Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

SherZod Atamuradov | blog |💎

sherzodatamuradov
Shaxsiy blog 🎓 Ta’lim | 💼 Biznes 🏢 Boshqaruv | 📈 Marketing murojaat: @atamuradov
Подписчики
1 790
24 часа
30 дней
-50
Просмотры
2 120
ER
1,19%
Посты (30д)
Символов в посте
795
July 12, 10:27
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Navoiy telekanalining “Ochiq Muloqot” ko‘rsatuvida Sharq Universitetining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi, qabul bo‘limi faoliyati hamda talabalarga yaratilayotgan sharoitlar to’g’risida qisqa ma’lumot berib o’tdik.

July 07, 15:47
Файлы недоступны
9
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇹🇷
Turkiyaning nufuzli universitetlaridan biri bo‘lgan Karabük universiteti hamda Zamonaviy Sharq universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.
Karabük universiteti prorektori professor Dr. İsmail Rakıp Karaş va fakultet dekani Özgür San
boshchiligidagi delegatsiya o‘zaro aloqalar hamda istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Sharq universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida
Karabük universiteti
rahbariyati
Sharq universiteti
professor-o‘qituvchilarining malakasini oshirish, talaba almashinuvi, qisqa muddatli o‘quv kurslari, xalqaro konferensiyalar, ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash kabi masalalarni qamrab olgan memorandum imzolashga tayyorligini bildirdi.
Suhbat davomida
sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik injiniringi, biznesni boshqarish
kabi zamonaviy yo‘nalishlarda Karabük
universitetining yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan dars o‘tilishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Karabük universiteti rahbariyatining Sharq universitetiga tashrifi davom etmoqda...

July 02, 12:54
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

5️⃣
5️⃣
5️⃣
SHARQ UNIVERSITETI oʻz jamoasiga
iqtisodiy fanlar boʻyicha
professor-oʻqituvchilarni taklif etadi!
👍
Zamonaviy ta'lim, imkoniyat va qadriyatlar uygʻunligini namoyon etuvchi SHARQ UNIVERSITETI quyidagi ta'lim yoʻnalishlari boʻyicha pedagog va olimlarni taklif qiladi:
• Iqtisodiyot
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar
• Biznesni boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)
• Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
🔹
Talablar:
• Mazkur yoʻnalishlar boʻyicha oliy ma'lumotli, magistr yoki PhD darajasiga ega boʻlishi;
• Pedagogik hamda ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha tajriba mavjudligi;
• Jamoada ishlash qobiliyati va talabalar bilan samarali muloqot olib borish mahorati.
🔸
Biz taklif etamiz:
• Barqaror ish oʻrni va raqobatbardosh maosh
• Ilmiy-ijodiy faoliyatni qoʻllab-quvvatlash
• Zamonaviy ta'lim imkoniyatlari va do’stona muhit
Hujjatlar quyidagi havola orqali qabul qilinadi:
https://t.me/HR_SharqUniversiteti_bot
🟢
ILM SHARQDAN BOSHLANADI!

June 25, 14:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Nordic International University – havas va hurmatga loyiq dargoh.
Yaqinda ushbu universitet rahbariyati — Jo‘rayev Alisher aka hamda Sherzod Mustafakulov bilan tajriba almashish va hamkorlik masalalari yuzasidan suhbatlashdik.
Menga eng yoqqan jihati – mamlakatimizdagi yetakchi OTMlardan biri bo‘lishiga qaramay, rahbarlarning kamtarligi va samimiyligi bo‘ldi.
O‘zlarining qimmatli maslahatlari va tajribalari bilan o‘rtoqlashganlari uchun rektor Sherzod Mustafakulovga hamda ta’sischi Jo‘rayev Alisher akaga chuqur minnatdorchilik bildiraman.
Yangi o'quv yilidan
Sharq Universiteti
hamda
Nordik Xalqaro Universiteti
o‘rtasida bir nechta yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda.

June 25, 07:21

📢
ISHGA JOYLASHISH BO‘YICHA MUHIM MAʼLUMO
T
So‘nggi kunlarda
Sharq Universitetida ishlash
istagini bildirgan murojaatlar ko‘paydi.
Bunday qiziqish uchun minnatdormiz!
🙏
🟢
Professor-o‘qituvchilar uchun avgust oyida rasmiy tanlov eʼlon qilinadi. Qaysi fan va yo‘nalishlar bo‘yicha hujjatlar qabul qilinishi haqida qo‘shimcha maʼlumotlarni alohida eʼlon qilamiz.
🔴
Universitetimiz bo‘limlarida esa vakant lavozimlar qolmagan, yaʼni hozircha
bo'limlar uchun ishga qabul to‘xtatilgan.
📲
Boshqa vakant lavozimlar paydo bo‘lsa, ular haqida rasmiy
Telegram
va
Instagram
sahifalarimiz orqali tezkor eʼlon berib boramiz.

June 24, 13:12
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

SHARQ UNIVERSITETI – YANGI BOSQICHDA!
Litsenziyamizni qoʻlga kiritganimizdan soʻng, biroz tin olamiz, deb oʻylagandim. Ammo aniq boʻldiki – bu endi ishning boshlanishi ekan. Tashkiliy ishlar kutilgandan ham koʻp, har kuni yangi vazifalar, yangi mas'uliyatlar…
Qabul jarayonlarini boshlab yubordik. Koʻz tegmasin, abituriyentlarimiz qiziqishi kun sayin ortib boryapti. Murojaatlar soni ham shunga yarasha – koʻp. Bu, albatta, biz uchun ham mas'uliyat, ham faxr.
Shu bois, shaxsan menga telefon orqali yoki uchrashuvlarda berilayotgan eng koʻp savollarga Facebookdagi sahifam va Telegram kanalim orqali javob berib borishga qaror qildim.
Ilgarigidek «vaqtimni tejayman» deb ijtimoiy tarmoqlardan uzilish emas, balki samarali tarzda foydalanish kerak degan qarorga keldim.
Demak, kuzatib boring – Navoiy shahridagi yangi, zamonaviy va o’z qadriyatlariga ega universitet haqidagi “Tesha tegmagan” ma'lumotlarni birinchi bo’lib o’zim berib boraman.
Savollar boʻlsa, marhamat, «shaxsiy»ga yozing. Ko’p takrorlanadigan savollarga umumiy tarzda javob berib boraman.
P.S. Ijtimoiy tarmoqlarda “Sharq Universiteti” deb izlasangiz, topasiz.
Rahmat!
🙌

April 22, 11:07
Файлы недоступны
10
2
Открыть в Telegram

🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
🔠
➡️
Вилоят ҳокими Нормат Турсунов бугун Навоий шаҳридаги ижтимоий соҳа объектларини ўрганиш ишларини замонавий "Шарқ" университетидан бошлади.
👉
Мазкур университет бир сменада 1200 нафар талабани ўқитишга мўлжалланган бўлиб, 10 та таълим йўналиши бўйича таҳсил беради. Йўналишларнинг 3 таси IT соҳасига (Дастурий инжиниринг, Киберхавфсизлик инжиниринги, Сунъий интеллект), 4 таси иқтисодий соҳага (Бизнесни бошқариш, Иқтисодиёт, Молия ва молиявий технологиялар, Маркетинг), қолганлари Тарих, Психология ва Филология(Ўзбек, инглиз ва рус филологияси)га ихтисослаштирилган.
👉
Университет фаолиятини бошлагандан 126 та янги иш ўрни яратилади, ходияларнинг 80-85 нафари профессор-ўқитувчиларга ҳисобланади.
👉
Навоий вилояти саноатлашган ҳудуд саналганлиги боис, келгусида технология, саноат, ишлаб чиқариш ва қурилиш соҳасига ихтисослашган факультетларнинг фаолият бошлаши ҳам режалаштирилмоқда.
👉
Шунингдек, университет ҳузурида 123 ўринли талабалар ётоқхонаси, 100 ўринли ошхона, очиқ ва ёпиқ спорт комплекслари, илмий-тадқиқот ва ишланмалар маркази мавжуд.
▶️
Вилоят ҳокими илм даргоҳини кўздан кечириб, бу ерда илмий салоҳияти юксак ёшлар тарбияланишига ишонч билдирди.
👌
Навоий вилояти ҳокимлиги
Ахборот хизмати
🧠
Veb Sayt |
✈️
Telegram
|
🌐
Facebook
|
📸
Instagram |
▶️
Youtube

March 01, 03:35
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🎓
НАВОИЙДА ЯНГИ УНИВЕРСИТЕТ!
Ниҳоят замонавий SHARQ UNIVERSITETI фаолиятига рухсат берилди.
Умид қиламизки бу университет нафақат Навоий, бутун республикамиз таълим соҳасини юқори даражаларга олиб чиқишда ва халқаро рейтингини оширишда ўз ҳиссасини қўшади.
Университет лойиҳасида қатнашган жамоамизнинг барча аъзоларига, ўз ёрдамини аямаган дўстларимизга ва авваламбор таъсисчимизга чуқур миннатдорчилигимизни билдирамиз.
Абитуриентларни эса сифатли ва замонавий таълим олишлари учун яна бир танлов имконияти пайдо бўлганлиги билан табриклаймиз.
Университет фаолияти бўйича тўлиқ маълумот ва янгиликлардан хабардор қилиб турамиз.
@sharq_univer

January 05, 06:00

​​
#famous
💎
СТИВ ЖОБС
- к
омпанияни гараждан бошлаб, уни жаҳон миқёсидаги корпорацияга айлантирди
.

Роли:
Технология дунёсининг инқилобчиси, Apple асосчиси.

Туғилган йили:
1955 йил, АҚШ.

Асосий ютуқлари:
Apple компаниясини яратиш, iPhone, iPad каби маҳсулотлар билан янги технология трендларини бошлаган.
Стив Жобс – жаҳонга машҳур тадбиркор ва Apple компаниясига асос солган шахс. У 1955 йилда АҚШда туғилган ва ўзининг ёшлигиданоқ технологияга қизиқиши билан ажралиб турган. Жобс ўз фаолиятини дўсти Стив Возняк билан гаражда бошлаб, Apple’ни жаҳон миқёсидаги энг нуфузли компаниялардан бирига айлантирди.
Жобснинг асосий ютуқларидан бири – инновация ва дизайнга бўлган ёндашувидир. Унинг раҳбарлигида яратилган iPhone, iPad ва MacBook каби маҳсулотлар технология бозорини бутунлай ўзгартирди. Стив Жобс компаниянинг фалсафасига шундай таъриф берган: "Маҳсулот фақат функцияли бўлиш эмас, балки одамларни илҳомлантириши ҳам керак."
Унинг ҳаётида қийинчиликлар ҳам бўлган: 1985 йилда у ўз компаниясидан бўшатилган, аммо кейинроқ қайтиб, Apple’ни молиявий инқироздан қутқариб қолган. Жобснинг қатъиятлиги ва ижодий ёндашуви уни нафақат тадбиркор, балки илҳомлантирувчи етакчига айлантирди.
"Меҳр билан қилинган иш ҳар доим мукаммал бўлади"
Стив Жобс
@motivationaluz

December 31, 04:02
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#motiv
💎
МАҚСАД зинапоясига чиқишдан олдин, у зина сизни керакли бинога олиб чиқадими йўқми аниқлаштириб олинг
.
(мақсадни тўғри қўйинг)