Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ | Sirdaryo hududiy filiali

sirdaryohetkmatbuot
🏢 "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Sirdaryo hududiy filiali matbuot xizmati telegram kanali Murojaatlar uchun ✍️ https://t.me/+cJ-BNdxaNks1YWZi Call-center 📞 1154 📍 Lokatsiya https://maps.app.goo.gl/nGJDL11AfWxV4JNVA
Подписчики
2 120
24 часа
-3
30 дней
-191
Просмотры
702
ER
33,11%
Посты (30д)
183
Символов в посте
729
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Блог о бизнесе и экономике
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Энергия и окружающая среда
Краткое описание
October 26, 13:28
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
#Brifing
Guliston shahar elektr ta'minoti boshliq o'rinbosari Murodjon Toshpulatov ishtirokidagi brifing.
Brifingda energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va tarmoqlardagi yo'qotishlarni kamaytirish yo‘nalishidagi dolzarb vazifalar yuzasidan ma’lumot berildi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Sirdaryo hududiy filiali matbuot xizmati
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
Instagram

October 26, 12:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#seminar
Energiya samaradorligini oshirish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv-ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi
TICTY.uz
|
Telegram
|
Instagram
|
YouTube
|
Facebook
|
X

October 26, 07:11
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
#elektr_xavfsizligi_oyligi
ELEKTR ENERGIYASIDAN FOYDALANISHDA XAVFSIZLIK QOIDALARIGA AMAL QILING!
Sovuq kunlarda xonadonlarni isitish va qulaylikni ta’minlash maqsadida elektr energiyasiga bо‘lgan talab keskin ortadi. Bu esa elektr tarmoqlariga tushadigan yuklama oshishiga olib keladi. Shu bois, har bir iste’molchi elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanishi, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishi muhimdir. Zero, elektr energiyasini tejash — barqaror elektr ta’minoti va xavfsizlikka qо‘shilgan hissadir!
Iste’molchilarga tavsiyalar:
💡
Elektr jihozlaridan foydalanishda ishlab chiqaruvchining yо‘riqnomalariga amal qiling.
💡
Bir vaqtning о‘zida kо‘plab elektr jihozlarini bitta rozetkaga ulamang.
💡
Shikastlangan elektr simlari, nosoz rozetkalar va uzaytirgichlardan foydalanmang.
💡
Elektr jihozlarini nam qо‘l bilan ushlamang va ularni suvdan uzoqda saqlang.
💡
Elektr jihozlarini, ayniqsa, isitish moslamalarini yoqilgan holda nazoratsiz qoldirmang.
💡
Elektr tarmoqlari, hisoblagichlar va elektr jihozlarini о‘zboshimchalik bilan ta’mirlamang.
💡
Bolalarni ochiq elektr simlari va rozetkalardan ehtiyot qiling.
💡
Uzilgan elektr simlariga yaqinlashmang va ularga tegmang. Bunday holat haqida tegishli elektr ta’minoti tashkilotiga xabar bering.
Energiyani tejang!
Foydalanilmayotgan chiroq va elektr jihozlarini о‘chirib, elektr energiyasidan oqilona foydalaning.
⚠️
Unutmang: elektr xavfsizligi qoidalariga rioya qilish — hayotingiz va yaqinlaringiz xavfsizligining muhim garovidir!
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha iste’molchilarni elektr energiyasidan xavfsiz va oqilona foydalanishga chaqiradi.
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
Instagram

October 26, 06:50
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
#elektr_xavfsizligi_oyligi
ELEKTR XAVFSIZLIGI — HAR BIR XONADONDAN BOSHLANADI!
Xonadonda elektr jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, xavfli holatlarni barvaqt aniqlash va aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish muhim.
O‘zingizni va yaqinlaringizni asrang! Elektr xavfsizligiga befarq bo‘lmang!
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Sirdaryo hududiy filiali matbuot xizmati
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
Instagram

October 26, 06:10
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
TAYINLOV
Igamberdiyev Zakir Xusanovich Sayxunobod tumani elektr ta’minoti boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Z. Igamberdiyev “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo’limi boshlig'i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
Instagram

October 26, 05:49
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
TAYINLOV
Sadikov Anvar Muradovich «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ «Energosavdo» filiali Sirdaryo viloyati bo'linmasi Oqoltin tuman bo'limi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar A. Sadikov Sayxunobod tumani elektr ta'minoti boshlig'i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
Instagram

October 26, 05:29
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
TAYINLOV
Berdibekov Sodiqjon Saidqulovich «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ «Energosavdo» filiali Sirdaryo viloyati bo'linmasi boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar S. Berdibekov «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Sirdaryo hududiy filiali EHNAT bo'limi boshlig'i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
Instagram

October 26, 04:38
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
QUYOSH PANELLARIDAN FOYDALANISH KO'LAMI KENGAYMOQDA
Sirdaryo viloyatida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish maqsadida joriy yil boshidan buyon
21,7 megavatt quvvatga ega quyosh panellari
o‘rnatildi. Quyosh energiyasidan foydalanish ko‘lamining kengayishi
elektr energiyasi iste’molini maqbullashtirish, an’anaviy energiya manbalariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish hamda hududda yashil energetikani
rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Jarayonlar bilan
"Sirdaryo MTRK" telekanalining "Diyor yangiliklari"
informatsion dasturi orqali
tanishishingiz mumkin.
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
Instagram

October 26, 04:29
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

Hurmatli yurtdoshlar!
Isitish mavsumida gazdan xavfsiz foydalaning: o‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang
Havo haroratining pasayishi bilan xonadonlarda isitish moslamalaridan foydalanish boshlanmoqda.
Biroq ayrim fuqarolar tomonidan xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik, qo‘lbola
yoki
nostandart isitish qurilmalaridan foydalanish, gaz uskunalarini malakasiz ustalarga o‘rnattirish kabi holatlar inson hayoti
va
salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.
Ayniqsa, texnik talablarga javob bermaydigan qozon va boshqa isitish moslamalarini o‘rnatish, dudburonlarning noto‘g‘ri ulanishi, shamollatish kanallarining talab darajasida ishlamasligi hamda qurilmalardagi himoya tizimlarining nosozligi is gazidan zaharlanish va boshqa baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin. Is gazining rangsiz va hidsiz ekanligi esa uni o‘z vaqtida sezishni qiyinlashtiradi.
Hurmatli gaz iste’molchilari!
Sizlardan isitish mavsumida xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etishingizni, o‘zingiz va oila a’zolaringiz hayotiga befarq bo‘lmasligingizni so‘raymiz.
Buning uchun:
🔹
Faqat xavfsizlik talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalaning. Qo‘lbola, nostandart va nosoz qurilmalarni ishlatmang.
🔹
Gaz uskunalarini malakali mutaxassislarga o‘rnattiring va tekshirtiring. Ularning texnik holati, himoya tizimlari va xavfsiz ishlashini mavsum boshlanishidan oldin tekshirtiring.
🔹
Dudburon va mo‘rkonlarning sozligini ta’minlang. Ularning to‘g‘ri ulanganini tekshiring, qurum va boshqa to‘siqlardan muntazam tozalab turing.
🔹
Shamollatish tizimlariga e’tiborli bo‘ling. Havo almashinuvi uchun mo‘ljallangan kanallarni berkitmang va ularning sozligini nazorat qiling.
🔹
Gaz plitasi orqali xonalarni isitmang. Gaz uskunalaridan faqat belgilangan maqsadda va foydalanish qoidalariga muvofiq foydalaning.
🔹
Isitish moslamalarini nazoratsiz qoldirmang. Qurilmalarning ishlashida nosozlik yoki gaz hidi sezilsa, xavfsizlik choralarini ko‘ring va tegishli xizmatlarga murojaat qiling.
Is gazidan zaharlanishning dastlabki belgilari bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi va holsizlik bo‘lishi mumkin. Bunday alomatlar kuzatilganda, darhol toza havoga chiqing, boshqalarni ham xavfli hududdan olib chiqing va tez tibbiy yordamga murojaat qiling.
Unutmang, is gazi bilan bog‘liq xavfni o‘z vaqtida sezish har doim ham mumkin emas.
Shu bois xavfsizlik choralarini oldindan ko‘rish, gaz uskunalari va isitish tizimlarini soz holatda saqlash hayotiy ahamiyatga ega.
Aziz yurtdoshlar!
Isitish mavsumini xavfsiz o‘tkazish — har birimizning mas’uliyatimiz.
O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang. Xavfsizlik qoidalariga rioya qiling va beparvolikka yo‘l qo‘ymang!
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
|
Veb-sayt

October 26, 03:35
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

📌
📌
📌
📌
📌
📌
☀️
Quyosh paneli qanday qilib tok beradi?
⏯️
Batafsil videoda
.
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
YouTube
|
📱
Instagram