
SHEROBOD YANGILIKLARI
🟦
Sherobod tumanida “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi obodonlashtirish ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda
🗣
Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz”
g‘oyasi ostida keng nishonlanishi munosabati bilan e’lon qilingan
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi”
doirasida hududlarda bunyodkorlik va ozodalik ishlari izchil davom etmoqda.
🛡
ZIRH BOT’da
yangi Anti-Spam himoyasi ishga tushdi!
So‘nggi vaqtlarda Telegram guruhlarida odamga o‘xshab yozadigan, reklama va firibgarlik havolalarini tarqatadigan spam akkauntlar soni ko‘paymoqda.
Shu sababli
ZIRH BOT
uchun yangi
Anti-Spam
himoya moduli ishlab chiqildi. U shubhali spam akkauntlarni aniqlab, guruhingizni himoya qilishga yordam beradi.
⚙️
Yoqish:
/antispam
⚠️
Eslatma:
Funksiya hozircha
BETA
bosqichida. Xatolik yoki takliflaringiz bo‘lsa,
@zirh_support
ga yozing.
➕
Botni guruhga qo‘shish:
https://t.me/ZIRH_BOT?startgroup=true
🌐
WEBSAYT
|
🌐
TELEGRAM
|
🛡
ZIRH BOT
👉
Шеробод хабарларига аъзо бўлинг
👉
https://t.me/+7S1lYOhx-
4cwYmRi
🟡
Sherobod anori – yurtimizning eksportbop ne’mati va minglab oilalar daromadi
🗣
Sherobod tumani bugungi kunda nafaqat Surxondaryo viloyati, balki respublikamizda ham anorchilik bo’yicha yetakchi hududlardan biri hisoblanadi. Tumanda anor yetishtirish uzoq yillardan buyon shakllangan dehqonchilik an’anasi bo’lib, minglab oilalarning asosiy daromad manbai sifatida xizmat qilmoqda.
🗣
Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida jami
11 ming gektarga yaqin
maydonda anor yetishtirilsa, shundan
5 760 gektari Sherobod tumani hissasiga to’g’ri keladi
. Bu esa viloyatdagi anor bog’larining qariyb yarmi aynan Sherobodda joylashganini anglatadi.
🗣
Tumanda yetishtirilayotgan hosilning
50 foizga yaqini xorijiy davlatlarga eksport qilinmoqda
. Natijada Sherobod anori nafaqat ichki bozorda, balki xalqaro bozorlarda ham o’zining sifati, shiradorligi va uzoq muddat saqlanish xususiyati bilan e’tirof etilmoqda. Eksport hajmining ortib borayotgani esa hudud iqtisodiyoti rivojiga, aholi daromadlarining ko’payishiga va yangi ish o’rinlari yaratilishiga xizmat qilmoqda.
🗣
Anorchilik tarmog’i orqali
30 mingdan ortiq aholi doimiy va mavsumiy bandlik bilan ta’minlangan
. Bu esa sohaning nafaqat qishloq xo’jaligi, balki ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini ham yaqqol namoyon etadi.
🗣
Ayniqsa, tumanning
Xo’jaqiya-1
va
Xo’jaqiya-2
mahallalari anorchilikka ixtisoslashgan hududlar sifatida alohida ajralib turadi. Ushbu mahallalarda zamonaviy agrotexnologiyalar asosida parvarish qilinayotgan anor bog’lari yildan-yilga kengayib, yuqori hosildorlikka erishilmoqda.
🗣
Sherobod anorchilari asosan o’zining yirik mevasi, shiradorligi va bozorbopligi bilan mashhur
“Tuya tish”
hamda
“Qozoqi”
navlarini yetishtiradi. Ushbu navlar nafaqat yangi iste’mol uchun, balki eksport va qayta ishlash sanoati uchun ham yuqori talabga ega.
🗣
Sherobod anori – bu shunchaki meva emas. U mehnatsevar dehqonlarning zahmati, hudud iqtisodiyotining muhim tayanchi va dunyo bozorlarida O’zbekiston nomini munosib namoyon etayotgan eksportbop mahsulotlardan biridir. Anorchilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar esa kelgusida Sherobodning ushbu yo’nalishdagi salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
24.07.2026
🟦
Sherobod tumanida fuqarolar murojaatlari tinglanib, muammolar yechimi yuzasidan aniq vazifalar belgilandi
🗣
Sherobod tumani hokimi hamda tarmoqlar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlarining hafta davomida belgilangan fuqarolar qabuli kunlari asosida har juma kuni tuman hokimining ochiq qabuli muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.
Ana shu tartibdagi navbatdagi ochiq qabul bugun
Sherobod tumani hokligi
tamonidan tuman xalq qabulxonasida o‘tkazildi.
🗣
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan qabul davomida fuqarolar tomonidan turli yo‘nalishlardagi murojaatlar, taklif va muammolar atroflicha tinglandi.
Jumladan, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar sifati, infratuzilma, moddiy yordam, uy-joy, yer va boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
🗣
Har bir murojaat mas’uliyat bilan ko‘rib chiqilib, ularning qonuniy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot va mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Ayrim masalalar qabul jarayonining o‘zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab qilinadigan murojaatlar nazoratga olinib, ijroga yo‘naltirildi.
🗣
Ta’kidlanganidek, bu kabi ochiq qabullar aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish, fuqarolarni o‘ylantirayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda xalq manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🗣
Shuningdek, bunday uchrashuv va muloqotlar davlat idoralari hamda aholi o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Sherobod tuman Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi
O. Tursunov
hamda Sherobod tumani prokurorining katta yordamchisi
A. Mamayorov
ishtirokida
S
herobod tumani davlat arxivida Sherobod tumani Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish davomida davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaning oldini olish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, byudjet mablag‘laridan oqilona va maqsadli foydalanish, davlat xaridlarida ochiqlik hamda shaffoflikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash sifatini oshirish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, belgilangan topshiriqlar ijrosi mas’ul tashkilotlar tomonidan qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.
Sherobod tumanida bolajonlar uchun unutilmas yomg‘irli shou tashkil etildi
Bunday ezgu tadbirlar bolalarning yozgi ta’tilini mazmunli va maroqli o‘tkazishga, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar xizmati hamda mutasaddi tashkilotlarning aholiga yaqinligi va g‘amxo‘rligini yana bir bor namoyon etdi.
Sherobod tumanida bolajonlar uchun unutilmas yomg‘irli shou tashkil etildi
Sherobod tumanida yozning jazirama kunlarida bolajonlar va aholi uchun o‘zgacha kayfiyat ulashgan
"Yomg‘irli shou"
tashkil etildi.
Tadbir davomida maxsus yong‘in-qutqaruv texnikasi yordamida sun’iy yomg‘ir hosil qilinib, yuzlab bolajonlar suv ostida quvonch bilan o‘ynab, yozgi ta’tilning unutilmas onlaridan bahramand bo‘lishdi. Bolalarning shodon kulgusi, ota-onalar va mahalla ahlining samimiy quvonchi tadbirga yanada fayz bag‘ishladi.
Mazkur tashabbus nafaqat bolajonlarga yuqori kayfiyat ulashdi, balki aholi uchun ham chinakam bayramona muhit yaratdi. Tuman aholisi ushbu ezgu tashabbusni katta mamnuniyat bilan qarshi olib, tashkilotchilarga o‘z minnatdorligini bildirdi.
Bunday ezgu tadbirlar bolalarning yozgi ta’tilini mazmunli va maroqli o‘tkazishga, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar xizmati hamda mutasaddi tashkilotlarning aholiga yaqinligi va g‘amxo‘rligini yana bir bor namoyon etdi.
🟦
Sherobod tumanida fuqarolar murojaatlari tinglandi
16.07.2026
🗣
Sherobod tumani hokimi hamda tarmoqlar bo‘yicha hokim o‘rinbosarlarining hafta davomida o‘tkaziladigan fuqarolar qabuli asosida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi. Jumladan, bugun tuman hokimining o‘rinbosari
Elbek Musayev tomonidan tuman Xalq qabulxonasida
fuqarolar uchun yuzma-yuz ochiq qabul o‘tkazildi.
🗣
Qabul davomida tumandagi aholini qiynab kelayotgan turli masalalar
, ijtimoiy muammolar, taklif va murojaatlar atroflicha tinglandi.
Fuqarolar tomonidan bandlik, kommunal xizmatlar, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, infratuzilma, moddiy yordam hamda boshqa yo‘nalishlarda murojaatlar bildirildi.
Mehnat mo'jiza yaratgan manzil
muxbir: Muqaddas Panjiyeva
12:00 14
.
07.2026
#Surxondaryo
viloyati
📌
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
🏛
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
📊
Majlisda Sherobod tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va dolzarb yo‘nalishlari, 2026-yil —
“Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”
Davlat dasturining ijrosi hamda 2026-yilgi mahalliy budjetning I yarim yillikdagi ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimi
Alimov Usmon Ibroximovichning
hisoboti tinglandi.
📈
Hisobot davomida hududlarni kompleks rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, infratuzilmani yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
🤝
Majlis yakunida deputatlar tomonidan hisobot yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.