Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Shunchaki...

suvaydo
Muallifning yozuvchilikka da'vogarligi yo`q. Barcha hikoyalar - ko'rgan-kechirganlari asosidagi xayolot mahsuli, xulosalari, ijod, ta'bir joiz bo'lsa. Shunchaki yozilgan deb hisoblang-u shunchaki o'qing.. hurmat bilan Zulfiya_R
Подписчики
2 064
24 часа
11
30 дней
6
Просмотры
762
ER
36,92%
Посты (30д)
29
Символов в посте
678
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
35-44
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 27, 16:51

Nikohdagi chetdan qaraganda eng xunuk ko‘rinadigan holat bu — erkakning arazlashi bo‘lsa ajab emas. Xotinidan arazlaydigan, kunlab, haftalab gaplashmasdan yuradigan erkak hissiy kamolotga yetmagan bo‘ladi. Bu juda muhim jihat. Erkak nimadandir norozi bo‘lsa…

October 27, 16:50

Nikohdagi chetdan qaraganda eng xunuk ko‘rinadigan holat bu — erkakning arazlashi bo‘lsa ajab emas. Xotinidan arazlaydigan, kunlab, haftalab gaplashmasdan yuradigan erkak hissiy kamolotga yetmagan bo‘ladi. Bu juda muhim jihat. Erkak nimadandir norozi bo‘lsa buni tushuntirishi, xafa bo‘lsa ifodalashi, ranjisa izhor qilishi, eng muhimi xotini bilan xotirjam o‘tirib gaplashishi lozim. Aslo arazlab, jim bo‘lib olishi kerak emas.
Turmushga chiqmagan qizlar, agar yigitingiz yoki qaylig‘ingiz shunaqa arazchi bo‘lsa, sizga erkakcha maslahatim unday yigitdan Bred Pitning ukasi bo‘lsa ham voz keching. Aks holda ertaga to‘ydan keyin uning noozik ko‘nglini topaman deb umringiz o‘tib ketadi.
Hissiy jihatdan yetuk erkakning oilasida urush bo‘lmaydimi? Yo‘q, bo‘ladi. Urushsiz, konfliktsiz, mojarosiz oila bo‘lmaydi. Biroq chinakam erkak uylanayotganda g‘ururini oiladan tashqarida qoldiradi, arazni xayoliga ham keltirmaydi. O‘zaro urushdan keyin er-xotin o‘tirib, xatolar va kamchiliklarni obyektiv muhokama qilib, har ikki tomon ham ayblarni tan olib, endi nima qilish yoki qilmaslik kerakligini kelishib olsa, aksincha, konfliktlar oilaning mustahkamlanishiga xizmat qilgan bo‘ladi. Er arazlab oladigan bo‘lsa konflikt oila ildiziga tushgan qurtdek, uni tubdan kemiradi.
Ayolchi? Ayol arazlasa bo‘ladimi? Bo‘ladi! Ularga VIP!
@birkunimen

October 26, 13:45

https://youtu.be/jUtP63hrT14?si=1MhxNP5rUoLucc15

October 26, 13:45

https://youtu.be/jUtP63hrT14?si=1MhxNP5rUoLucc15

October 23, 16:59

#mulohaza
Bir qadrdonim bo'lardi. Hazilkash, o'ziga ishonchi baland, mehribon. Uni opamday ko'rardim, chunki mendan ikki yosh katta edi va menga doim g'amxo'rlik qilardi. Maishiy, hayotiy masalalarda ko'p narsa o'rgatgandi...
Uni salkam 30 yil izladim, hech qidirib topolmasdim, oxiri nasib qildi diydor...
Ammo men tanigan O'sha insondan asar ham qolmagan edi: yelkasini qisib yuradigan, o'ziga umuman ishonmaydigan, hadeb omadsizligi va hech nimaga erishmaganini takrorlayveradigan..boshqa odam edi u..
***
Bir ustozimiz bo'lardi. So'zamol, g'oyat go'zal nutq so'zlaydigan, darsni qiziqarli o'tadigan... U gapirganida hammamiz ahliyo bo'lib qolardik, u men ko'rgan adabiyot ustozlarining ichida eng g'aroyibi edi. Dars tugagach chiqib ketayotib: "Yaxshi qolinglar, mening ruhim qo'llasin sizlarni!" deb chiqib ketardi sinfxonadan.
Boshqa darsdan qochib, o'sha ustoz o'qitayotgan xonaga bosh suqardik: "Biz ham kirib o'tirsak maylimi?"-deb va shunda u bosh irg'ab ko'tarinki ohangda:
- Kiraveringlar, quyoshga farqi yo'q uning nuridan necha kishi bahramand bo'layotganining" - derdi.
O, biz naqadar mahliyo bo'lardik Domlaning gaplariga!
Ularni ham yillar o'tib 1-may - Favvoralar kunida uchratib qoldim. Bolalik xotiralari jonlanib biroz hayajon bilan oldiga bordim:
- Assalomu alaykum, Domla! Siz bizga falon joyda dars bergansiz, o'quvchingizman!
- Haa, shunaqami, dedi domla yuzimga hardamxayollik bilan qarab. Tabiiyki, meni eslay olmadi. Qarshimda yuzida keksalik va kasallik alomatlari charchoqqa qorishgan notanish bir inson turardi.
***
O'g'lim bolaligi o'tgan mahallaga olib borganimizda oldiniga bir entikib qo'ydi, keyin allaqachon boshqa odamlar yashayotgan uyimizga kirib hayratlandi, xonama-xona yurib qidirganini topolmaganday hafsalasi pir bo'ldi. Ko'chaga chiqib bolalik o'rtoqlarining oldiga bordi. Tez qaytdi.
Mashinada kelayotganimizda esa:
- Bekor boribman, yaxshi xotiralarim bor edi, ularni yo'qotdim, - dedi. - O'rtoqlarim ham begonaday, nimani gaplashishni bilmadim, uyimiz ham g'alati..
Xullas, nima demoqchiman, xotiramizdan ajoyib hodisa, maskan, shaxs sifatida joy olganlarni o'shandayligicha qoldirgan ma'qul ekan.
IMHO
@suvaydo

October 23, 07:39

#kayfiyat
Qaysi kanal yangi alifboga o'tib olganini ko'rsam, o'sha kanaldan chiqib ketyapman o'qiyolmay..
Ko'zni o'rgatish kerak vaholanki..
@suvaydo

October 23, 07:37
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Ob-tobidagi ob-havo
Kuniga necha marta ob-havoga qiziqamiz? Ertalab telefondan, kechqurun televizordan tekshirib qoʻyamiz.
Havo
– tanish soʻz. Lekin
ob
nima degani? Forschadan oz-moz xabari bor odam uning maʼnosini biladi
–
suv
degani.
Ob-havo
soʻzma-soʻz
suv va havo
mazmunini beradi. Juftning yarmi forschadan, yarmi arabchadan kelgan.
Ob
ni yakka holda bugun deyarli ishlatmaymiz. Bu soʻz forschadan kirgan yaxlit atamalar ichida yashab qolgan:
obihayot
–
hayot suvi
,
obirahmat
–
xayr-baraka suvi
, yaʼni yomgʻir. Yigʻi-sigʻi, koʻzyosh qilish maʼnosidagi
obidiyda
ham forscha
suv
va
koʻz
soʻzlaridan tuzilgan –
koʻz suvi
degani.
Biror ish yoki narsa pishib yetilsa,
ob-tobi
ga keladi. Bu soʻzning boshida ham oʻsha
suv
turibdi. Oldin suv bilan ishlagan, suv kuchi bilan yurgizilgan sholi oqlovchi qurilmalar boʻlgan, ular
objuvoz
deyilgan. Hozir ular elektr bilan ishlaydi, lekin nomida
suv
maʼnosi qolib ketgan.
Suv
deganda odamning xayoliga serobchilik, moʻl-koʻlchilik keladi. Hatto
serob
soʻzining tomirlarida ham suv oqadi, uning lugʻaviy maʼnosi –
suvi koʻp
.
Ob
soʻzi tilimizga chuqur singib ketganidan baʼzan ortiqcha qoʻllab yuborganimizni ham sezmaymiz. “Suv bu – obihayot” deymiz. Aslida bu gapimiz bilan “Suv bu – tiriklik suvi” degan boʻlamiz. Ammo u xato emas. Chunki bunday ifoda allaqachon gʻalati mashhurga aylanib ulgurgan. Gʻalati mashhur
nima ekanini
esa bilasiz.
👉
Toʻliq oʻqish
@oriftolib
|
Sahifalarimiz

October 22, 17:19
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

Осень больше не теплая, а вполне уже настоящая, холодная, сопливая. Уже и зима не за горами, очередь у моего кабинета наполняется людьми с различными респираторными заболеваниями, у которых только два вопроса: как открыть больничный лист и что пропить. Собственно на второй вопрос я и хочу дать ответ в своем ролике в виде тир - листа противовирусных. Всем здоровья!

October 22, 05:09

#kun_xulosasi
Pul saqlash, to'plash uchun hech bir bank, hech bir ilovaga ishonmaslik kerak ekan.
Ota - bobolarimiz bejiz tillani xumga solib yerga ko'mmagan ekan..
@suvaydo

October 22, 04:53

#ona_tilim
Kecha, 21-oktabr kuni Prezident o‘zbek lotin alifbosini takomillashtirishga oid qonunni imzoladi.
Unga ko‘ra, to‘rtta harfning yozilishi quyidagicha o‘zgaradi: O‘ o‘ o‘rniga Ö ö, G‘ g‘ o‘rniga Ğ ğ, Sh sh o‘rniga Ş ş hamda Ch ch o‘rniga Ç ç yoziladi.
Qonun 2027-yil 22-apreldan kuchga kiradi.
Kamina qo'lda matn yozguday bo'lsam, haliyam kirill ishlataman, shunday ekan, kanalim nomini shartta
"Şunçaki"
deb o'zgartirib oladi deb kutmang.
Shundoq ham lotin harflarini deb kitob o'qish tezligim tushgan, shuning uchun mabodo do'kondan kitob xarid qilsam, hali ham kirill alifbodagisini tanlayman.
Yangi harflar ko'zimga sanchilyapti.
Shuncha odam indamay qabul qilaverdik-a yana bitta alifboni..
Qiyin-qiyin kimga qiyin? O'qituvchigaaa!!
Marhamat qilib, imlo qoidalarini ham yangilashsin endi..
@suvaydo