ta’lim taşkilotlari talabalari uçun tayyorlangan.
Bizni kuzatib boring:
Instagram
|
Telegram
|
Youtube
|
Facebook

October 26, 07:09
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

⚡️
⚡️
⚡️
📣
SHARQDAN YANGILIKLAR
‼️
#tashrif
2026-yil 24-oktab kuni Jurnalistika taʼlim yoʻnalishi 1-kurs talabalari  Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabi o'qituvchisi Ruxsora Elmuratova hamrohligida Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida tarixiy eksponatlar, qo‘lyozmalar va boshqa qimmatli manbalar talabalarda katta taassurot qoldirdi.
@sharq_xabar

October 24, 14:34
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

⚡️
⚡️
⚡️
📣
SHARQDAN YANGILIKLAR
‼️
23-oktabr kuni Xitoyshunoslik oliy maktabi professor-o‘qituvchilari talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishdilar hamda ularning holidan xabar oldilar. Samimiy suhbat davomida talabalar fikr-mulohazalari tinglanib, mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.
@sharq_xabar

October 24, 14:05
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

⚡️
⚡️
⚡️
📣
SHARQDAN YANGILIKLAR
‼️
XITOY VA O‘ZBEKISTON: BIR DASTURXON ATROFIDA BIRLASHGAN MADANIYATLAR!
📍
Lyaonin pedagogika universitetida Xitoy va O‘zbekiston milliy taomlari madaniyatiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Xitoy va O‘zbekiston sivilizatsiyalari o‘rtasida o‘zaro anglashuv va madaniy muloqotni rivojlantirish tadqiqot markazi tomonidan tashkil etildi.
🥟
Jiaozi va palov — ikki xalq, mushtarak qadriyatlar!
Tadbir davomida ishtirokchilar Xitoyning an’anaviy jiaozi chuchvarasi va o‘zbek milliy palovini birgalikda tayyorlab, ikki xalqning boy gastronomik merosi, urf-odatlari va qadriyatlari bilan yaqindan tanishdilar.
🤝
Tadbirda universitet partiya qo‘mitasi kotibi Liu Hong hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori, markazning O‘zbekiston tomonidan mas’ul vakili Jasur Ziyamuxamedov va o‘zbekistonlik talabalar ishtirok etdilar.
@sharq_xabar

October 24, 13:33
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

⚡️
⚡️
⚡️
📣
SHARQDAN YANGILIKLAR
‼️
2026-yil 23-oktabr kuni ShXTA instituti tyutori Surayyo Tojimurodova hamda universitet psixologi Barno Kalonova tomonidan ijara xonadonda yashovchi talabalar holidan xabar olindi. Tashrif davomida talabaning muammo, takliflarini tinglandi hamda yashash sharoitlari, ijtimoiy muhiti, havsizlik darajasi, psixologik moslashuvi, ijarachilar talablari umuniy oʻrganildi. Shuningdek, talabaning ruhiy holati bilan tanishib, zarur tavsiyalar berildi.
@sharq_xabar

October 24, 13:03
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

⚡️
⚡️
⚡️
📣
SHARQDAN YANGILIKLAR
‼️
🇺🇿
🇯🇵
TALABALAR “UZBEKISTAN–JAPAN EDUCATION FORUM FAIR”DA ISHTIROK ETISHDI
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan “Uzbekistan–Japan Education Forum Fair” xalqaro ta’lim forumida ishtirok etishdi.
Mazkur forum talabalar uchun xalqaro ta’lim imkoniyatlari bilan tanishish, akademik hamkorlik istiqbollarini o‘rganish hamda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ta’lim aloqalari haqida bilimlarini kengaytirish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.
@sharq_xabar