
Sputnik | O‘zbekiston yangiliklari
Aziz obunachilar!
Texnik sabablarga ko‘ra, hozirda
Sputnik
kanali faqat kirillchada yurtilmoqda.
Shu bois, agar kanalga obuna bo‘lmagan bo‘lsangiz, qo‘shilib olishingizni tavsiya qilamiz.
👉
https://t.me/sputnikuzbek
🇺🇿
🇨🇳
O‘zbekiston va Xitoy
vizasiz
rejimni joriy etish bo‘yicha ishlarni yakunlayapti
Bu haqda TIV matbuot kotibi Ahror Burhonov RIA Novostiga ma’lum qildi.
"Tomonlar ichki protseduralarni yakunlash bosqichida. Shundan so‘ng 30 kun davomida vizasiz rejim amal qiladi", - dedi Burhonov.
✅
Sputnik kanali
👉
lotin
👉
кирилл
🇩🇴
Dominikanda tungi klub tomi qulashi oqibatida 79 kishi halok bo‘ldi Yana 155 kishi shifoxonaga yotqizilgan. O‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda, vayronalar ostida qidiruv davom etyapti. Qurbonlar orasida dominikalik musiqa yulduzi Rubbi…
⛽️
Aprelning ilk haftasida 19,5 mlrd. so‘mlik elektr va gazdan o‘g‘rincha foydalanish holati fosh qilindi
– DXX
1-7-aprel kunlari o‘tkazilgan reydlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishga oid jami 2 776 ta holat (1807 ta elektr, 969 ta gaz) aniqlandi.
Shuningdek, chora-tadbirlar natijasida 6,8 mlrd so‘m davlat foydasiga undirildi.
Aniqlangan noqonuniy holatlar yuzasidan 39 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va 263 ta ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi.
✅
Sputnik kanali
👉
lotin
👉
кирилл
☀️
Bugun havo harorati +28° gacha ko‘tariladi
Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +23...+28° bo‘ladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
✅
Sputnik kanali
👉
lotin
👉
кирилл
Ajralmas do‘stlik
Kabardin-Balkariyada Ayu ismli it va Barsik ismli mushuk har doim birga yurishar ekan. Mushuk ko‘pincha do‘stining ustiga minib olarkan. Mahalliy aholi aytishiga ko‘ra, doimiy egasi yo‘q bo‘lishiga qaramasdan, ular bir necha yildan beri birga ovqatlanib bir joyda uxlar ekan.
✅
Sputnik kanali
👉
lotin
👉
кирилл
🇩🇪
Germaniya o‘z harbiy sputniklar guruhini yaratmoqchi
Germaniya qurolli kuchlari 2029 yilga qadar koinotda o‘z sunʼiy yo‘ldosh guruhini yaratishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Handelsblatt gazetasi.
Hozirgi vaqtda Bundesver koinotda atigi 8-10 sunʼiy yo‘ldoshga ega, va kerak bo‘lganda bu masalada ittifoqchilarga, birinchi navbatda AQSHga tayanadi. To‘laqonli harbiy guruh uchun bir necha yuz sunʼiy yo‘ldosh talab qilinadi. Bunday guruh narxi 10 milliard yevrogacha bo‘lishi mumkin, deb yozadi nashr.
“Kosmik razvedkaga ehtiyojini qondirish uchun, milliy imkoniyatlardan foydalangan holda, sunʼiy yo‘ldosh guruhini yaratish bo‘yicha turli variantlar ko‘rib chiqilmoqda”, — deb izoh berdi gazetaga Bundesver.
Oldinroq Germaniya
korxonalari
qurol-yarog‘ va suv osti kemalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyorlanayotgani haqida
maʼlum bo‘lgan edi.
✅
Sputnik kanali
👉
lotin
👉
кирилл
🇰🇬
Qirg‘izistonda navbatdagi davlat to‘ntarilishining oldi olindi
Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi davlat to‘ntarishi sodir etishni rejalashtirgan guruhni qo‘lga oldi.
Guruh aʼzolari xorijliklar tomonidan "tahqirlangan va kaltaklangan", yarim yalang‘och qirg‘iz ayolining murojaati aks etgan soxta video suratga olib uni ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatishni rejalashtirgan.
Ushbu video ortidan Bishkekda 2024 yilning may oyida sodir bo‘lgan voqealarga o‘xshash tartibsizliklar kelib chiqishi ko‘zlangan. Keyin esa o‘qotar qurollarga ega bo‘lgan maxsus jangovar guruhlar chet elliklar yashaydigan va ishlayotgan joylarga bostirib kirib mushtlashuv va yoppasiga talon-tarojlar uyushtirishi kerak bo‘lgan.
Bularning barchasi hokimiyatni obro‘sizlantirish va aholi o‘rtasida norozilik uyg‘otish maqsadida qilingan.
Tashkilot boshqaruvi xorijdan olib borilgan. Guruh aʼzolaridan bir nechasi qo‘lga olingan, rahbarlardan biri BAAda yashiringan.
Manba
@Sputnik_Kyrgyzstan
✅
Sputnik kanali
👉
lotin
👉
кирилл
O‘zbekiston bu yil qancha investitsiya jalb qilmoqchi?
Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan majlisda 2025 yilda investitsiyalar bo‘yicha asosiy maqsadlar belgilab olindi:
▪️
42 milliard dollarlik xorijiy investitsiyani taʼminlash, shu jumladan xorijiy moliya institutlari ishtirokida 5,3 milliard dollarlik ishlarni bajarish;
▪️
81 ta yirik loyihani ishga tushirish, 8 mingdan ortiq o‘rta va kichik loyihani amalga oshirish;
▪️
donor tashkilotlar bilan faol ishlab, 2 milliard dollar grant olib kelish;
▪️
banklar bilan 6 milliard dollar resurs jalb qilish.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevning BAA, Malayziya, Kuvayt va Fransiyaga bo‘lib o‘tgan tashriflari davomida umumiy qiymati 39 milliard dollar bo‘lgan 178 ta loyiha bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.
Undan tashqari, o‘tgan hafta Samarqandda Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoga 12 milliard yevro ajratishini maʼlum qildi.
✅
Sputnik kanali
👉
lotin
👉
кирилл
🇺🇦
Ukraina askarlarining Kursk viloyatidagi vahshiyliklari
Bugun “Rossiya Segodnya” halqari axborot agentligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Kursk viloyatida Ukraina askarlari sodir etgan jinoyatlar haqida gapirildi.
Jamoatchilik palatasi aʼzosi Maksim Grigorev mahalliy aholi guvohliklarini o‘qib berdi.
Ularda aytilishiga ko‘ra, Ukraina askarlari ayollarni zo‘rlagan, mahalliy aholini shunchaki otib o‘ldirgan, aholi mulklarini talon-taroj qilgan.
✅
Sputnik kanali
👉
lotin
👉
кирилл