Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi

surxoneko
Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
Подписчики
1 457
24 часа
2
30 дней
5
Просмотры
401
ER
27,52%
Посты (30д)
112
Символов в посте
916
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Новости
Пол аудитории
Мужской
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Энергия и окружающая среда
Краткое описание
October 26, 05:46
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

Davlat xizmatchilari uchun Yaponiyada magistraturada ta’lim olish imkoniyati: JDS stipendiya dasturiga qabul boshlandi
Yaponiyaning
JDS (Project for Human Resource Development Scholarship by Japanese Grant Aid)
stipendiya dasturi doirasida davlat xizmatchilari uchun 2026-yilgi qabul boshlandi.
Dastur O‘zbekistonning istiqbolli mutaxassislariga Yaponiyaning yetakchi universitetlarida magistratura bosqichida bepul tahsil olish, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro tajriba orttirish imkoniyatini taqdim etadi.
👍
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
(2027-yil 1-aprel holatiga ko‘ra)
Yosh: 25–40 yosh;
Ma’lumoti: bakalavr darajasi;
Ish tajribasi: kamida 2 yil;
Ingliz tili: IELTS 5.0 va undan yuqori.
👍
Arizalar 2026-yil 20-dekabrgacha qabul qilinadi.
Onlayn seminarlar jadvali:
3-noyabr — 15:00–16:30;
5-noyabr — 11:00–12:30;
10-noyabr — 15:00–16:30;
12-noyabr — 11:00–12:30;
17-noyabr — 15:00–16:30;
19-noyabr — 11:00–12:30.
Seminarlarda
dastur, ishtirok etuvchi universitetlar, ariza topshirish talablari va tanlov jarayoni
haqida batafsil ma’lumot beriladi. Ishtirok etish uchun oldindan
ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Batafsil ma’lumot va ariza topshirish:
https://jds-scholarship.org/
👍
JDS loyihasi ofisi (O‘zbekiston)
Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 107B, Xalqaro biznes markazi, 2-qavat.
Telefon: +998 78 140-15-60 / 61
Elektron pochta: jds.uzbekistan1@jice.org
Ish vaqti: dushanba–juma, 09:00–13:00 va 14:30–17:30.
Eslatib o‘tamiz:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga muvofiq, Boshqaruv samaradorligi agentligiga davlat xizmatchilarining xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlovchi xalqaro stipendiya dasturlarida milliy hamkor funksiyasini amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik markazining JDS loyihasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida loyiha tashkiliy qo‘mitasiga raislik qiluvchi sifatida Boshqaruv samaradorligi agentligi vakili belgilangan.
Rasmiy sahifalarimiz
Veb-sayt
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
You Tube
|
X
|
in
|
WiKi
|
Aloqa

October 24, 16:14
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

#Maxsus_reportaj
Chang boʻronlariga qarshi “Yashil qalqon” barpo etilmoqda
Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
✅
https://t.me/surxoneko

October 22, 12:37
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

🔴
Ekologik madaniyat bolalikdan boshlanadi!
🎥
“Yosh ekologlar” jamoasi a’zolari bolalar bog‘chasida kichkintoylarning tabiatga mehrini oshirish va ekologik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirida ishtirok etdi.
🌱
Bolajonlarga tabiatni asrash, daraxt va gullarga g‘amxo‘rlik qilish, suvni tejash, chiqindilarni belgilangan joyga tashlash hamda atrofni ozoda saqlashning ahamiyati sodda va tushunarli tarzda tushuntirildi.
💧
Tish yuvayotganda suv jo‘mragini yopish, yegulik o‘ramini yerga tashlamaslik, daraxt shoxlarini sindirmaslik, qushlar va jonivorlarga ozor bermaslik — oddiy tuyulgan bu odatlar bolalarda tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantiradi.
🌳
“Yashil makon”ga hissa qo‘shish ham kichik qadamlardan boshlanadi.
Kattalar ko‘magida nihol ekish, unga suv quyish va o‘sishini kuzatish orqali bola tabiatning go‘zalligini his etadi, uni asrash uchun mehnat va e’tibor zarurligini anglaydi.
🤝
“Yosh ekologlar”ning bunday targ‘ibot ishlaridagi ishtiroki kichkintoylarga o‘rnak bo‘lib, ekologik bilimlarni kundalik odatlarga aylantirishga xizmat qiladi. Zero, oilada va bog‘chada berilgan tarbiya kelajakda tabiatga befarq bo‘lmagan avlodni voyaga yetkazishning asosidir.
Bugun bolajon qalbiga ekilgan tabiatga mehr — ertangi yashil kelajakka qo‘yilgan qadam!
Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
✅
https://t.me/surxoneko
#YoshEkologlar
#EkologikMadaniyat
#YashilMakon
#Surxondaryo

October 22, 12:26
Файлы недоступны
5
2
Открыть в Telegram

🟢
Bosh boshqarma boshlig‘i “Yosh ekologlar” jamoasi bilan uchrashdi
Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi boshlig‘i
B. Urunov “Yosh ekologlar” jamoasi a’zolari bilan uchrashdi.
🎥
Uchrashuvda yoshlarning
“Yashil makon” umummilliy loyihasiga o‘z hissasini qo‘shishi
, ko‘chat ekish va ularni parvarishlash ishlarida faol qatnashishi, atrof-muhitni asrashga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surishi haqida so‘z bordi.
🤝
Shuningdek, jamoaning bosh boshqarma bilan hamkorlikda ishlashi, ekologik tadbirlar va targ‘ibot ishlarida ishtirok etishi, tengdoshlari orasida tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
🌍
Yoshlarning bilim va tashabbusini amaliy harakatlar bilan birlashtirish hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.
Yashil kelajak — hamkorlik va ezgu tashabbuslar samarasi!
Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
✅
https://t.me/surxoneko
#YoshEkologlar
#YashilMakon
#Surxondaryo
#Ekologiya

October 22, 05:13
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Surxondaryoda Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘ining noqonuniy ovlanishi oqibatida hayvonot dunyosiga qariyb 680 million so‘m zarar yetkazildi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
✅
https://t.me/surxoneko

October 21, 13:13
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

💬
Maxsus komissiya atmosfera havosi sifatini muntazam monitoring qilib bormoqda
21-oktabrga o‘tar kechasi Toshkent shahrida havo sifati noqulay meteorologik sharoitlar ta’sirida qisqa muddatga o‘zgardi. Kechki va tungi soatlarda PM zarrachalari miqdori ortib, havo sifati qisqa muddatga Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) bo‘yicha “sezgir guruhlar uchun noqulay” darajaga yetdi.
https://gov.uz/oz/eco/news/view/235973
💬
Специальная комиссия осуществляет регулярный мониторинг качества атмосферного воздуха
В ночь на 21 октября в Ташкенте под влиянием неблагоприятных метеорологических условий наблюдалось кратковременное изменение качества воздуха. В вечерние и ночные часы концентрация частиц PM увеличилась, и качество воздуха на короткое время достигло уровня «неблагоприятно для чувствительных групп» по международному индексу качества воздуха (AQI).
https://gov.uz/ru/eco/news/view/235973
📱
Instagram
|
📱
Telegram
|
📱
Facebook
|
X
|
📱
Linkedin

October 21, 09:25
Файлы недоступны
9
Открыть в Telegram

O‘zbek tili — milatimiz g‘ururi, mustaqil davlatimiz timsoli
!
Surxondaryoda O‘zbek tili bayrami nishonlandi
21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Termiz shahrida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bayram Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimi bilan boshlandi. Unda davlat va nodavlat tashkilotlar vakillari, tilshunos olimlar, shoir va yozuvchilar, ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalari hamda harbiylar ishtirok etdi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimining
O‘zbek tili bayrami munosabati bilan voha ahliga yo‘llagan tabrigini
Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, so‘zga chiqqanlar o‘zbek tilining boyligi, jozibasi va xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni haqida fikr bildirdi. 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani milliy o‘zligimizni anglash va mustahkamlash yo‘lidagi muhim tarixiy qadam ekani ta’kidlandi. Ona tilimizning nufuzini oshirish, uning qo‘llanish doirasini kengaytirish borasidagi ishlarning ahamiyatiga eʼtibor qaratildi.
Ayni paytda bayram tadbirlari San’at saroyi majmuasida davom etmoqda.
O‘zbek tili — milliy o‘zligimiz va ma’naviy merosimizning ajralmas qismi. Uni asrab-avaylash, boyitish va kelajak avlodga yetkazish barchamizning burchimizdir.
Surxondaryo.uz
|
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube
|
X

October 19, 13:28
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

🎥
Жарқўрғонда «Тозалик ойлиги»: 7 тонна чиқинди олиб чиқилди
19 октябрь куни Жарқўрғон туманининг
«Маданият» ва «Хайитобод» маҳаллаларида
тозалаш ва ободонлаштириш ишлари амалга оширилди.
✅
Ишларга
9 та техника
⚠️
ва 45 нафар ишчи
👷‍♂️
жалб этилди.
🌱
5 гектар майдон
чиқиндилардан тозаланди.
💧
2 километр ариқ, канал ва лотоклар
тозаланди.
🗑
7 тонна чиқинди
олиб чиқилди.
🤝
Маҳалламиз озодалигига ҳар биримиз ҳисса қўшайлик!
Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
✅
https://t.me/surxoneko
#ТозаликОйлиги
#Жарқўрғон
#Сурхондарё

October 19, 13:25
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

🎥
Термиз шаҳрида «Тозалик ойлиги»: 4 та маҳаллада ободонлаштириш ишлари бажарилди
19 октябрь куни Термиз шаҳрида «Тозалик ойлиги» доирасида ҳудудларни чиқиндилардан тозалаш ва ободонлаштириш ишлари амалга оширилди.
➡️
Жараёнга
12 та техника ва 80 нафар ишчи
жалб этилди.
🌱
8 гектар майдон
чиқиндилардан тозаланди.
💧
15 километр ариқ, канал ва лотоклар
тозаланди.
🗑
8,3 тонна чиқинди
олиб чиқилди.
🤝
Шаҳримиз озодалигини биргаликда асрайлик!
Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
✅
https://t.me/surxoneko
#ТозаликОйлиги
#ТермизШаҳри
#Сурхондарё

October 19, 13:19
Файлы недоступны
7
2
Открыть в Telegram

🎥
Шерободда «Тозалик ойлиги»: 24 гектар майдон тозаланди
19 октябрь куни Шеробод туманида «Тозалик ойлиги» доирасида
2 та маҳаллада
тозалаш ва ободонлаштириш ишлари амалга оширилди.
➡️
Ишларга
4 та техника
⚠️
ва 56 нафар ишчи
👷‍♂️
жалб этилди.
🌱
24 гектар майдон
чиқиндилардан тозаланди.
💧
3,5 километр ариқ, канал ва лотоклар
тозаланди.
🗑
14 тонна чиқинди
олиб чиқилди.
🤝
Озодаликни асрайлик, маҳалламиз ободлигига ҳисса қўшайлик!
Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
✅
https://t.me/surxoneko
#ТозаликОйлиги
#Шеробод
#Сурхондарё