Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Shavkat Xo‘jaqulov

shavkat_xojaqulov
TRM matbuot kotibi, Ta’lim inspeksiyasi matbuot kotibi (2019-2023) ta’lim haqidagi yangiliklar, fikrlar Instagram: https://www.instagram.com/shavkatxojaqulov/ Facebook: https://www.facebook.com/XojaqulovShavkat/
Подписчики
1 571
24 часа
—
30 дней
-29
Просмотры
3 625
ER
230,74%
Посты (30д)
7
Символов в посте
657
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 25, 09:46
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Ijodiy_tanlov
#Eng_yaxshi_badiiy_asar
#Taqdirlash_marosimi
“Bolalar uçun eng yaxşi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi ğoliblari taqdirlandi
Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetida “Bolalar uçun eng yaxşi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi ğoliblarini taqdirlaş marosimi bölib ötdi.
🔹
Jarayon tafsilotlari bilan
yuqoridagi videorolik orqali tanişişingiz
mumkin.
Batafsil:
https://trm.uz/uz/axborot/yangiliklar/494
🔹
Telegram
🔹
Instagram
🔹
Facebook
🔹
X
(
Twitter
)
🔹
YouTube
🔹
Trm.uz

October 21, 04:08
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
O‘zbek tilini asrash va rivojlantirish,
uni yosh avlodga zamonaviy usullar bilan o‘rgatish
muhim vazifalarimizdan biri hisoblanadi.
📚
2026-yilda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan
o‘zbek tilini o‘qitish sifatini oshirish, pedagoglar malakasini yuksaltirish, bolalar adabiyotini boyitish va raqamli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha
qator ishlar amalga oshirildi.
📹
Videoda ushbu ishlarning natijalari va kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritiladi.
🔹
Telegram
🔹
Instagram
🔹
Facebook
🔹
X
(
Twitter
)
🔹
YouTube
🔹
Trm.uz

October 15, 11:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Malaka toifa sinovlari o‘tkaziladigan sanalar
belgilandi
👉
@shavkat_xojaqulov

October 14, 14:48
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🎥
Bir necha yillik g‘oya ikki kunda veb-platformaga aylandi
Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi uslubchisi
Nodirbek Ziyodullayev
bir necha yildan buyon amalga oshirishni rejalashtirib kelgan g‘oyasini ikki kun ichida hayotga tatbiq etib,
kimyo faniga oid veb-platforma yaratdi.
Bunga
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va AQShning Jorjtaun universiteti hamkorligida tashkil etilgan uch kunlik xalqaro o‘quv-amaliy seminarda
egallagan bilim va ko‘nikmalari asos bo‘ldi.
📹
Platformaning
yaratilish jarayoni va imkoniyatlari haqida videolavhada batafsil tanishishingiz
mumkin.
🔹
Telegram
🔹
Instagram
🔹
Facebook
🔹
X
(
Twitter
)
🔹
YouTube
🔹
Trm.uz

October 13, 07:53
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Olimlar, pedagoglar, tadqiqotchilar, talabalar, o‘quvchilar, texnologik kompaniyalar, ishlab chiqarish va biznes vakillari diqqatiga!
2026-yil 10-noyabr kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tomonidan
Toshkent shahrida Xalqaro STEAM Assambleyasi — 2026
o‘tkaziladi
.
Assambleya doirasida
STEAM loyihalari tanlovi
tashkil etilib, unda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlari vakillari
yakka tartibda yoki jamoa shaklida
ishtirok etishi mumkin.
Tanlov 5 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:
Science
— «Eng yaxshi ilmiy-tadqiqot loyihasi»,
Technology
— «Eng yaxshi texnologik yechim»,
Engineering
— «Eng yaxshi muhandislik yechimi»,
Arts
— «Eng yaxshi kreativ STEAM yechimi»,
Mathematics
— «Eng yaxshi matematik va analitik yechim».
Ishtirok etish uchun arizalar 2026-yil 25-oktabrga qadar
@STEAM2026TanlovBot
Telegram boti orqali
qabul qilinadi.
Saralashdan o‘tgan loyihalar
Hilton Tashkent City
mehmonxonasida bo‘lib o‘tadigan Assambleyada taqdim etiladi va g‘oliblar tantanali ravishda taqdirlanadi.
G‘oyangizni keng auditoriyaga taqdim etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
✅
Ta’lim nazorati rasmiy kanali

October 01, 04:47
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

👉
@shavkat_xojaqulov

September 28, 14:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Men 10–15 yillar avval vazirlikda ishlaganimizda ham
“Yil o‘qituvchisi” tanlovida
ustozlar qanday taqdirlanganini yaxshi eslayman. O‘sha paytlarda respublika bo‘yicha 16 nafar o‘qituvchi g‘olib bo‘lardi.
Lekin gap faqat g‘oliblar sonida emas. O‘sha 16 nafar eng yaxshi o‘qituvchiga ham bugungidek katta miqdorda pul mukofoti berilmagan.
O‘sha vaqtda kimdir:
“Bir kun kelib 208 nafar o‘qituvchining har biriga qariyb 52 ming dollardan mukofot beriladi”
, desa, nafaqat o‘qituvchilar, balki biz ham ishonishimiz qiyin edi.
52 ming dollar — kam pul emas. Bu mablag‘ga shahardan kvartira yoki tumanlarda yaxshi hovli-joy olsa bo‘ladi, deb o‘ylayman.
Albatta, bir paytlar hatto xayolga ham kelmagan bunday katta mukofotlarni ajratish Prezidentimizning siyosiy irodasi va ta’limga qaratayotgan e’tiborining natijasi.
Ko‘z tegmasin. Taqdirlanadigan ustozlar soni ham, ularga beriladigan mukofot miqdori ham oshib boraversin.
👉
@shavkat_xojaqulov

August 28, 13:43
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#Mustaqillikning_35_yilligi
Prezidentimiz Farmoniga asosan ta’sis etilgan
“O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi”
esdalik nishoni bilan men ham taqdirlandim.
Yuksak e’tirof uchun minnatdorman. Bu mukofot men uchun katta ishonch va mas’uliyatdir.
Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lib, O‘zbekistonimiz gullab-yashnayversin! Bayram barchamizga muborak bo‘lsin!
👉
@shavkat_xojaqulov

August 26, 12:00
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Hamkorlik
#Xalqaro_tajriba
#Maktab_rahbarlari
Ayni kunlarda Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi rahbariyati
xizmat safari doirasida Amerika Qo‘shma Shtatlarida
bo‘lib turibdi.
Ushbu safar doirasida mamlakatimizda
ta’lim sohasini rivojlantirishga doir qator muzokaralar
o‘tkazildi.
🔹
Xususan,
✅
Junior Achievement tashkiloti bilan hamkorlikda O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish amaliyotlarini joriy etish muhokama qilindi
✅
O‘zbekistonda maktab rahbarlarini tayyorlashda UMSL tajribasini joriy etish muhokama qilindi
✅
O‘zbekiston AQSHning Logan universiteti bilan ta’lim psixologiyasi va STEM yo‘nalishlarida hamkorlik qiladi
🔹
Mazkur xizmat safari tafsilotlari bilan
video orqali batafsil tanishishingiz
mumkin.
🔹
Telegram
🔹
Instagram
🔹
Facebook
🔹
X
(Twitter)
🔹
YouTube
🔹
Trm.uz

August 13, 17:03
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

#diqqat_tanlov
📢
“Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi!
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun
mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish
maqsadida
“Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi
tashkil etilmoqda.
📚
Badiiy asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi:
— Oila va insoniy qadriyatlar;
— Vatan, mahalla va jamiyat;
— Ustoz, maktab va ta’lim;
— Tabiat, texnologiya va kelajak;
— Orzular va kelajakdagi kasblar.
Tanlov uchun
6–10, 11–14 hamda 15–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar
taqdim etilishi mumkin.
🏆
G‘oliblar
diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Eng yaxshi deb topilgan asarlar esa
maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi.
📌
Batafsil shartlar, asarlarni taqdim etish tartibi va muddatlari
tez orada e’lon qilinadi.
📤
Tanlov uchun ijodiy ishlarni yuborish:
@trm_hikoya_yuborish_bot
☎️
+998 55 519-02-02
Balki bolalar kutayotgan eng yaxshi badiiy asarni aynan siz yozarsiz.
Bolalarimiz eng yaxshi asarlarga munosib!
🔹
Telegram
🔹
Instagram
🔹
Facebook
🔹
X
(
Twitter
)
🔹
YouTube
🔹
Trm.uz