
Shunchaki🔇
Risq faqat mol-dunyo emas,
Yaxshi insonlarga yoʻliqish xam bir risqdir
Mening ham siz kabi orzularim mo‘l,
Ammo menda yo‘qdir bu yanglig‘ havas.
Dilimni band etar na o‘rmon, na ko‘l,
Qush bo‘lib uchmoq ham murodim emas.
Ko‘ngil tilagidir xayol parvozi,
Yuragim dardiga kitobdir malham.
Kitob o‘ylarimning yolg‘iz hamrozi,
Unga oshinodir kechalarim ham.
Quvonchdan falakka uchaman agar,
Qo‘lga tushib qolsa nodir bir asar.
Gyote «Faust»
Hayotda eng og‘ir saboqlardan biri — sabr qilishni o‘rganish. Vaqtidan oldin kelgan omad sinovga aylanadi, kechikkan mehr esa dardga. Shuning uchun ba’zan kutish — bu eng to‘g‘ri qaror bo‘ladi.
Shunday inson bo'lingki so'zlayotgan so'zlaringizdan atrofga mehr yog'dusi taralsin.
Go'zal kunlar kelmaydi,
Sen ularga borishing kerak.
Taqdir - bu biz reja qilmagan ammo Alloh biz uchun hayrlisi deya nasib etgan eng go'zal yo'ldir.
кўксимда бир соғинч, сўнмайди ҳамон,
росулим соғинчи, қўймайди омон.
чорласанг, бу ерда қолмайман инон,
бағрингга бораман учиб Мадинам...
Odamlarni o'zlari yo'g'ida yomonlash - qalblarga qilingan xiyonatdir.
Abu Homid G'azzoliy.
📌
Bermoq istamasa edi, Istak bermasdi.
Oson emas ekan deya taslim bo'lma. Ana o'sha qiyinchiliklar ortida sen kutgan baxt seni ham kutib turibdi.
Ba'zan o'ylab qolaman; atrofimizdagi biz yomon deb ataydigan insonlar, biz uchun qadrli bo'lganlarning qadrini yanada yuksaltirmoqlik uchun mavjuddirlar.