Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Sinaps – ilmiy-ommabop portal

sinapsuz
Sinaps — zamonaviy-ilmiy video, maqola va interaktiv saytlar portali. Sayt → sinaps.uz Youtube → youtube.com/@sinapsuz Instagram → instagram.com/sinaps.uz Facebook → fb.com/sinaps.uz TikTok → tiktok.com/sinaps.uz Bogʻlanish → @sinaps_admin
Подписчики
970
24 часа
30 дней
-15
Просмотры
3 436
ER
3,54%
Посты (30д)
Символов в посте
328
August 13, 13:58
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🌑
Oy — butun odamzodning mulki
1967-yilgi BMT shartnomasiga koʻra, hech bir mamlakat Oy yoki boshqa samoviy jismlarga egalik qila olmaydi, chunki ular “butun insoniyat mulki” hisoblanadi.
✹ Mavzuga doir:
Osmonda nechta Oy bor?
🎥
@sinapsuz

August 12, 14:32
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Gilyotina
Gilyotina
(fransuzchadan guillotine)
— boshni kesish orqali oʻlim jazosini amalga oshirish uchun mexanizm. Ilk bor XVIII asr oxirlarida Fransiyada qoʻllana boshlangan.
Taʼkidlanishicha, qurilma insonparvarlikka asoslanib oʻylab topilgan, chunki oʻta oʻtkir pichoq boshni shunchalik tez kesib tashlaganki, mahkum azob chekmagan. Ammo birinchi bor ommaviy qatl paytida bu xaloyiqqa unchalik ham hush kelmagan,
ular koʻproq qon va mahkumning qiynalishini istagan.
@sinapsuz

August 10, 13:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

📓
Eng koʻp oʻgʻirlanadigan kitob
Bibliya — nafaqat tarixdagi eng koʻp sotilgan kitob, balki eng koʻp oʻgʻirlangan kitob hamdir.
✹ Mavzuga doir:
Birinchi kitob qachon yozilgan?
@sinapsuz

August 09, 14:14
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

😵‍💫
Ponzo illyuziyasi
Ishonish qiyin, ammo yuqoridagi rasmda 3 ta furgonning oʻlchami bir xil. Miyamiz obyekt oʻlchamni uning foniga asoslanib aniqlaydi. Aynan shu tushuncha
Ponzo illyuziyasi
deb ataladi.
✹ Mavzuga doir:
Gipnozni kim kashf etgan?
@sinapsuz

August 08, 13:44
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🧪
Fransiy
Eng ogʻir va faol ishqoriy metall. Kamyobligi boʻyicha astatdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.
Yer qobigʻida taxminan 20–30 gramm fransiy mavjud, xolos.
✹ Elementlar davriy jadvali:
davriy.sinaps.uz
@sinapuz

August 07, 14:43
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Dushmanlik arxitekturasi
Zamonaviy shahar dizaynida “dushmanlik arxitekturasi” (Hostile architecture) degan atama bor. Bu usul aholining xatti-harakatlarini nazorat qilish va shahar obyektlarini himoya qilish maqsadida qoʻllanadi.
Masalan, oʻtirish uchun moʻljallangan joylarga odamlar yotib olmasligi uchun maxsus ship yoki boltlar qoʻyiladi, yoki maysazorni ustidan yurmasliklari uchun u yerga ishlamaydigan suv purkagichlar oʻrnatiladi.
@sinapsuz

August 06, 14:43
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

💀
✈️
Kamikadze
Kamikadze — Yaponiya sohillari yaqinida yuz bergan tayfunning nomi. Bu atama XX asr oʻrtalarida Tinch okeandagi urushning soʻnggi bosqichida yaponiyalik oʻzini oʻldiruvchi uchuvchilarga nisbatan ham qoʻllana boshladi.
Bu uchuvchilar, odatda, oʻz samolyotlarini dushmanga zarur boʻlgan obyektlar, jumladan, kazarmalar, qurol omborlari, oziq-ovqat hamda kiyim-kechak saqlanadigan joylarga yoʻnaltirgan va halok boʻlgan.
@sinapsuz

August 05, 13:42
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ingliz tilida “sen” soʻzi bormi?
Maʼlumki, ingliz tilidagi “you” soʻzi “siz” deb tarjima qilinadi, yaʼni bu tilda soʻzlashuvchi barcha bir-birini sizlaydi.
Ammo Buyuk Britaniyaning baʼzi qishloqlarida “thou” soʻzi bor, u ancha eski, ammo hozirgacha qoʻllanadi. Taʼkidlanishicha, bu soʻz baʼzi odamlar tomonidan xudoga murojaat qilganda ham ishlatiladi.
@sinapsuz

August 03, 15:04
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🐄
Eng koʻp sut bergan sigir
Ubre Blanka (1972–1985) — Fidel Kastro buyrugʻiga binoan maxsus yetishtirilgan kubalik sigir. 1982-yilda bir kunda 110 litr sut berib Ginnes rekordlar kitobiga kirgan (oddiy sigirnikidan 3 barobar koʻp).
✹ Mavzuga doir:
Sigirlar zinadan tusha oladimi?
@sinapsuz

August 02, 14:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Bu Avstriya, Avstraliya emas!
🇦🇹
🇦🇺
“Uzr, bu Avstriya, Avstraliya emas! Yordam kerakmi? Tugmani bosing” yozuvi Avstriyaning Zalsburg shahri aeroportida yozilgan. Britaniyalik mashhur yurist Nazir Afzal aytishicha,
har yili taxminan 10 kishi Avstraliyaga boraman deb Avstriyaga uchib keladi.
✹ Bunisi ham qiziq:
Nega kenguru faqat Avstraliyada uchraydi?
@sinapsuz