
Startup Choyxona
🤖
$1 mln mukofot jamg‘armasiga ega Meta Global AI Developer Hackathon onlayn xakatoniga arizalar qabuli ochildi
Meta va Cerebral Valley kompaniyalari butun dunyodagi dasturchilar, talabalar, asoschilar va startap jamoalari uchun o‘n kunlik
Meta Global AI Developer Hackathon
global onlayn xakatonini o‘tkazadi.
Ishtirokchilar Meta’ning yangi SI modellari va vositalaridan foydalanib loyihalar yaratishi mumkin:
Muse Spark
,
Muse Image
,
SAM 3.1
,
Meta Model API
,
Meta’ning open-weight modellari
va
Muse Code
. Xakaton davomida Meta jamoasi va hamkorlar tomonidan onlayn mahorat darslari ham o‘tkaziladi.
Ikki yo‘nalish ko‘zda tutilgan:
1.
Indie Developer Track
— yakka tartibdagi dasturchilar va talabalar uchun;
2.
Startup Track
— to‘laqonli mahsulotlar yaratayotgan jamoalar va asoschilar uchun.
Loyihalar ikkita asosiy mavzu bo‘yicha qabul qilinadi: real vazifalarni hal etishda Meta modellaridan foydalanish hamda dasturiy ta’minot, robototexnika, ishlab chiqarish, energetika, ilm-fan va boshqa yo‘nalishlarda tajribaviy yechimlar yaratish.
💰
Xakatonning umumiy pul mukofoti jamg‘armasi —
$1 000 000
.
Ishtirok etish bepul, biroq saralashdan o‘tish zarur. Arizani ko‘rib chiqishda tashkilotchilar loyiha g‘oyasi va nomzodning texnik tajribasini baholaydi. GitHub, LinkedIn sahifalari yoki ishga tushirilgan mahsulotga havolalar tajribani tasdiqlashga yordam berishi mumkin, ammo majburiy emas.
Ishtirokchilar soni
20 000 kishi
bilan cheklangan. Arizalar kelib tushish tartibida ko‘rib chiqiladi, shu sababli barcha joylar to‘lsa, qabul belgilangan muddatdan oldin yakunlanishi mumkin.
⏰
Ariza topshirishning oxirgi muddati:
2026-yil 26-oktyabr, soat 08:59 (GMT+5) gacha
🗓
O‘tkazilish sanasi:
2026-yil 26-oktyabr — 4-noyabr
🎤
Format:
onlayn
🚀
Ro‘yxatdan o‘tishga o‘tish
——————————————————
@startup_choyxona
- startaplar va investorlar uchun tadbirlar hamda imkoniyatlar
#imkoniyatlar
#online
🇺🇿
Toshkentda FINOBOD 2026 xalqaro FinTech forumi
12–14-noyabr kunlari Toshkentda banklar, fintex-kompaniyalar, regulyatorlar va texnologiya sohasi yetakchilari mintaqaning raqamli iqtisodiyoti kelajagini muhokama qilish uchun bir maydonda jam bo‘ladi.
⠀
Forum dasturiga ko‘ra, dastlabki ikki kun moliya va texnologiya bozori ekspertlari bilan munozaralar, keyslar hamda uchrashuvlarga bag‘ishlanadi. Uchinchi kun barcha xohlovchilar uchun ochiq ko‘rgazma bilan yakunlanadi.
🗓
Sana:
2026-yil 12–14-noyabr
📍
Joylashuv:
CAEx (Central Asian Expo)
🗺
Manzil:
Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Milliy bog‘ ko‘chasi, 1-uy
🎤
Format:
Oflayn
🏃♂️
Narxi:
Bepul / Pulli
🚀
Ro‘yxatdan o‘tish
🏃♂️
Yo‘nalishni aniqlash
————————
@startup_choyxona
- startaplar va investorlar uchun tadbirlar hamda imkoniyatlar
#event
#Tashkent
Onamga va to‘yga nima sovg‘a qilish, narxlarni qanday taqqoslash kerak?
SovgaTop bu jarayonni soddalashtiradi:
▫️
Bir nechta do‘kon narxlarini yonma-yon taqqoslash
▫️
Byudjetingizga mos tayyor g‘oyalar
▫️
Kim nima olishi oldindan aniq bo‘lgan istaklar ro‘yxati
▫️
Muhim sanadan oldin eslatma
To‘g‘ri sovg‘a, to‘g‘ri narxda.
🌐
Sayt:
https://sovgatop.uz
📢
Kanal[
https://t.me/sovgatopuz
]
——————————————————
@startup_choyxona
- startaplar va investorlar uchun tadbirlar hamda imkoniyatlar
#startups_help
🤝
Startup Choyxona Watchz Cup Arena shaxmat turnirining hamkoriga aylandi
Startup Choyxona O‘zbekistonda shaxmat hamjamiyatining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlab, Watchz va UzChess hamkorligida tashkil etilayotgan
Watchz Cup Arena
onlayn turnirining media hamkoriga aylandi.
Turnir
25-oktabr kuni soat 20:00 da
UzChess ilovasida bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar
3+0
vaqt nazoratidagi blits formatida kuch sinashib, original qo‘l soatlari uchun bellashadilar.
🏆
Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi —
3 mln so‘m
:
🥇
1-o‘rin — taxminan 1,5 mln so‘mlik Beverly Hills Polo Club soati
🥈
2-o‘rin — taxminan 1 mln so‘mlik Daniel Klein soati
🥉
3-o‘rin — taxminan 500 ming so‘mlik Casio soati
Turnir to‘liq onlayn formatda o‘tkaziladi, shu sababli unda O‘zbekistonning turli hududlaridan ishtirokchilar qatnashishi mumkin.
Startup Choyxona intellektual hamjamiyatlarni rivojlantiradigan hamda odamlarni musobaqalar, texnologiyalar va yangi formatlar atrofida birlashtiradigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlashdan mamnun.
📅
25-oktabr, 20:00
💻
Format:
onlayn
♟
Rejim:
blits 3+0
Turnir haqida batafsil — Watchz saytida
——————————————————
@startup_choyxona
- startaplar va investorlar uchun tadbirlar hamda imkoniyatlar
#hamkorlik_materiali
#event
🇺🇿
O‘zbek tili bayrami muborak!
Startup Choyxona jamoasi o‘zbek tilida so‘zlashayotgan, yozayotgan, ta’lim olayotgan va ijod qilayotgan barchani tabriklaydi. Tilimizda foydali ma‘lumotlar, yangi g‘oyalar va texnologik loyihalar yanada ko‘payishini tilaymiz.
O‘zbek tilidagi Telegram kanalimizda
IT, startap va biznesga oid tadbirlar hamda imkoniyatlarni e’lon qilib boramiz.
Tashkilotchilar, tadbirlaringiz haqidagi e’lonlarni o‘zbek tilida ham
takliflar botimizga
yuboring. Auditoriyangizga tadbirlaringiz haqida xabar yetkazishga yordam beramiz!
🤖
Raqamli ko‘nikmalar: School 21 da inklyuziv tadbir!
School 21 – bu har bir xohlovchi IT kasbini bepul egallashi mumkin bo‘lgan mutlaqo
to‘siqsiz ta’lim
maskanidir. Shahrimizda istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan va alohida ta’lim ehtiyojiga ega insonlarni Samarqand kampusida bo‘lib o‘tadigan
Digital Skills
amaliy seminariga taklif etamiz!
Maqsadimiz – bunday insonlarning kundalik hayotini texnologiyalar yordamida yanada osonlashtirishga ko‘maklashish va ularni do‘stona jamoamiz bilan yaqindan tanishtirish.
Tadbir davomida:
✨
SI shaxsiy yordamchi sifatida
: o‘z qurilmangizda kundalik vazifalarni hal qilish uchun neyrotarmoqlardan foydalanishni o‘rganish.
🛡
Raqamli xavfsizlik:
internetda himoyalanishning oddiy qoidalari va firibgarlarni osongina aniqlash usullari.
🤝
School 21 imkoniyatlari:
talab yuqori bo‘lgan kasbni bepul egallash va maktab a’zosiga aylanish haqida batafsil ma’lumot.
Sizni o‘z qurilmangiz orqali qulay amaliyot, jonli muloqot va yoqimli atmosfera kutmoqda!
🗓
Sana
: 2026-yil 23-oktabr
⏰
Vaqt
: 14:00
📍
Manzil
: Samarqand sh., Ibn Sino ko‘chasi, 17A
🚀
Ro‘yxatdan o‘tish
🏃♂️
Yo‘nalish tuzish
——————————————————
@startup_choyxona
- startaplar va investorlar uchun tadbirlar hamda imkoniyatlar
🇺🇿
Toshkentda sovrin jamg‘armasi 50 million so‘m bo‘lgan FinTech Hackathon 2026 uchun arizalar qabuli ochildi
Toshkent shahridagi Inha universiteti
United Ventures
va
O‘zbekiston Milliy banki
bilan hamkorlikda talabalar, yosh mutaxassislar, dasturchilar, dizaynerlar hamda moliyaviy texnologiyalarga qiziquvchi barchani ikki kunlik xakatonda ishtirok etishga taklif qiladi.
Mavzu: moliya kelajagi uchun innovatsion yechimlar
Ishtirokchilar: yakka tartibda yoki jamoa bo‘lib (2–5 kishi)
Format: yechim ishlab chiqish, uni taqdim etish va sovrinli o‘rinlar uchun kurashishga 48 soat
Sovrin jamg‘armasi — 50 000 000 so‘m:
🥇
1-o‘rin — 25 000 000 so‘m
🥈
2-o‘rin — 15 000 000 so‘m
🥉
3-o‘rin — 10 000 000 so‘m
🗓
O‘tkazilish sanasi:
2026-yil 21-22-noyabr
⏰
Ariza topshirishning oxirgi muddati:
2026-yil 26-oktyabrgacha
📍
O‘tkazilish joyi:
Toshkent shahridagi Inha universiteti, Ziyolilar ko‘chasi, 9-uy
🚀
Ariza topshirish
------------------------------------
@startup_choyxona
- startaplar va investorlar uchun tadbirlar hamda imkoniyatlar
#event
#UZ
#imkoniyatlar
🇺🇿
Agrobank va AgroVentures tomonidan 500 000 AQSH dollarigacha investitsiya jalb qilish imkoniyatiga ega korporativ akseleratorga arizalar qabuli ochildi
Qishloq xo‘jaligi, fintex yoki sun’iy intellekt sohasida yechimlar ishlab chiqayotgan, shuningdek, banklar va fermerlar uchun foydali mahsulotlar yaratayotgan startaplar Agrobank va AgroVentures tomonidan tashkil etilgan 12 haftalik dasturda ishtirok etish uchun ariza topshirishlari mumkin.
Akseleratorda ishtirok etish uchun 20 tagacha startap saralab olinadi.
🚀
Ishtirokchi jamoalar Agrobank bilan birgalikda pilot loyihalarni amalga oshiradi va o‘z yechimlarini investorlarga taqdim etadi. Jahon darajasidagi tajribali ekspertlar dastur mentorlari bo‘lishadi.
📌
Dasturda ishtirok etish bepul.
Dasturni muvaffaqiyatli tamomlagan startaplar 500 000 AQSH dollarigacha investitsiya jalb qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
⏰
Ariza topshirishning oxirgi muddati:
2026-yil 9-noyabrgacha
🚀
Ariza yuborish
------------------------------------
@startup_choyxona
— startaplar va investorlar uchun tadbirlar hamda imkoniyatlar
#imkoniyatlar
🇺🇿
Buxoroda Plug and Play’ning xalqaro inkubatsiya dasturiga arizalar qabuli ochildi
G‘oyangizni mahsulotga aylantirmoqchimisiz?
Startapingizni xalqaro bozorga olib chiqmoqchimisiz?
Investitsiya jalb qilishni xohlaysizmi?
Buning uchun sizga bilim, tajriba, mentorlar va zarur aloqalar kerak bo‘ladi.
Plug and Play Buxorodagi ilk xalqaro inkubatsiya dasturiga startaplarni qabul qilishni boshladi. Tashkilotchilar g‘oya bosqichidan prototip bosqichigacha bo‘lgan startaplarni izlamoqda.
Sizni quyidagilar kutmoqda:
🤝
Xalqaro ekspertlar va investorlar bilan ishlash imkoniyati
📈
Startapni rivojlantirish bo‘yicha amaliy bilimlar
🌍
Xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlari
🔗
Yangi hamkorlar va investorlar bilan tanishuv
⏰
Ariza topshirishning oxirgi muddati:
2026-yil 20-oktyabrgacha
🚀
Ariza topshirish
----------------------------------
@startup_choyxona
—startaplar va investorlar uchun tadbirlar hamda imkoniyatlar
#imkoniyatlar
🇺🇿
Toshkentda sovrin jamg‘armasi 60 000 000 so‘m bo‘lgan kiberxavfsizlik xakatoni Har bir jamoaning vazifasi — ikki kun ichida g‘oyadan ishlab turuvchi MVPgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tish va loyihani hakamlar hay’ati oldida himoya qilishdir. Musobaqa qismidan…