
ᴛᴀǫᴠᴏʟɪɢɪᴍ
Qur'on kitobini ochdi va eri o'lganidan so'ng odatga aylanib qolgan yumushi - 'Yosin' ni o'qishga kirishdi. Erining haqqiga duo qildi, o'qigan surasining savobi unga yozilishini Allohdan so'radi. Hali ham esida: turmush o'rtog'i bilan ahdlashgan edi - kim avvalroq olamdan o'tsa, ikkinchisi albatta umrining so'ngiga qadar unga bag'ishlab Qur'on tilovat qiladi, uning haqqiga duolar qilishdan charchamaydi. Ayol va'dasiga vafodor qoldi.
— Ahmad Lutfiy Qozonchi
📚
"Qaynona" asaridan
𝙏 𝘼 𝙌 𝙑 𝙊 𝙇 𝙄 𝙂 𝙄 𝙈
Dadasi, keling men o'rgata qolay.
- Yo'q, o'zim.
- Iltimos bir safar ho'p deng
qalbim quvonchi
- Aslo, unga o'zim o'rgataman.
- Axir kattasiga ham siz o'rgatdingiz-ku.
- Bunisigayam men o'rgataman. Bor, xalal berma qalbim chechagi…
- Ho'p.
- Qani, qizim, ortimdan qaytar.
«A'uuzu billaahi minash shaytonir rojiym»...
𝙏 𝘼 𝙌 𝙑 𝙊 𝙇 𝙄 𝙂 𝙄 𝙈
🌿
Ona og‘ir xastalikka chalingan va bola tug‘ilishi mumkin emas edi. 11 yil davomida farzandini kutgan ayol katta xavf ostida bo‘lib va bolani yoki o‘zini qutqarib qolar edi... Va shifokor 7 soat davomida qo‘lidan kelgan barcha ishni qilgan bo‘lsada, ularni birgalikda qutqara olmadi.
Oxir-oqibat, shifokor onasi so‘ragan narsani amalga oshirishga qaror qildi, ya’ni bolani ona hayoti evaziga saqlab qoldi. Ona bolani birinchi va oxirgi marta bag‘riga oladi, tug‘ilgandan keyin bir-ikki daqiqa o‘padi va quchoqlaydi, tabassum qiladi va ko‘zlarini yumadi, hayotni tark etadi...
P.S.: Allohning inoyati bilan onaga shunday ilohiy muhabbat berilganki, u kerak bo‘lsa, farzandi uchun jonini ham berishga tayyor. Xo‘sh, hayotingdagi shunday insonni eng ko‘p sevmaslikka, qadrlamaslikka qandaydir sababing bormi!?
Onalarni qadrlaylik!
𝙏 𝘼 𝙌 𝙑 𝙊 𝙇 𝙄 𝙂 𝙄 𝙈
🌿
Erim meni sevishini asosiy sabablari:
— Xech qachon oilasini yomonlamadim;
— Onasini oʻzimni onamdan ortiq koʻrdim;
— Aka-ukalariga oʻz jigarlarimdek jon kuydirdim;
— Oʻzimni oilamdan uni oilasini ustun qoʻydim;
— Oqibatli boʻlishlari uchun xar xafta ovqat qilib chaqirdim;
— Erimni uyidagi gapni ona uyimga borib aytmadim.
Xozir shu ishlar odatimga aylangan!
𝙏 𝘼 𝙌 𝙑 𝙊 𝙇 𝙄 𝙂 𝙄 𝙈
🌿
Bir kun hammasi nihoyasiga yetadi...
Qiynalganlaringiz, yaralar, og‘riqlar, iztirob, yuragingizdagi olovlar...
Tugamaydi deb bilgan xasratlaringiz bitadi, sabrim tugadi deganlaringiz o‘tib ketadi...
Barini yengganingizda, ko‘nikkaningizda, endi ahamiyati qolmaganida, kimlarningdir dilida pushaymoni, kimlarningdir esa umidi bo‘lasiz..! Sabr qiling...O‘sha kun keladi...
𝙏 𝘼 𝙌 𝙑 𝙊 𝙇 𝙄 𝙂 𝙄 𝙈
🌿
Ayoli vafot etgan bir erkakni janozada aytgan ushbu so‘zi meni juda ta’sirlantirdi:
«Jannatni guli jannatga qaytdi. Ifori esa yodimda qoldi»...
𝙏 𝘼 𝙌 𝙑 𝙊 𝙇 𝙄 𝙂 𝙄 𝙈
Siz shunday xabar eshitib qolsangiz nima qilgan bo‘lar edingiz
❓
Yaqinlaringizga ulashing
🥰
@Taqvoligim
| Ulanib oling
💘
✅
ХАММА НАРСА ЕБ ОЗАМИЗ
🥗
🎁
ОЗАСИЗ ВА
500
МИНГЛИК
СОВГАГА ЭГА БУЛАСИЗ
ШОШИЛИНГ
😍
🥰
12 мингдан ортик супер
натижалар
☑️
Бунака назорат билим ва
тажрибада озимасликнинг
иложи ёк
💃
Олий малумотли
🎓
Олий тоифали
👩⚕
Профессионал
Диетолог_Нутрисиолог
Дилноза_Шахриёровна
бн биргаликда озасиз
😊
🤱
Хатто
эмизикли
аёллар хам оза олади
💊
Асосийси
дориларсиз
ва хеч кандай
диеталарсиз
!
🥗
Уйингиздаги
бор
масалликлардан
меню тузилади.
☑️
Назорат ва Натижага 200%
кафолат
1 ойда
8⃣
килограмдан
1️⃣
2️⃣
килограмгача озишга кафолат берамиз
☑️
👇
👇
👇
https://t.me/+bPeH5xTVyHg5NzQy
https://t.me/+bPeH5xTVyHg5NzQy
🌿
Ayol o‘g‘lini bir shapaloq urdi:
Kech bo‘lganda qayerdan kelyapsan?
Bolakay o‘ng qo‘lini kuylagining ichiga tiqib olgan edi.
Yuzida ikkilanish zohir buldi:
- Qirdan...
- Nimadir o‘g‘irladingmi? Men uyda o‘tir degandimku. Qani ko‘rsat!
Yana bitta tarsaki tushgach, bolakay qo‘ynidan bir dona boychechak chiqardi.
-- Izlab izlab bittagina topdim deya kurka pisa qo‘lini cho‘zdi onasiga....
-- Tug‘ilgan kuningiz bilan ayajon!!!.
_Onaning ko‘zlarida yosh g‘iltilladi...«kechir...onangni bolam»...!_
Moddiy boyligi bor odam boy emas ,balkim oddiy narsadan ham hikmat topa olgan odam boydir.
𝙏 𝘼 𝙌 𝙑 𝙊 𝙇 𝙄 𝙂 𝙄 𝙈
🧔🏻♂
Er: Azizam, quruq choy qutisini qayerdan topsam bo‘ladi?
🧕🏻
Xotin biroz qovog‘ini solib dedi: Sizlar erkaklar shunaqasizlar-da, hech narsani topolmaysizlar. Choy anavi shakar qutisining yonidagi "tuz" deb yozilgan bo‘sh kakao idishida turibdi-ku))
𝙏 𝘼 𝙌 𝙑 𝙊 𝙇 𝙄 𝙂 𝙄 𝙈