Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

shayxontohurtumanixtb
Shayxontohur tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi Manzil: Shayxontohur tumani, Markaz-14, 17-A-uy
Подписчики
1 602
24 часа
-1
30 дней
39
Просмотры
134
ER
8,36%
Посты (30д)
312
Символов в посте
713
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 27, 17:52
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📚
9-“B” SINF OTA-ONALARI BILAN PROFILAKTIK YIG‘ILISH O‘TKAZILDI
Shayxontohur tumani 82-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida 9-“B” sinf o‘quvchilarining ota-onalari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida o‘quvchilarning odob-axloqi, maktab ichki tartib-qoidalariga rioya qilishi, ustozlarga hurmat, tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlari hamda yoshlar tarbiyasida ota-onalarning mas’uliyati haqida atroflicha suhbat olib borildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasi yuzasidan ota-onalarga tushuntirish berildi. Farzand tarbiyasi, ularning ta’lim olishi va xulq-atvori uchun ota-onalarning qonuniy mas’uliyati ta’kidlanib, ota-onalarga ogohlantirish xatlari topshirildi.
✅
Asosiy maqsad — o‘quvchilar orasida intizom va odob-axloqni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini yanada oshirishdan iborat.

October 27, 16:53
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Attestatsiya_jarayonlari
#70_foizlik_ustama
Shayxontohur tumanidagi 314-sonli umumtaʼlim maktabining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi,
Xalq taʼlimi aʼlochisi
Fayzullo Yaxyoyev
attestatsiya jarayonlarida ishtirok etib, 86 ballik natijani qayd etdi va 70 foizlik ustamaga ega boʻldi!
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo'ling:
✈
️Telegram
📱
Instagram

October 27, 16:16
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🎉
🏆
ATTESTATSIYADAGI ILK G‘ALABA — MAKTABIMIZ FAXRI!
🏆
🎉
🏫
Shayxontohur tumani 299-sonli maktabi
📚
Bugun boshlangan attestatsiya jarayonlarining ilk kunidayoq maktabimiz o‘qituvchilari yuksak natijalarga erishib, barchamizni quvontirishdi!
🇺🇿
✨
👏
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarimiz:
🌟
Abdusamatova Dilfuza — oliy toifa sohibasi!
🌟
Habibullayeva Karomat — 1-toifa sohibasi!
🌟
Barotova Semora — 1-toifa sohibasi!
💐
Aziz ustozlarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan chin qalbdan tabriklaymiz! Sizlarning mehnatingiz, bilimingiz va kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz barchamiz uchun ibratdir.
💫
“Ustozning yutug‘i — maktabning yutug‘i, ustozning kamoli — kelajakning kamolidir!”
🥇
Attestatsiyaning ilk kunidan boshlangan bu quvonchli natijalar bardavom bo‘lsin! Barcha ustozlarimizga yangi marralar, ulkan zafarlar va kasbiy faoliyatlarida omad tilaymiz!
🔔
Biz bilan qoling!
📲
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo‘ling:
✈️
Telegram |
📱
Instagram

October 27, 16:06
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

🏆
Yana bir quvonchli yutuq!
📐
Shayxontohur tumani 192-maktabning 2-“V” sinf o‘quvchisi Anvarov Firdavs
Ziyoliy.uz
saytida matematika fanidan o‘tkazilgan musobaqada faxrli 1-o‘rinni egalladi!
🎉
G‘olib o‘quvchimiz sertifikat va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlandi.
👏
Firdavsni ushbu ajoyib yutug‘i bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Unga kelgusidagi o‘qishlarida ulkan zafarlar, yangi yutuqlar va yorqin muvaffaqiyatlar tilaymiz!
🌟
Ilm yo‘lida qo‘yilgan har bir qadam — buyuk kelajak sari dadil qadamdir!
📲
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo‘ling:
✈️
Telegram |
📱
Instagram

October 27, 16:06
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🏆
FAXR VA G‘URURIMIZ — 192-MAKTAB O‘QUVCHILARI!
🏆
🎉
Shayxontohur tumani 192-umumta’lim maktabi o‘quvchilarining matematika fanidan Xalqaro fan olimpiadasida faxrli 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagani barchamizni cheksiz quvontirdi!
🌍
Quvonarlisi, 2 nafar o‘quvchimiz Yevropaga 100% vaucher, yana 1 nafar o‘quvchimiz esa 5–6-noyabr kunlari Turkiyada bo‘lib o‘tadigan xalqaro olimpiadada ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!
👏
Bu yutuqlar o‘quvchilarimizning tinimsiz mehnati, bilimga bo‘lgan intilishi hamda ustozlarimizning fidokorona mehnati samarasidir.
💐
G‘olib o‘quvchilarimizni, ularning ota-onalarini va ustozlarini chin qalbimizdan tabriklaymiz! Kelgusida ham yuksak marralarni zabt etib, maktabimiz va yurtimiz sharafini munosib himoya qilishlariga tilakdoshmiz!
📲
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo‘ling:
✈️
Telegram |
📱
Instagram

October 27, 16:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bolalarning dunyosi orqali matematikaga kirish
Bolalarni sevgan inson ularning tilida gapiradi, ularning qiziqishlarini tushunadi:
☺️
Raqamlarni qora taxtaga qator qilib yozib qo'yish o'rniga, ularni hayotiy o'yinlar, sevimli ertaklar yoki kundalik vaziyatlar orqali ko'rsatadi.
«Bolalarni sevmagan odam ularga fanni ham sevdirmaydi».
❗️
7 d -sinfida matematika darsi.O'qituvchi: U.Isayeva
📲
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo‘ling:
✈️
Telegram |
📱
Instagram

October 27, 16:06
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

#Kelajak_soati
#ShayxontohurSchool
🌟
192-maktabda “Kelajak soati” darslari: “Orzudagi kasblar”
🌟
Shayxontohur tumani 192-umumta’lim maktabida “Kelajak soati” mashg‘ulotlari doirasida
“Orzudagi kasblar”
mavzusida qiziqarli va mazmunli darslar tashkil etildi.
Dars davomida o‘quvchilar o‘z orzularidagi kasblar haqida so‘zlab, kelajakda kim bo‘lishni istashlari va bu yo‘lda qanday bilim hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerakligi haqida fikr almashdilar.
👩‍⚕️
Shifokor,
👨‍🏫
o‘qituvchi,
👩‍🚀
kosmonavt,
👨‍💻
dasturchi va boshqa kasblar haqida suhbatlar o‘tkazildi. O‘quvchilar o‘z maqsadlari va kelajak rejalari bilan o‘rtoqlashdilar.
✨
Har bir kasbning jamiyat hayotidagi o‘rni beqiyos. Bugungi orzular ertangi yutuqlarning poydevoridir!
192-maktab — bilim, orzu va kelajak sari!
🇺🇿
📲
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo‘ling:
✈️
Telegram |
📱
Instagram

October 27, 16:06
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🥋
FAXRLI G‘ALABA!
🏆
Shayxontohur tumani 192-maktabning 1-“E” sinf o‘quvchisi
Shavkatov Muhammadyusuf
“Imperator Karate Club” turnirida ishtirok etib, faxrli
1-o‘rinni
egalladi!
🥇
Ushbu yutuq yosh sportchimizning tirishqoqligi, mehnatsevarligi va sportga bo‘lgan ishtiyoqining yorqin namunasidir.
G‘olibimizni ushbu ajoyib natija bilan samimiy muborakbod etamiz! Kelgusida ham ulkan zafarlar, yangi marralar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
📲
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo‘ling:
✈️
Telegram |
📱
Instagram

October 27, 16:06
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🍂
🐟
KUZ NE’MATLARIDAN — MO‘JIZAVIY IJOD!
🐟
🍂
🌿
Texnologiya darsimiz ochiq havoda, tabiat qo‘ynida yanada qiziqarli va mazmunli o‘tdi!
🍁
O‘quvchilarimiz maktab hovlisiga chiqib, kuzgi rang-barang barglarni terishdi. So‘ngra o‘z tasavvurlari va ijodkorliklarini ishga solib, oddiy barglardan ajoyib baliqchalar yasashdi.
🐠
✨
🎨
Ushbu ijodiy mashg‘ulot orqali bolalar tabiat ne’matlaridan unumli foydalanish, qo‘l mehnati, tasavvur, ijodiy fikrlash va estetik didni rivojlantirish imkoniga ega bo‘ldilar.
💛
Har bir bargda — ijod, har bir baliqchada — bolajonlarning cheksiz tasavvuri mujassam!
🌟
Tabiatni kuzatamiz, undan ilhom olamiz va o‘z qo‘llarimiz bilan go‘zallik yaratamiz!
📲
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo‘ling:
✈️
Telegram |
📱
Instagram

October 27, 16:06
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

🏆
BIZNING G‘URURIMIZ — MIRVOSITOV USMON!
🏊‍♂️
🥋
🏅
👏
Quvonchli xabar! 1-B sinfimiz o‘quvchisi Mirvositov Usmon dyudo va suzish sport turlari bo‘yicha munosib ishtirok etib, faxrli g‘oliblikni qo‘lga kiritdi!
🎉
💐
Usmonning bu yutug‘i — uning kuchi, chaqqonligi, sabr-toqati, mehnatsevarligi va sportga bo‘lgan mehrining yorqin natijasidir.
🌟
Dyudo Usmonga jasorat, intizom va qat’iyatni o‘rgatsa, suzish unda chidamlilik, epchillik va o‘ziga ishonchni yanada mustahkamlamoqda.
❤️
Aziz Usmon, seni ushbu ajoyib g‘alabang bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Kelajakda yanada katta marralarni zabt etishingni, ko‘plab musobaqalarda muvaffaqiyat qozonishingni tilaymiz!
👏
Sen bilan faxrlanamiz, Usmon! G‘alabalaring bardavom bo‘lsin!
🏆
🌟
📲
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo‘ling:
✈️
Telegram |
📱
Instagram