Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

talabauz
Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal ▪️ Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki! Reklama uchun 👉 @Reklama_TalabaUz Savol, taklif va muommolar uchun: 👉 @NodirUz
Подписчики
6 110
24 часа
30 дней
-60
Просмотры
1 277
ER
20,9%
Посты (30д)
2
Символов в посте
718
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
May 13, 05:32

Ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar qanday hujjat topshiradi?
O'tgan yilgi qabuldan boshlab, ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar ham avval imtihon topshirib, keyin yo'nalish tanlash imkoniga ega bo'lsihgan.
Bu turdagi abituriyentlarga ham ruxsatnomalar berish joriy qilingan edi.
Ruxsatnomada abituriyent haqidagi ma’lumotlardan tashqari
imtihon haqidagi ma’lumotlar
ham mavjud bo‘ladi. Ya’ni, unda kasbiy (ijodiy)
imtihon o‘tkaziladigan
:

yo‘nalish;

oliy ta’lim muassasasi nomi;

manzil;

sanasi va vaqti aniq ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Eslatib o'tamiz, qabul 5-iyundan boshlanishi kerak.
🎓
Talaba.uz
rasmiy kanali
👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

May 13, 03:41
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

"Nolish" so'zini lug'atdan o'chiring!
🎭
Odamlar sizni
kuchli, ijobiy fikrlovchi va energiyaga boy shaxs
deb bilishsin.
❗️
Doim noliydigan, har narsada maydalashib yomonlik qidiradigan insonlar o'zidan boshqalarni nari ketishiga sabab bo'ladi va kamdan kam holda yutuqqa erishadilar.
Ruhan kuchli bo'lsangiz, yo'lingizda uchragan hech bir qiyinchilik sizni orqaga qaytara olmaydi. Nima xohlashingizni tasavvur qiling va buni ro'yobga oshishiga qattiq ishoning va u albatta amalga oshadi.
🎓
Talaba.uz
rasmiy kanali
👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

April 20, 11:30
Файлы недоступны
3
Открыть в Telegram

Talabalar qachon akademik ta’til olishi mumkin?
🎓
Talaba.uz
rasmiy kanali
👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

April 17, 11:00
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari kunlari e'lon qilindi
2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari kunlari e'lon qilindi.
🔹
9-sinf — majburiy fanlar:
• Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 1-iyun
• Matematika — 4-iyun
• O'zbekiston tarixi — 8-iyun
• Jismoniy tarbiya — 1–6-may
🔹
11-sinf — majburiy fanlar:
• Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 2-iyun
• Matematika (Asosiy / Chuqurlashtirilgan) — 5-iyun
• O'zbekiston tarixi — 9-iyun
🔹
11-sinf — tanlov fanlar (barcha bitiruvchilar uchun majburiy):
• Fizika, Kimyo, Biologiya, Geografiya, Davlat huquq asoslari, Ona tili va adabiyoti (qardosh tillar), Chet tili — 12-iyun va 15-iyun kunlari bo'lib o'tadi.
O'quvchi 2 ta tanlov fan tanlaydi: 1-fan 12 iyunda, 2-fan 15-iyunda o'tkaziladi.
🎓
Talaba.uz
rasmiy kanali
👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

April 17, 06:05

⚡️
Hodim ishdan bo‘shatilganda 2 oylik o‘rtacha ish haqi saqlanadi

Xodim quyidagi asoslar bo‘yicha
ishdan bo‘shatilganda ish qidirish davrida 2 oygacha o‘rtacha oylik ish haqi
saqlanib qolinadi:
▫️
xodim yangi mehnat shartlari asosida
ishlashni davom ettirishni rad etganda
;
▫️
xodim ish beruvchi bilan ishlash uchun
boshqa joyga ko‘chishni rad etganda
;
▫️
xodim tibbiy xulosaga muvofiq sog‘lig‘i ko‘taradigan boshqa ishga o‘tishni rad etgada yoki
ish beruvchida tegishli ish bo‘lmaganda
;
▫️
xodimlar soni yoki
shtatlar qisqarganda
;
▫️
tashkilot
tugatilganda
;
▫️
xodim
malakasi yetarli bo‘lmaganda
;
▫️
shu ishni
ilgari bajarib kelgan xodim
ishga tiklanganda;
▫️
sudning
tashkilotni tugatishga oid qarori kuchga kirganda.
🎓
Talaba.uz
rasmiy kanali
👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

April 16, 04:55
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

3ta cho'pni almashtirib eng kichik sonni hosil qiling.
Javobni commentda qoldiring.
🎓
Talaba.uz
rasmiy kanali
👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

April 14, 03:24

⚡️
Kelgusi yildan magistraturaga kirishda yana imtihonlar joriy qilinadi
2027/2028-o‘quv yilidan boshlab
magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni qabul qilishda
mutaxassislik fanlaridan imtihon
shaklini belgilash vakolati oliy ta’lim tashkilotining o‘ziga
berilmoqda.

Bu nima degani?
Hozirda magistraturaga kirishda hech qanaqa imtihon topshirilmaydi. Faqat diplom bali va til sertifikati darajasiga qaraladi.
Kelasi yilda esa oliygohlarning o‘ziga
mutaxassislik fanidan
imtihonni qanaqa olishni o‘zi belgilash huquqi berilmoqda. Kimdir xohlasa, yana imtihonni qaytaradi, kimdir xohlasa, hozirgi tizimda qoladi.
Imtihon shaklini
ham o‘zi belgilaydi, masalan, kimdir og‘zaki suhbatni tanlaydi, kimdir yozma imtihonga o‘tadi, kimdir test shaklini ma’qul ko‘radi.
OTM rektorlari bundan korrupsiya yo'lida foydalanishmaydi deb umid qilamiz!
🎓
Talaba.uz
rasmiy kanali
👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

April 13, 10:20

⚡️
Tibbiyot yo’nalishida super-kontrakt bekor qilinmoqda
Muhokamaga qo’yilgan qaror loyihasiga ko’ra,
2026/2027-o‘quv yilidan
boshlab tibbiyot oliygohlariga
super-kontrakt asosida
o‘qishga kirish mumkin bo‘lmaydi.
Shuningdek, tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlarida
minimal o‘tish balli
70 foiz
(
132,3 ball)
etib belgilanadi. Hozirda minimal o‘tish balli barcha yo‘nalishlar kabi
30 foizni (56,7 ball)
tashkil etadi.
Ya'ni tibbiyot oliygohiga kirishni maqsad qilgan abituriyent kontraktga “ilinish” uchun kamida
132,3 ball
to‘plashi kerak bo‘ladi.
🎓
Talaba.uz
rasmiy kanali
👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

April 13, 03:15

⚡️
Davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha vakolatlar berilmoqda
Farmonda davlat oliy taʼlim tashkilotlariga quyidagi
qoʻshimcha vakolatlarni berish
nazarda
tutilmoqda:
🔹
davlat oliygohining
prorektorlarini
(mahalliy oliygohining filiali direktor oʻrinbosarlarini) oliy taʼlim tashkiloti
rektori tomonidan lavozimga tayinlash;
🔹
oʻz tizimidagi
ilmiy-tadqiqot, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari
rahbarlari,
akademik litseylar
direktorlarini
lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish
;
🔹
kafedralar shtat birliklari hamda professor-oʻqituvchilar
oʻquv yuklamasining minimal miqdorlarini
belgilash;
🔹
2027/2028-oʻquv yilidan boshlab
magistratura mutaxassisliklariga talabgorlarni qabul qilishda
mutaxassislik fanlaridan imtihon shaklini belgilash
;
🔹
oʻqishi koʻchirilgan, qayta tiklangan, akademik mobillikdan qaytgan talabalarning oʻzlashtirilgan
kreditlarni tan olish, aniqlangan farqlarni topshirish
tartibini belgilash;
🔹
xorijiy fuqarolarni
oʻqishga qabul qilish shartlari va muddatlarini belgilash
, ularga byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan
grant kvotalarini ajratish va stipendiya belgilash
;
🔹
chet el fuqarolari uchun
kontrakt toʻlovlari
boʻyicha
chegirmalar berish
;
🔹
xalqaro reyting tashkilotlari bilan
oliygohni xalqaro reytingga kiritish boʻyicha
xizmatlar koʻrsatish uchun
toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish
.
🎓
Talaba.uz
rasmiy kanali
👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi

April 13, 03:14

⚡️
Bakalavriatni xorijiy tilda yakunlagan talabalar magistraturaga sertifikatiz qabul qilinad
i
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi negizida
Oliy taʼlimni rivojlantirish va global hamkorlik markazi
tashkil etiladi.
🧾
Davlat OTMning
bakalavriat
taʼlim yoʻnalishlariga ajratilgan
grant kvotalarining toʻlmay
qolgan qismi hisobidan
har yili 500 nafargacha
iqtidorli chet el fuqarolariga grant
(oʻqish xarajatini qoplash va maxsus stipendiya)
berishni nazarda tutuvchi
“Yangi Oʻzbekiston stipendiyasi”
dasturi
amalga oshiriladi.
📝
2026/2027 oʻquv yilidan boshlab
xorijiy talabalarni o‘qishga qabul qilish
“Study in Uzbekistan” platformasi
orqali yoʻlga qoʻyiladi. Bunda, qabul shartlari va tartibi
oliy taʼlim tashkiloti tomonidan mustaqil
belgilanadi.
🔅
Shuningdek, taʼlim dasturini
xorijiy tilda yakunlagan talabalar taʼlimning keyingi bosqichi uchun
hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish toʻgʻrisidagi
sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi
.
🎓
Talaba.uz
rasmiy kanali
👇
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi