Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Surxondaryo viloyati bandlik boshqarmasi rasmiy kanali

surxonbandlik
Surxondaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining rasmiy Telegram-kanali http://www.youtube.com/@SurxondaryoviloyatiKQVBb-ut7ot https://t.me/surxonvakansiya
Подписчики
1 020
24 часа
-1
30 дней
-14
Просмотры
154
ER
15,1%
Посты (30д)
174
Символов в посте
1 074
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Политика
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Бизнес и управление
Краткое описание
October 26, 12:49
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

#Seminar
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
🇺🇿
Bandlik boshqarmasi rasmiy sahifalariga obuna bo'ling
⬇️
Telegram
|
web-sayt
|
facebook
|

October 26, 12:46
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Bugun viloyat Bandlik bosh boshqarmasida Ijtimoiy sug‘urta viloyat bo‘limi hamkorligida Zoom platformasi orqali seminar tashkil etildi.
Unda viloyat boshqarmasi, tuman va shahar bandlikka ko‘maklashish bo‘limlari xodimlari hamda hokim yordamchilari ishtirok etdi.
Seminarda Yagona milliy mehnat tizimida hujjatlarni rasmiylashtirish, davlat ijtimoiy sug‘urtasi doirasida sug‘urta badallari va stajlari hisobini yuritish, sug‘urtalangan shaxslarga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik hamda homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini tayinlash va to‘lash tartibidagi yangiliklar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, amaliyotda uchrayotgan muammoli holatlar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
🇺🇿
Bandlik boshqarmasi rasmiy sahifalariga obuna bo'ling
⬇️
Telegram
|
web-sayt
|
facebook
|

October 26, 12:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezidentimiz “O‘zbekfilm” kinostudiyasida
kinoijodkorlar bilan uchrashuv
o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari bu dargohda
milliy kino tariximiz, bir necha avlod ijodkorlarining mehnati, xalqimizning ekranga ko‘chgan orzulari, intilishlari va armonlari mujassam
ekanini ta’kidladi.
“Mahallada duv–duv gap”, “O‘tgan kunlar”, “Shum bola”, “Chinor ostidagi duel”, “Suyunchi”
kabi filmlarning qahramonlari xotiramizda yaqin insonlardek saqlanib qolgan. Ulardagi bir lavha, bir og‘iz so‘z yoki tanish kuy
bolaligimiz, bobo-buvilarimiz va qadrdon mahallamizni ko‘z oldimizda gavdalantiradi.
Prezidentimiz o‘z davrida
siyosiy va mafkuraviy bosimlar qanchalik og‘ir bo‘lmasin, ijodkorlarimiz ana shunday milliy san’at asarlarini yarata olganini
tahsinga sazovor deb baholadi.
“O‘zbekfilm” yaratgan bu maktab mustaqillik yillarida ham davom ettirildi.
“Abdullajon”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Dilxiroj”, “Vatan”, “O‘tov”
singari xalqimizga manzur filmlar yaratildi.
Facebook
|
Instagram
|
X

October 26, 11:25
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

📇
Yangi avtobuslar — yangi ish o‘rinlari!
🚌
Poytaxt jamoat transportida ishlashni istaysizmi? Unda bu imkoniyat siz uchun!
➡️
“Toshshahartransxizmat” AJ
tomonidan tez kunlarda
200 ta yangi elektrobus
xarid qilinishi rejalashtirilmoqda. Bu esa yangi ish o‘rinlari yaratilishi va haydovchilarga bo‘lgan talabning ortishini anglatadi.
Kimlar ishga taklif etiladi?
✅
21 yoshga to‘lgan fuqarolar;
✅
“D”
yoki
“DE”
toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lganlar.
💼
Ishga joylashish istagidagi nomzodlarga
“Toshshahartransxizmat” AJ
filiallarida zarur amaliy yordam ko‘rsatiladi.
📞
Batafsil ma'lumot uchun tel:
(71) 233-03-23, (55) 508-02-02 (ichki raqam: 214)
🌐
Barcha vakansiyalar
Osonish.uz platformasida
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
X

October 26, 10:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
—
Состоялась встреча Президента Шавката Мирзиёева и Эмира Катара Шейха Тамима бин Хамада Аль Тани.
Prezident.uz
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 26, 09:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Brifing
Joril yilning 9 oyligida Boshqarmaning
15 nafar
boʻlim boshliqlari,
127 nafar
tuman Bandlik boʻlim xodimlari hamda
498 nafar
hokim yordamchialri Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida onlayn tarzda “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimini samarali ishlashini taʼminlash” mavzusida
36 soatlik maxsus oʻquv kursida qatnashib o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirib aʼlo baholarda tamomlab, SERTIFIKAT olgan.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasining rasmiy veb-saytda va boshqa OAVlarda korrupsiyaga qarshi ichki idoraviy hujjatlari joylashtirib borilmoqda.
Boshqarmada shaffoflikni ta’minlash va fuqarolarning murojaatlari uchun, Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi holatlari uchun 76-227-28-54 raqamli ishonch telefoni va ijtimoiy tarmoqlarda
https://t.me/surxonbandlik
aloqa kanallari yo‘lga qo‘yilgan.
Batafsil videoda
👆
🇺🇿
Bandlik boshqarmasi rasmiy sahifalariga obuna bo'ling
⬇️
Telegram
|
web-sayt
|
facebook
|

October 26, 09:07

#qonunchilikdagi_yangiliklar
🌱
Issiqxona egalari uchun yangi talablar va moliyaviy imtiyozlar
belgilandi
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-oktabrdagi
586-son qarori
bilan Toshkent shahri va unga tutash hududlarda issiqxona xo‘jaliklarining ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash bo‘yicha yangi tartib joriy etildi.
➡️
Yangi tartib qaysi hududlarda amal qiladi?
Maxsus ekologik tartib Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, Qibray, Yangiyo‘l, Zangiota va Toshkent tumanlaridagi issiqxona xo‘jaliklariga tatbiq etiladi.
➡️
1-dekabrgacha qanday talablar bajarilishi kerak?
Mazkur hududlarda ko‘mir, briket va biomassa pelletlari bilan isitiladigan issiqxonalar 2026-yil 1-dekabrgacha ekologik toza isitish tizimlariga o‘tishi lozim.
Bunda tabiiy yoki suyultirilgan gaz, elektr energiyasi, quyosh va geotermal energiya, shuningdek, issiqlik elektr stansiyalaridan olinadigan ikkilamchi issiqlik energiyasidan foydalanish mumkin.
Qattiq yoqilg‘idan foydalanishni davom ettirish uchun esa bir vaqtning o‘zida quyidagi talablar bajarilishi shart:
- Qozonxonalarni avtomatik boshqaruv va chang-gaz tozalash uskunalari bilan jihozlash;
- Uzluksiz avtomatik monitoring tizimini o‘rnatish va Ekologiya qo‘mitasining axborot tizimlariga ulash;
- Uskunalarning muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lish;
- Onlayn kuzatuv kameralari, elektr ta’minoti va zaxira generatorini o‘rnatish;
- Hosil bo‘ladigan chiqindilarni belgilangan tartibda utilizatsiya qilish.
🚫
Nimalarni yoqilg‘i sifatida ishlatish taqiqlanadi?
❗️
Issiqxonalarda avtomobil shinalari, mazut, bitum, plastmassa, polimer plyonkalar, rezina, ishlatilgan moylar, maishiy va ishlab chiqarish chiqindilarini hamda shu kabi zararli materiallarni yoqish qat’iyan taqiqlanadi.
💰
Issiqxona egalari qanday imtiyozlardan foydalanishi mumkin?
➡️
50 foiz subsidiya.
2028-yil 1-yanvarga qadar ekologik toza isitish texnologiyalari, chang-gaz tozalash uskunalari, energiya tejamkor ekranlar va tegishli jihozlarni xarid qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq har bir gektar uchun 50 million so‘mdan oshmagan qismi qoplab beriladi.
➡️
350 million so‘mgacha foizsiz mablag‘.
Avtomatik monitoring stansiyalarini xarid qilish uchun har bir stansiyaga 350 million so‘mgacha mablag‘ 7 yil davomida foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan ajratilishi mumkin.
➡️
3 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit.
2026–2027-yillarda elektr, quyosh, geotermal energiya va kogeneratsiya asosidagi isitish tizimlariga o‘tish loyihalari uchun 7 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada kredit ajratiladi. Kredit loyiha qiymatining 50 foizigacha, har bir gektar uchun esa 3 milliard so‘mgacha bo‘lishi mumkin.
⚠️
Talablar bajarilmasa nima bo‘ladi?
🔵
2026-yil 1-dekabrdan belgilangan ekologik talablarga javob bermaydigan issiqxonalarga davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi berilmaydi. Avval berilgan xulosaning amal qilishi vaqtincha to‘xtatiladi hamda elektr, gaz va suv ta’minotidan uzish choralari ko‘riladi.
🔵
Shuningdek, maxsus hududdagi issiqxonalarda har yili
15-oktabrdan 15-martgacha
ekologik monitoring va nazorat tadbirlari o‘tkaziladi.
🔵
Inson hayoti va sog‘lig‘iga yuqori xavf tug‘diruvchi holatlar aniqlansa, issiqxona faoliyati yoki ifloslantiruvchi manba 10 kungacha vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.
Sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
Youtube
|
X

October 26, 05:37

RASMIY BAYONOT
Ijtimoiy tarmoqlarda
Şörçi tumani hokimi va fermer xöjaliklari rahbarlari örtasidagi muloqotlarga oid ekani aytilgan audioyozuvlar yuzasidan
örganiş işlari boşlandi.
Mazkur holatni har tomonlama, xolis va töliq örganiş, huquqiy baho beriş maqsadida tegişli vakolatli idoralar vakillaridan iborat işçi guruh tuzildi.
Surxondaryo viloyati hokimi
Uluğbek Qosimov
davlat xizmatçilari faoliyatida
qonun ustuvorligi, inson qadri, özaro hurmat va xizmat etikasi talablariga qat’iy rioya etilişi
zarurligini ta’kidlaydi.
Örganiş natijalari asosida qonunçilikda belgilangan tartibda tegişli qaror qabul qilinadi.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 26, 05:36
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Davlat xizmatchilari uchun Yaponiyada magistraturada ta’lim olish imkoniyati: JDS stipendiya dasturiga qabul boshlandi
Yaponiyaning
JDS (Project for Human Resource Development Scholarship by Japanese Grant Aid)
stipendiya dasturi doirasida davlat xizmatchilari uchun 2026-yilgi qabul boshlandi.
Dastur O‘zbekistonning istiqbolli mutaxassislariga Yaponiyaning yetakchi universitetlarida magistratura bosqichida bepul tahsil olish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini taqdim etadi.
👍
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
(2027-yil 1-aprel holatiga ko‘ra)
Yosh: 25–40 yosh;
Ma’lumoti: bakalavr darajasi;
Ish tajribasi: kamida 2 yil;
Ingliz tili: IELTS 5.0 va undan yuqori.
👍
Arizalar 2026-yil 20-dekabrgacha qabul qilinadi.
Onlayn seminarlar jadvali:
3-noyabr — 15:00–16:30;
5-noyabr — 11:00–12:30;
10-noyabr — 15:00–16:30;
12-noyabr — 11:00–12:30;
17-noyabr — 15:00–16:30;
19-noyabr — 11:00–12:30.
Seminarlarda
dastur, ishtirok etuvchi universitetlar, ariza topshirish talablari va tanlov jarayoni
haqida batafsil ma’lumot beriladi. Ishtirok etish uchun oldindan
ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish:
https://jds-scholarship.org/
👍
JDS loyihasi ofisi (O‘zbekiston)
Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 107B, Xalqaro biznes markazi, 2-qavat.
Telefon: +998 78 140-15-60 / 61
Elektron pochta: jds.uzbekistan1@jice.org
Ish vaqti: dushanba–juma, 09:00–13:00 va 14:30–17:30.
Eslatib o‘tamiz:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, Boshqaruv samaradorligi agentligiga davlat xizmatchilarining xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro stipendiya dasturlarida milliy hamkor funksiyasini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik markazining JDS loyihasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida loyiha tashkiliy qo‘mitasiga raislik qiluvchi sifatida Boshqaruv samaradorligi agentligi vakili belgilangan.

October 26, 05:15
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Ҳафта мавзуси: Меҳнат шартномасини ўзгартириш
⚖️
Меҳнат шартномаси —
ходим ва иш берувчи ўртасида тузиладиган, меҳнат жараёни, шартлари ва тарафларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятларини белгилайдиган
расмий ҳужжат.
🔔
Меҳнат шартномасини ўзгартириш асослари:
⚫️
меҳнат шартларининг
ўзгариши
⚫️
ходимнинг
бошқа ишга
ўтказилиши
⚫️
иш берувчининг
бошқа жойга кўчиши
сабабли жойнинг ўзгариши
⚫️
ходимнинг бошқа иш берувчига
вақтинча хизмат сафарига
юборилиши
⚫️
меҳнат шартномасида кўрсатилган
иш жойининг ўзгариши
🗣
Меҳнат шартномаси
қонунчиликка мувофиқ муайян асослард
а
ўзгартирилиши мумкин.
Бизни расмий cаҳифаларимиз орқали кузатиб боринг
Сайт |
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X