
Mirjalol Soatov | Producer
Hamma hammani taniydi, juda kichkina dunyoda yashayabmiz
Har bir qilgan ishlarimiz biz haqimizda aytadi, hozir shuni qilib turibman, baribir ertaga katta ishlarni qilaman deb ishingizga be'tibor yondashmang
Siz haqingizda sizdan ko'p gaplashadigan insonlar bor, ularni siz haqingizda hikoyalari bor
To'g'ri, "odamlar nima deydi" degan fikrga yopishib olgansiz
Lekin sizni kasbiy qilgan ishlaringiz haqidagi gaplarga diqqatli bo'ling
Sizni obro'yingiz siz o'ylagandan nozik, juda tez sinadi
Tiklanishi esa juda uzoq vaqt
Eng yomoni o'zingizni o'zingiz haqingizdagi hikoya, ma'lum vaqtdan keyin qayta-qayta takrorlangan no professional yondashuv endi sizni imzoyingizga aylanadi, buni to'g'rilash qiyin bo'ladida
65$ dan sotarkanla
Podcastni sog’indi odam
Biznes rivojlanmasligi – mahsulot yaxshimasligi yoki odamlar hatto uni borligini bilmasliklaridan bo’ladi
Mahsulotni yaxshilash, taklif ustida ishlash masalasi sizni sohani qanchalik yaxshi bilishingizdan keladi
Bu alohida masala
Lekin borligini bildirish esa - bu san’at.
Shovqin ichida sizni borligingizni bildirish oson emas, siz bo’lsa hali boshlashga ham qo’rqasiz
Sizdan mahsuloti sifatsizlar yoki sohani haqiqiy mutaxassisi emaslar esa bozori eng chaqqonlaridan
Sizchi, boshlashingiz va bozorda o’z o’rniga ega bo’lishingiz sizni kasbingiz majburiyati
Xoh siz biznes egasi bo’ling, xoh expert
Sizni bilishlari kerak!
Aslida osonroq hayotda ham yashasa bo’ladi
Masalan aniq vaqtda ishga borasan, belgilangan ishni qilasan va belgilangan oylikni olasan
Bu variant har doim bor.
Lekin sen boshqa yo’lni tanlashing mumkin
Biroz noaniq, o’zingga o’zing ish belgilaysan
Qarzga botasan, nima qilishni bilmaysan
Hayotni qimmat darslarini vaqt va xatolar bilan to’lab o’rganasan
Bu tadbirkorlik yo’li, bu tavakkal yo’li
Hamma ham tadbirkor bo’lishi shart emas, shunchaki tanlov qilasan
Hammasi qiyin bo’lgan vaqtda bilki bu buyuklik uchun to’lanadigan badal, shu jarayondan o’tsang uyog’i yaxshilanadi
Yoki battar yomonlashishi ham mumkin, faqat u paytda endi sen kuchli bo’lasan
#reflections
VSL voronkasi
• VSL mavzusini tanlash
• VSL davomiyligi
• Oxirigacha ko'rishlari uchun nima qilish kerak
• Ong ostiga ta'sir qilish
• CTA
VANIHOYAT
🏆
🔥
Seminarimiz montaji tayyor bo'ldi)
https://youtu.be/lPWobTo44Z4