
Sirdaryo sporti | Rasmiy kanal
🏆
PREZIDENT OLIMPIADASI — MEDALLAR BIZNIKI BÖLADI!
Maqsad — ğalaba! Ishonç — kuçimiz! Medallar — orzumiz!
😃
Sirdaryolik sportchilar, olğa! Maydonda bor kuçimizni körsatib, viloyatimiz şarafini munosib himoya qilamiz - deydi Yengil atletikaning yadro itqitiş turidan
🥉
bronza medali sohibi Ahmadbek Ergaşev.
🇺🇿
Bizning sahifalarimiz:
🔹
Telegram
🔹
Facebook
🔹
Instagram
🔹
Youtube
🔹
Telegram
Davlatimiz rahbari navbatdagi Prezident Olimpiadasiga start berdi.
—
Глава нашего государства дал старт очередной Президентской Олимпиаде.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Prezident Olimpiadasi g‘oliblari uchun mukofotlar oshirilib, yangi imtiyozlar joriy etiladi
Yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida kelasi yildan Prezident Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlarining pul mukofotlari 2,5 baravar oshiriladi. Birinchi o‘rin sohiblariga 25 million, ikkinchi o‘rin uchun 12 million, uchinchi o‘rin uchun 6 million so‘m beriladi.
Shuningdek, olimpiadada g‘olib bo‘lib, O‘zbekiston rekordini yangilagan maktab bitiruvchilari oliygohlarning sport yo‘nalishlariga imtihonsiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.
Kelasi yildan Prezident olimpiadasi g‘oliblariga 1 yillik stipendiya berish boshlanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ikkinchi bor o‘tkazilayotgan Prezident Olimpiadasining ochilish marosimida ishtirok etmoqda.
Davlat rahbari sportchi yoshlar, murabbiylar va sport fidoyilarini musobaqa boshlanishi bilan
tabrikladi
.
Davlatimiz rahbari Olimpiya shaharchasida Prezident Olimpiadasining tantanali ochilish marosimida
ishtirok etdi.
—
Глава нашего государства
принял участие
в торжественной церемонии открытия Президентской Олимпиады в Олимпийском городке.
#Mirziyoyev
#marosim
#sport
#PrezidentOlimpiadasi
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X
Prezident Olimpiadasiga tantanali start berildi!
—
Торжественно дан старт Президентской Олимпиаде!
🇺🇿
Bizning
sahifalarimiz:
🔹
Telegram
🔹
Facebook
🔹
Instagram
🔹
Youtube
🔹
Telegram
Prezidentimiz yosh sportchilarga murojaat qilib,
chempionlikka kuchli iroda va temir intizom orqali erishilishini
ta’kidladi. Ilgari surilayotgan
“O‘z” g‘oyasining mazmun-mohiyati ham shunda ekanini
qayd etdi.
– O‘zingga ishon! O‘z ustingda ishla! O‘z yurtingga munosib bo‘l!
– dedi Prezidentimiz. Xalqaro maydonda mamlakatimiz bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz yangraganda butun xalqimiz sportchilarimiz bilan faxrlanishini ta’kidladi.
Yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida
kelasi yildan
Prezident Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlarining pul mukofotlari 2,5 baravar oshiriladi.
Birinchi o‘rin sohiblariga
25 million,
ikkinchi o‘rin uchun
12 million,
uchinchi o‘rin uchun
6 million so‘m
beriladi.
Shuningdek,
olimpiadada g‘olib bo‘lib, O‘zbekiston rekordini yangilagan maktab bitiruvchilari oliygohlarning sport yo‘nalishlariga imtihonsiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezidentimiz musobaqa mezboni – Nagoya meri Ichiro Xirosava
sportchilarimizning halol kurashi, raqiblarga hurmati, maydon tashqarisidagi odobi va namunaviy xulqini alohida e’tirof qilganini
qayd etdi. Bu baho xalqimizga xos fazilatlarning xalqaro maydonda ham namoyon bo‘layotganini ko‘rsatadi.
Davlatimiz rahbari
farzandlarining orzusiga ishonib, doimo yonida turgan ota-onalarga
minnatdorlik bildirdi.
– Yangi O‘zbekiston
dunyoning nufuzli musobaqalari o‘tkaziladigan xalqaro sport markaziga
aylanib bormoqda,
– dedi mamlakatimiz yetakchisi.
So‘nggi to‘rt yilda yurtimizda
jahon va Osiyo miqyosidagi 20 ga yaqin yirik musobaqa
tashkil etildi. Kelgusi yil sentabr-oktabr oylarida mamlakatimiz
Ozarbayjon bilan birga ilk bor 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga
mezbonlik qiladi.
Prezidentimiz bunday musobaqalarni o‘tkazish
katta sharaf va mas’uliyat ekanini
ta’kidladi. Ular yosh sportchilarimizga
dunyoning eng kuchli raqiblari bilan bellashish va o‘z oldiga yanada yuksak maqsadlar qo‘yish
imkonini beradi.
Facebook
|
Instagram
|
X
Prezident Olimpiadasi dasturidagi
sport turlari soni 35 taga
yetkaziladi. Yosh toifasi ham kengaytirilib, musobaqa
14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar
o‘rtasida o‘tkaziladi.
Har yili
olimpiada g‘oliblaridan 50 nafari xorijdagi xalqaro yig‘inlarga
yuboriladi. Kelasi yildan
g‘oliblarga bir yillik stipendiya berish
boshlanadi. O‘z yo‘nalishida
eng yaxshi natijaga erishgan sport maktabi zarur jihozlar bilan ta’minlanadi.
Poytaxtdagi
Olimpiya shon-shuhrati muzeyi Olimpiya shaharchasiga ko‘chiriladi.
Shu orqali yosh sportchilar chempionlarimiz tarixi va yutuqlari bilan yaqindan tanishib, yangi g‘alabalarga intiladi.
Prezidentimiz yoshlarni
ochilayotgan imkoniyatlarni tinimsiz izlanish, qat’iy intizom va bilim bilan natijaga aylantirishga
chaqirdi:
“Musobaqa maydonida munosib raqib, hayotda esa yaxshi do‘st bo‘ling”.
Shundan so‘ng 2026-yilgi Prezident Olimpiadasini
ochiq deb e’lon qildi.
– Olg‘a, Yangi O‘zbekiston! Olg‘a, O‘zbekiston yoshlari! Olg‘a, o‘zbek xalqi!
– dedi Prezidentimiz so‘zining yakunida.
Facebook
|
Instagram
|
X
Mamlakatimiz yetakchisi so‘nggi yillarda
ommaviy sportdan professional sportgacha, iqtidorlarni saralashdan xalqaro musobaqalarga tayyorlashgacha bo‘lgan yaxlit tizim
yaratilganini ta’kidladi.
– Bu ishlarning zamirida
farzandlarimizni sog‘lom, irodali va mustaqil fikrlaydigan inson etib tarbiyalashga bo‘lgan intilishimiz
mujassam
,
– dedi davlatimiz rahbari.
O‘tgan o‘n yilda sportchilarimiz yirik xalqaro musobaqalarda
5 ming 518 ta medalni
qo‘lga kiritdi. Shundan
1 ming 675 tasi oltin medal
bo‘lib, bu
avvalgi o‘n yillikka nisbatan uch karra ko‘pdir.
Medallarning
uchdan biri sportchi qizlarimiz hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Yaqinda Samarqandda o‘tkazilgan
Butunjahon shaxmat olimpiadasida yigitlarimizning ikkinchi bor g‘olib bo‘lishi
ham mamlakatimiz shaxmati tarixida alohida sahifa ochdi.
Facebook
|
Instagram
|
X