Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Super sinf rahbarlar (Rasmiy)

sinf_rahbarlar
Qo'lingdan kelguncha yaxshilik qil. Hujjatlar Rasmlar Konspektlar Dars ishlanmalar va hk. Bizning guruh : @super_sinf_rahbarlar
Подписчики
1 936
24 часа
—
30 дней
-46
Просмотры
1 112
ER
57,44%
Посты (30д)
2
Символов в посте
725
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 21, 18:44
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 01, 12:48
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

❤️‍🔥
❤️‍🔥
❤️‍🔥
❤️‍🔥
❤️‍🔥
❤️‍🔥
Zudlik bilan barchaga tarqating!!!
Endilikda firibgarlar o‘zlarining zararli dasturlarini “APK Qo‘riqchi” nomi bilan fuqarolarga tarqatishmoqda!
⚠️
Ogoh bo‘ling! Telegram orqali kelgan shu kabi fayllarni aslo ochmang va qurilmangizga o‘rnatmang!
“APK Qo‘riqchi” ilovasi faqatgina Play Market’da mavjud.
Sirdaryo viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi
APK QO'RIQCHINI YUKLAB OLING
#Kiberxavfsizlik
#Firibgarlik
#Deepfake
#AI
#AxborotXavfsizligi
#OgohBo
'ling
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
INSTAGRAM
|
TELEGRAM
|
YOUTUBE
|
FACEBOOK

September 13, 05:06

TOʻGARAK HUJJATLARI QUYIDAGI TARTIBDA YURITILISHI KERAK
Toʻgaraklarga 1-11 sinf oʻquvchilari qamrab olinadi. Toʻgaraklarning oʻquv yili uchun moʻjjallangan oʻquv rejasini yozishdan oldin yaʼni toʻgarak mashgʻulotlari jurnaliga 5-15 sentyabrgacha tashkiliy ishlar yoziladi. Oʻquvchilarni toʻgarakka qabul qilishda ularni yoshlarini, qiziqishlarini hisobga olinadi. Har bir toʻgarak aʼzosi oʻquv yili moboynida toʻgarakdan chiqib ketishi, boshqa toʻgarakka aʼzo boʻlishi va xohishi boʻyicha bir vaqtning oʻzida bir nechta toʻgarakda ishtirok etish huquqiga ega.
Toʻgarak rahbari quyidagi hujjatlarni yuritishi mumkin:
— Toʻgarakning yillik taqvim rejasi
(past oʻzlashtiruvchi va iqtidorli oʻquvchilar uchun)
— Toʻgarak mashgʻulotlar jurnali
— Oʻquvchilar ota-onasining arizasi
Ixtiyoriy ravishda:
— Mashgʻulotlar ishlanmasi
— Toʻgarak tadbirlaridan lavhalar
— Koʻrgazmali qurollar.
❗️
Maktabda toʻgaraklar va sport seksiyalarining faoliyat yuritishini maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari taʼminlaydi.
Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari doimiy ravishda toʻgarak jurnalni toʻgʻri olib borilishini nazorat qilib turadi.
Jurnaldagi yozuvlar aniq, tartibli va muntazam olib borilishi kerak. Jurnal oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarida saqlanadi. Jurnalga toʻgarak rahbari oʻzi olib boradigan toʻgarak nomini, muasasa rahbari tomonidan tasdiqlangan mashgʻulot jadvalini, toʻgarak rahbarining ismi va familiyasini, otasini ismi, toʻgarak sardorini toʻliq ismi familiyasini yozib qoʻyadi.
Jadvaldagi oʻzgarishlar oʻquv ishlari boʻyicha javobgar shaxs bilan kelishilgan xolda jurnalning ikkinchi betida qayd qilinadi. Toʻgarak ishini hisobga olish uchun jurnalda betlar ajratilgan boʻlib, unda toʻgarak aʼzolari tarkibi ismi familiyasi toʻliq, mashgʻulotlar mavzusi, toʻgarak ishining bajarilgan soati va muddati jadvalga muvofiq koʻrsatiladi.
Toʻgarak rahbari aʼzolarning davomatini jurnalda mashgʻulotlarga ajratilgan kunlar va soatlar ustida muntazam belgilab boradi va sababsiz kelmaganlarga “-” belgisi, sababli qatnashmaganlarga “+” belgisi qoʻyiladi. Toʻgarak rahbari toʻgarak tashkil topgan kundan 10 kun muddatda toʻgarak aʼzolarini roʻyxatini tuzadi va tegishli ustunlarni toʻldiradi.
Toʻgarak mashgʻulotlar jadvali maktabning oʻquvchi va ularning ota-onalariga koʻrinib turadigan joyiga ilib qoʻyiladi. Fan oʻqituvchilari tomonidan toʻgarak hujjatlari toʻgʻri yuritilishi muntazam ravishda nazorat qilib boriladi.
©
Xalq ta’limi info

September 11, 07:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

«Bir kunlik jurnal»da davomatni qayd etish tartibi
❗️
Sinf rahbari va fan o‘qituvchilari uchun muhim eslatma!
📌
Sinf rahbar va fan o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilarning davomatlari dars boshlanishida onlayn tarzda quyidagi belgilar orqali qayd etiladi:
🔹
s — hech qanday sababsiz dars qoldirganini ko‘rsatish uchun;
🔹
dq — sababli dars qoldirganini ko‘rsatish uchun;
🔹
k — kasallik sababli dars qoldirganini ko‘rsatish uchun;
🔹
kq — darsga kechikib kelganligini ko‘rsatish uchun (baholash mumkin);
🔹
m — surunkali dars qoldirayotganligini ko‘rsatish uchun;
🔹
ch — respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini ko‘rsatish uchun;
🔹
q — ta’lim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini ko‘rsatish uchun;
🔹
ns — ota-ona nazoratisizligi sababli darsga kelmayotganligini ko‘rsatish uchun.
⚠️
Eslatma: Davomat belgilarini jurnalga belgilangan tartibda va o‘z vaqtida kiritish muhim.

September 08, 16:24

⚡️
MAKTABLARDAGI AYRIM HUJJATLARNI ELEKTRON HOLDA YURITISH, AYRIM HUJJATLARNI BEKOR QILISH BO‘YICHA
MMTV ning 2024-yil 17-maydagi 163-sonli buyrug‘i.

September 08, 16:24

⚡️
KUNDALIK.COMDAN FOYDALANISH BO‘YICHA KO‘RSATMA
2022-yil 24-iyun 205-son.
⚠️
DIQQAT!
Ushbu ko‘rsatmani har bir maktabning o‘qituvchi va rahbar xodimlari o‘qib chiqishi shart!
Sinf rahbari "bir kunlik jurnal" da fanlar ostidagi "PR" ustuniga har kunlik davomat belgilarini quyidagi tartibda qo'yib boradi:
➖
s- "kichik", hech qanday sababsiz dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;
➖
dq "kichik", sababli dars qoldirganligini ko'rsatish uchun;
➖
k-"kichik", kasallik sababli dars qoldirganligini ko'rsatish uchun;
➖
kq "kichik", darsga kechikib kerganligini koʻrsatish uchun;
m "kichik", surunkali dars qoldirayotganligini koʻrsatish uchun;
➖
ch "kichik", respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini ko'rsatish uchun;
➖
q "kichik", ta'lim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini koʻrsatish uchun;
➖
ns "kichik", ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini ko'rsatish uchun;
tq "kichik", turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini ko'rsatish uchun qoʻyish belgilanadi.

August 07, 07:16

⚡️
KASBIY RIVOJLANISH KUNI VA KASBIY RIVOJLANISH SOATI TADBIRLARINI JORIY ETISH BO‘YICHA NIZOM.
MMTV ning 2024-yil 7-avgust kungi 246-sonli buyrug‘i.

July 24, 03:46
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

❗️
Эслаб қолинг: ушбу Ctrl тугмалари компьютерда ишлашингизни анча тезлаштиради
Сичқонча билан ортиқча босишлар ўрнига ушбу тезкор тугмалардан фойдаланинг. Улар матн, файллар, браузер ва ҳужжатлар билан ишлашни анча осонлаштиради.
📌
Сақлаб қўйинг — албатта керак бўлади.

July 24, 03:44

⚡️
Magistratura va doktoranturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining ro‘yxati
.
Bunda qaysi mutaxassislikka C1, B2 va B1 daraja talab etilishi belgilangan.

July 24, 03:44

"Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash"
xizmati uchun murojaat yuborish bo‘yicha qo‘llanma.
1.
My.gov.uz
(
Oldmy.gov.uz
) – Yagona davlat xizmatlari portali orqali xizmatga kiriladi hamda
“Xizmatdan foydalanish”
tugmasi bosiladi. (Xizmat havolasi:
https://my.gov.uz/uz/service/1010
);
2. 1-Qadamda
“Ommaviy oferta”
bilan tanishib chiqiladi hamda
“Keyingi”
tugmasi bosiladi;
3. 2-Qadamda pastdagi rasmda
“Ishora”
bilan ko‘rsatilgan barcha oynalar to‘ldirib chiqiladi hamda
“Keyingi”
tugmasi bosiladi;
4. Murojaat haqida barcha ma’lumotlar tekshiriladi hamda
“Yuborish”
tugmasi bosiladi.
DIQQAT:
Murojaat yuborilganidan keyin Murojaat holatini
My.gov.uz
portalida
“Arizalar”
bo‘limidan hamda
Pedagog.uzedu.uz
platformasida
“Murojaatlarim”
bo‘limidan kuzatib borish mumkin.