Выберите регион
и язык интерфейса
Покажем актуальные для региона
Telegram-каналы и возможности
Регион
avatar

Ta'lim Huquqi

talim_huquqi
Murojaat uchun: @Talim_huquqibot
Подписчики
2 689
24 часа
—
30 дней
1 327
Просмотры
735
ER
27,33%
Посты (30д)
23
Символов в посте
916
Инсайты от анализа ИИ по постам канала
Категория канала
EDОбщее образование и новости
Пол аудитории
Женский
Возраст аудитории
25-34
Финансовый статус аудитории
Средний
Профессии аудитории
Образование
Краткое описание
October 28, 16:58

❓
Farzandimning öqişini boşqa maktab(sinf)ga köçiriş tartibi qanday?
✅
JAVOB:
Ota-ona (qonuniy vakil) öz xohişiga köra öquv yili davomida yoki öquv yili tugaganidan söng farzandining öqişini bir umumta’lim maktabidan (sinfdan) boşqasiga köçirişi mumkin. Xizmat har yili
1-avgustdan 25-mayga qadar
körsatiladi.
1️⃣
Röyxatdan ötiş
— ariza beruvçi
my.gov.uz
yoki
my.maktab.uz
portalida röyxatdan ötadi;
2️⃣
Sörovnomani töldiriş
— portal orqali elektron sörovnoma mustaqil töldiriladi:
qarindoşlik darajasi, ta’lim tili, köçiriladigan sinf va maktab hamda köçiriş sababi
kiritiladi (şaxsiy ma’lumotlar va yaşaş manzili “Elektron hukumat” tizimi orqali avtomatik olinadi, manzil farq qilsa,
Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimiga
murojaat qilinadi);
3️⃣
Tasdiqlaş
— kiritilgan ma’lumotlar tekşirilib, sörovnoma tasdiqlanadi va
avtomatik tarzda maktabga yuboriladi
;
4️⃣
Körib çiqiş
— maktab sörovnomani
3 iş kunida
körib çiqadi va ruxsat beriş yoki sababi körsatilgan holda rad etiş töğrisida qaror çiqaradi, natija portal orqali yuboriladi;
5️⃣
Hujjatlarni topşiriş
— ruxsat berilgaç,
3 kun içida
farzand öqiyotgan maktabdan
bolaning soğligi töğrisida tibbiy ma’lumotnoma va öquvçining baholar (özlaştiriş) tabelining asl nusxasi
(hozirda tabel elektron şaklda yuritilayotgan bölişi mumkin, şu sababli uni maktabdan aniqlaştiriş tavsiya etiladi)
olinib, yangi maktabga topşiriladi.
❌
Köçiriş
faqat ikki holatda
rad etilişi mumkin —
qabul qilinadigan sinfda böş örinlar bölmasa
yoki
sörovnomada notöğri ma’lumotlar körsatilgan bölsa
. Boşqa holatlarda rad etiş mumkin emas. Rad etilgan taqdirda,
avvalgi ariza raqamini körsatib
, kamçiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qiliş mumkin.
ℹ️
Şuningdek, köçirilgan öquvçi yangi maktabga
10 kun içida
sababsiz yoki xabar bermasdan darslarga kelmasa, maktab direktori ota-onalarni, mahalla fuqarolari yiğinini, bolalar masalalari böyiça tuman (şahar) komissiyasini va öquvçi ilgari öqigan maktab direktorini yozma ravişda ogohlantiradi hamda öquvçini darslarga jalb etiş çoralarini köradi.
🎓
@Talim_huquqi

October 27, 07:21
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 22, 13:49

⚡️
Takomillaştirilgan özbek alifbosi uçun bepul servis işga tuşirdi
📑
Matnlarni
kirill, lotin
va
yangi lotin yozuvi
örtasida tez va oson ögiriş mumkin. Foydalanuvçilar yuklagan
matn
va
fayllar
serverda saqlanmaydi.
Undov.uz
saytidan foydalaniş mutlaqo bepul.
🎓
@Talim_huquqi

October 21, 11:19
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Ta'lim va ilm-fan vaziri Turdimovga istisno tariqasida Vazirlikning markaziy apparatiga 2027-yil 1-fevralga qadar xodimlarni to'g'ridan-to'g'ri suhbat asosida ishga qabul qilish vakolati berildi
!
🎓
@Talim_huquqi

October 21, 03:21

⚡️
Davlat oliygohlari rektorlari 5 yillik shartnoma asosida ishlaydigan bo’ladi
2027-yil 1-yanvardan
boshlab davlat oliy ta’lim tashkilotlari rektorlari va filial direktorlari 5 yillik mehnat shartnomasi asosida ishlash tartibiga o‘tkaziladi.
Bunda Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan taqdim etilgan nomzodlar kelgusi
5 yil
uchun o‘z strategik rejalarini himoya qiladi hamda munosib topilgan nomzod bilan shartnoma imzolanadi. Muddat yakunlangach,
shartnomani uzaytirish yoki bekor qilish masalasi
belgilangan rejalar qay darajada bajarilganiga qarab hal etiladi.
🎓
@Talim_huquqi

October 20, 16:01
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

October 18, 07:15

⚡️
Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi
Amaldagi tartibga
ko‘ra
, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining kuzgi ta’tili
4-noyabrdan boshlanadi
va
9-noyabrga qadar
davom etadi.
🗓
II chorak dars mashg‘ulotlari
10-noyabrdan
boshlanadi.
🎓
@Talim_huquqi

October 16, 05:03
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Pedagoglarning kontraktda o‘qiyotgan farzandlariga beriladigan
30 foizlik chegirmaga
ariza berish bo‘yicha
videoqo‘llanma
☝️
Ushbu videoqo‘llanmada ariza topshirish jarayoni bilan tanishishingiz
mumkin
.
⚡️
Pedagoglarning farzandlari uchun beriladigan 30 foiz chegirma haqida ayrim ma’lumotlar.
BATAFSIL
…
🎓
@Talim_huquqi

October 16, 03:15
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Pedagoglarning farzandlari uchun beriladigan 30 foiz chegirma haqida ayrim ma’lumotlar
✅
Chegirma faqat
DAVLAT
oliygohida
KUNDUZGI
ta’limda o‘qiyotgan talabalar
uchun beriladi
;
👥
Chegirma
har bir farzand uchun alohida
qo‘llanadi. Demak, bir necha farzand kontraktda o‘qisa, barchasi uchun alohida 30 foizlik chegirma beriladi.
📝
Chegirma olish uchun
kontrakt.edu.uz
orqali ariza yuborish kerak.
Ariza 2 ish kunida ko‘rib chiqiladi
va pedagogning farzandi ekanligi tasdiqlangach, chegirma avtomatik qo‘llanadi.
❌
Quyidagilarga chegirma berilmaydi:
🚫
oliy
harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim tashkilotlari
uchun;
🚫
nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari
uchun;
🚫
O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan
xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari
uchun;
🚫
qo‘shimcha va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt uchun;
🚫
xorijiy hamkor OTMlarning qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlari uchun;
➖
kechki
,
masofaviy
hamda
sirtqi
ta
’
lim shakli uchun.
🔁
Pedagog farzandlariga chegirma
o‘quv yili uchun bir marotaba
qo‘llaniladi. Demak, har yili qaytadan chegirma olish mumkin.
❗️
Pedagog farzandlarining otasi yoki onasi
pedagog toifasidan chiqarilgan taqdirda
,
keyingi o‘quv yilidan
boshlab unga chegirma qo‘llash to‘xtatiladi.
Ayrim savollarga javoblar:
❓
Pedagog deganda kim tushuniladi o‘zi?
Javob:
Adliya vazirligi tomonidan 2026-yil 9-iyunda 3849-raqami bilan
ro‘yxatdan o‘tkazilgan
Pedagogik
faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatida465 ta
lavozim nomi tasdiqlangan. Ushbu 465 ta lavozimda kim bo‘lsa, o‘shaning farzand(lar)i uchun 30 foizlik chegirma beriladi.
❓
Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tarbiyachilar uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?
Javob:
Ha, qo‘llanadi. Bog‘cha tarbiyachilarining kontraktda o‘qiyotgan farzandlari uchun ham 30% chegirma qo‘llanadi.
❓
Oliygohlardagi tyutorlarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?
Javob:
yo‘q, tyutorlar ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi.
❓
O‘quv markazlaridagi o‘qituvchilarning farzandlari uchun ushbu qaror qo‘llanadimi?
Javob:
yo‘q, o‘quv markazlari ro‘yxatdan mavjud emasligi sababli ularning farzandlariga chegirma berilmaydi.
❓
To‘liq bo‘lmagan grantda o‘qiyotgan (50% davlat granti, 50% kontrakt) talabaning kontrakt summasi uchun ham chegirma beriladimi?
Javob:
ha, chegirma beriladi. 50% kontrakt qismi uchun 30% chegirma qo‘llanadi.
❓
Qaror chiqqunga qadar 2026/2027 o‘quv yili uchun to‘liq yoki qisman kontrakt to‘lovini to‘lab qo‘yganlar uchun chegirma qanday hisoblanadi? Ortiqcha to‘langan summa qaytariladimi yoki keyingi yil hisobi uchun o‘tkaziladimi?
Javob:
ha, to‘lab qo‘yganlar uchun ham chegirma qo‘llanadi va ortiqcha to‘langan summani istasa qaytarib olishi, istasa kelasi o‘quv yili uchun o‘tkazib yuborishi mumkin.
❓
Pedagog xususiy ta’lim tashkilotida ishlasa ham chegirma beriladimi yoki faqat davlat ta’lim tashkilotida ishlashi kerakmi?
Javob:
xususiy ta’lim tashkilotida, masalan, xususiy oliygoh, xususiy maktab yoki xususiy bog‘chada ishlayotgan pedagoglarning farzandlari uchun ham 30% chegirma beriladi.
🎓
@Talim_huquqi

October 14, 10:53
Файлы недоступны
1
Открыть в Telegram

⚡️
Talabalarni mehnat faolyati bo’yicha ayrim savollarga javoblar
❓
Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talaba asosiy ish joyida to‘liq 1 stavkada ishlashi mumkinmi?
❓
Amaldagi mehnat qonunchiligida talabaning kunduzgi ta’limda o‘qishi va bir vaqtning o‘zida to‘liq stavkada mehnat faoliyatini amalga oshirishiga nisbatan qandaydir cheklovlar mavjudmi?
☝️
Ushbu savolga ekspert, Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi, advokat Muhammadamin Karimjonov javob beradi.
🎓
@Talim_huquqi