Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Shokirjonov news

shokirjonov
Jurnalist Shuhrat Shokirjonovdan yangiliklar Reklama uchun: 👉 @manager1_robot Murojaat boti: 👉 @shokirjonovbot
Подписчики
9 742
24 часа
-11
30 дней
-187
Просмотры
1 530
ER
15,71%
Посты (30д)
124
Символов в посте
754
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Медиа и коммуникации
Краткое описание
October 27, 13:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Örtacha maoş 7,3 million, ammo xodimlarning yarmi 4,2 milliondan kam oladi
Özbekistonda örtacha iş haqi 7,3 million sömga yetdi. Biroq xodimlarning yarmi 4,2 million sömdan kam maoş oladi. Buni Milliy statistika qömitasi ilk bor e’lon qilgan
mediana iş haqi
körsatkiçi oçib berdi.
2026-yilning yanvar–sentabr oylarida örtacha nominal iş haqi 7 million 274 ming sömni taşkil etgan. Bu ötgan yilga nisbatan 18 foizga köp. Eksperimental hisoblangan mediana iş haqi esa
4 million 166 ming söm
bölgan. Örtacha va mediana örtasidagi farq 3,1 million sömdan oşadi.
Mediana nima degani?
Tasavvur qiling, beş kişi 3, 4, 5, 6 va 22 million sömdan maoş oladi. Ularning örtacha oyligi 8 million söm, ammo mediana 5 million. Chunki xodimlarning yarmi 5 milliondan kam, qolgan yarmi undan köp oladi. Bitta yuqori maoş örtacha körsatkiçni sezilarli kötarib yuborişi mumkin.
Hududlar böyiça eng yuqori örtacha maoş
Toşkent şahrida — 12,3 million söm. Keyingi örinlarda Navoiy — 8,8 million va Toşkent viloyati — 6,9 million söm. Eng past körsatkiçlar Qaşqadaryoda — 4,97 million va Surxondaryoda — 4,99 million söm. Samarqandda esa örtacha maoş 5,37 million söm.
Soha böyiça farq yanada katta.
Bank va moliya tizimida örtacha maoş 19,7 million, axborot va aloqada 17 million söm. Ta’limda bu körsatkiç 5 million, soğliqni saqlaşda esa 4,45 million söm.
Mediana körsatkiçining e’lon qilinişi odamlarning haqiqiy daromadlariga yaqinroq manzarani köriş imkonini beradi.
➡️
@shokirjonov

October 27, 05:40
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Vietnamdan Angliyaga velosipedda yöl olgan Manchester United muxlisi Qirğizistondan Özbekistonga ötgan birinçi kundayoq mast odamga yöliqibdi...
Va buni
Instagramga qöyibdi
)
➡️
@shokirjonov

October 26, 18:33
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Toşkent havosining ifloslanişiga yoğingarçilik kamligi va tabiiy çang massalari ham sabab bölyapti
Oxirgi kunlarda Toşkentda havo sifati yomonlaşgani kuzatilyapti. Bunga faqat insonlar emas, tabiiy omillar va noqulay meteorologik şaroitlar ham ta’sir körsatayotgani aytildi. Iqlim özgarişi milliy markazi direktori
Farrux Sattarov
ga
köra
, 26-oktabrgaça poytaxtda atigi
3,9 millimetr
yoğingarçilik kuzatilgan. Oylik me’yor esa
23,7 millimetrni
taşkil etadi. Ya’ni yoğingarçilik odatdagi miqdordan salkam
olti baravar kam
bölgan.
Yoğingarçilik havodagi çang zarralarini yuvib, atmosferaning tabiiy tozalanishiga yordam beradi. Yomğir kam bölsa, çang havoda töplanib qolishi mumkin. Bundan taşqari, sönggi ön yillikda sovuq yarim yillikda kuçli şamol va yoğingarçilik kamligi bilan boğliq noqulay meteorologik şaroitlar
57 foizga
köpaygan.
Oktabrning 25–26-kunlari
sun’iy yöldoş tasvirlarida ham Toşkent va unga yaqin hududlarda yirik çang massalari kuzatilgan. Mutaxassislar prognoziga köra, çang massalari va havo ifloslanişi bilan boğliq noqulay şaroitlar kelasi hafta boşigaça davom etişi mumkin.
Albatta, tabiiy omillar ham bor. Lekin bu havo ifloslanişiga ta’sir qiladigan boshqa sabablarni ham unutish kerak degani emas.
Transport, quriliş ishlari va çangning kötarilişiga sabab böladigan jarayonlarga
ham alohida e’tibor berişimiz kerak. Vaziyatni töğri baholaş uçun esa barcha omillarni örganish, havo sifatini muntazam kuzatib borish va ifloslanişni kamaytirishga qaratilgan choralarni izchil amalga oşirish kerak deb öylayman.
➡️
@shokirjonov

October 26, 16:23
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

macOS va Windows uçun yangi terilma tayyor!
Ö, Ğ, Ş, Ç harflari va tutuq belgisini boşqa harflarga tegmasdan, qulay tarzda joylaştirişga harakat qildik.
Örnatib köring:
tilmoch.ai/terilmalar
Telefonlar (iOS va Android) uçun ham tez orada çiqadi.
Telegram
|
™️
Facebook
|
📺
Youtube

October 26, 07:39
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

"İman invest" investitisiya kompaniyasi halol investitsiya böyiça nojoiz harakatlar amalga oşirgani haqida islomiy moliya böyiça xalqaro auditor, IFCB kompaniyasi asosçisi Mahmud Usmon şariat kengaşi xulosasi
bilan çiqiş qilgaç
, holding rahbari Rustam Rahmatov unga (2,5 yil davomida jami) 100 ming AQŞ dollari maoş bergani, domla maoşga qanoat qilmay, kompaniyadan uluş talab qilganini iddao etuvçi çiqişi bilan
javob berdi
.
Mahmud Usmon bularning barçasi tuhmat ekanini aytib, huquqni muhofaza qiluvçi idoralarga murojaat qilişini bildirib yana
çiqiş qilibdi
.
Vaziyat jiddiylaşmoqda.
➡️
@shokirjonov

October 26, 06:44
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Özbekistonda ilk bor islomiy bank faoliyati uçun litsenziya berildi
Özbekiston Markaziy banki tarixda birinçi marta islomiy bank faoliyatini yuritişga ruxsat berdi.
Ilk litsenziyani «Open bank» oldi.
Markaziy bank Boşqaruvining 2026-yil 23-oktabrdagi qaroriga asosan, bankka
1-I-sonli litsenziya
berilgan.
Mazkur litsenziya «Banklar va bank faoliyati töğrisida»gi qonunda belgilangan islomiy moliya operatsiyalarini amalga oşiriş huquqini beradi.
Islomiy bankning oddiy bankdan farqi nimada?
Uning asosiy tamoyillaridan biri — foiz evaziga qarz berişning taqiqlanişi. Buning örniga savdo, ijara va foydani bölişişga asoslangan moliyalaştiriş usullari qöllanadi.
Şunday qilib, Özbekiston bank bozorida yangi yö nalişga rasman yöl oçildi.
Endi mijozlar uçun eng muhim masala — islomiy moliya xizmatlarining amaldagi şartlari va xarajatlari qanday bölişini biliş.
➡️
@shokirjonov

October 26, 06:05
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Özbekistonda böşagan şişa va bankalarni qaytarganlarga puli berilişi mumkin
Özbekistonda içimlik sotib olayotganda plastik va şişa idişlar, şuningdek, alyuminiy bankalar uçun qöşimça garov puli tölaş tizimini joriy etiş taklif qilindi. Böş idişni qaytargan xaridor pulini qaytarib oladi.
Bu haqda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi raisi örinbosari Iskandar Qutbiddinov Oliy Majlis Qonunçilik palatasida ma’lum qildi. Uning aytişiça, hozir bunday chiqindilarning atigi
6,2 foizi qayta işlanmoqda
. Ixtiyoriy yiğiş tizimi esa amalda işlamayapti.
Xöş, tizim qanday işlaydi?
Masalan, xaridor içimlik narxiga qöşimça ravishda idiş uçun garov puli tölaydi. Keyin böş şişa yoki bankani maxsus avtomatga topşirib, öşa pulni qaytarib oladi. Yevropaning ayrim mamlakatlarida bu amaliyot alla qaçon mavjud.
Aslida, Özbekistonda şunga öxşaş tajriba boşlangan. Sentyabr oyida Toşkent va Surxondaryoda böşagan idişlarni qabul qiladigan avtomatlar örnatildi. Ular har bir şişa yoki banka uçun
150 sömdan
tölaydi. Ammo bu hozirça garov pulini qaytariş emas, chiqindini topşirganlik uçun rağbat puli.
Muhim jihat:
yangi tizim hozirça taklif bosqiçida. Garov puli miqdori, idişlarni qayerda topşiriş mumkinligi va tartib qaçondan işga tuşişi noma’lum. «Chiqindilar töğrisida»gi qonunning yangi tahriri deputatlar tomonidan birinçi öqişda ma’qullangan.
➡️
@shokirjonov

October 25, 18:53
Файлы недоступны
2
2
Открыть в Telegram

El Clasico’ga tayyormisiz?
Kim yutadi deb öylaysiz?
ZörTV’da soat 01:00 dan boşlab tomoşa qiling
➡️
@shokirjonov

October 25, 07:08
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Ba’zan hayot uchun kuraşişga yaqinlarning mehri kuç beradi
Bir neça yil davomida gepatit B bilan yaşagan Feruz Ahrorov kasalligi haqida yaqinlariga bildirmaslikka harakat qildi. Ammo vaqt ötişi bilan ahvoli oğirlaşdi, jigar sirrozi rivojlandi. Uni hayotga qaytariş uchun jigar transplantatsiyasi zarur edi.
Bu yölda uning jiyani Sevinçbonu donor bölişga qaror qildi. Milliy tibbiyot markazida ötkazilgan operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi. Bugun Feruz Ahrorov yana oilasi bağrida, maktab direktori sifatidagi faoliyatini davom ettirmoqda.
SSVning “Hayotga qaytdim”
medialoyihasining
navbatdagi qahramoni öz boşidan keçirgan sinovlar, oilasining qöllab-quvvatlaşi va şifokorlar mehnati haqida hikoya qiladi.
➡️
@shokirjonov

October 25, 03:45
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bugun 25-oktabr — Içki işlar organlari xodimlari kuni.
Bu soha xodimlari orasida elga halol xizmat qilib, vatan ravnaqi yölida tinim bilmasdan işlab yurganlari juda köp.
Avvalo, Vatanimiz osoyiştaligiga köz tegmasin. Tinçlik, xotirjamlik yölida kunni kunga, tunni tunga ulab, davlatga va xalqqa xizmat qilyotgan posbonlarimizga bayram muborak, joningiz doimo sog bölsin!
➡️
@shokirjonov