Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

SURXONDARYO KADASTR

surxonkadastr
Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklari Facebook: https://www.facebook.com/surxonkadastr.maslahatchi/ Instagram: https://www.instagram.com/surxon.kadastr/ Youtube: https://www.youtu
Подписчики
2 807
24 часа
141
30 дней
218
Необычный рост (24 часа)
Просмотры
616
ER
21,95%
Посты (30д)
244
Символов в посте
929
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
Бизнес
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Государственный и публичный сектор
Краткое описание
October 26, 04:46
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qanday ketma-ketlikda amalga oshiriladi?
Ko‘chmas mulkka oid huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazishda
belgilangan ketma-ketlikka rioya qilinadi.
📌
1. Avvalo — yer uchastkasi
Bino, inshoot yoki qurilishi tugallanmagan obyektga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazishdan oldin, ushbu obyekt joylashgan
yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.
🏢
2. Keyin — bino yoki inshoot
Kvartira yoki xona kabi binoning bir qismiga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun avvalo
ushbu bino bo‘yicha huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
🏭
3. Butun korxona bo‘yicha
Korxonaga mulkiy majmua sifatida bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun uning tarkibidagi
yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar avval davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
🔄
4. Huquqning boshqa shaxsga o‘tishi
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganligi, cheklanganligi yoki bekor qilinganligini ro‘yxatdan o‘tkazish ham tegishli huquqning o‘zi
avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin
amalga oshiriladi.
#Kadastr_agentligi
#foydali_ma_lumot
📩
Telegram
📩
Facebook
📩
Instagram
📩
YouTube

October 25, 13:08
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

RASMIY MUNOSABAT
Facebook
ijtimoiy tarmog‘i
Rasul Kusherbayev
nomli foydalanuvchi tomonidan
“Bizni kutishimiz sizlarni ziyonlaringizga”
sarlavhasi ostida
tarqalgan video murojaatga asosan
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
mutaxassislari tomonidan o’rganib chiqib, quyidagilar aniqlandi.
O‘rganish davomida, fuqaro Nazarova Bibinor Malikovna tomonidan uzunligi 10 metr bo‘lgan eski devor buzilib, uni qayta qurish maqsadida poydevor quyilgani, biroq mazkur poydevorning bir qismi qo‘shnisi Axmedova Ozodaxon Ilxomjon qiziga tegishli yer uchastkasi chegarasiga 20 santimetr kirib ketgani aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Nazarova Bibinor Malikovnaning murojaati
2026-yil 29-sentabr kuni
murojaat.gov.uz
elektron tizimi orqali kelib tushgan. Murojaat
Uzun tumani filiali tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilib, 2026-yil 13-oktabr kuni
mahalla raisi hamda mas’ul xodimlar ishtirokida o‘rganish natijalari bo‘yicha tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib
o'rganib chiqilgan.
Biroq fuqaro dastlabki o‘rganish natijalari yuzasidan taqdim etilgan javobdan norozi ekanligini bildirganligi sababli, murojaatda keltirilgan vajlarni yanada chuqur o‘rganish, mavjud holatlarga xolis va qonuniy baho berish maqsadida masalani viloyat boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida qo‘shimcha o‘rganish
zarurati yuzaga kelgan.
Shu munosabat bilan,
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi
O‘RQ-445-son Qonunining
28-moddasida belgilangan tartibga muvofiq, murojaatni ko‘rib chiqish jarayoni yuzasidan fuqaroga tegishli javob taqdim etilgan hamda murojaatni ko‘rib chiqish muddatining uzaytirilgani haqida ma’lum qilingan.
Ayni paytda, murojaatda bayon etilgan holatlarni har tomonlama, xolis va qonuniy o‘rganish maqsadida qo‘shimcha o‘rganish ishlari viloyat boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida amalga oshirilishi, o‘rganish natijalari bo‘yicha esa qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli qo‘shimcha ma’lumotlar taqdim etilishi ta’minlanadi.
📩
Telegram
📩
Facebook
📩
Instagram
📩
YouTube

October 25, 07:33
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

TEZKOR MUNOSABAT
😎
Facebook
ijtimoiy tarmog‘i Rasul Kusherbayev nomli foydalanuvchi tomonidan
“Bizni kutishimiz sizlarni ziyonlaringizga”
sarlavhasi ostida
tarqalgan video murojaatga asosan
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi
mutaxassislari tomonidan o’rganish ishlari olib borilmoqda.
Murojaatdagi holatlar o'rganilib yakuni bo'yicha batafsil ma'lumot taqdim etilishi ta'minlanadi.
📩
Telegram
📩
Facebook
📩
Instagram
📩
YouTube

October 25, 06:59
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

🦅
BAYRAM MUBORAK
♻️
Bugun, 25 oktyabr - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni
♻️
Hurmatli tinchligimiz posbonlari! Sizlarni Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni bilan muborakbod etamiz. Barchangizga mustahkam salomatlik, oilaviy baxt va tinchlik tilaymiz!
Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati:
Telegram
|
Facebook
|
Instagram
|
YouTube

October 24, 09:25
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
📣
DIQQAT, EʼLON
🟢
Hurmatli Termiz tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari
❗️
➡️
Aholining
⭐️
Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Surxondaryo viloyati, Termiz tumani
aholisi uchun joriy yilning 2
7-oktyabr kuni
sayyor qabul hamda ochiq muloqot o‘tkaziladi.
➡️
Sayyor qabul
🌟
Kadastr agentligi va
🌟
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Termiz tumani bo'lim, filiali rahbariyati boshchiligida bo‘lib o‘tadi.
📍
Manzil: Termiz tumani, Qoraxon MFY binosida
.
🕙
Boshlanish vaqti soat 16:00 da.
☎️
Murojaat uchun telefon:
+998 93 769-86-86
📩
Telegram
📩
Facebook
📩
Instagram
📩
YouTube

October 23, 14:24
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
#kadastr_axboroti
QO‘SHNINGIZ BILAN YER TALASHIB QOLDINGIZMI?
🔅
Yer chegarasi sabab qo‘shnilar o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqishi mumkin. Uy qurishda esa kichik o‘lchov xatosi ham katta muammolarga sabab bo‘ladi.
✅
Bunday vaziyatlarda topografik o‘lchovlar muhim ahamiyatga ega. Ular yer maydoni, uning chegaralari, bino va boshqa obyektlarning joylashuvini aniqlashga yordam beradi.
Lekin topografiya faqat yer o‘lchash va qurilish uchun kerak, deb o‘ylasangiz, adashasiz!
⏺
Taksi haydovchisi manzilingizni qanday topadi?
⏺
Kuryer buyurtmangizni qanday yetkazadi?
⏺
Xarita sizga manzilga boradigan yo‘lni qanday ko‘rsatadi?
Bularning barchasida hududlar va obyektlarning joylashuvi haqidagi aniq ma’lumotlar muhim o‘rin tutadi.
🔵
Bugungi kunda zamonaviy o‘lchov qurilmalari, dronlar va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari yordamida hududlar o‘rganilib, aniq ma’lumotlar shakllantirilmoqda. Bu qurilish ishlarini rejalashtirish, hududlardan oqilona foydalanish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olishga xizmat qiladi.
🗺
Topografiya — aniq o‘lchovlar, to‘g‘ri rejalashtirish va ishonchli ma’lumotlar asosi!
📶
Website
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube
|
📱
Facebook

October 23, 14:24
Файлы недоступны
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
#кадастр_информирует
ПОССОРИЛИСЬ С СОСЕДОМ ИЗ-ЗА ЗЕМЕЛЬНОГО УЧАСТКА?
Споры о границах земельных участков могут стать причиной серьёзных разногласий между соседями. А при строительстве даже небольшая ошибка в измерениях способна привести к большим проблемам.
✅
В таких ситуациях важную роль играет топография. Она помогает определять характеристики местности, расположение зданий, дорог и других объектов.
Но если вы думаете, что топография нужна только для измерения земли и строительства, вы ошибаетесь!
⏺
Как водитель такси находит ваш адрес?
⏺
Как курьер доставляет заказ?
⏺
Как карта показывает дорогу к нужному месту?
🔵
Во всех этих случаях важны точные сведения о местоположении территорий и объектов.
Сегодня для изучения местности используют современные измерительные приборы, беспилотники и данные спутников. Это помогает точнее планировать строительство, рационально использовать территории и предотвращать возможные проблемы.
🗺
Топография — основа точных измерений, грамотного планирования и достоверных данных!
📶
Website
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube
|
📱
Facebook

October 23, 13:59
Файлы недоступны
8
2
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
NIZOLARNI SUDGA QADAR HAL QILISH KOMISSIYASI FAOLIYATIDAN
🌟
Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasida
“Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish"
komissiyasi
faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
💬
Ariza hamda shikoyatlarni
ko‘rib chiqishda:
✅
teng huquqlilik, xolislik, qonuniylik, huquqni qo‘llash amaliyotining bir xilligini ta’minlash;
✅
murojaat etuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish tamoyillariga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
#Kadastr
#komissiya
📩
Telegram
📩
Facebook
📩
Instagram
📩
YouTube

October 23, 12:59
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
KADASTR ATAMALARI
🧭
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning cheklanishi -
bitimlarda, qonunchilik hujjatlarida belgilanadigan yoki vakolatli organ tomonidan belgilanadigan, ko‘chmas mulkka egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish imkonini cheklaydigan shartlar, shuningdek ko‘chmas mulkning mulkdori bo‘lmagan shaxslarning (garovga oluvchilarning, ijarachilarning, kreditorlarning va boshqalarning) ushbu ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulkiy huquqlari.
📩
Telegram
📩
Facebook
📩
Instagram
📩
YouTube

October 23, 12:00
Файлы недоступны
1
1
Открыть в Telegram

🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
🇺🇿
#kadastr_izohlaydi
TOPOGRAFIYA NIMA VA U NIMA UCHUN KERAK?
✅
Topografiya
— yer yuzasining relyefi, shakli va undagi tabiiy hamda sun’iy obyektlarning joylashuvini o‘rganuvchi soha. Uning ma’lumotlari hududning topografik xarita va rejalarini tuzish, qurilish ishlarini loyihalash hamda kadastr ishlarini amalga oshirishda qo‘llaniladi.
___
ЧТО ТАКОЕ ТОПОГРАФИЯ И ДЛЯ ЧЕГО ОНА НУЖНА?
✅
Топография
— это область, изучающая рельеф и форму земной поверхности, а также расположение на ней природных и искусственных объектов. Данные топографических измерений используются для составления карт и планов, изучения особенностей местности и планирования использования земельных участков.
___
WHAT IS TOPOGRAPHY AND WHY IS IT IMPORTANT?
✅
Topography
is the study of the shape and relief of the Earth's surface, as well as the locations of natural and man-made features. Topographic survey data are used to create maps and plans, assess terrain characteristics, and plan land use.
📶
Website
|
📱
Telegram
|
📱
Instagram
|
📱
YouTube
|
📱
Facebook