Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi

surxondaryomohm
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati Taklif va murojaatlar uchun @takmur_bot
Подписчики
3 510
24 часа
10
30 дней
-80
Просмотры
685
ER
21,99%
Посты (30д)
107
Символов в посте
709
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
March 14, 14:07
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Trening
#Ikkinchi_kun
Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “Sinfxonada baholash: o‘quvchilarning natijalarini yaxshilash” mavzusidagi trening jarayonlaridan videolavhalar.
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati
👇
👇
👇
Telegram|
Facebook|
Website|
Youtube
|Instagram

March 14, 13:41
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

#Trening
#Ikkinchi_kun
Surxondaryo viloyatida 13-14-mart kunlari
“Sinfxonada baholash: o‘quvchilarning natijalarini yaxshilash”
mavzusida trenerlarni tayyorlash bo‘yicha tashkil etilgan trening yakuniga yetdi.
Sinfxonada baholash amaliyotini zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish hamda o‘quvchilarning ta‘lim natijalarini yaxshilashga qaratilgan ushbu treningda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatidan jami 28 nafar mutaxassislar
7
modul asosida tashkil etilgan kursni muvafaqqiyatli tamomlab maxsus sertifikat bilan taqdirlandilar.
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati
👇
👇
👇
Telegram|
Facebook|
Website|
Youtube
|Instagram

March 14, 12:24
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Hashar
☘️
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”
shiori ostida o‘tkazilgan umumxalq hasharidan videolavhalar
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati
👇
👇
👇
Telegram|
Facebook|
Website|
Youtube
|Instagram

March 14, 08:45
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

Surxondaryo viloyatida maktab o‘quvchilari o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilgan “O‘qish savodxonlari” tanlovi davom etmoqda.
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Pedagogik mahorat markazi mas’ul xodimlari Termiz shahridagi 3-sonli hamda Termiz tumanidagi 6-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bo‘lib, tanlov jarayonini bevosita kuzatdilar va o‘quvchilarga muvaffaqiyatlar tiladilar.
Shuningdek, mas’ullar o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, o‘qish madaniyatini rivojlantirish hamda tanlov jarayonida adolat va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha maktab rahbarlari va o‘qituvchilarga tavsiyalar berdilar.
Tanlov doirasida o‘quvchilar turli yosh toifalarida adabiyot, fan va ijodiy yozuv yo‘nalishlari bo‘yicha bellashmoqda. Har bir ishtirokchi o‘z bilim va mahoratini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lib, eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan o‘quvchilar viloyat bosqichiga yo‘llanma olishadi.

March 14, 07:54
Файлы недоступны
10
Открыть в Telegram

🌿
Obod yurt — farovon hayot!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-fevraldagi 72-F-son farmoyishiga asosan joriy yilning 13–14-mart kunlari Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida
“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”
shiori ostida umumxalq hashari tashkil etildi.
☘️
Tadbir davomida markaz hududida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Hududlar tozalandi, bo‘sh maydonlarga gullar hamda mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Obod va toza hududlar — barchamizning birinchi qadriyatimiz!
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati
👇
👇
👇
Telegram|
Facebook|
Website|
Youtube
|Instagram

March 14, 07:09
Файлы недоступны
6
Открыть в Telegram

#PIRLS_2026
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida PIRLS 2026 xalqaro tadqiqoti doirasida seminar tashkil etildi
.
Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda pedagogik mahorat markazi mas’ul xodimlari tomonidan PIRLS 2026 xalqaro tadqiqoti doirasida amalga oshiriladigan vazifalar, tadqiqotning mazmun-mohiyati hamda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash jarayonlariga oid muhim ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek,
test.avloniy.uz
platformasidan foydalanish tartibi tushuntirilib, tizim orqali olingan natijalarni tahlil qilish hamda ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llash yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.
Seminarda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish uchun tanlab olingan umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari, direktor o‘rinbosarlari hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar.
Tadbirning amaliy qismida o‘quvchilar bilan matn ustida ishlash, o‘qish savodxonligini rivojlantirish, tanqidiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati
👇
👇
👇
Telegram|
Facebook|
Website|
Youtube
|Instagram

March 13, 15:54
Файлы недоступны
4
Открыть в Telegram

Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi
Joriy yilning 13-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazida Surxondaryo viloyati IIB ATSJQKB HPG MTB inspektori O.E. Umarov ishtirokida axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida huquqbuzarliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ijtimoiy tarmoqlar va internetdan foydalanishda shaxsiy xavfsizlik choralariga rioya etmaslik oqibatida sodir bo‘layotgan kiberjinoyatlar, xususan, firibgarlik holatlarining ortib borayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, kiberxavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning ogohligini oshirish hamda O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan islohotlar, jumladan, “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qaror mazmuni haqida qisqacha ma’lumot berildi.

March 13, 13:08
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

#Metodik_yordam
Joriy yilning 13-mart kuni Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi Maktabgacha ta’limni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i M.Oripova va yetakchi mutaxassisi M.Nigmatullayevalar tomonidan Termiz shahridagi 18- va 21-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari uchun metodik yordam ko‘rsatildi.
Unda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ish hujjatlarini to‘g‘ri yuritish tartibi, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘yinga asoslangan faoliyatni samarali tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar va amaliy tushuntirishlar berildi.
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati
👇
👇
👇
Telegram|
Facebook|
Website|
Youtube
|Instagram

March 13, 10:31
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Seminar
Surxondaryoda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda UNICEF hamkorligida mentor o‘qituvchilar uchun
“Sinfxonada baholash: o‘quvchilar natijalarini yaxshilash”
mavzusida tashkil etilgan seminar jarayonlaridan videolavhalar.
Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati
👇
👇
👇
Telegram|
Facebook|
Website|
Youtube
|Instagram

March 13, 10:14
Файлы недоступны
5
Открыть в Telegram

#Bugun
#Ayni_paytda
Surxondaryoda “Sinfxonada baholash: o‘quvchilar natijalarini yaxshilash” mavzusidagi seminar boshlandi
13–14-mart kunlari Termiz shahridagi “Termez Palace” mehmonxonasida mentor o‘qituvchilar uchun ikki kunlik seminar boshlandi. Tadbir Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda UNICEF hamkorligida tashkil etilmoqda.
Seminar davomida ishtirokchilar baholash nazariyasi, samarali baholash strategiyalari, savol tuzish, baholash natijalarini tahlil qilish va fikr-mulohaza berish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar.
Shuningdek, seminar doirasida metakognitsiya, o‘zaro va o‘zini baholash usullari, shuningdek, baholash bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqish masalalari ham muhokama qilinadi.
Seminarning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi direktori o‘rinbosari S.Sattorov ishtirok etib, tadbirning o‘qituvchilarning kasbiy rivoji va ta’lim sifatini oshirishdagi muhimligini ta’kidladi.
Telegram|
Facebook|
Website|
Youtube
|Instagram