
TDTU Sirtqi bo'lim
Tesla, Boeing, Airbus, Volkswagen va Alstom kabi dunyoning yetakchi kompaniyalari muhandislari foydalanadigan texnologiyani Transport universitetida o‘rganing!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fransiya Respublikasi Milliy ta’lim va yoshlar vazirligi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik doirasida Toshkent davlat transport universiteti negizida
“O‘zbek-Fransuz 3Dexperience”
markazi o‘z faoliyatini faol davom ettirmoqda. Mazkur loyiha muhandislik sohasida jahonning yetakchi texnologiyalarini o‘zlashtirish va yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.
Loyiha doirasida Fransiyadan tashrif buyurgan mutaxassis Loren boshchiligida universitetning muhandislik sohasidagi professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari uchun maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar dunyoga mashhur
“Dassault Systèmes”
kompaniyasining 3D modellashtirish platformasidan foydalanish sirlarini o‘rganmoqdalar.
Ta’kidlash joizki, ushbu dasturiy ta’minot bugungi kunda dunyoning
Tesla, Boeing, Airbus, Volkswagen
va
Alstom
kabi gigant kompaniyalari tomonidan transport, aviatsiya va avtomobilsozlik yo‘nalishlarida asosiy ishchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Kurs yakunida maxsus sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar kelgusida ushbu ilg‘or texnologiyalar asosida o‘z talabalariga dars berishadi.
Hozirgi kunda markaz tomonidan muhandislik sohasi xodimlari uchun yangi o‘quv guruhlari tashkil etilmoqda. Mashg‘ulotlar ingliz tilida, haftada 3 kun davomida olib boriladi. Universitet xodimlari uchun kurslarda ishtirok etish mutlaqo bepul etib belgilangan bo‘lib, bu o‘z navbatida xalqaro tajriba almashish va muhandislik sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun:
Kurslarga ro‘yxatdan o‘tish va qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Telegram orqali
@Bakhodirovich95
manziliga murojaat qilishingiz mumkin.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz
|
Telegram
|
Instagram
|
Facebook
|
YouTube
|
News
📱
HEMIS tizimiga endi Mobile ID orqali ham kirishingiz mumkin!
Mobile ID — bu mobil telefon orqali shaxsni tez va xavfsiz tasdiqlash tizimi bo‘lib, ERI (elektron raqamli imzo) olmasdan ham ko‘plab davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. HEMIS tizimida ham foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish jarayonini soddalashtiradi.
🔐
Mobile ID qanday ishlatiladi?
👉
MyID yoki MyGov ilovasini yuklab olish (Android / iOS).
👉
Pasport ma’lumotlarini kiritish: seriya, raqam, tug‘ilgan sana.
👉
Telefon raqamini bog‘lash va SMS orqali tasdiqlash.
👉
Biometrik tasdiqlash (Face-ID): yuzni skan qilish orqali shaxsni aniqlash.
Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, mobil raqam shaxsiy kabinet bilan bog‘lanadi va barcha tizimlarga kirishda Mobile ID orqali autentifikatsiya qilish mumkin.
▶️
Video qo‘llanma:
https://www.youtube.com/watch?v=-4Ubi_B_J5Q
Muhim havolalar
Odob-axloq kodeksi
Universitet dress-kodi
Grandni qayta taqsimlash tartibi
Grandni qayta taqsimlash tartibi2
Stipendiyalar
Badiiy to'garaklar
Tanlovlar
Sport seksiyalari
Sigaret chekish ta'qiqlanadi!
Is gazi xavfi
Yoshlar ittifoqi yangiliklari
Ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish
Ijara xonadonlari
Telegram
l
Facebook
l
Web-sayt
l
Instagram
l
YouTube
#qoidalar
Toshkent davlat transport universitetining Ichki-tartib qoidalari va Odob-axloq kodeksi
@tstu_online
https://t.me/tstu_online/33776
#Toshkent_shahar_Kengashi
#mehnat_yarmarkasi
Hurmatli fuqarolar !
🔴
Oʻzbekiston “Adolat” SDP Toshkent shahar Kengashi “Odam savdosiga qarshi kurashish” oyligi doirasida 29-iyul kuni tashkil etilayotgan “Boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi” ga taklif etadi.
📌
Tashkil etilayotgan mehnat yarmarkasida hamkor tashkilotlar tomonidan taklif etilgan boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishishingiz va o’zingizga ma'qul boʻlgan ish haqida toʻgʻridan-toʻgʻri tashkilot ma'sullaridan ma’lumot olishingiz mumkin.
📱
Manzil:
Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Movarounnahr koʻchasi 21 uy.
📞
Batafsil ma’lumot uchun :
+998977774957
T.me/abdiyev17
☑️
Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring.
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
Facebook
|
📱
X
|
📱
You Tube.
#Dolzarb90kun Hurmatli talabalar! Dolzarb 90 kunlik doirasida ushbu so'rovnomada ishtirok etishingizni so'raymiz: survey.edu.uz @tstu_online
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
🟦
#Dolzarb90kun
Hurmatli talabalar!
Univeristet talabalari yozgi ta'til davomida nimalar bilan bandligi va qiziqishlari bo'yicha
survey.edu.uz
saytida maxsus so'rovnoma e'lon qilindi.
Ushbu so'rovnomadan quyidagi tartibda o'tishingiz kerak.
Dolzarb
90 kunlik
doirasida ushbu so'rovnomada ishtirok etishingizni so'raymiz:
survey.edu.uz
👆
💬
Telegram
📒
Facebook
🕸
Web-sayt
📹
Instagram
📹
YouTube
#Dolzarb90kun
Hurmatli talabalar!
Dolzarb
90 kunlik
doirasida ushbu so'rovnomada ishtirok etishingizni so'raymiz:
survey.edu.uz
@tstu_online