
TOPIK 6 | Shodmonbek Rasulov
Coffee shopda tanishingiz ishlab qolsa…
Videodagi ishlatilgan iboralar:
🔘
여기서 일해요? — Shu yerda ishlaysizmi?
🔘
어떤 커피가 맛있어요? — Qaysi kofe mazali?
🔘
오늘은 제가 살게요. — Bugun men mehmon qilaman.
사다 — sotib olmoq, lekin 제가 살게요 — “men to’layman” degani.
Coffee shop mavzusidagi so’zlar to’liq PDF qiziqmi?
🔥
—
qoldiring!
@shodmonbek_rasulov
Jumong bilan mendagi “TOP 5” farq
Men Toshkentlikman, Jumong toza “Karis”)
Menda TOPIK 6 bor, Jumongda esa yo’q:)
Men Jeonbuk Milliy Universitetini bitirganman. Jumongni saroyda qillichbozlik kurslarida o’qigan deb eshitgandim.
Men o‘quvchilarimga motivatsiya beraman, Jumong esa qo‘shinlariga.
Jumong Xan sulolasi(Hozirgi Xitoy) zulmidan o’z xalqini qutqarishga yordam bergan. Men esa Koreys tili o’rganuvchilariga 말하기 tashvishidan qutulishiga yordam beraman.
Kim kuchli?
Siz —
🔥
Jumong —
⚔️
@shodmonbek_rasulov
Ustozlar yordamingiz kerak!
Oramizda Koreys tilini o’qitishda kamida 1 yil tajribasi bor, TOPIK 4/5급 sertifikatiga ega “yordamim tegsa hursand bo’laman” degan ustozlarimiz bormi?)
Koreys tili o’rganuvchilarning asosiy muammolarini yechish uchun kattaroq g’oya ustida ishlayapmiz.
15-20 daqiqa fikr almashamiz. Aloqaga chiqsangiz hursand bo’lamiz.
Hammaga rahmat, yetarlicha ustozlar labbay deb yordam berishga tayyorligini bildirishdi. Suhbatlarni rejalayapmiz.
#tabassum
왕초보 - yangi boshlovchi
저는… Men…
운전하는 감자입니다… Mashina haydaydigan kartoshkaman…
🥔
Umumiy tarjimasi: “Men — mashina haydaydigan kartoshkaman, ya’ni ruldagi juda tajribasiz haydovchiman.”
🔹
왕초보 — biror ishda juda tajribasiz, endigina boshlagan odamga ishlatiladi.
🔹
감자 (kartoshka) bu yerda hazil tariqasida ishlatilgan. Ya’ni haydovchi o‘zini kartoshkaga o‘xshatib, “Men hali juda no‘noq haydovchiman, ehtiyot bo‘linglar”, degan ma’noni kulgili tarzda ifodalagan.
😄
P.s:
Samimiylik yaxshi hislat-da. Obbo “karislar”-eyy..
O’zuvizada kartoshkani o’rniga nima deb aytamiz yangilarni? Variantlar bormi?
🤔
@shodmonbek_rasulov
Ba’zi o’quvchilarga motivatsiya berish kerak emas, aksincha o’zlari ustozga o’rgatish uchun Motivatsiya berishadi.
Amallar niyatlarga bog’liq.
Allohni roziligini istab qilingan har bir ish uchun ajr bor.
O’sha gap:
Mayda narsalarga rozi bo’lib ketavermaylik. Himmatni balandroq qilaylik.
Alloh hammamizni omadimizni bersin.
@shodmonbek_rasulov
Koreyslar nima deydi?
Xitoy brendi bo’lgan BYD mashinalari O’zbekistonda anchagina mashxur. Yaqinda Koreyaga ham rasmiy tarzda kirib kelgan edi. (2025.01.16)
Kecha Koreya yangiliklarini ko’rish jarayonida bir videoga ko’zim tushdi.
Qiziq jihati bu mashinalarni sotib olayotgan koreyslarning har 10 kishidan 8 tasi BYD mashinalarini logosi, modeli, yozuvlarini olib tashlashyotgan yoki ko’rinmaydigan qilib ustidan boshqa qoplamalar qoplashyotgan ekan.
Jurnalistik surushtiruv natijasida Xitoy maxsuloti bo’lgani sababli berkitmoqchi bo’lishyotgani, ya’ni odamlarda hali ham Xitoyning maxsulotlariga salbiy qarashi kelib chiqyapti. Logosi ko’rinmasa premium mashina deb baho berishayotgan emish…
Lekin Koreyaga import bo’layotgan elektromobillar ichida qisqa vaqt ichida ko’p sotuvi bilan birinchi o’ringa chiqib olibti.
Menga qiziq tuyulgan jihati:
“Koreyslarga umuman farqi yo’q edi-ku!?”
Odamlar nima deydi? — degan tushunchani chetga surib kastyum bilan kepka kiyib yuradiganlar ham Koreys.
남들이 뭐라고 하든 상관없어요.
(Boshqalar nima desa ham farqi yo‘q) - deb metroda, avtobusda, kafeda yoki hatto odamlar orasida bemalol makiyaj qiladigan ham Koreys edi.
To’g’ri bizda “cherechchur” ko’proq bo’lishi mumkin, lekin ularda ham “odamlar nima deydi?” — tushunchasi yo’q emasligini ko’ryapman.
Nima ham deymiz, yashasang ko’raverasan deyishadi.
Ko’ryapmiz mana...
@shodmonbek_rasulov
Sening Koreyaga kelgandan keyin koreys tilini o’rganmoqchi bo’lgan dusting:
Qishda:
Ish yo’q, kursga to’lashga pul yo’q. Yozda hotirjam o’rganaman.
Yozda:
Ish ko’payib ketdi charchab qolyapman, dars qilishga vaqt bo’lmayapti. Qishda hotirjam o’rganaman.
Oylar, yillar shu zaylda o’tarmish. Lekin Koreys tilini o’rganishdan darak yo’q…
Tanish holatmi?
🤔
@shodmobek_rasulov
🎁
FAST PASS TOPIK II 실전 모의고사
TOPIK mock qilishga yangi chiqqan kitoblardan biri.
Osh bo’lsin TOPIK’chilar) —
🥲
@shodmonbek_rasulov
📸
🇰🇷
Chiroyli suratlar uchun Kimjega borishga sabab!
Kimje Festivalida nafaqat festival muhitidan bahramand bo‘lish, balki esda qolarli suratlar uchun chiroyli foto zonalarda ham suratga tushish mumkin. Kimjeda katta Fisteval boshlanyapti.
🌾
Kuzgi manzaralar
Chiroyli foto zonalar
Do‘stlar bilan ham, yolg‘iz ham ajoyib ta’surotlar
🎉
Turli tadbirlar va festival muhiti
📍
Manzil: Kimje Horizon Festival (김제 지평선축제)
📅
Festival kunlari: 1–5 oktyabr 2026-yil
Koreyada kuzgi kayfiyatni his qilish va chiroyli suratlar olishni xohlasangiz, bu joyni saqlab qo‘ying.
🇰🇷
🍂
#김제지평선축제
#김제지평선축제2026
#김제축제
#김제여행
#전북여행
전라북도여행 가을여행 한국여행 한국축제 축제추천 사진명소 포토존 가을축제 Gimje KoreaTravel KoreaFestival