Π’Ρ‹Π±Π΅Ρ€ΠΈΡ‚Π΅ Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
ΠΈ язык интСрфСйса
ПокаТСм Π°ΠΊΡ‚ΡƒΠ°Π»ΡŒΠ½Ρ‹Π΅ для Ρ€Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½Π°
Telegram-ΠΊΠ°Π½Π°Π»Ρ‹ ΠΈ возмоТности
Π Π΅Π³ΠΈΠΎΠ½
avatar

Tarix va Biz πŸ“œ

tarix_va_biz_official
πŸ•°οΈ Tarix va biz – Har bir postda tarixiy faktlar, hayratlanarli voqealar va qadimiy sirlar. Inshaalloh 10k ☎️ Murojat uchun: @Sirli_Tarixdan
ΠŸΠΎΠ΄ΠΏΠΈΡΡ‡ΠΈΠΊΠΈ
4 330
24 часа
4 319
30 Π΄Π½Π΅ΠΉ
β€”
ΠŸΡ€ΠΎΡΠΌΠΎΡ‚Ρ€Ρ‹
779
ER
17,99%
ΠŸΠΎΡΡ‚Ρ‹ (30Π΄)
β€”
Π‘ΠΈΠΌΠ²ΠΎΠ»ΠΎΠ² Π² постС
1 387
Π˜Π½ΡΠ°ΠΉΡ‚Ρ‹ ΠΎΡ‚ Π°Π½Π°Π»ΠΈΠ·Π° ИИ ΠΏΠΎ постам ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠšΠ°Ρ‚Π΅Π³ΠΎΡ€ΠΈΡ ΠΊΠ°Π½Π°Π»Π°
ΠŸΡ€ΠΎΡ‡Π°Ρ
Пол Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
БмСшанная аудитория
Возраст Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
-
Ѐинансовый статус Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
Π‘ΠΌΠ΅ΡˆΠ°Π½Π½Ρ‹ΠΉ
ΠŸΡ€ΠΎΡ„Π΅ΡΡΠΈΠΈ Π°ΡƒΠ΄ΠΈΡ‚ΠΎΡ€ΠΈΠΈ
ΠŸΡ€ΠΎΡ‡ΠΈΠ΅
ΠšΡ€Π°Ρ‚ΠΊΠΎΠ΅ описаниС
-
December 09, 07:02
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Ilk Jarrohlik va Qosim Al-Zahravi
πŸ’‰
Jarrohlik sanΚΌati qadimdan mavjud boβ€˜lib, turli xalqlarda rivojlangan. Lekin Islom olamida u ilmiy asosda tizimli tarzda rivojlantirilgan. Shu sohada
10
-asrda yashagan atoqli olim Qosim Al-Zahravi (Abul-Qosim Al-Zahravi, Albucasis) alohida ajralib turadi.
Al-Zahravi β€œAl-Tasrif” nomli
30
jildlik asarida jarrohlikning barcha asosiy usullarini va asboblarini batafsil bayon qilgan. U skalpel, jarrohlik qaychisi, igna kabi asboblarni ishlab chiqqan va tizimli ishlatishni tavsiya qilgan. Shu bilan birga, teriga oβ€˜z-oβ€˜zidan singib ketuvchi ketgutni joriy qilgan, bu bugungi kunda ham jarrohlikda qoβ€˜llanadi.
Shu tariqa, Qosim Al-Zahravi nafaqat Islom olamida, balki butun dunyoda jarrohlikning rivojlanishiga ulkan hissa qoβ€˜shgan va β€œJarrohlikning otasi” sifatida tarixda qoldi.
Doβ€˜stlarizga ulashing
πŸ•Š
β˜‘οΈ
@Tarix_va_biz_official
- obuna boΚ»ling!

December 09, 03:00
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Qanday qilib 300 nafar Koβ€˜kturk jangchisi 80 minglik Xitoy qoβ€˜shinini magβ€˜lub etgan?
😐
VII
asr atrofida Xitoyning Tang sulolasi shimoldagi keng dashtlarni boβ€˜ysundirish maqsadida ulkan lashkar β€” qariyb
80
ming askardan iborat qoβ€˜shin yubordi. Ular ogβ€˜ir zirhlar kiygan, uzun nayzalar koβ€˜targan, qat’iy jang tartibida saf tortgan edi.
Ularning qarshisiga esa atigi
300
nafar Koβ€˜kturk otliqlari chiqdi. Xitoy qoβ€˜mondoni va lashkarboshilari kulib, bu oz sonli jangchilarni mensimadilar:
β€œBu uch yuz yovvoyi kim boβ€˜libdi? Bizni toβ€˜xtatmoqchi ekanmi!”
Ammo Koβ€˜kturklar dasht urush san’atini mukammal bilishardi. Ular jangda quyidagi noyob taktikalarni qoβ€˜llashdi:
πŸ”’
Yolgβ€˜on chekinish:
Jangboshlanishi bilan Koβ€˜kturk otliqlari orqaga chekingandek boβ€˜ldilar. Buni gβ€˜alaba deb oβ€˜ylagan Xitoy qoβ€˜shini safni buzgani holda ularni quvishga tushdi. Ammo bu β€” Koβ€˜kturklarning eng qadimgi hiylasi edi.
πŸ”’
Chidamli otlar va yashin tezligidagi harakat:
Koβ€˜kturk otlari dasht sharoitiga moslashgan, chidamli va nihoyatda tez edi.
300
otliq turli tomondan yashin tezligida hujum qilib, yana izsiz gβ€˜oyib boβ€˜lib qolardi. Ogβ€˜ir zirhli Xitoy qoβ€˜shini esa ularga yetisha olmasdi.
πŸ”’
Oβ€˜q-yoy ustaligi β€œoβ€˜qlar yomgβ€˜iri”
Koβ€˜kturk kamondorlari har bir hujumda oβ€˜qlarni yomgβ€˜ir misol yogβ€˜dirar, Xitoy askarlari esa tartibni tiklashga ulgurmasdi. Ogβ€˜ir qurollangan qoβ€˜shin bunday ildam zarbalarga qarshi ojiz qoldi.
πŸ”’
Kutilmagan tungi hujumlar:
Koβ€˜kturklar tunda ham hujum qilib, dushmanni ruhiy jihatdan sindirishdi. Har safar turlicha joydan zarba berish Xitoy qoβ€˜shinini chorasiz qoldirdi.
Bu voqea tarixda Koβ€˜kturklarning harbiy mahorati va dasht strategiyasining eng yorqin namunasidan biri sifatida eslanadi.
Koβ€˜kturklarning gβ€˜alabasi shuni koβ€˜rsatdiki: urushda gβ€˜alaba har doim son bilan emas β€” san’at, mahorat va aql bilan boβ€˜ladi.
Doβ€˜stlarizga ulashing
πŸ•Š
β˜‘οΈ
@Tarix_va_biz_official
- obuna boΚ»ling!

December 08, 13:54
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

"Kim Xitoyga kirsa, u Xitoyning ichida erib ketadi"
πŸ‡¨πŸ‡³
Aytgin:
Allohim! Barcha podshohlikning egasi! Xohlagan kishingga podshohlik berursan va xohlagan kishingdan podshohlikni tortib olursan, xohlagan kishingni aziz qilursan, xohlagan kishingni xor qilursan. Barcha yaxshilik Sening qo'lingda. Albatta, Sen har bir narsaga o'ta qodirsan.
Oli Imron 26-oyat
Tarixda haqiqatdan ham Xitoy madaniyati juda kuchli singdiruvchi kuchga ega bo'lgan. Masalan: Hunlar, uyg'urlar, hatto mo'g'ullar ham Xitoyga kirib, asta-sekin xitoylashib ketgan. Chingizxonning nabiralari Xitoyda Yuan sulolasini tuzib hukmron bo'lishdi, lekin keyingi avlodlar xitoy madaniyatini qabul qilib yubordi.
Amir Temur
1405-
yilda Xitoyga katta yurishga chiqib, O'tror (Sirdaryo bo'yida)da vafot etdi. Tarixchilarning yozishicha, Temur bu yurishda Xitoyni musulmon dunyosiga bo'ysundirishni xohlagan edi. Ammo bu niyat nasib etmadi. Muhammad Shayboniyxon ham Xitoyga yurish niyatida, lekin uni ichki siyosiy nizolar va Eron bilan urush chalg'itib qo'ygan. Abbosiylar Xalifaligi Talas jangida, Xitoy qo'shinini mag'lub etdi, Qo'qon Xonligi sharqiy Turkistonga chuqur kirib bordi. Ammo ular ham, Xitoyga to'liq kirmay chegaradan qaytib ketishdi. Musulmon hukmdorlarning birortasini ham Xitoyga yurishi to'laligicha amalga oshmagan.
Payg'ambarimiz ham Makka, Xaybar, Fors, Rum, Misr, Shom, Yaman, Fors (Eron) va Rum (Vizantiya) fath qilinishi haqida aytib o'tgan, ammo Xitoy fatxi haqida hech narsa demagan. Lekin
" ilmni Chin (Xitoy)da bo'lsa ham izlab oling "
degan rivoyat bor. Xitoyga kirgan ko'plab ko'chmanchilar oxir-oqibat xitoylashib ketgan. Amir Temur ham, Shayboniyxon ham Xitoyni zabt eta olmagan - bu Allohning qismati va hikmati sifatida ko'riladi. Shu sababli musulmon olamida Xitoy ustidan to'liq hukmronlik hech qachon o'rnatilmagan.
Doβ€˜stlarizga ulashing
πŸ•Š
β˜‘οΈ
@Tarix_va_biz_official
- obuna boΚ»ling!

December 08, 04:20
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
Konstitutsiya β€” xalq tarixining eng muqaddas sahifasi
Bugun β€” Oβ€˜zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.
Bu sana shunchaki huquqiy hujjat tugβ€˜ilgan kun emas. Bu β€” xalqning oβ€˜z taqdirini oβ€˜zi belgilashga boβ€˜lgan irodasi tarixda naqshlangan kun.
Konstitutsiya β€” bu oβ€˜tgan tarix, bugungi taraqqiyot va kelajak orzularini birlashtirgan xalqning buyuk irodasi.
Unda shunday jumlalar borki, ular oβ€˜zbek xalqining ming yillik tarixidan kuch oladi:
πŸ“œ
β€œOβ€˜zbekiston xalqi… oβ€˜zining tarixiy qadriyatlariga sodiq holda…”
Bu satrlar xalqning ildizlari qanchalik chuqur ekanini eslatadi.
Bu yer β€” Amir Temur adolati, Mirzo Ulugβ€˜bek ilmi, jadidlarning ma’rifati bilan boyigan zamin.
πŸ“œ
β€œOβ€˜zbekiston Respublikasi… xalqning davlat hokimiyatining birdan-bir manbai ekanligini e'lon qiladi.”
Bu esa tarix davomida erkinlik uchun kurashgan avlodlarning orzusi amalga oshganini koβ€˜rsatadi.
πŸ“œ
β€œMadaniy merosni asrash davlatning ustuvor vazifalaridan biridir.”
Bu band β€” bizning tariximiz, qadimiy shaharlarimiz, buyuk allomalarimiz ruhini asrab-avaylash majburiyatimiz ekanini ta’kidlaydi.
Konstitutsiya β€” bu faqat qonun emas.
U β€” xalqning oβ€˜tmishi, buguni va kelajagi tilga kirgan kitob.
Tarixni bilgan xalqgina oβ€˜z Konstitutsiyasining qadriga yetadi.
Konstutsiya bayrami uchun bitta reaksiya bosib keting
πŸ‡ΊπŸ‡Ώ
β˜‘οΈ
@Tarix_va_biz_official
- obuna boΚ»ling!

December 07, 03:00
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Parij, Fransiya, 1905-yil: inson hayvonot bogβ€˜i.
Inson hayvonot bogβ€˜lari asosan Yevropa va Amerikada mavjud boβ€˜lib, u yerlarda osiyoliklar hamda Amerika tub aholisi namoyish etilgan.
Soβ€˜nggi "inson hayvonot bogβ€˜i" Bryussel, Belgiyada joylashgan edi. U
1958
-yilda yopildi. Atigi
67
yil oldin.
ο»Ώ
Doβ€˜stlarizga ulashing
πŸ•Š
β˜‘οΈ
@Tarix_va_biz_official
- obuna boΚ»ling!

December 07, 03:00
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Akmal Ikromov β€” zulmat davrida millat uchun kurashgan arbob
Akmal Ikromov
1919–1924
yillarda imkoniyatlari chegaralangan boβ€˜lishiga qaramay, oβ€˜zbek xalqining manfaatlari yoβ€˜lida Markaz siyosatiga qarshi kurash olib borgan siyosiy arboblardan biridir. Uning faoliyati sovet tizimining qat’iy buyruqlari, Oβ€˜rta Osiyo byurosining cheklovlari ostida kechgani bois, u koβ€˜p hollarda majburiy ravishda Moskva koβ€˜rsatmalariga boβ€˜ysungan.
1925–1927
yillarda Ikromov β€œoβ€˜n sakkizlar guruhi”, shuningdek, inoβ€˜gomovchilik gβ€˜oyalariga qarshi mafkuraviy kurashni boshqargan. Shu yillarda u Oβ€˜zbekistonda yer-suv islohoti, majburiy jamoalashtirish siyosati, zamonaviy sanoat asoslarini barpo etish kabi yirik tadbirlarning markazida boβ€˜lgan.
U jadidlarni β€œburjua millatchiligi”da ayblagan boβ€˜lsa ham, aslida Ikromovning oβ€˜zi ham sovet tizimining temir panjasi ostidagi siyosatchi edi. Bolshevik mafkurasidan chekinmagan boβ€˜lsa-da, mustabid tuzum qatagβ€˜onchilari uni ham ayab oβ€˜tirmadilar.
1937
-yil sentabrda u Toshkentda hibsga olinadi. Keyinchalik Moskva sudida unga β€œOβ€˜ng trostkiychi blok” ishi boβ€˜yicha tuhmat qilinib, sobiq SSSRni parchalash, jumladan Oβ€˜rta Osiyo respublikalarini ajratib olish, davlat tuzumini agβ€˜darish, kapitalistik tartibni tiklash kabi uydirma ayblar qoβ€˜yildi. Oxir-oqibatda u otib tashlandi.
Oradan yigirma yildan ortiq vaqt oβ€˜tgach,
1957
-yil
3
-iyunda SSSR Oliy sudi Harbiy kollegiyasi Akmal Ikromovni aybsiz deb topdi va u toβ€˜liq oqlangan.
Doβ€˜stlarizga ulashing
πŸ•Š
β˜‘οΈ
@Tarix_va_biz_official
- obuna boΚ»ling!

December 06, 13:05
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Toshning uzoq safarlari
πŸ’Ž
Tarixiy manbalarga koβ€˜ra, bu nodir tosh avval Temuriylar xazinasida boβ€˜lgan, keyin Boburiy imperatorlar qoβ€˜liga oβ€˜tgan. Shundan soβ€˜ng esa uning sarguzashtlari yanada dramatik tus oladi:
🟀
1739
-yil β€” Nadirshoh bosqinidan soβ€˜ng
Eron hukmdori Nadirshoh Dehlini bosib oladi va Mugβ€˜allar xazinasini egallaydi. Minglab javohirlar orasida biz soβ€˜zlayotgan shu qizil tosh ham bor edi.
🟀
Nadirshoh vafotidan soβ€˜ng
Tosh uning merosxoβ€˜rlariga, keyin esa Afgβ€˜on taxtiga oβ€˜tadi.
🟀
XIX
asr β€” Panjob sultoni Ranjit Sing davrida
Tosh yana qoβ€˜l oβ€˜zgartiradi β€” bu safar sikhlar hukmdori Ranjit Sing xazinasiga kiradi.
🟀
1849-
yil β€” Britaniya Hindistonni egallagan payt Inglizlar Panjobni qoβ€˜shib oladi. Ranjit Singning xazinasi, shu jumladan β€œ Timur Yoquti ” ham Britaniya ixtiyoriga oβ€˜tadi.
Shu tariqa tosh London sari yoβ€˜l oladi…
Bugun esa u Britaniya Qirollik Bezaklari orasida, butun dunyodan kelgan mehmonlarning nigohi ostida yashab turibdi.
Toshning siri nimada?
Uning ustiga oβ€˜yilgan yozuvlarda Temur avlodlaridan toβ€˜rt shahzoda nomi bitilgan.
Toshning rangi, vazni va tarixiy yoβ€˜li uni dunyodagi eng noyob spinellardan biriga aylantirgan.
U Ramziy ma’noda Markaziy Osiyodan boshlangan ulkan saltanatlar tarixini ichiga yashirgan gavhar.
Doβ€˜stlarizga ulashing
πŸ•Š
β˜‘οΈ
@Tarix_va_biz_official
- obuna boΚ»ling!

December 06, 03:05
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Amir Temurning 361 karatli yoquti.
Bu tosh Amir Temurdan keyin Shohruxga, undan soβ€˜ng Mirzo Ulugβ€˜bekka tegishli boβ€˜lgan. Britaniyaliklar Hindistonni bosib olganida uni Angliyaga olib ketishgan. Bu tosh hozirda Buyuk Britaniyada.
U yerga qanday borib qolganini taxmin qilib koβ€˜ringchi.
πŸ€”
Doβ€˜stlarizga ulashing
πŸ•Š
β˜‘οΈ
@Tarix_va_biz_official
- obuna boΚ»ling!

December 05, 07:54
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Tarix..
Ibn Xaldun quyidagi jumlalarni yozadi:
" Zotan tarix bir qarashda faqat siyosiy voqealar,sulolalar va o'tmishdagi hodisalar haqidagi ma'lumotlardek tuyuladi.Ammo u bizga insoniyat hayotidagi voqealarni tushunishga yordam beradi....Tarixning qa'riga nazar tashlaganimizda ,u voqealarning sabablarini va ularning kelib chiqishini teran tahlil etish,mavjud narsalarning qanday va nima sababdan yuzaga keganligini nozik tarzda anglashni o'z ichiga olishini ko'rishimiz mumkin.Shuning uchun ham tarix falsafa ichiga chuqur o'rnashgan deyishimiz va unga falsafaning bir bo'lagi sifatida qarashimiz joiz."
"Muqaddima"
kitobidan...
Doβ€˜stlarizga ulashing
πŸ•Š
β˜‘οΈ
@Tarix_va_biz_official
- obuna boΚ»ling!

December 04, 09:12
Π€Π°ΠΉΠ»Ρ‹ нСдоступны
1
1
ΠžΡ‚ΠΊΡ€Ρ‹Ρ‚ΡŒ Π² Telegram

Islom va ilm-fan tarixiga tamal toshi qoβ€˜ygan
buyuk allomalarimiz
πŸ“š
Insoniyat taraqqiyoti tarixida oβ€˜chmas iz qoldirgan allomalar koβ€˜p, ammo ulardan ba’zilari bor-ki, ularning nomi bir necha asrlar davomida nur sochib kelmoqda. Quyida ana shunday buyuk siymolarning qisqa, ammo mazmunli ta’rifi keltiriladi.
πŸ”’
Imom Buxoriy β€” Hadis ilmining sultoni:
600 mingdan ortiq hadisni yod olgan ulugβ€˜ muhaddis. β€œAl-Jome’ as-Sahih” esa dunyodagi eng ishonchli hadis toβ€˜plami sifatida tan olingan.
πŸ”’
Imom Termiziy β€” Hadis va fiqh ustozi:
β€œJome’ at-Termiziy” asari islom fiqhining eng asosiy manbalaridan biri boβ€˜lib, musulmon dunyosida ulkan nufuzga ega.
πŸ”’
Ibn Sino β€” Tibbiyot dahosi:
β€œTib qonunlari” ming yildan ortiq muddat tibbiyotning bosh darsligi boβ€˜lib keldi. U falsafa, mantiq va tabiiy fanlarda ham beqiyos meros qoldirgan.
πŸ”’
Al-Xorazmiy β€” Algebra otasi:
β€œAl-jabr val-muqobala” asari orqali algebra faniga asos soldi. β€œAlgoritm” atamasi ham uning ismiga borib taqaladi.
πŸ”’
Al-Fargβ€˜oniy β€” Astronomiya yetakchisi:
Yer oβ€˜lchamlari, Quyosh va Oy harakatlari haqidagi aniq hisob-kitoblari Yevropada asrlar davomida darslik boβ€˜lib xizmat qildi.
πŸ”’
Al-Beruniy β€” Ensiklopedik daholar dahosi:
150 dan ortiq asarlar muallifi. Hindiston sivilizatsiyasi, geografiya, mineralogiya, fizika, astronomiya β€” qaysi sohaga nazar tashlamang, unda Beruniyning izini topasiz.
πŸ”’
Imom Moturidiy β€” Aqida ilmi peshvosi:
Sunniy aqidaning asosiy yoβ€˜nalishlaridan biri boβ€˜lgan Moturidiya maktabining asoschisi. Ilmiy mulohazalari bugungi kunda ham oβ€˜z kuchini yoβ€˜qotmagan.
πŸ”’
Forobiy β€” β€œIkkinchi ustoz”
Aristoteldan keyingi eng ulkan faylasuf. Musiqa nazariyasi, mantiq, siyosiy falsafa borasida ulkan ilmiy tizim yaratgan.
πŸ”’
Imom Gβ€˜azzoliy β€” Tasavvuf va ma’naviyat dahosi:
β€œIhyou ulumiddin” islom ma’naviyati va axloqiy hayotining eng yuksak manbalaridan hisoblanadi.
πŸ”’
Ibn Rushd β€” Falsafaning yirik namoyandasi:
Aristotelga yozgan sharhlari Yevropa uygβ€˜onishiga kuchli turtki bergan. Uning ilmiy merosi hali-hanuz tadqiq etiladi.
πŸ”’
Jabir ibn Hayyon β€” Kimyo fanining otasi:
Laboratoriya uslublari, eritmalar, kislotalar, distillatsiya jarayonlari β€” barchasi uning yuksak ilmiy tajribalaridan boshlangan.
πŸ”’
Ibn Nafis β€” Tibbiyot kashfiyotchisi:
Inson qon aylanishining kichik doirasini, ya’ni oβ€˜pka orqali qon oβ€˜tishini birinchi boβ€˜lib kashf etgan olim.
πŸ”’
Nasriddin Tusi β€” Astronomiya yulduzi:
Maragβ€˜a rasadxonasini barpo etdi. Trigonometriyani mustaqil fan sifatida shakllantirgan ulkan alloma.
πŸ”’
Umar Xayyom β€” Shoir va matematik:
Algebra, geometriya, taqvim islohoti bilan mashhur. Ruboiylari esa dunyo adabiyotining bebaho durdonalari.
πŸ”’
Al-Kindiy β€” Arab falsafasining otasi:
100 dan ortiq asarlar muallifi. Matematika, musiqa, kimyo, tibbiyot va falsafada chuqur iz qoldirgan.
πŸ”’
Ibn Xaldun β€” Sotsiologiyaning asoschisi:
β€œMuqaddima” asari jamiyatshunoslik, tarix va iqtisod ilmining eng muhim manbalaridan biri hisoblanadi.
πŸ”’
Ar-Roziy β€” Tibbiyot va kimyo ustasi:
Kasalliklarni tasniflashda yangi tizim yaratgan, spirtni ajratib olish usullarini ishlab chiqqan buyuk olim.
πŸ”’
Mirzo Ulugβ€˜bek β€” Astronomlar sultoni:
Samarqand rasadxonasini qurdirgan, β€œZijji Koβ€˜ragoniy” orqali yulduzlar harakati va osmon ilmini ulkan darajada rivojlantirgan.
πŸ”’
Ibn Battuta β€” Eng buyuk sayohatchi:
30 yil davomida 120 ming kilometr yoβ€˜l bosib oβ€˜tgan. Uning safarnomalari butun dunyo uchun bebaho tarixiy manbadir.
πŸ”’
Al-Jazariy β€” Mexanika va robototexnika otasi:
Suv soatlari, murakkab mexanizmlar, uch oβ€˜lchamli chizmalar β€” barchasi kelajak texnologiyalarining poydevori boβ€˜ldi.
BUYUK ISLOM OLIMLARIMIZ UCHUN BIR REAKSIYALARNI BOSIB TASHLAYLIKCHI
β˜ͺ️
β˜‘οΈ
@Tarix_va_biz_official
- obuna boΚ»ling!