
Ta’lim yangiliklari
“Kelajak markazi” — iqtidorli yoshlar uchun imkoniyatlar maskani
Bugun Xorazm viloyatidagi “Kelajak markazi” faoliyati bilan yaqindan tanishib, yoshlarimizning g‘ayrati va yuksak intilishidan katta taassurot oldim. Markazda tashkil etilgan zamonaviy to‘garaklar va o‘quv jarayonlari o‘g‘il-qizlarimizning nafaqat bilim olishi, balki aniq maqsadlar sari qat’iy qadam tashlashi uchun haqiqiy imkoniyat maydoniga aylanganiga guvoh bo‘ldim.
Iqtidorli yoshlarimiz bilan kechgan samimiy muloqotda ularning kelajak rejalari va yangi g‘oyalarini tinglab, tizimdagi islohotlarimiz o‘z mevasini berayotganini yana bir bor his qildim. Bunday izlanuvchan va bilimga tashna yoshlar bor ekan, oldimizga qo‘ygan marralarimizga albatta erishamiz — biz ularning har bir tashabbusini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz.
✉️
Telegram
📱
Instagram
🗳
Facebook
“
Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir”
📍
Yangiyo‘l tumani umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari
tashabbusi bilan
“Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir”
shiori ostida chellenj tashkil etildi.
Ⓜ️
azkur chellenjning
asosiy maqsadi
milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, o‘quvchilar qalbida
Vatanga muhabbat
, an’ana va
urf-odatlarimizga
hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. .
@YangiyolTMMTB
“Menimcha” teleloyihasi
ning ushbu sonida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Xalq qabulxonalari faoliyati yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilish hamda Xalqaro ayol sudyalar kuni mavzulari tahlil qilinadi.
Ko‘rsatuvni bugun,
14-mart
kuni soat
20:10 da
“O‘zbekiston 24” telekanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Ertaga,
15-mart
kuni soat
12:20 va 17:20 da
takroran namoyish etiladi.
Facebook
|
Instagram
|
X
#sayyor_qabul
✅
Xabar qilinganidek,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimovaning Urganch shahridagi 5-umumtaʼlim maktabda “Sayyor qabuli” boʻlib oʻtdi.
➖
Unda viloyatdagi taʼlim sohasi masʼul xodimlari, ota-onalar, taʼlim maskanlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
➖
Muloqotlar davomida fuqarolar va tadbirkorlarning soha faoliyatiga doir tegishli murojaatlari mutasaddilar ishtirokida koʻrib chiqildi.
🔹
Xususan, nodavlat taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish, pedagoglarning mehnat munosabatlari hamda kasbiy faoliyatini rivojlantirish, taʼlim maskanlarida oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish boʻyicha masalalar atroflicha oʻrganil
di
.
👉
Shu bilan birga fuqarolarning taʼlim sohasiga doir murojaatlari va takliflari tinglandi.
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
🌍
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
✅
✅
✅
✅
#Jizzax
🔴
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov ayni vaqtda Jizzax viloyatida bo‘lib turibdi.
Uchrashuvlar avvalida tumanda yangidan tashkil etilgan
“Kelajak markazi”
faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda kelgusi vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, Sharof Rashidov tumanidagi
61-sonli maktabdagi
umumxalq hashari hamda ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan tadbirda qatnashdi.
Viloyat mas’ullari hamrohligida olib borilgan o‘rganishlar jarayonida
Zarbdor tumanidagi 1-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti
hamda
23-son umumta’lim maktabi
faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Jizzax viloyati MMTB Axborot xizmati
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
✅
✅
✅
✅
✅
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi ta’lim muassasalarida bo‘lib, ularda yaratilgan shart-sharoitlar hamda ta’lim sifatiga qaratilgan ishlar bilan tanishdi.
➖
Dastlab hududdagi 22-maktabda o‘quvchilar va pedagoglar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, maktab infratuzilmasi holati o‘rganildi.
Shuningdek, o‘quvchilar bilan muloqot qilib, ularning fikr-mulohazalariga quloq tutdi.
🔰
Shu kuni vazir o‘rinbosari Azizbek Turdiyev tumandagi 17-maktabda ta’lim muassasalari rahbarlari va tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Unda ta’lim sifatini oshirish, o‘quv muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash kabi mavzularda murojaat va takliflar tinglandi.
🌐
Ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va nazoratga olish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berildi.
Samarqand viloyati MMTB axborot xizmati
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
✅
✅
✅
✅
#Jizzax
🔴
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov ayni vaqtda Jizzax viloyatida bo‘lib turibdi.
Uchrashuvlar avvalida tumanda yangidan tashkil etilgan
“Kelajak markazi”
faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda kelgusi vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, Sharof Rashidov tumanidagi
61-sonli maktabdagi
umumxalq hashari hamda ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan tadbirda qatnashdi.
Viloyat mas’ullari hamrohligida olib borilgan o‘rganishlar jarayonida
Zarbdor tumanidagi 1-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti
hamda
23-son umumta’lim maktabi
faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Jizzax viloyati MMTB Axborot xizmati
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
RASMIY MUNOSABAT
Karmana tumani hokimligi binosida hududdagi 9-maktab oʻqituvchilari ishtirokida yigʻilish oʻtkazilganligiga doir ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan oʻrganilmoqda.
Xabarda aytilganidek, maktab oʻquvchilari bilan uchrashgan tuman hokimi taʼlim sifati pastligi vajidan oʻqituvchilar ishtirokida majburiy yigʻilish oʻtkazgan. Unda maktab bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichi pastligi tanqid qilingan.
Shu oʻrinda taʼkidlash lozimki, 2025-yilda Karmana tumanidagi 9-maktab bitiruvchilarining 61 foizi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilingan
(tuman miqyosida 6-oʻrin).
Oʻrtacha ball koʻrsatkichi 98,7 ballni tashkil etgan
(2024-yilga nisbatan 8 ball oshgan).
Ayni vaqtda
39 nafar
maktab bitiruvchilarining
38 nafari
turli fan yoʻnalishlari boʻyicha milliy va xalqaro sertifikatlarga ega.
Maʼlumot uchun:
Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonunida pedagogning huquqlari, shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsi davlat himoyasi ostida boʻlishi alohida qayd etib qoʻyilgan.
Shuningdek, pedagogning kasbiy faoliyatiga aralashish hamda pedagogning kasbiy faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan ishlarga jalb qilish qatʼiy taqiqlanishi belgilangan.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi pedagoglarning mazkur qonuniy huquq va manfaatlarini munosib himoya qilish, ularning kasbiy mavqei va ishchanlik obroʻsini saqlash boʻyicha barcha zarur ishlarni amalga oshirishini, shu bilan birga mansabdor shaxslarning pedagoglar kasbiy faoliyatiga aralashishini qattiq qoralashini maʼlum qilamiz.
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
✅
✅
✅
✅
#Xorazm
🔴
Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova Xorazm viloyatida bo‘lib, ta'lim muassasalari faoliyatini o‘rganmoqda.
Vazir dastlab viloyat "Kelajak markazi"da bo‘lib, bu yerda tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati, o‘quv mashg‘ulotlari jarayoni hamda yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi.
🔰
To‘garak a’zolari bilan samimiy suhbatlashdi hamda kelgusi rejalar va erishayotgan natijalari haqida fikr almashdi.
➖
Shu kuni vazir E‘zoza Karimova viloyat
Pedagogik mahorat markazida
bo‘lib, bu yerda amalga oshirilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari bilan tanishdi va mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shundan so‘ng, Xiva shahridagi 56-maktabda bo‘lib, Bolalar sayyohlik markazi faoliyati hamda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi hamda kelgusi rejalar yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.
Jarayonlarda Xiva shahri hokimi Temur Davletov ham qatnashdi.
✅
Shuningdek, hududdagi yangi qurilgan 8-maktabda ham mas'ullar bilan uchrashib, ularga tegishli topshiriqlar berildi. Vazir E'zoza Karimova bu yerda "Yashil makon" loyihasi doirasida maktab hovlisiga ko‘chat ekish tadbirida ham qatnashdi.
🔴
Jarayonlar davom etmoqda.
Bizni kuzating
❤
Telegram
🌐
Facebook
🌐
Youtube
🌐
Instagram
🔎
Veb-sayt
😄
Linkedin
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida
aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari
muhokamasiga bag‘ishlangan
videoselektor yig‘ilishida
belgilangan asosiy vazifalar.
Batafsil — yuqoridagi
#infografikada
Facebook
|
Instagram
|
X