Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

SURXONDARYO FVB

surxondaryo_fvb
Surxondaryo favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot kanali 🚨 Favqulodda vaziyatlar haqida xabardor bo‘ling 📞 Telefon: 101 | 1050
Подписчики
2 839
24 часа
-1
30 дней
-445
Просмотры
583
ER
20,54%
Посты (30д)
101
Символов в посте
856
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
September 11, 11:30
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

🏛
FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBOR MARKAZIDA
👉
Bugun Qiziriq tuman hokimi
Sh. Allamurotov
hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i
Sh. Shukurov
ishtirokida tumanning Adliya bo‘limi binosida joylashgan
Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli
o‘tkazildi.
👉
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari
bevosita tinglandi
.
👉
Murojaatlarda asosan aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy, kommunal, infratuzilmaviy hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
👉
Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatilib, muammolarni
qonuniy tartibda va amaliy jihatdan hal etish
bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.
👉
Shuningdek, ayrim masalalar yuzasidan murojaatchilarga joyida tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish hamda vaqt talab etadigan murojaatlar esa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda nazoratga olindi.
👉
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va har bir masalaga mas’uliyat bilan yondashish —
aholi bilan ishlashning muhim mezoni
sifatida qayd etildi.
📌
Xalq qabulxonasi — xalq dardini tinglash, muammoga yechim topish va murojaat ortidan amaliy natijaga erishish maydonidir.
✍️
Qiziriq tumani hokimligi Axborot xizmati
👉
Rasmiy sahifalarimiz
👇

Telegram
💬
Facebook
|
📱
Instagram
📹
Youtube
🌍
Web-sahifa

September 11, 11:29
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
“Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi oyligi doirasida Qiziriq tumanining Kunchiqish va Zartepa mahallalarida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbir Qiziriq tumani hokimi hamda Surxondaryo viloyati FVB boshlig‘i polkovnik Sh. Shukurov boshchiligida tashkil etilib, unda aholini yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, kuz-qish mavsumida isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Boshqa yangiliklar
👇
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You tube

September 11, 05:38
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

OʻQUV SEMINARI VA AMALIY MASHGʻULOT OʻTKAZILDI
Termiz Harbiy prokuraturasi tomonidan Qurolli Kuchlar tuzilmalarida tergovga qadar tekshiruv yoʻnalishida navbatdagi oʻquv amaliy mashgʻuloti va seminari tashkil etildi.
Ushbu tadbir Favqulodda vaziyatlar vazirligi Surxondaryo viloyati shahar va tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimlarining tergovga qadar tekshiruv olib boruvchi masʼul mansabdor shaxslari ishtirokida boʻlib oʻtdi.
📌
Seminar davomida:
🔹
Qonunchilikka muvofiq tasdiqlangan “Jinoyat va hodisalarga oid ariza, xabar va boshqa maʼlumotlarni qabul qilish, roʻyxatga olish va koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida”gi Низом talablari yigʻilganlarga atroflicha va sodda tilda tushuntirib berildi.
🔹
Tergovga qadar tekshiruv jarayonlarida raqamlashtirish imkoniyatlari hamda "E-material" elektron dasturiy moduli orqali murojaatlarni elektron roʻyxatga olish, koʻrib chiqish va nazorat qilish tartibi amaliy misollar bilan koʻrsatib oʻtildi.
🔹
FVB xodimlarining tergovga qadar tekshiruv oʻtkazish jarayonida процессуал normativalarga qatʼiy rioya etishi, qonuniylikni taʼminlash hamda xatoliklarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha zarur tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
Oʻquv mashgʻuloti yakunida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar va harbiy prokuratura xodimlaridan batafsil javoblar olishdi.
Boshqa yangiliklar
👇
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You tube

September 11, 04:30
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Sho‘rchi tumanida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazildi
“Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasida Sho‘rchi tumani FVB xodimlari tomonidan paxta qabul qilish punktida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Shuningdek, aholi xonadonlarida is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi hamda yong‘inlarning oldini olish yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib, fuqarolarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Tadbirlar davomida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish, mavsumiy ehtiyot choralarini ko‘rish hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Boshqa yangiliklar
👇
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You tube

September 10, 12:07
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Surxondaryo viloyatida yoshlar bandligini ta'minlash bo‘yicha mehnat yarmarkalari tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 34-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Muzrabot tumanlarida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamda Bandlik bo‘limi mutaxassislari hamkorligida yoshlar bandligini ta'minlashga qaratilgan mehnat yarmarkalari va ochiq muloqot tadbirlari tashkil etildi.
Jumladan, Sariosiyo tumanining
"Madankon"
mahallasida biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ish bilan ta'minlanish istagini bildirgan fuqarolarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi hamda mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Shuningdek, Muzrabot tumani hokimligi binosida
"Otaliqqa olingan"
hamda ishsiz yoshlar ishtirokida ochiq muloqot tarzida mehnat yarmarkasi o‘tkazilib, ularga bo‘sh ish o‘rinlari, kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlari va bandlikka ko‘maklashish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Mazkur tadbirlar yoshlarning bandligini ta'minlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.
Boshqa yangiliklar
👇
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You tube

September 10, 10:41
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

#Yongʻindan_ogohlik_umummilliy_kompaniyasi_oyligi
Surxondaryo viloyati FVB
tomonidan Bandixon tumanida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kompaniyasi oyligi doirasida keng qamrovli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Tafsilotlar videorolikda.

Сурхондарё вилояти ФВБ
томонидан Бандихон туманида “Ёнғиндан огоҳлик” умуммиллий компанияси ойлиги доирасида кенг қамровли профилактик тадбирлар олиб борилмоқда. Тафсилотлар видеороликда.
➡️
Boshqa yangiliklar
📱
Fvv.uz
|
📱
Facebook
|
📱
Telegram
|
📱
Youtube
|
📱
instagram
|
📱
X.com

September 10, 09:59
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

PSIXOLOGIK SUHBAT
Termiz shahar FVB harbiy xizmatchi va xizmatchilari bilan
“FVV xodimlari orasida stressning kelib chiqish sabablari va undan chiqish usullari”
mavzusida psixologik suhbat tashkil etildi.
Suhbat davomida stress tushunchasi, uning xizmat faoliyati jarayonida yuzaga kelish sabablari, inson ruhiy va jismoniy holatiga ta’siri hamda salbiy oqibatlari haqida batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, stressli vaziyatlarning oldini olish, ruhiy zo‘riqishni kamaytirish, hissiy holatni barqarorlashtirish, xizmat faoliyatida sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish va turli stress holatlaridan to‘g‘ri chiqib ketish usullari bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida shaxsiy tarkibning ruhiy barqarorligini mustahkamlash, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni ta’minlash, xizmat vazifalarini bajarishda stressli vaziyatlarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Boshqa yangiliklar
👇
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You tube

September 10, 07:09
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

Tashkilot rahbarlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Qiziriq tumani hokimi hamda Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Sh. Shukurov raisligida tashkilot rahbarlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida hududlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda mavjud xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
Tashkilot rahbarlariga xavfsizlik choralarini kuchaytirish, xodimlar va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda profilaktik tadbirlarni izchil tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Boshqa yangiliklar
👇
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You tube

September 10, 06:59
Файлы недоступны
7
Открыть в Telegram

Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni
Surxondaryo viloyati FVB shaxsiy tarkibi ishtirokida
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni”
doirasida “Shaxsiy tarkib tomonidan sodir etilayotgan jinoyat, yo‘l-transport hodisasi hamda intizom buzilishi holatlarining kelib chiqish sabablari” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda boshqarma rahbariyatining mas’ul xodimlari, harbiy prokuratura, yo‘l harakati xavfsizligi hamda qo‘riqlash xizmati vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida xodimlarga huquqbuzarliklarning oldini olish, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish va xizmat intizomini mustahkamlash yuzasidan tushuntirishlar berilib, ogohlikka chaqirildi.
Boshqa yangiliklar
👇
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You tube

September 10, 02:11
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Ijtimoiy_eksperiment
Favqulodda vaziyatlarda har bir soniya ham muhim
Boshqa yangiliklar
👇
:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You tube