
Davlat va Nodavlat oliy ta’lim🎓
❗️
Nodavlat oliygohlarga “perevod” uchun arizalar qabuli 10-avgustgacha uzaytirildi
Respublikadagi nodavlat oliygohlarga talabalar oʻqishini koʻchirish (boshqa sabablarga koʻra ham), shuningdek, bir nodavlat oliygohi doirasida oʻqishni koʻchirish hamda oʻqishni qayta tiklash boʻyicha arizalarni qabul qilish muddat
i 10-avgustga qadar
uzaytirildi
.
1️⃣
Respublikadagi
davlat va nodavlat oliygohlaridan
oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash
transfer.edu.uz
platformasi orqali;
2️⃣
Xorijiy oliygohlardan
oʻqishni koʻchirish
my.uzbmb.uz
platformasi orqali amalga oshiriladi.
2026/2027-oʻquv yili uchun arizalar 2026-yil 10-avgustga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.
👉
@talimgaoid_xabarlar
⚡️
O’qishni ko’chirishda yana bir kutilmagan yangilik!
Endilikda xoriiy ta'lim tashkilotlaridan nodavlat oliygohlarga oʻqishni koʻchirish
my.uzmb.uz
sayti orqali
onlayn ariza topshirish yoʻli bilan amalga
oshiriladi
.
Bunda oqishni koʻchirish tartibi
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari asosida amalga oshirilib,
belgilangan
oʻtish balini toʻplagan nomzodlargina oʻqishi koʻchirishga tavsiya etiladi.
📄
Xorijdan nodavlat oliygohlarga oʻqishni koʻchirishda umumta'lim fanlari hamda chet tillidan milliy va
xalqaro sertifikatlar qoʻshimcha ball beradi.
❗️
Muhim jihat shundaki, arizalar BMBA ning rasmiy sayti orqali amalga oshirilishi sababli endilikda
xususiy oliygohlarga oʻqishni koʻchirish uchun arizalar faqatgina 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi
.
@talimgaoid_xabarlar
⚡️
RASMAN: Ertadan nodavlat OTMlarga qabul boshlanadi
📚
2026/2027-o‘quv yili uchun Respublikadagi nodavlat oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilish jarayonlari 1-iyun sanasidan boshlanadi.
🗓
Qabul jarayonlari sentabr oyiga qadar davom etadi.
✅
Talabalar faqat maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilinadi.
📌
Qabul qilingan talabalar haqidagi ma’lumotlar 1-oktyabrdan kechiktirmay HEMIS axborot tizimiga kiritilishi shart.
📖
Shuningdek, nodavlat OTMlarda o‘qishni ko‘chirish, qayta tiklash, o‘qishdan chetlashtirish va bitiruvchilarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi davlat OTMlari uchun belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.
🔔
O‘qishni ko‘chirishga oid yangiliklar ham tez orada e’lon qilinadi.
👉
@talimgaoid_xabarlar
#БАЙРАМ_МУБОРАК
🌙
ҚУРБОН ҲАЙИТ БАЙРАМИ МУБОРАК БЎЛСИН!
🤲
Бугун меҳр-оқибат, саховат ва яхшилик куни.
Юртимизда тинчлик, хонадонларимизда файзу барака, қалбларимизда эса шукроналик ҳисси янада зиёда бўлсин.
✨
Барчангизни ушбу улуғ айём — Қурбон Ҳайит билан чин қалбдан табриклаймиз!
Ҳайит барчамизга қутлуғ ва муборак бўлсин!
🌸
📨
Яқинларингизга ҳам ушбу табрикни юбориб қўйинг.
📚
@talimgaoid_xabarlar
#Qabul2026
#Abituriyent
#XotinQizlar
❗️
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilinmoqda!
🗓
Arizalarni 8-iyunga qadar onlayn yuborish mumkin.
📝
Ariza topshirish havolasi:
https://my.gov.uz/uz/service/1432
🎓
Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun 4 000 ta qo‘shimcha davlat granti ajratiladi.
✅
Quyidagi 6 toifadagi xotin-qizlarga tavsiyanoma beriladi:
➡️
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning xotin-qizlari;
➡️
Otasi yoki onasi (yoki ikkalasi) vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;
➡️
Turmush o‘rtog‘i vafot etgan va voyaga yetmagan farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan ayollar;
➡️
Nogironligi bo‘lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;
➡️
Ikki va undan ortiq farzandi bor, ijarada yashayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlari;
⚠️
Tavsiyanoma olish o‘qishga avtomatik kirish degani emas. Abituriyent yetarli ball to‘plashi shart.
Ta’limga oid eng muhim va tezkor xabarlar:
@talimgaoid_xabarlar
#Qabul2026
#Toʻlov
⚡️
Oliy ta’limga hujjat topshirishda kimlar toʻlovdan ozod qilinadi?
Oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish hamda oʻqishni koʻchirish jarayonida quyidagi toifadagi fuqarolar toʻlovdan ozod etiladi:
➡️
Test topshiriladigan yilda maktab, akademik litsey yoki kollejni bitirgan abituriyentlar;
➡️
Nogironligi bo‘lgan shaxslar;
➡️
Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari;
➡️
Bolalar shaharchalarining bitiruvchilari;
➡️
“Kambagʻal oilalar reyestri”ga kiritilgan oilalar a’zolari va ularning farzandlari;
➡️
“Yoshlar daftari”da roʻyxatda turgan yoshlar.
✅
Ushbu toifadagi abituriyentlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun toʻlov qilmaydi.
📚
Ta’limga oid eng muhim va tezkor xabarlar:
@talimgaoid_xabarlar
Davlat va Nodavlat oliy ta’lim
🎓
pinned a photo
🌙
Муборак Рамазон ҳайити билан табриклаймиз!
Барча юртдошларимизни ушбу муқаддас байрам билан қутлаймиз. Қалбингизни хотиржамлик, уйингизни қут-барака тарк этмасин. Эзгу ниятларингиз рўёбини кўриш насиб қилсин!
👉
@talimgaoid_xabarlar
💐
Сизни 8-март халқаро хотин қизлар байрами билан табриклайман...
Сизни хеч қачон бахорий гўзаллик тарк этмасин, юзингиздан кулгу лабингиздан табассум аримасин.
👉
@talimgaoid_xabarlar
Talabalarga firibgarlar tomonidan “kontraktdan qarzdorligingiz bor” mazmunidagi feyk xabarlar yuborilmoqda
Davlat universiteti talabalariga firibgarlar tomonidan
turli telegram raqamlar orqali
“Kontraktdan qarzdorligingiz bor”
, mazmunidagi feyk “ilovalar” yuborilmoqda.
Avvalroq,
xususiy universitet talabalariga ham firibgarlar tomonidan
turli telegram va SMS orqali “Kontraktdan qarzdorligingiz bor, karta raqamga o’tkazing!”, “Semestringizni yopishimiz kerak” mazmunidagi feyk xabarlar yuborilgan edi.
Ma’lumot o’rnida, hech bir oliygohda kontrakt uchun pul
kartaga o‘tkazilmaydi
.
@talimgaoid_xabarlar